Mualliflar

  • Xolto‘raev Sharofiddin Chorievich
  • Sultonov Xumoyun Mahmudjon o‘g‘li
  • Saloxiddinov Ergashboy G‘iyosiddin o‘g‘li
  • Mirzabay Kabulovich Sabirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.132717

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: O‘rmon urug‘ laboratotiya taxlil natija foiz ko`rsatgichlar.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rmon xo‘jaliklari 
tomonidan  tayyorlanayotgan  qayrag‘och  urug‘larining  laboratoriya  sharoitida 
unuvchanlik  ko‘rsatgichlari  aniqlanib,  urug‘larini  hududlar  kesimida  unib  chiqishi 
foizlarda va unib chiqish sifat ko‘rsatgichlari haqida ma’lumorlar keltirib o‘tilgan 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

135

ISSN:3030-3621

UDK 630.381:

630

*114.351

LABORATORIYA SHAROITIDA QAYRAG‘OCH URUG‘LARINING

UNUVCHANLIK KO‘RSATGICHLARI

Xolto‘raev Sharofiddin Chorievich

q.x. f.f.d (PhD)

O‘rmon urug‘chilik markazi

Sultonov Xumoyun Mahmudjon o‘g‘li

q.x. f.f.d (PhD)

Farg‘ona hududiy o‘rmon urug‘chilik laboratoriyasi

Saloxiddinov Ergashboy G‘iyosiddin o‘g‘li

Farg‘ona hududiy o‘rmon urug‘chilik laboratoriyasi laboranti

Mirzabay Kabulovich Sabirov

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim

Annotatsiya

. Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rmon xo‘jaliklari

tomonidan tayyorlanayotgan qayrag‘och urug‘larining laboratoriya sharoitida
unuvchanlik ko‘rsatgichlari aniqlanib, urug‘larini hududlar kesimida unib chiqishi
foizlarda va unib chiqish sifat ko‘rsatgichlari haqida ma’lumorlar keltirib o‘tilgan

Kalit so‘zlar:

O‘rmon, urug‘, laboratotiya taxlil, natija, foiz, ko`rsatgichlar.

Аннотация

. В данной статье приведены данные о показателях всхожести

семян карагача, выращиваемых лесными хозяйствами Ферганской долины, в
лабораторных условиях. Представлены процентные показатели прорастания
семян в разрезе регионов, а также показатели качества всходов.

Ключевые слова:

Лес, семена, лабораторный анализ, результат, процент,

показатели.

Abstract.

This article presents data on the germination rates of elm seeds grown

by forest enterprises of the Fergana Valley under laboratory conditions. It includes
information on the percentage of seed germination across different regions and
qualitative indicators of seedling emergence.

Keywords:

Forest, seeds, laboratory analysis, result, percentage, indicators.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son

hamda 2024-yil 21-oktabrdagi 44-sonli yig‘ilish bayoni hamda 2023-yil
23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon”
umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat topshiriqlari va PF-199-son Farmoni tegishli
bandlariga asosan O‘rmon urug‘chiligi markazi davlat muassasasi va uning Farg‘ona
hududiy o‘rmon urug‘chilik tahlil laboratoriyasi tashkil etildi. Farg‘ona hududiy
o‘rmon urug‘chilik tahlil laboratoriyasi xodimlari, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida
tayyorlangan urug‘larni tahlildan o‘tkazish, o‘rmon urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

136

ISSN:3030-3621

tadqiqot ishlarini olib borish, urug‘ tayyorlanadigan plantatsiyalarni tashkil etish
bo‘yicha O‘rmon xo‘jaliklari bilan yaqin va doimiy hamkorlik qilish, urug‘chilik
holatini o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida birgalikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilgan topshiriqlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

kelgusidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari
kesimida 2025 yil uchun o‘rmonchilik, ko‘chatchilik va urug‘chilik yo‘nalishlarida
topshiriqlar taqsimoti ishlab chiqilgan, yuqorida keltirilgan qarorlar, farmonlar va
topshiriqlar ijrosini ta’minlash, O‘rmon urug‘chilik markazi va uning hududiy
laboratoriyalari zimmasiga yuklatilgan.

Atrofimizni o‘rab turgan ko‘plab o‘simliklar mavjud, har bir o‘simlikning o‘ziga

xos harakteri belgilari bor, ayrim o‘simliklar faqatgina dorivor, ayrimlari oziq ovqat
bo‘lsa, qayrag‘ochdoshlar oilasiga mansub Ulmus turkumi turlari o‘zining biologik
xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘simlik asosan O‘rta Osiyo va
Ozorboyjonda yaxshi o‘sadi, hamda 450-500 yil o‘sib turadi. Yorug‘likga talabchan,
qurg‘oqchilikka juda chidamli, sovuqqa hamda zararkunandalarga nisbatan chidamsiz.
U tog‘larning 1500 balandligi gacha bo‘lgan joylarda o‘sadi. Qulay sharoit bo‘lsa
uning bo‘yi 10-15-m gacha yetadi. Shox-shabbasi qalin, shakli turlariga qarab turlicha
ya’ni sharsimon, tik joylashadi. Shoxlanishi monopodial barglari novdalarida ketma-
ket joylashadi barglarining shakli tuxumsimon shakilda. Qayrag‘och mart oyining
boshlarida havo haroratiga qarab 5-10 kungacha oralig‘ida vigetatsiyasini boshlaydi.
Mart oyining oxiri aprel oylarida gullab mevalaydi urug‘larini tezlik bilan yig‘ishtirib
olinmasa barcha urug‘lar kichik va yengil bo‘lganligi sababli terib olish imkoni
bo‘lmaydi. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan xamkorlikda
Farg‘ona vodiysi viloytlarida yetishtirilayotgan qayarag‘och (

u

lmus

) urug‘larini

labaratoriya sharoitida unuvchanlik darajasini aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlari
amallga oshirildi.

Urug‘ unduruvchi inkubatorga qo‘yishdan oldin urug‘lar qo‘l bilan ishlov

berildi va urug‘lar vazn o‘lchovlari aniqlandi. 1000 dona urug‘ning og‘irligi
5,6 grammdan 7,4 gramni tashkil etishi aniqlandi. Bir dona urug‘ning og‘irligi o‘rtacha
0.007 gr ga tengligi aniqlandi. Tajribaning keyingi bosqichida urug‘ unduruvchi
inkubatorga qo‘yilgandan urug‘ini laboratoriya sharoitida undirish jarayonida bir
nechta muhim vazifalar belgilangan. Urug‘larni laboratoriya tahlili jarayonida
belgilangan

muddatlarga

amal

qilish

talab

etiladi.

Quyida

qayrag‘och urug‘ini laboratoriya sharoitida undirishdagi vazifalar va ularning
muddatlari keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

Qayrag‘och urug‘ini laboratoriya sharoitida undirash vazifalari va

muddatlari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

137

ISSN:3030-3621

Vazifa nomi

Bayon etilishi

Muddat

(kun/soat)

1

Urug‘ni saralash

Sog‘lom va to‘liq urug‘lar

tanlab olinadi.

1–2 kun

2

Urug‘ qobig‘ini

yumshatish

(skarifikatsiya jarayoni)

Qattiq qobiqni yumshatish

uchun mexanik yoki termik

usullar (xona xaroratida

suvda saqlash).

12–24 soat (issiq

suvda 20–30

daqiqa)

3

Urug‘ni namlash

(namlanishga

tayyorlash)

Urug‘ni 24 soat davomida

illiq suvda ushlab, hajmini

oshirish.

1- sutka

4

Urug‘ni undirish

(inkubatsiya)

Namlik va harorat nazoratida

urug‘ni undirash: +24+26°C,

nam muhitda.

7–14 kun

5

Undirilgan urug‘larni

baholash

Ungan urug‘lar soni, sifati va

undirish foizini aniqlash.

1-kun

6

Urug`lar undiruvch

moslamalar (apatarlar)

va substratlatni tozalash

Unuvchanlik aniqlanib petri

idishlari sterilizarsiya qilish,

yakobsen apatarini urug`lar

qoldiqlari va zambrug`lardan

tozalash

Unuvchanlik

aniqlangandan

so‘ng 1- kun

ichida

O‘rmon urug‘chilik markazi Farg‘ona hududiy o‘rmon urug‘chilik tahlil

laboratoriyasida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Kosonsoy davlat o‘rmon
xo‘jaliklari hamda Pop va O‘rta orol ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari
tomonidan tayyorlangan qayrag‘och urug‘ini ikki xil usulda, urug‘ undiruvchi
inkubatorida petri idishida va mahsus yakobsen urug‘ undirish aparatida unuvchanlik
ko‘rsatgichlarini baxolash uchun aniqlandi. Laboratoriya sharoitida kuatuvlar olib
borildi va dastlabki natijasiga ko‘ra qo‘yidagi ma’lumotlar olindi. Andijon davlat
o‘rmon xo‘jaligi qayrag‘och urug‘larini +24-26

0

C haroratda 20 dona urug‘ undirishga

qo‘yilganda 15 dona qayrag‘och urug‘i unib chiqanligi hamda 75 % unuvchanlikga ega
ekanligi aniqlandi. Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligidan laboratoriyaga olib kelingan
qayrag‘och urug‘larini +24-26

0

C haroratda 20 dona urug‘ undirishga qo‘yilganda 14

dona

unib

chiqanligi

hamda

70 % unuvchanlikga ega ekanligi aniqlandi.

2-jadval

Farg‘ona hududiy o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha qayrag‘och urug‘larini

laboratoriya sharoitida unuvchanligi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

138

ISSN:3030-3621

O‘rmon xo‘jaliklari nomi

Harorat,

0

C

Tahlilga

qo‘yilgan

urug‘lar,

dona

Unib

chiqqan

urug‘lar,

dona

Unuvchanlik,

%

1

Andijon

davlat

o‘rmon

xo‘jaligi

+24-26

20

15

75

2

Namangan davlat o‘rmon
xo‘jaligi

+24-26

20

14

70

3

Kosonsoy davlat o‘rmon
xo‘jaligi

+24-26

20

12

60

4

Pop ixtisoslashgan davlat
o‘rmon xo‘jaligi

+24-26

20

13

65

5

O‘rta orol ixtisoslashgan
davlat o‘rmon xo‘jaligi

+24-26

20

14

70

6

Farg‘ona davlat o‘rmon
xo‘jaligi

+24-26

20

15

75

7

Qo‘qon davlat o‘rmon
xo‘jaligi

+24-26

20

13

65

Kosonsoy davlat o‘rmon xo‘jaligida tayyorlangan urug‘lar +24-26

0

C haroratda

20 dona urug‘ undirishga qo‘yilganda 12 dona urug‘ unib chiqanligi hamda 60 %
unuvchanlikka ega ekanligi aniqlandi. Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida
tayyorlangan urug‘lar esa +24-26

0

C haroratda 20 dona urug‘ undirishga qo‘yilganda

13 dona unib chiqanligi hamda 65 % unuvchanlikga ega ekanligi aniqlandi. O‘rta orol
ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligidan kelgan urug‘lar esa +24-26

0

C haroratda 20

dona urug‘ undirishga qo‘yilganda 14 dona unib chiqanligi hamda 70 % unuvchanlikga
ega ekaligi aniqlandi.

1-rasm Qayrag‘och urug‘larini laboratoriya sharoitida unuvchanligi

Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligida tayyorlangan urug‘lar laboratoriya sharoitida

aniqlanganda esa +24-26

0

C haroratda 20 dona urug‘lar undirishga qo‘yilganda 15 dona

unib chiqanligi hamda 75 % unuvchanlikga ega ekanligi aniqlandi. Qo‘qon davlat


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

139

ISSN:3030-3621

o‘rmon xo‘jaligida tayyotlangan urug‘lar esa +24-26

0

C haroratda 20 dona urug‘lar

undirishga qo‘yilganda 13 dona unib chiqanligi hamda 65 % unuvchanlikga ega
ekanligi aniqlandi. Urug‘lar tahlilidan aniqlanishicha eng yuqori ko‘rsatkichlar
Andijon va Farg‘ona o‘rmon xo‘jaliklarida tayyorlangan urug‘lar nisbatan yuqori
unuvchanlik ko‘rsatgichlariga ega ekanligi aniqlandi.

Xulosa:

Kuzatish natijalariga ko‘ra xulosa qilish mumkinki, qayrag‘och

urug‘lari laboratoriya sharoitida urug‘larining unuvchanligini aniqlashda, urug‘lar
+24-26

0

C haroratda yaxshi unishi aniqlanib, unuvchanlik eng yuqori 75 % ni tashkil

etdi. Harorat oshishi yoki kamayishi esa unish ko‘rsatkichiga ta’sir etib +24-26

0

C eng

maqbul harorat ekanligi aniqlandi. Qayrag‘och urug‘lari uchun optimal +24-26

0

C

harorat va yetarli namlik ekanligini ko‘rsatdi. Kuzarish natijalari ushbu qayrag‘och
daraxtni turini ko‘paytirish, ko‘chat yetishtirish va o‘rmon resurslarini tiklashda
muhim amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilga adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-199-son Farmoni 16 b -bandiga
asosan“ Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon”
umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni
ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni -Toshkent, 2023-yil 23-
noyabr.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4850-son 44-sonli yig‘ilish bayoni
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kelgusidagi ustuvor vazifalar
ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari kesimida Prezident Qarori -
Toshkent, 2024-yil 6-oktabr.

3.

Richens R.H. Elm. Cambridge University Press, 1983. pp. xi–359.

4.

Çiçek E., Tilki F. Seed germination of three Ulmus species from Turkey as
influenced by temperature and light. J. Environ. Biol., 2007, 28(2): 423–425.

5.

İncedemiroğlu S. Studies on seed characteristics and nursery techniques of elm
(Ulmus sp.). MSc Thesis, Abant Izzet Baysal Univ., 2004.

6.

Phartyal S. et al. Seed storage physiology of Ulmus wallichiana. Seed Science &
Technology, 2003.

7.

Pakistan Journal of Biological Sciences, 2006; 9(4): 697–699

8.

Hamidov.A, Nabiyev.M, Odilov.T “O‘zbekiston o‘simliklar aniqlagichi” T.
“O‘qituvchi”1987.

9.

Yoziyev.L.xинтродукция лагестремии индийской в условиях южного
Узбекистана Интродуксия и акклиматизайия растенийT”Fan” 1996. B.40

10.

Qayumov. A.Q., “Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish” Toshkent-2012
107-b

11.

A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev “Dendrologiya” Т.: «Fan va texnologiya»,

12.

F.O.Xasanov,

A.S.Esonqulov,

M.B.Tirkasheva,

Флора

Зааминского

государственного заповедника.–Tosh. REN-Poligraf, 2013. –120b.

Bibliografik manbalar

Foydalanilga adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-199-son Farmoni 16 b -bandiga

asosan“ Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon”

umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni

ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni -Toshkent, 2023-yil 23-

noyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4850-son 44-sonli yig‘ilish bayoni

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kelgusidagi ustuvor vazifalar

ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari kesimida Prezident Qarori -

Toshkent, 2024-yil 6-oktabr.

Richens R.H. Elm. Cambridge University Press, 1983. pp. xi–359.

Çiçek E., Tilki F. Seed germination of three Ulmus species from Turkey as

influenced by temperature and light. J. Environ. Biol., 2007, 28(2): 423–425.

İncedemiroğlu S. Studies on seed characteristics and nursery techniques of elm

(Ulmus sp.). MSc Thesis, Abant Izzet Baysal Univ., 2004.

Phartyal S. et al. Seed storage physiology of Ulmus wallichiana. Seed Science &

Technology, 2003.

Pakistan Journal of Biological Sciences, 2006; 9(4): 697–699

Hamidov.A, Nabiyev.M, Odilov.T “O‘zbekiston o‘simliklar aniqlagichi” T.

“O‘qituvchi”1987.

Yoziyev.L.xинтродукция лагестремии индийской в условиях южного

Узбекистана Интродуксия и акклиматизайия растенийT”Fan” 1996. B.40

Qayumov. A.Q., “Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish” Toshkent-2012

-b

A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev “Dendrologiya” Т.: «Fan va texnologiya»,

F.O.Xasanov, A.S.Esonqulov, M.B.Tirkasheva, Флора Зааминского

государственного заповедника.–Tosh. REN-Poligraf, 2013. –120b.