Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
237
ISSN:3030-3621
YO’L-TRANSPORT HODISALARINING YUZAGA KELISH SABABLARINI
TAHLIL QILISH
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum
shahar maxsus fan o’qituvchisi
Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna
Telefon: 91 678 08 20
Farg’ona shahar 1-sonli
Politexnikum ta’lim ustasi
Orifjonov Rasul Mashrabovich
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda
ularning oqibatlarini minimallashtirish borasidaamalga oshirilayotgan ko’plab chora-
tadbirlar, ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish,YTH fazalari,
yo’l harakati xavfsizligini boshqarish mohiyati va asosiy tushunchalari to’grisidagi
umumiy ma’lumotlar tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
YTH fazalari, texnik ko‘rik, yo‘l sharoiti, piyodalar, grafiklar,
YTHning oldini olish.
Kirish
: Hozirgi kunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa yo‘l-
transport hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini minimallashtirish
borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra og‘ir jarohatlarga olib
keladigan shikastlanishlar orasida kriminal jarohatlardan so‘ng yo‘l-transport
hodisalari natijasida kelib chiqadigan shikastlanishlar ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har
yili dunyoda 1,2 mlnga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lmoqda, qariyb
50 mln kishi turli og‘irlikdagi jarohat olmoqda. Shu bois, yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash, yo‘ltransport hodisalarining oldini olish va ularni bartaraf etish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha puxta o‘ylangan izchil harakatlarni
davom ettirish zarurati oshib bormoqda. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida tushuncha
va ularning turlari.
Avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining
normal harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo‘lishiga, tan jarohati
olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga,
yo‘ldagi sun’iy inshootlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar
yetkazishga sababchi bo‘luvchi halokatlarga yo‘l-transport hodisasi (YTH) deyiladi.
Bu ta’rifga ko‘ra, YTHda ikkita omil bo‘lishi tavsiflidir. Bular:
1) insonlarning o‘limi, tan jarohati yoki katta miqdordagi moddiy zarar;
2) biron-bir transport vositasining harakatda bo‘lishidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
238
ISSN:3030-3621
YTH vujudga kelishida umumiy tizimga kiruvchi «A–H–Y–P–M»
elementlaridan biri yoki bir nechtasi birgalikda normal harakat rejimini buzishga
sababchi bo‘lishi kuzatiladi. Har bir YTHda shartli ravishda uchta fazani ajratish
mumkin: boshlang‘ich, kulminatsion va yakuniy. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri
ikkinchisining davomi bo‘lishi mumkin. YTHning boshlang‘ich fazasi deganda
avtomobillarning va piyodalarning xavfli vaziyat arafasidagi harakatlanish sharoiti
tushuniladi. Xavfli vaziyat deganda shunday yo‘l harakati sharoiti tushuniladiki, unda
harakat qatnashchilari YTHning oldini olishga imkoniyatlari yetarli bo‘ladi, ammo
tezda bu imkoniyatdan foydalanilmasa yoki ko‘rilgan choralar samarasi yetarli
bo‘lmasa, unda avtomobillar va piyodalar yaqinlashuvi falokatli (avariya) vaziyatni
vujudga keltiradi. Falokatli vaziyatda harakat qatnashchilarining YTHning oldini olish
bo‘yicha texnik imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi va u sodir bo‘ladi. YTHning
kulminatsion fazasi og‘ir oqibatlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi (transport
vositalarining buzilishi, piyodalarning va haydovchilarning tan jarohati olishi yoki
halok bo‘lishi). Bu faza bir necha daqiqa, ob-havo yomon sharoitlarda esa bir necha
daqiqagacha davom etishi mumkin. Bunday holda asosan bir nechta transport vositasi
ishtirok etadi va uni ko‘pincha «zanjirli» YTH ham deyiladi. YTHning yakuniy fazasi
kulminatsion fazasidan keyin transport vositasi harakati to‘xtashining oxiriga to‘g‘ri
keladi. Ba’zi vaqtda transport vositasi harakati to‘xtasa ham yakuniy faza davom etadi.
Masalan, ag‘darilib ketgan avtomobilda yong‘in chiqish hollari bunga misol bo‘la
oladi. YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi:
harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil–haydovchi–yo‘l–piyoda–muhit»
tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli chora va tadbirlar ishlab chiqish;
biron-bir boshqaruv hududidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi
falokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi o‘zgarishini bashorat
qilish;
YTHning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan
ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash;
bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga kelish sabablarini aniqlash;
YTHni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida 2022-2023 yillar mobaynida sodir etilgan
yo‘l-transport hodisalari haqida statistik ma’lumotlar(1-jadval)
Davr
YTH
Halok
bo‘lganlar
Jarohat
olganlar
2014
10430
2401
10469
2015
10164
2444
10035
2016
10265
2510
9908
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
239
ISSN:3030-3621
2017
10044
2473
9637
2018
8990
2262
8458
2019
8599
1915
6673
Yil mavsumlari, haftaning kunlari, sutkaning vaqti, yo‘lning toifalari, transport
vositalarining turlari va boshqa faktorlar bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining
taqsimlanish faoliyati Yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish
tizimida yo‘l-transport hodisalarini maxsus kartochkalarda va shakllarda hisobga olish
ishlar yo‘lga qo‘yilgan. YTHni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig‘ish ishlari
YHXB bo‘linmalarida bir 119 xil tartib bo‘yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan
hamma YTH ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga YTHda halok bo‘lganlar yoki
jarohat olganlar kiradi. Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda hisobga
olinib, davlat statistika hisobiga kiritiladi. YTHni yig‘ish va tahlil qilishda EHMning
roli juda katta bo‘lib, hozirda rivojlangan barcha davlatlarda YTHni yig‘ish va uni
tahlil etishda EHMdan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Bu maqsadda «Harakat xavfsizligini avtomatik axborot-qidiruv tizimi» tuzilgan.
Bu tizim yordamida quyidagi masalalar hal qilinadi:
Davlat va har xil darajalarda YTH miqdorini pasaytirish bo‘yicha dasturlar
ishlab chiqish;
Haydovchilarga guvohnoma berishni, ularning tartib buzganliklarini,
qayta imtihon topshirishini nazorat qilish (bu ish ko‘pchilik shahar va viloyat
miqiyosida respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan);
Transport vositalarini qayd etish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, transport
vositalari kuzovini, dvigatelini va boshqa agregatlarini hisobga olish ishlarini amalga
oshirish (Respublikada bu ishlar ham qisman yo‘lga qo‘yilgan);
YTHlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va uni (OAVlariga)so‘ralgan
tashkilotlarga tarqatish;
Yo‘l sharoitini nazorat qilish, YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini
aniqlash, yo‘l sharoitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish;
Yo‘l harakatini boshqarishda mavjud imkoniyatlardan operativ ravishda
foydalanish, avariya va tez yordam xizmatlarini boshqarish;
Harakat xavfsizligini vazirliklar bo‘yicha nazorat qilish, avtotransport
korxonalaridagi, yo‘l va ko‘cha bo‘laklarida yuz bergan YTHni tahlil qilish;
Harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ hujjatlar va davlat
standartlarining holatini o‘rganish, ularni qayta ishlab chiqish hamda kelajakda bu
ishlarni rivojlantirish borasidagi ishlarni olib borish;
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini nazorat qilish. Bunday
tahlil Respublika, viloyat, shahar yoki korxonalar miqyosida sodir etilgan YTHni bir-
biri bilan solishtirish, ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
240
ISSN:3030-3621
Tahlillar natijasida olingan ma’lumotlar har xil turdagi grafiklar shaklida tasvirlanishi
mumkin.
Qish faslida, ya’ni dekabr, yanvar va fevral oylarida yo‘l sharoitining yomon
bo‘lishi, yo‘l qoplamasining ko‘p hollarda sirpanchiq bo‘lishiga qaramay, YTH ning
soni kamroq bo‘lishini quyidagicha asoslash mumkin. Bu faslda ko‘pchilik shaxsiy
avtomobil egalari o‘z avtomobillarida yo‘lga chiqishdan o‘zlarini tiyadilar. Yo‘llarda
harakatlanayotgan avtomobil haydovchilari boshqa fasllardagiga qaraganda kichikroq
tezlikda va xavfsizlik oralig‘ini katta masofada saqlaydilar. Mart oyiga kelganda kunlar
isiy boshlaydi, yo‘llarda piyodalar oqimi ham sezilarli darajada ortadi. Yo‘l
qoplamasining holati esa yo‘lning har xil bo‘laklarida bir-biridan keskin farq qilishi
mumkin. Bunday sharoitda vaziyatni baholashdagi ozgina xatolik ham avtomobilning
sirpanib ketishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Oktabr oyidagi YTH soni
ko‘p bo‘lishining ham aynan mart oyidagidek yoi sharoitini o‘zgaruvchanligi bilan
asoslash mumkin. Bulardan tashqari, oktabr oyida transport oqimidagi traktor
poezdlarining miqdori ham ortadi. May-sentabr oylarida yo‘llarda harakat jadalligi
boshqa oylardagiga qaraganda katta boiishiga qaramay, yoi sharoiti, xususan, yoi
qoplamasining quruq boiishi sababli tormoz yoii va avtomobillarning sirpanib ketish
ehtimoli kichik boiishi oqibatida YTH soni kamayadi, deb asoslash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida piyodalar aybi bilan sodir etilgan YTH to‘g‘risidagi
ma’lumotlar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
Yillar
2
018
2
019
2
020
2
021
2
022
2
023
piyo
dalar aybi
bilan sodir
etilgan
YTH soni
ja
mi,
dona
5
27
4
57
5
13
5
92
1
026
8
45
%
hisobid
a
5,
3
4,
5
5,
0
5,
9
1
1,4
9,
8
Dunyo mamlakatlari va shaharlarini ommaviy avtomobillashtirish tarixning 100
yilligi davomida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan "avtomobilning
epidemiologik xavfi" yoki qabul qilingan texnik ma'noda "transport holati" ni
tavsiflovchi ma'lumotlarni tahlil qilishning umumiy qabul qilingan standartlari ishlab
chiqilgan. Makroskopik darajadagi ko'plab boshqa ko'rsatkichlardan (nafaqat Andijon
viloyati uchun balki, butun mamlakat uchun) foydalaniladi, jumladan qurbonlar soni,
yo'l-transport hodisalarining umumiy soni va og'irligi, shuningdek, makro
ko'rsatkichlarining darajasiga dekompozitsiyasi alohida shaharlar, yo'llar, mintaqalar,
aniq guruhlar. Keyinchalik, asosan yo'l-transport hodisalarida halok bo'lganlar soniga
qarab makro ko'rsatkichlardan foydalaniladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
241
ISSN:3030-3621
Xulosa
. Yo’l harakati xavfsizligini boshqarish mohiyati va asosiy tushunchalari
to’grisidagi umumiy ma’lumotlar tahlil qilib yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq kelib chiqqan yo’l transport hodisalari tahlil qilindi hamda
samaradorlik ko’rsatkichlari o’rganildi hamda yo’l harakati xavfsizligi sohasidagi
Andijon viloyati kesimidagi muammolari o’rganilib tahlil qilindi. Tahllilar natijasi
bo’yicha shu sohadagi ilg’or tajribalarni mamlakatimizda joriy qilish bo’yich takliflar
kiritildi. Yo’l harakati xavfsizligini boshqarish bo’yicha xalqaro tajriba yani uzoq va
yaqin chet ellarda ham yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amaliy tadbirlar
xorijiy qonunchilikda asosiy e'tibor huquqbuzarlarning moddiy javobgarligiga
berilganligi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va boshqa muhim
ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda, qonunchilikning ijobiy tajribasini qo'llashni va
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan davlat organlarining boshqaruv
faoliyatining aralash modelidan foydalanish zarur ekanligi hulosa qilindi. Shuningdek,
Andijon viloyatida haydovchilar aybi bilan sodir etilgan yo’l transport hodisalari tahlili
o’rganilib xorij mamlakatlaridgi bu boradagi vaziyat tahlili yani statistik ma’lumotlar
o’rganilgan holda mamlakatimizdagi piyodalar ishtirokida sodir etilgan yo’l-transport
hodisalari tahlil qilindi va piyodalar ishtirokidayi yo’l-transport hodisalari qolgan
barcha ko’rsatkichlardan yuqori ekanligi ma’lum bo’ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
“Yo’l harakati qoidalari” rasmiy nashr Toshkent 2016 y
2.
Q.X.Azizov “ Harakat xavfsizligini tashkril etish asoslari” Toshkent 2009 y.
3.
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
10.04.2013 №348.
4.
A.A.Eshanbabayev “Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari”
Namangan 2017 y
5.
Rahmatov, U. F. O. G. L., & Sotvoldiyev, X. R. O. G. L. (2022). KORXONADA
AVTOMOBILLARGA
TEXNIK
XIZMAT
KO
‘RSATISHNI
TAKOMILLASHTIRISH.
6.
Utkirjon, R., Hasanboy, S., Sardor, I., & Sukhrobjon, P. (2022). DEVELOPMENT
THE PUBLIC TRANSPORT PRIORITY WITH BUS RAPID TRASIT (BRT) ON
INTERSECTIONS ROADS IN UZBEKISTAN. Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(5), 298-301.
7.
Rasuljon
o‘g‘li,
S.
X.
(2022).
SERVIS XIZMAT KO’RSATISH
STANSIYASLARIDA
BAJARILADIGAN
XIZMATLAR
SIFATINI
ANIQLASH
USLIBINI
ISHLAB
CHIQISH.
Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(4), 264-269.
8.
Rasuljon o‘g‘li, S. X., Farxod o’g, R. O. T., Sardor, I., Suxrobjon, P. L., & Elyorbek
o'g'li, S. D. (2022). AVTOMOBILLARGA SERVIS XIZMAT KO’RSATISH
STANSIYASLARIDA
BAJARILADIGAN
XIZMATLAR
SIFATINI
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
242
ISSN:3030-3621
ANIQLASH USLIBINI ISHLAB CHIQISH VA XODIMLAR MALAKASINI
OSHIRISH
YO’LI
BILAN
АVTOSERVIS
KORXONASINING
RAQOBATBARDOSHLIGINI TAʼMINLASH.
9.
Rasuljon o‘g‘li, S. X., Farxod o’g, R. O. T., Sardor, I., Suxrobjon, P. L., & Elyorbek
o'g'li, S. D. (2022). AVTOSERVIS KORXONADAGI TEXNIK XIZMAT KO
‘RSATISH VA MIJOZLAR BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISH.
Новости образования: исследование в XXI веке, 1(5), 302-306.
10.
Rasuljon o’g’li, S. X. (2023). АVTOKORXONALARDA TEXNIK XIZMAT
KO’RSATISH BOʼLIMI FAOLIYATINING SIFATINI UMUMIY BAHOLASH
VA TEXNIK TAYYORGARLIK KOEFFITSIENTINI QOʼLLASH BILAN
BIRGA,
UNING
SIFAT
VA
EKSPLUATATSIYA
XARAJATLARI
DARAJASINI HISOBLASH. Mexatronika va robototexnika: muammolar va
rivojlantirish istiqbollari, 1(1), 338-342.