Mualliflar

  • Sunnatov Samir Zafar o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.132709

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Қисқа туташган роторли асинхрон мотор синхрон мотор фаза роторли асинхрон мотор микро ГЭС микроконтреллёрли бошқарув блоги.

Annotasiya

Annotatsiya:    Muqobil  energiya  manbalari  asosida  sanoat  va  konchilik 
korxonalarida asosiy energiya manbalariga zaxira energiya tizimini yaratish bugungi 
kundagi  energiya  manbalarining  asosiy  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Muqobil 
energiya manbalarining ishonchli turi bu mikro GESlar hisoblanadi. Maqolada mikro 
GES  qurilmasi  ish  rejimlarini  boshqarish  tizimini  takomillashtirilgan 
avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimi  yordamida  boshqarish  blogini  yaratish, 
boshqaruv blogi yordamida mikro GESlarni ishonchli, uzluksiz va sifatli tarzda ish 
rejimlarini boshqarish masalalari, ularning afzalliklari keltirib o‘tilgan.  

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

174

ISSN:3030-3621

MIKRO GES QURILMASI TAJRIBA SINOV MODELINING

AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV BLOGINI YARATISH

Sunnatov Samir Zafar o‘g‘li

Navoiy davlat konchilik va

texnologiyalar universiteti talabasi

e-mail:

samirsunnatov61@gmail.com

Annotatsiya:

Muqobil energiya manbalari asosida sanoat va konchilik

korxonalarida asosiy energiya manbalariga zaxira energiya tizimini yaratish bugungi
kundagi energiya manbalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Muqobil
energiya manbalarining ishonchli turi bu mikro GESlar hisoblanadi. Maqolada mikro
GES

qurilmasi

ish

rejimlarini

boshqarish

tizimini

takomillashtirilgan

avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yordamida boshqarish blogini yaratish,
boshqaruv blogi yordamida mikro GESlarni ishonchli, uzluksiz va sifatli tarzda ish
rejimlarini boshqarish masalalari, ularning afzalliklari keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Қисқа туташган роторли асинхрон мотор, синхрон мотор,

фаза роторли асинхрон мотор, микро ГЭС, микроконтреллёрли бошқарув блоги.

KIRISH

Bugungi kunda jahonda, qolaversa Respublikamizda ham mavjud kichik yoki

mikro GESlarda qo‘llanilayotgan generatorlar asosan qisqa tutashgan rotorli asinxron
va (yoki) sinxron mashinalardan iborat. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar
generator rejimida qo‘llanilganda, bir qancha kamchiliklar yuzaga keladi. Ya’ni
generator ishchi organi – g‘ildiragini aylantirib beruvchi suv tezligi o‘zgarganda
(kamaygan yoki ko‘payganda), generator ishlab chiqarayotgan elektr energiya quvvati
ham o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. Bu - kichik GES larning, qolaversa qisqa tutashgan rotorli
asinxron generatorlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Shu kamchiliklarni hisobga
olgan holda zamonaviy, yangi konstruksiyali mikro GES qurilmasini ishonchli va
uzluksiz ish rejimlarini ta’minlash maqsadida faza rotorli asinxron generatorli mikro
GES qurilmalarini qo‘llash tavsiya etiladi [1,2].

ASOSIY QISM

Mikro GESlarda generator sifatida sinxron mashinalardan foydalanishning ham

o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Ya’ni sinxron generatorni tizim bilan sinxronlash
shartlarini bajarish, generator tomonidan ishlab chiqarilayotgan kuchlanishni rostlash
qiyinligi, bundan tashqari sinxron mashinalarning massasi og‘irligi, tannarxining
qimmatligi va murakkab tuzilishga ega ekanligi ham motorni mikro GESlarda
qo‘llashda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi [3]. Yuqoridagilarni hisobga olgan
holda mikro GESlarda faza rotorli asinxron motorlarni generator rejimida qo‘llashni

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

175

ISSN:3030-3621

taklif qilamiz va generatorni avtomatlashtirilgan boshqaruv blogi quyidagi 1-rasmda
tasvirlangan:

1-rasm. Faza rotorli asinxron generatorini avtomatlashtirilgan mikrokontrellyorli

boshqaruv blogi sxemasi

Yuqoridagi 1-rasmda faza rotorli asinxron motorni generator rejimida ishlatishni

boshqarishning mikrokontrollyorli boshqaruv blogi va blokning ichki tuzilish sxemasi
ko‘rsatilgan [4].

Ushbu 1-rasmda ko‘rsatilgan mikrokontrollyorli boshqaruv blogida faza rotorli

asinxron motorni generator rejimida mikro GESlarda qo‘llash va suv tezligiga bog‘liq
bo‘lmagan holda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya quvvatini o‘zgartirmasdan
tizimga va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida SIEMENS TIAPORTAL
dasturi yordamida yaratilgan mikrokontrollyorli kondensatorlar blogi asosida
avtomatik boshqarish yordamida amalga oshirish qurilmasi ishlab chiqilgan. Ishlab
chiqilgan boshqaruv blogi qurilmasining funksional vazifalari quyidagilardan iborat:

1. SIEMENS TIAPORTAL dasturi yordamida faza rotorli asinxron generatorga

aktiv qarshilik, ya’ni iste’molchi ulanganda ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyasining quvvati kamaymasligi uchun generatorga kondensator qurilmalarini
sig‘imiga mos ravishda mikrokontrollyorli avtomatik boshqaruv blogi yordamida
parallel ravishda bosqichma-bosqich ishga tushirishni avtomatik tarzda amalga
oshirish dasturi tuzilgan va asoslangan.

2. Qurilma bitta asosiy blokdan iborat bo‘lib: SIEMENS TIAPORTAL

mikrokontrollyor dasturi - generator parametrlarini qabul qilib kondensatorlar
yordamida tizimga ishonchli o‘zgarmas qiymatdagi elektr energiyasini yetkazib
berishdan iborat va qurilma uchun dastur yozilgan.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

176

ISSN:3030-3621

XULOSA

1.

Konchilik korxonalarida mavjud suv oqimlarining nominal parametrlarini

hisobga olgan holda o‘rnatilishi taklif qilinayotgan mikro GES qurilmasi uchun
sinxron yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarni generator rejimida qo‘llash bir
qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi sababli faza rotorli asinxron generatorni
qo‘llash kerakligi asoslangan.

2.

Konchilik korxonalarida mikro GES qurilmasidan foydalanish

imkoniyatlarini tajriba sinov asosida tekshirib ko‘rish maqsadida MatLAB dasturiy
ta’minoti paketida mikro GES qurilmasi yig‘ildi va SIMULINK grafigi hosil qilindi.
Yig‘ilgan immitatsion va fizik modellarda o‘tkazilgan tajribalar asosida konchilik
korxonalarida faza rotorli asinxron generatorli mikro GES qurilmasini qo‘llash
samarali va zarurligi asoslab berilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Alimxodjayev K.T., Zoxidov O.U., Asynchronous Generators with PhaseWound
Rotor for Power Stations Operating Parallel to a Network International Journal of
Advanced Research in Science, Engineering and Technology, Vol. 6, Issue 11,
November 2019.

2.

Alimxodjayev K.T., Zoxidov O.U. Otsenka primeneniya i pokazateley asinxronnix
generatorov na malomoshnix gidroelektrostansiyax. Kompozitsion materiallar
ilmiy-texnik va amaliy jurnali, 3-son, Toshkent 2019y.

3.

Karshibaev A. I., Zokhidov O.U. Research of potential and effectiveness of
renewable energy application at mining enterprises of the Republic of Uzbekistan.
Australian Journal of Science and Technology, Volume 4; Issue 4; December 2020.

4.

Зохидов О.У., Меркулов М.В. Исследование потенциала и эффективности
применения возобновляемой энергии на горных предприятиях Республики
Узбекистан. Международная научно-практическая конференция. Москва 1-2
апреля, 2021 г.

Bibliografik manbalar