Mualliflar

  • Feruza Ro‘ziqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.132706

Annotasiya

Korrupsiya  insoniyat  tarixida  sivilizatsiya  vujudga  kelgandan  beri  bor.  Ayrim 
tarixiy  manbalarda Qadimgi  Shummer  Akkad podshohligida  vujudga kelgan degan 
taxminlar  mavjud.  Qadimgi  davrdan  boshlab  hozirgi  kungacha  yo’qolish  o’rniga 
toboro  ildiz  otib  borayotgan  bu  illat  anchagini  kuch  to’plagan.  Mamlakatlarning 
tanazzulining asosiy sababalaridan bir ham bu korupsiya hisoblanadi. Shu davrgacha 
yetib kelgan korrupsiyaning ildizlarini sug’urish uni butkul yo’q qilish imkonsiz lekin 
insonlarni  huquqiy  ongini  oshirib  va  turli  huquqiy  normalar  yaratib,  ushbu  illatni 
tarqalishini oldini olish mumkin. Oxirgi yillarda dunyo bo’yicha va Markaziy Osiyo 
davlatlarida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  uning  oldini  olish  borasida  turli  hil 
islohotlar  amalga  oshirilmoqda,  shular  qatorida  mamlakatimizda  ham  bir  qator 
islohotlar  amaliyotga  tadbiq  qilinmoqda.  Xususan  hozirgi  kunda  O'zbekistonda 
korrupsiyaga  qarshi  kurashish  muhim  ahamiyatga  ega  sohalardan  biri.  Ta’lim, 
sog’liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va davlat faoliyatining boshqa sohalarida 
amalga oshirilayotgan islohotlarning birinchi bosqichidayoq yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy 
qaramaqarshiliklar, qonunchilik bazasining mukammal emasligi, samarali boshqaruv 
siyosatining mavjud emasligining korrupsiyaning kuchayishiga va toboro ildiz otishiga 
sabab bo‘lmoqda. Korrupsiya millat zavoli mavzusi bod bod takrorlansa ham ma’lum 
bir qonun loyhalari yoki tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan bu illatni butunlay 
jamiyatda  sug’urib  tashlab  bo’lmayapti.  Statistika  ma’lumotlariga  qaraganimizda 
korrupsiya iqtisodiyot rivoji, qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy 
to‘siqlardan biri bo‘lib, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar 
zarar keltiradi. O‘zbekiston ham bu muammodan xalos bo‘lmagan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

10

ISSN:3030-3621

DAVLAT XIZMATCHILARI ORASIDA KORRUPSION VAZIYAT

OG’IRMI?

Feruza Ro‘ziqulova

Toshkent davlat yuridik universiteti

3-kurs talabasi


Korrupsiya insoniyat tarixida sivilizatsiya vujudga kelgandan beri bor. Ayrim

tarixiy manbalarda Qadimgi Shummer Akkad podshohligida vujudga kelgan degan
taxminlar mavjud. Qadimgi davrdan boshlab hozirgi kungacha yo’qolish o’rniga
toboro ildiz otib borayotgan bu illat anchagini kuch to’plagan. Mamlakatlarning
tanazzulining asosiy sababalaridan bir ham bu korupsiya hisoblanadi. Shu davrgacha
yetib kelgan korrupsiyaning ildizlarini sug’urish uni butkul yo’q qilish imkonsiz lekin
insonlarni huquqiy ongini oshirib va turli huquqiy normalar yaratib, ushbu illatni
tarqalishini oldini olish mumkin. Oxirgi yillarda dunyo bo’yicha va Markaziy Osiyo
davlatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida turli hil
islohotlar amalga oshirilmoqda, shular qatorida mamlakatimizda ham bir qator
islohotlar amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Xususan hozirgi kunda O'zbekistonda
korrupsiyaga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega sohalardan biri. Ta’lim,
sog’liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va davlat faoliyatining boshqa sohalarida
amalga oshirilayotgan islohotlarning birinchi bosqichidayoq yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy
qaramaqarshiliklar, qonunchilik bazasining mukammal emasligi, samarali boshqaruv
siyosatining mavjud emasligining korrupsiyaning kuchayishiga va toboro ildiz otishiga
sabab bo‘lmoqda. Korrupsiya millat zavoli mavzusi bod bod takrorlansa ham ma’lum
bir qonun loyhalari yoki tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan bu illatni butunlay
jamiyatda sug’urib tashlab bo’lmayapti. Statistika ma’lumotlariga qaraganimizda
korrupsiya iqtisodiyot rivoji, qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy
to‘siqlardan biri bo‘lib, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar
zarar keltiradi. O‘zbekiston ham bu muammodan xalos bo‘lmagan.

“Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International

xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan
bo‘lsa-da, hali bu illat butunlay barham topmagan. O‘zbekiston aholisning fikricha,
sog‘liqni saqlash, sud, prokuratura, ichki ishlar, fuqarolarni ishga qabul qilishda
korrupsiya keng tarqalgan

1

”.

1

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH jurnali. Maqola nomi: “DAVLAT

XIZMATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MUAMMOLAR” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

https://cyberleninka.ru/article/n/davlat-xizmatida-korrupsiyaga-qarshi-muammolar/viewer


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

11

ISSN:3030-3621

Ushbu muammolarni o’rganish va ularga qarshi samarali qarshilik bildirish uchun

qator, farmon va turli qonun loyhalari ishlab chiqilmoqda. Aynan davlat xizmati
tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalasi dolzarb sohalardan biriga aylanmoqda.

Asosiy qism:

Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik

jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayt
etib o’tgan. Davlat xizmatchilari orasida korruppsiya azaliy mavjud bo’lgan va
shakllanishiga minglab yil ketgan, masalan, avvaliga Arab xalifaligida xalifa turli
idoralar faoliyatini shaxsan oʻzi nazorat qilardi, lekin vaqt oʻtishi bilan bu ishni oʻziga
yaqin odam — xalifaning turli ishlar boʻyicha shaxsiy yordamchisi boʻlgan vazirga
topshirib qoʻydi. Vaqt oʻtishi bilan vazirlar keng tarmoqli davlat apparatini
shakllantirdi. X asrning oʻrtalariga kelib, u yoki bu lavozimga tayinlanish uchun
amaldorlar tomonidan vazirlarga pora berish amaliyoti shakllanib boʻlgandi. Hozirgi
zamon nigohi bilan qaraganimizda ham davlat xizmatchilari orasida korpuppsiyaviy
holatlar ko’paymoqda

.

Prezidentimiz ham deyarli har yig’ilish yoki selektirda

korruppsiya masalasiga alohida to’xtalib samarlari ishlar amalga oshirilganmi? yo’qmi
taxlil qilmoqda, lekin ming afsuski, davlat xizmatchilari orasida xususan, hokimlar,
vazirlar orasida ham koruppsiya holatlari juda ko’p. Siyosiy xabarlarga ko’ra, Davlat
xavfsizlik xizmatining iyun oyida Sirdaryoda olib borgan tadbirlari davomida
Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanmoqchi
bo‘lgan tadbirkorga tuman hududidan 6 gektar yer maydonini olib berish evaziga 20
ming dollar hamda viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va
tumanga qarashli 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya ko‘rinishidagi qurilish
qilish uchun ijara shartnoma asosida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar, jami
25 ming dollar talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar
bilan ushlangan. Undan tashqari, Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar
vazirligining Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘i 2022 yilda qurilgan ko‘p qavatli uy uchun
“Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida davlat qabul
qilish dalolatnomasi”ni tasdiqlatib berish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.
Mana shu yil davomida turli vazirlik va idoralarning 865 nafar mansabdor shaxsi
korrupsiya alomatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Bundan ko’rinib turibdiki,
korpupsiya masalasi bo’yicha davlat xizmatchilari orasida vaziyat anchagina og’ir.
Davlat xizmatchilari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir qator qonun
hujjatlari ishlab chiqilmoqda, Bularga: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi
qonun, “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
prezident farmoni, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni,
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

12

ISSN:3030-3621

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “Korrupsiyaga
qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat
boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF shular jumlasidandir.
«Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu
konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul
qilinishi katta ahamiyat kasb etgan. Masalan Korupsiyaga qarshi kurashish tog’risidagi
qonuning mazmun mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, unda korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat
organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga
oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini
oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq
bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish
orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini
yaratishga qaratilgan me’yorlar o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa
qonunosti hujjatlarning ham tub mazmun mohiyati korupsiyaning oldini olish va uni
ta’sirini kamaytirish hisoblanadi. Davlat xizmatchilari orasida korrupsiyaviy holatni
oldini olish borasida tizmimli va samarali yechim topishgan desak ham bo’ladi. Undan
tashqari mamlakatimizda

rotatsiya tizimi

yo’lga qo’yilgan. Davlat xizmatchisining

teng lavozimga o’tish asoslaridan biri davlat xizmatchisining rotatsiya qilinishidir.
Rotatsiya asosan davlat xizmatida koruppsiyaning oldini olish, kadrlar zahirasini
shakllantirish, tajriba almashish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirish
maqsadida amalga oshirilmoqda

2

”.

Fikrimizcha, bu tizimni mazmun mohiyati koruppsiya holatlari kelib chiqmasligi

uchun lavozim bo’yicha teng bo’lgan boshqa lavozimga ko’chirilishi va u lavozimdan
ham boshqasiga o’yishi ya’ni xarakatlanishi hisoblanadi. Masalan, tuman
hokimligining moliya bo'limi boshlig'i ma'lum muddatdan so'ng boshqa tumanga yoki
viloyat hokimligiga o'xshash lavozimga o'tkazilishi mumkin. Bu uning yangi tajriba
orttirishi va avvalgi joyida shakllangan korrupsiyaviy aloqalarning uzilishiga xizmat
qiladi. Yurtimizda davlat xizmatchilari orasida korrupsion holatlarni oldini olish uchun
rotatsiya instituti qo’llanib kelinmoqda. Rotatsiya tizimi Germaniyada davlat
idoralarida koruppsiyaning oldini olish maqsadida ko’p yillardan beri qo'llanilmoqda.
Germaniyada davlat xizmatchilariga nisbatan rotatsiya qanday qo’llanilishini ko’rib
chiqamiz. “Germaniyada korrupsiyaga ko’proq ta’sirli lavozimlarni egallagan
xizmatchilarni rotatsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday lavozimlarda
xizmat qilish muddatni 5yil qilib belgilagan bo’lib, bu muddatni cho’zish uchun zarur
hujjatlarda tegishli yozuvlarni kiritishi shart. Bu talab xodimlarni lavozimlarga joylash

2

Davlat xizmati. O’quv qo’llanma./ Yusupov S.B.,Isayeva F.B. – Toshkent: toshkent davlat yuridik universiteti, 2022. –

105 b.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

13

ISSN:3030-3621

jarayoni ustidan nazoratni kuchaytiradi. O’z o’rnida mansabdor shaxsning
mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Germaniya ekspertlarining fikriga ko’ra,
rotatsiya tufayli korupsiya holatlari darajasi pasayishiga quydagi omillar sabab
bo’lgan.

1-

Alohida shaxs va davlat xizmatchisining qayta uchratish ehtimolininng

kamligi;

2-

Pora taklif qilish mumiin bo’lgan alogida shaxs keeyinchalik lavozimga

kelgan yangi xizmatchi tomonidan o’zining oldingi marhamati hisobga olinishiga
ishonch hosil qilolmaydi;

3-

Alohida shaxs pora taklif qilsa yangi davlat xizmatchisini javobi qanday

bo’lishini bilmaydi

3

”.

Fikrimizcha, davlat xizmatchilarining rotatsiya qilish bo’yicha Germaniya

tajribasi ancha ijobiy tomonlari ko’p va yurtimizda ham shu tartibdan foydalanish
albatta yaqin kelajakda yaxshi va koruppsiyaga qarshi kurash sohasida samarali o‘sish
kuzatiladi. Undan tashqari, Fransiya va Xitoyda ham korrupsion holatlarni oldini olish
uchun aynan shu yo’sinda davlat xizmatchilari xarakatlantiriladi. Mamlakatimizda
ham ushbu tizimi yo’lga qo’yilgan va undan tashqari Prezidentimizning 4761-sonli
farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil qilndi. Tashkilot
parlament oldida hisobdor va mamlakat Prezidentiga boʻysunadi. Oʻzbekiston
Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunini maqsadi
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
Agentlik vakolatlariga to’xtaladigan bo’lsak, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
maydondagi statusiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni tahlil
etish Davlat moliyaviy operatsiyalariga bogʻliq hujjatlarni oʻrganish, nazorat qilish va
bu sohadagi shaffoflikni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan kelib
tushgan murojaatlar boʻyicha korrupsion holatlarni taftish etish va ularning huquqlarini
tiklash

4

”.

Rossiyada ham mavjud korrupsion vaziyat borasida biroz fikr yuritsak, B. Yelsin

hokimiyati davrida koruppsiya masalasiga panja orqasidan qarab kelingan edi. Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti V. Putin nazoratiga oʻtgan koʻplab maxsus ilmiy markazlar,
jamoat tashkilotlari qisqa muddatda vazirliklar va mintaqalardagi korrupsiya darajasini
aniqlab oldilar. Masalan, Moskva hamda markaziy shaharlarda korrupsiya yuqori,
uzoq oʻlkalarda kamroq rivojlangan edi. Ayniqsa, sud, prokuratura, ichki ishlar
organlarida, oliy oʻquv yurtlarida korrupsion tizim “samarali” ishlaganligi aniqlanib,
minglab mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilindi. Bundan xulosa chiqargan
tamagir rahbarlar siyosiy vaziyatdan sal choʻchib, oʻzlarini “panaga tortdi”. Aytish

3

Davlat xizmati. O’quv qo’llanma/ E.T.Xojiyev, G.S.Ismailova,M.A.Rahimova. – Toshkent. Baktria Press, 2015. - 70

4

Prezident farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06/22/154/0524-son)

https://lex.uz/ru/docs/-4875782


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

14

ISSN:3030-3621

mumkinki, oʻzbek siyosatchilari, davlat arboblari, olimlari oʻrganaman desa dunyo
mamlakatlarida bunday jihatlar koʻplab topiladi. Misol uchun, Singapurda pora
olishdan bosh tortgan amaldorlarga mukofotlar tarqatiladi. Yaponiya davlat sektori
xodimlarining vijdonliligi baholab boriladi

5

”.

Biz oʻziga xos bunday islohotlar tag-zaminidagi ichki va tashqi omillarni tadqiq

etishimiz zarur.

amlakatimizda korrupsion holat judayam og’ir, davlat xizmatchilari va boshqa

sohalarda ham koruppsiya ildiz otib bormoqda. Bu holat bilan butun dunyo
kurashmoqda, va o’zlarining samarali tajribalari bilan bo’lishishmoqda.
Mamlakatimizda ham korupsiyaga qarshi kurashish agentligining tuzilishi
Prezidentimiz tomonidan turli farmonlarning qabul qilinishi va rotatsiya taribini keng
miqyosda davlat xizmatchilariga tadbiq qilinishi vaziyatni biroz yumshatmoqda lekin,
sezilarli siljish bo’lmayapti.

Umumiy xulosa o’rnida shuni aytish lozimki,

davlat

xizmati sohasida korrupsion holatga yo’l ochib berayotgan, koruppsiya olayotgan va
berayotgan shaxslarni majoziy manoda chivinlarga qiyoslasak, koruppsiyani keltirib
chiqarayotgan sabablarni esa bir botqoqlik sifatida baholasak bo`ladi. Biz necha
yildirki chivinlar bilan olishamiz ya’ni korrupsion jinoyat sodir qilgan shaxslarni
jazolash bilan, lekin, fikrimizcha ish faqat korupsiya oluvchilar va beuvchilar bilan
shug’ullansak siljish juda sekinlashadi, biz botqoq bilan ya’ni korrupsiyani kelib
chiqish sabablari bilan kurashishimiz kerak. Korrupsiya ming yillardan beri bor ularni
oluvchi va beruvchilarini yo’qotish imkonsiz lekin biz korrupsiya botqog’ini
quritishimiz kerak. Chivinlar o’lmaydi botqoq quritiladi tamoyilining tom ma’nosi
ham shundan iborat. Ya’ni koruppsiyaga qarshi kurashishda jazoni og’irlashtirish emas
balki, davlat xizmatchilarining ruhiyatini ongini koruppsiyaga toqatsizlik ruhida
tarbiyalash darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

Maxsus adabiyotlar:
1-

Davlat xizmati. O’quv qo’llanma./ Yusupov S.B.,Isayeva F.B. –

Toshkent: toshkent davlat yuridik universiteti, 2022. – 105 b.

2-

Davlat

xizmati.

O’quv

qo’llanma/

E.T.Xojiyev,

G.S.Ismailova,M.A.Rahimova. – Toshkent. Baktria Press, 2015. - 70

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1-

Prezident farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 06/22/154/0524-son)

2-

5

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences maqola nomi: “O‘ZBEKISTONDA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SIYOSIY - HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA-
TADBIRLARI” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-

korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari/viewer


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

15

ISSN:3030-3621

Ilmiy nashrlar va maqolalar:

1-

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC

RESEARCH jurnali. Maqola nomi: “DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA
QARSHI MUAMMOLAR” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

2-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

maqola

nomi:

“O‘ZBEKISTONDA

KORRUPSIYAGA

QARSHI

KURASHISHNING SIYOSIY - HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA
TADBIRLARI” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

Elektron o‘quv resurslari:

1-

https://cyberleninka.ru/search

2-

http://lawlibrary.ru/

3-

https://lex.uz/ru/docs/-

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

Maxsus adabiyotlar:

- Davlat xizmati. O’quv qo’llanma./ Yusupov S.B.,Isayeva F.B. –

Toshkent: toshkent davlat yuridik universiteti, 2022. – 105 b.

- Davlat xizmati. O’quv qo’llanma/ E.T.Xojiyev,

G.S.Ismailova,M.A.Rahimova. – Toshkent. Baktria Press, 2015. - 70

Normativ-huquqiy hujjatlar:

- Prezident farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari

milliy bazasi, 06/22/154/0524-son)

Ilmiy nashrlar va maqolalar:

- CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC

RESEARCH jurnali. Maqola nomi: “DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA

QARSHI MUAMMOLAR” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

maqola nomi: “O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI

KURASHISHNING SIYOSIY - HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA

TADBIRLARI” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

Elektron o‘quv resurslari: