Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
72
ISSN:3030-3621
VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA SUITSIDAL XULQ-ATVORNING
SHAKLLANISH SABABLARI
Xasanova Mo‘mina Sa’dullayevna
Toyloq tuman “Inson” ijtimoiy
xizmatlar markazi psixologi
ANNOTATSIYA
Suitsid holatlarini qayd qilib boruvchi dunyodagi eng katta institut Shvetsiyada
joylashgan bo‘lib, uning hisob-kitoblariga ko‘ra Markaziy Yevropa davlatlari bu
borada peshqadam ekanligini ta’kidlashmoqda.
Mazkur maqolada yuqori suitsidal xavf-xatarga ega bo‘lgan depressiv holatlar
sifatida bolalar varianti (6-12 yosh) da sodir bo‘lish va ularda depressiya past darajada
ifodalanishi, zo‘riqish unchalik kuzatilmasligi, bolalar sustkash, charchoqdan arz
qilishlari, ta’sirchan, qaysar bo‘lib qolishlari qayd qilinadi. Bunday bolalarni
o‘yinlarida “ko‘mish” marosimi yaqqol ko‘rinadi (o‘yinchoqlar va uy hayvonlarini
ko‘mish; rasmlarda mozor, tobutlarni ifodalanishi, o‘zining ko‘milishi bilan bog‘liq
fantaziyalar). Bunday yoshdagi suitsidal harakatlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Sababi endogen kasalliklar.
Arzimagan nizo ham suitsidal harakatlarni keltirib chiqaradi. Deviant varianti -
(10-12-14 yosh) ilgari xos bo‘lmagan buzilishlar; zo‘riqish, chekish, ichish, daydilik,
intizomsizliklar, kayfiyatsizlik-isyon va namoyishkoronalik deb tushiniladi.
Kalit so‘zlar:
Deviant, xudkushlik, haqiqiy suitsid, demonstrativ suitsid,
noma’lum suitsid, affect, qo‘rquv, xavotir, nafrat, qahr-g‘azab, quvonch, baxt, yosh
inqirozi.
Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yangi-yangi buyuk imkoniyatlar
ochmoqda. Shu bilan birga, bu globallashuv odamlarni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz
xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. Gʻarazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-
onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik,
mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishi kerak. Ta’lim
tizimida ijtimoiy-psixologik muhitni, psi¬xologik xavfsizlik tizimini yaratish nima
uchun dolzarb ekanini bilasizmi? Chunki bugungi keng qamrovli ta’lim bir paytning
o‘zida o‘quvchi shaxsining muammolarini yechishga yordam berishi lozim. Kuchli
tayyorgarlikka ega o‘qituvchi, ayniqsa maktab psixologi, bolaning xulqi buzilishi
oldini olishda asosiy rolga ega bo‘lishi mumkin. Buni vaqtida anglamaslik esa yoshlar,
ayniqsa o‘smirlar ruhiyatidagi o‘zgarishlarning xavfli jihatlari bilan namoyon bo‘ladi.
O‘smirning o‘z joniga qasd qilishi ana shu xavfning eng cho‘qqisi, deyish mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
73
ISSN:3030-3621
Xo‘sh, o‘smir nega o‘z joniga qasd qiladi? Bunga asosiy sabablar nima va aybdori
kim? Yoshlarga shuncha e’tibor qaratilishiga qaramay nega hamon yoshlar, o‘smirlar
orasida suisid (o‘z joniga qasd qilish) holatlari uchramoqda?
Mamlakatimizda o‘smirlar bo‘yicha olib borilgan psixologik tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, pedagoglar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar suisidial xulq-atvor
shakllari haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Aslida o‘z vaqtidagi ko‘rsatiladigan
psixologik yordam, o‘smirlarni hayotning har qanday vaziyatlariga astoydil tayyorlash
– bunday noxush holatlarning oldini olishi shubhasiz.
Dunyoda minglab yoshlar o‘z
joniga qasd qiladilar. Bugungi kunda yoshlarning o‘limi sabablaridan biri – suitsiddir.
Har yili
10-sentyabr
Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Davlatlararo
suitsidlarning oldini olish assotsiatsiyasi (Association for Suicide Prevention) ko‘magi
bilan Butun Jahon Suitsidlarning oldini olish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazadi.
(World Suicide Prevention Day).
Dunyo bo‘yicha har 40 soniyada 1 kishi o‘z joniga qasd qiladi. Bu haqda
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘z joniga qasd qilishni oldini olish
bo‘yicha tashkiloti xabar beradi. Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti ma’lumotiga
ko‘ra suitsidlik holati bo‘yicha o‘limlar soni yiliga millionga yetmoqda. Tendensiya
shu darajada oshaversa 2020-yilga kelib xudkushlikning soni bir yarim baravarga
ko‘payadi.
Bundan tashqari, hali aksariyat suitsidlar ro‘yxatga olinmagan. Ko‘pgina ota –
onalar qizim yoki o‘g‘lim o‘z joniga qasd qildi deb kerakli tashkilotlarga murojaat
qilishmaydi. Buni tabiiy o‘lim deb qabul qilishadi. Chunki, farzandlarining o‘z joniga
qasd qilishi bu ular uchun isnod.
Suitsidning 3 turi mavjud: 1 tur – haqiqiy suitsid – hech narsaga qaramay o‘z joniga
qasd qilish. Bunday holatda suitsidga qo‘l uruvchi aniq vaqtni, joyni oldindan belgilab
qo‘yadi. 2 tur – demonstrativ suitsid – asosiy maqsad o‘z joniga qasd qilish emas, balki
e’tiborni tortish va atrofdagilarni qo‘rqitish bo‘ladi. Bu usulda suitsident oldindan
ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yadi. 3 tur – noma’lum suitsid – bu usulda hech qanday
sababsiz o‘z joniga qasd qilish tushuniladi. Aytaylik ekstremal ishlar, ekstremal sport
bilan shug‘ullanuvchilarda shunday hol ro‘y berishi mumkin. Ular o‘lim xavfi borligini
bilib turib, yana shunday ishlarga qo‘l urishadi. Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, har 5
o‘smirdan bittasi o‘z joniga qasd qilish haqida jiddiy o‘ylaydi. Sayyoradagi o‘z joniga
qasd qilishlarning uchdan ikki qismi past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda sodir
bo‘ladi. Jahonda 15-29 yoshli yigit-qizlarning o‘limi sabablari ichida o‘z hayotiga qasd
qilish ikkinchi o‘rinda turadi.
Suitsidal holat 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan kishilarda ko‘p uchraydi. Oxirgi
10 yillikda esa suitsidga qo‘l uruvchilar asosan 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan
o‘smirlardir. Suitsid o‘limlarining keng tarqalishiga mamlakatlarning rivojlanib
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
74
ISSN:3030-3621
borishi ham sabab bo‘ladi. Bunda Sharqiy Yevropa yetakchilik qiladi. Yaponiyada har
yili taxminan 30 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi.
Eng kam ko‘rsatkichlarni Lotin Amerikasi hamda musulmon davlatlarida ko‘rish
mumkin. Biroq Afrika davlati bo‘yicha statistik ma’lumotlar umuman uchramaydi.
Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti barcha mamlakatlarni suitsidlar soniga
qarab uch guruhga bo‘lgan: - Eng past bosqich 1 yilda 100 ming nafardan 10 kishi;
Gresiya, Italiya, Gvatemala (0.5), Albaniya (1.4), Armaniston (1.3). - O‘z-o‘zini
o‘ldirishning o‘rta bosqichi 1 yilda 100 ming nafardan 20 kishi. Avstraliya, AQSh. -
O‘z-o‘zini o‘ldirishning eng yuqori bosqichi 100 ming nafar aholidan 20 va undan
yuqori. Latviya (42.5), Litva (42.1), Estoniya (38.2), Vengriya (35.9). Hozirgi kunga
kelib Rossiya ushbu guruhlarning eng yuqori bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning
ko‘rsatkichi 39 dan 60-70 ga qarab ko‘tarilmoqda. 2010-yilga kelib Rossiya o‘z-o‘zini
o‘ldirishlar bo‘yicha 1-o‘ringa ko‘tarilgan.
Hozirgi vaqtda suisidal ahloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi. Rasmiy
statistik ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida har yili 1 million 100mingga yaqin odam
o‘z joniga qasd qilish bilan o‘z hayotiga yakun yasaydi.
Ba’zan odamlar o‘zlarini yashashning qiyinligi va imkoniyatsizligi sabab bo‘lgan
ekstremal vaziyatlarda: masalan, konsentrasion lagerlardagi shafqatsiz sharoitlarda,
qiynash, azoblash, xo‘rlash va ochlik ta’siri ostida o‘zlarini o‘ldirishga urinadilar.
O‘zini-o‘zi o‘ldirish to‘g‘risida fikrlarga shuningdek, chidab bo‘lmaydigan og‘riq
beruvchi og‘ir, davosiz kasalliklar saraton vaba’zi boshqa kasalliklar ham olib kelishi
mumkin. Agar bunda ong xiralashmasdan qolgan bo‘lsa, unda azob-uqubatlarga
barham berish haqida tabiiy istak paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini o‘zi o‘ldirishlar va
ularning urinishlari turli depressiyalar, psixologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq.
Ulardan eng ko‘p tarqalgani yolg‘izlik, sherigi yoki yaqin kishisini yo‘qotish,
muvaffaqiyatsizlik yoki toptalgan mavqei, obro‘sizlantiruvchi vaziyat, hayotiy
manbaini yo‘qotish, bankrotlik va hokazolardir. Demak, o‘zini saqlash instinktining
buzilishi va o‘zini o‘ldirish istagi, bir tomondan sub’yektning ruhiy faoliyatidagi
qanday o‘zgarishlar chuqur affektga olib kelishiga, ikkinchi tomondan esa - ijtimoiy
shart-sharoitlar va shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida, his-
hayajonli–affektiv ta’sirchan registrni «yoqib qo‘yish» nafaqat ruhiyatning chuqur,
balki onggacha bo‘lgan yanada yuqoriroq darajadagi tuzilmasidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, bu o‘rinda his-hayajonli ta’sirchanlikning murakkab apparati
mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Bu ta’sirchanlikning darajalari chuqurroq
(qo‘rquv, xavotir, nafrat, qahr-g‘azab, quvonch, baxt) yoki nozikroq (qayg‘u,
g‘amginlik, estetik tashvishlar va hokazolar) bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish shaxsning ijtimoiy-ruhiy
dezadaptatsiyasi natijasi hisoblanib, bunda odam ushbu yuzaga kelgan sharoitlarda
bundan buyon o‘zi uchun mavjud bo‘lish imkoniyatini ko‘rmaydi. Shaxs
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
75
ISSN:3030-3621
dezadaptatsiyasining ehtimoliyligi jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy beqarorlik davrlarida
ob’yektiv ravishda ortadi, bu esa o‘zini o‘zi o‘ldirish statistikasida o‘zining haqiqiy
aksini topadi. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘tarilish pasayish bilan almashganda «umidlarni
yo‘qotish vaqti» keskin bo‘lib qoladi, bu esa jamiyat ongining krizisini
chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga zulmkor ta’sir o‘tkazadi va uning zaifroq
a’zolarining ixtiyoriy ravishda hayotdan voz kechishiga yordam beradi. Bu esa
tanazzulni boshidan o‘tkazayotgan va rivojlanish istiqboliga ega bo‘lmagan jamiyatda
ko‘proq namoyon bo‘ladi. Dezadaptatsiyaning keskin holati og‘ir kasalliklar,
hayotdagi omadsizliklar, yaqin odamini yo‘qotish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Har qanday holatda shaxsning ijtimoiy-ruhiy dezadaptatsiyasi og‘irligi va chuqurligini
baholashning uchta tarkibiy qismini ko‘rib chiqish mumkin: - odatiy turmush
sharoitlarining jiddiy buzilishi; - ularning inson tomonidan talqin qilinishi (hayotiy
sinish, ilojsiz vaziyat, shaxsiy halokat yoki og‘ir, lekin o‘tib ketuvchi holat); -
moslashish uchun istak yoki harakat qilishga tayyorlik (hayotdan charchash, «hayotni
qayta boshlash»ni istamaslik, bu haqda kelgan fikrdan nafratlanish yoki hayotiy
yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishga tayyor turish, vaziyatni uddalash). O‘zini o‘zi
o‘ldirish o‘z ahamiyati va psixologik sabablariga ko‘ra farqlanadi. Ular negizida
ko‘pincha ongli yoki ongsiz ravishda yaqin insonlariga bo‘lgan tuyg‘uga yoki
jamoatchilik fikriga apellyasiya-sabab, atrofdagilardan yordam va madad olishga
intilish yotadi. Bu holda o‘z joniga qasd qilish harakatlari namoyishkorona tus olishi,
haqiqiy yoki taqlid bo‘lishi yoki shantaj (qo‘rqitish) bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha
birovning ko‘zi oldida yoki birontasi kelib qolishidan bir necha daqiqa oldin sodir
etiladi, ularning usuli ko‘pincha jiddiy tahdidni ifodalamaydi – uncha ko‘p bo‘lmagan
miqdorda dori tabletkalari qabul qilinadi, teri uncha chuqur bo‘lmagan darajada
kesiladi, ingichka yoki eski arqon qo‘llaniladi, eshiklar ochiq qoldiriladi
Suitsidal harakatlarni amalga oshirish ehtimoliga turli-tuman omillar ta’sir etadi:
odamning individual psixologik o‘ziga xosliklari va milliy urf-odatlar, yoshi va oilaviy
holati, madaniy qadriyatlar va psixofaol moddalarni qabul qilish darajasi, yil fasllari
va h.k.
Bolalar va o‘smirlardagi suitsidal axloq kattalarning xatti– harakatlari bilan
o‘xshash bo‘lib, yoshga xos ravishda ajralib turadi. Bolalarga yuqori darajadagi
ta’sirchanlik va ta’sirga berilish, yaqqol his etish va siqilish, kayfiyatning
noturg‘unligiga moyillik, tanqidning sustligi, egotsentrik intiluvchanlik, qaror qabul
qilishdagi impulsivlik xosdir. Ko‘pincha, bolalar va o‘smirlarda o‘zini o‘ldirish g‘azab,
qarshilik, adovat o‘zini yoki boshqalarni jazolashdan kelib chiqadi. O‘smirlik davriga
o‘tishda o‘zini-o‘zi tahlil qilishga, atrof olamni va shaxsini pessimistik baholashga
yuqori moyillik paydo bo‘ladi. Ko‘pincha suitsidga olib boradigan emotsional
noturg‘unlik, hozirgi vaqtda sog‘lom o‘smirlarning chorak qismining yosh inqirozi
varianti hisoblanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
76
ISSN:3030-3621
Suitsidal faollikning har qanday belgisi bor, o‘smir doimo kattalarning kuzatuvida
bo‘lishi kerak, albatta, bu kuzatuv jonga tegmaydigan va me’yorda bo‘lishi zarur.
Bolalar va o‘smirlardagi depressiv holatlar va suitsidal xulq-atvor belgilarini bilish
suitsidal xatti-harakatlarning oldini olish va aniq tashxis qo‘yib, psixologik yordam
ko‘rsatish imkonini beradi.
Quyidagi holatlar o‘z joniga qasd qilish xavfini keltirib chiqarishi mumkin:
- shaxslararo munosabatlari buzilgan o‘smirlar “yolg‘izlar”;
- deviant va delikvent axloq bilan ajralib turuvchi, spirtli va narkotik moddalarni
iste’mol qiluvchilar;
- uzoq davom etayotgan depressiv holat;
- o‘zini-o‘zi o‘ta yuqori darajada tanqid qiluvchilar;
- kamsitilish yoki yaqin kishisini yo‘qotishdan, surunkali yoki oxiri o‘lim bilan
tugovchi kasalliklaridan azoblanayotganlar;
- frustratsiya;
- kasalliklardan yoki atrofdagilarni tashlab ketganligidan azoblanuvchilar;
- ijtimoiy muvaffaqiyatsiz oilalar–oiladan ketish yoki ota-onalarning ajralishi;
- suitsid sodir bo‘lgan oila farzandlari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
N.Tayloqov. Voyaga yetmaganlarga o‘rtasida suisid holatlarini oldini olish.
Metodik qo‘llanma. Toshkent 2017
2.
Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar ilmiy jurnali (2023 yil №3) ISSN 2181-1709 (P)