Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
65
ISSN:3030-3621
VOLEYBOL SPORT TURI MISOLIDA BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA
O’QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYATLARIDA INNOVATSION
KLASTER METODINI QO’LLASH SAMARADORLIGI
Boltayev Shamshodjon
Chirchiq davlat pedagogika universiteti,
“Jismoniy madaniyat metodikasi va
sport” kafedrasi o’qituvchisi,
Annotatsiya
. Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining
kasbiy faoliyatida Klaster usulini innovatsion yondashuv asosida qo'llash, shuningdek,
u orqali voleybolchilarning texnik mahoratini oshirish, o'quv jarayonini samarali
tashkil etish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar:
jismoniy tarbiya va sport, voleybol sporti, yosh voleybolchilar,
mashg'ulot jarayoni, texnika, mahorat, innovatsiya, Klaster, usul.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi asosiy
maqsadlaridan biri – pedagog kadrlarni zamon talablariga mos tarzda tayyorlash, har
tomonlama rivojlangan barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
28-yanvar
2022-yildagi
“2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-
sonli Farmonida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir necha vazifalar belgilab berildi.
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan
boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va
mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va
urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning
pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish
uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu
muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi natijasida barcha sohalarga joriy
qilinayotgan innovatsiyalarning maqsadi, pirovardida mamlakatning iqtisodiy va
ijtimoiy salohiyatini oshirishga qaratilgan, tayyor andozalarni olish, ulardan ijodiy
foydalanish yaxshiroq natija beradi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda
iqtisodiyot tarmoqlarida xalqaro tajribada sinalgan va mamlakat iqtisodiyotining ishlab
chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etuvchi innovatsion
tajribalarni qoʻllashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ana shunday innovatsiyalardan biri
“
klaster modeli
” boʻlib, bugungi kunda u Oʻzbekistonda koʻproq agrar, toʻqmachilik
va yengil sanoat sohalarida keng qoʻllanilmoqda. Qisqa muddatlar ichida klaster
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
66
ISSN:3030-3621
modeli iqtisodiyotda istiqbolli innovatsion yoʻnalish sifatida eʼtirof etildi va ushbu
modelni boshqa sohalarda qoʻllash tajribalari amalga oshirilmoqda.
Metodologiyasi
. Taʼlimga nisbatan klaster yondashuv borasidagi tadqiqotlarni
oʻrganish va tahlil qilish bu boradagi bir qancha qarashlarni jamlashga imkon berdi.
Demak, klaster yondashuvi bu:
- alohida soha (taʼlim, iqtisodiyot va b.) boʻlib, raqobatbardosh
samaradorlikka erishishdan manfaatdor boʻlgan sohalar birlashishining tashkiliy
shakllarini kuchaytirish mexanizmi;
- ixtiyoriy komponentlar qatorida oʻzining toʻliq funksional ishchanlik
qobiliyatini saqlaydigan bir nechta teng huquqli boʻlaklardan iborat boʻlgan tuzilma;
- taʼlim-fan-ishlab chiqarish tizimida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashni
shakllantirish vositasi;
-
tashkilotning
kelajak
iqtisodiyoti
uchun
kadrlar
salohiyatini
shakllantirishni tashkil qilishning innovatsion samarali usuli;
Rus olimlari tomonidan taʼlim klasterlarini shakllantirish va
rivojlantirishning nazariy asoslarini oʻrganish quyidagi yoʻnalishlarda olib borilgan:
a) kasbiy taʼlimga nisbatan klaster yondashuvi (B.Pugacheva,
A.V.Leontiyev);
Ta’kidlash joizki,ushbu sohalar qatori Jismoniy tarbiya va sportga ham
davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga joriy etilgan “O’zbekiston Respublikasini
2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishini amalga oshirishga
mo’ljallangan harakatlar strategiyasi”,ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohada joriy
etilgan Prezidentimizning beshta tashabbusi, 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031-sonli
qarori, 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5368-sonli farmoni
va boshqa shu kabi konseptual hujjatlar talablari doirasida shakllanib bormoqda.
Maʼlumki, sport oʼyinlarida, shu jumladan voleybol sport turida ham barcha
texnik-taktik harakatlarni favqulotli va oʼzgaruvchan vaziyatlarda tezkor shiddat
asosida ijro etish talab qilinadi. Binobarin, voleybol sport turi boʼyicha mashgʼulotlarni
oʼtkazish, texnik-taktik harakatlarga oʼrgatish jarayonida tezkorlik sifatini keskin
oʼzgaruvchan yoʼnalishli mashqlar yordamida muntazam shakllantirib borish
maqsadga muvofiq. Yosh sportchilarni tayyorlash va ularning mahoratini oshirish
uchun, sport mashgʼulotlarining qanday tashkil qilish va oʼtkazishga bogʼliqdir. Sport
mashgʼulotlarini tashkil qilishda, sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini oʼrganish,
texnik va taktik tayyorgarligini bilish zarurdir. shu bilan birgalikda yosh voleybolchilar
misolida tezkorlik sifatini rivojlantirishda innovatsion mazmunli harakatli oʼyinlar va
ixtisoslashtirilgan pedagogik texnologiyalardan kengroq foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Yuqorida aytilgan fikrlarni toʼlaqonli amalga oshirish uchun murabbiydan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
67
ISSN:3030-3621
kerakli bilim va mahorat talab qilinadi. Yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy
sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar
yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga
boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona-Vatanga
sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish
va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng koʼlamli ishlar
amalga oshirildi.
Voleybolchilarni samarali tayyorlash texnologiyasi o`quv-mashg’ulot jarayonini
rejalashtirish va boshqarish, jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini
baholash, sport natijalarini shakllantirish, musobaqa oldi tayyorgarlik va musobaqa
faoliyatini nazorat qilish bo`yicha samarali tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Quyida
voleybol sport turi bo’yicha klaster modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modelda voleybol
sport turiga oid terminlardan foydalangan holda voleybolchilarning fikrlash doirasi va
qiziqishini oshirish maqsad qilingan.
KLASTER metodi.
( 1-rasm).
Xulosa.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kutilayotgan har qanday innovatsion,
ilmiy-texnologik taraqqiyot, bitiruvchi kadrlar salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassis-liklarda rejalashtirilayotgan yangi fan yo‘nalishlarining majmuaviy
(diagnostik) nazorat va korreksion faoliyat mazmundorligi bilan bog‘liq. Innovatsion
yo‘nalishda yaratiladigan har qanday ishlanma sohaning ilmiy-metodik, boshqaruv,
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport trenerlar uchun faoliyat dasturi bo‘lib xizmat
qiladi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston sharoitida oliy taʼlim tizimida shunday yangi
mexanizm yaratilishi hayotiy zaruratga aylandiki, unda taʼlim turlari oʻrtasida oʻzaro
nazorat ham, raqobat ham, manfaatlarning qondirilishi ham taʼminlanishi zarur. Oliy
taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib
chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda taʼlim,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
68
ISSN:3030-3621
fan va ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi tarqoqlik bugungi kunda uzluksiz
pedagogik taʼlimni klaster rivojlanish modeliga oʻtkazish zaruratini taqazo etmoqda.
Voleybol sport turi boʼyicha mashgʼulotlarni oʼtkazish, texnik-taktik
harakatlarga oʼrgatish jarayonida tezkorlik sifatini keskin oʼzgaruvchan yoʼnalishli
mashqlar yordamida muntazam shakllantirib borish maqsadga muvofiq. Yosh
sportchilarni
tayyorlash
va
ularning
mahoratini
oshirish
uchun,
sport
mashgʼulotlarining qanday tashkil qilish va oʼtkazishga bogʼliqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-yanvar 2022-yildagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni.
https://lex.uz/pdfs/5841063.
2.
Mukhamedov, G. I., Khodjamkulov, U. N., Shofkorov, A. M., & Makhmudov, K.
S. (2020). Pedagogical education cluster: content and form. ISJ
3.
Болтаев Ш.Э.
Ёш волейболчиларни инновацион ёндашув асосида машғулот
жараёнини ташкил этиш
// // Муғаллим ҳем узликсиз билимлендириў.
Илимий-методикалық журнал– Нукус, 2022. – № 1. 87-92 б.
4.
Sh.E.Boltayev, M.E.Choriyeva. Ta'lim tizimida sog'lom turmush tarzini
rivojlantirish masalalari// The Journal of Academic Research in Educational
Sciences (ARES). – Vol. .3 – №7 , 2022. – P. 10-14.
5.
Sh.E.Boltayev, Sh.A.Abdurahmonov, F.B.Qo'ziyeva. Umumta’lim maktab
o‘quvchilarida klaster usulini qo‘llash orqali jismoniy tarbiya darslarining
samaradorligini oshirish// The Journal of Academic Research in Educational
Sciences (ARES). – Vol. .3 – №12 , 2022. – P. 339-342.
6.
Boltayev Shamshodjon
Vocational guidance of future physical education teachers
// International bulletin of applied science and
technology 2022. Vol. 2 Issue 12, pp. 261-263.
7.
Boltayev Sh
.
Yosh voleybolchilarni texnik taktik harakatlarga o’rgatishda
innovatsion klaster metodini qo’llash samaradorligi
“
Hozirgi taraqqiyot
bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari:
muammo va yechimlar”. Халқаро илмий-амалий конференция, Бухоро, 2022.,
192-194 б.