Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
129
ISSN:3030-3621
MAJBURIY SO‘YILGAN HAYVONLARDAN OLINGAN
MAHSULOTLARNI VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI
O‘rinova Moxira Baxromjon qizi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi
chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali talabasi
Annotatsiya:
Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarini so‘yish mumkin
bo‘lmagan hollarda va majburiy so‘yiladigan hayvonlar hamda majburiy so‘yilgan
hayvonlar go‘shti va go‘sht mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholash va sotishga
chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan talablar tahlil qilingan. Go‘shtni saqlash
jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, shartli yaroqli go‘shtni zararsizlantirish
usullari ham keng tarzda bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
go‘shtni saqlash, majburiy so‘yiladigan hayvon, o‘lim oldi
talvasasi, go‘sht mahsulotlari, talab, baholash, veterinariya, emlash, kuydirga kasalligi,
vaksina, sotish.
Hayvonlarni majburiy so‘yishga ro‘xsat berishdan oldin veterinariya xodimi,
ularni kasalligi va xolatini aniq bilishi kerak. Quyidagi hayvonlar so‘yishga ruhsat
etilmaydi.
1. Hayvonlar o‘lim oldi talvasasi holatida bo‘lganda, bu holat qanday sabablar
oqibatida bo‘lishidan qatiy nazar (bunda yurak faoliyati pasayadi, refleks yo‘qoladi,
ko‘zning shox pardasi xiralashadi)
2. So‘yiladigan yosh hayvonlar ikki xaftaga yetmagan bo‘lsa.
3.Hayvonlar pestisidlar bilan o‘tkir formada zaharlanganda antibiotiklar bilan
davolanganda ma’lum davr ichida.
4. Kuydirga kasalligiga vaksina yuborilgandan keyin 14 kun ichida, yoki
davolash uchun kuydirgi kasalliga qarshi zardob yuborilganda oval (oqsil) kasalligiga
qarshi emlanganida 21 kun davomida. Ba’zi hayvonlarda agar yuqorida keltirilgan
emlashlardan keyin hayvonlarda temperatura ko‘tarilmasa yoki organizm emlashga
qarshi aks holat ko‘rsatmasi.
5. Hayvonlar kasal bo‘lsa yoki quyidagi kasalliklarga gumon qilinsa:
Kuydirga, qorason, tuya va qoramol o‘lati qutirish, qoqshol, xavfli shish,
bradzot, qo‘ylarni enterotoksemiyasi, botulizm, manqa, epizootik limfongit,
parrandalarning o‘lati, psevdochuma va boshqalarda. Hayvonlarni majburiy so‘yish
hamisha veterinariya xodimlarini ruhsati bilan amalga oshiriladi. Yuqorida
ko‘rsatilaganlardan tashqari boshqa yuqumli, invazion va yuqumsiz kasalliklarda,
zaharlanishda, jarohatlanganda, suyaklar singanida va boshqa hayvonlarni xayoti
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
130
ISSN:3030-3621
xavf ostida bo‘lganda va uzoq muddat davolash talab etilganda majburiy so‘yishga
ro‘hsat beriladi. Majburiy so‘yilgandan so‘ng olingan mahsulotlarga sanitariya
jixatidan to‘g‘ri baho berishda, avvalombor o‘lim oldi talvasasidagi holatni va og‘ir
patologik jarayonni to‘g‘ri farqlash va ajrata bilishlik kerak. Bularni to‘g‘ri farqlash
uchun organoleptik ko‘rsatkichlarning natijasi, bakteriologik tekshirishlar va zarur
hollarda biokimyoviy tekshirishlar natijasida hisobga olinadi.
Organoleptik tekshirishlar:
o‘lim talvasasi holatida yoki og‘ir patologik
jarayonida so‘yilgan hayvonlarni tanasida va ichki organlarida quyidagi belgilar
aniqlanadi. Ichki organlar qonga to‘lgan holda, tana muskullari yomon qonsizlangan
bo‘ladi. Natijada muskularning rangi qoramtir - qizil bo‘lib, ko‘kimtir ko‘rinishda
bo‘ladi. Plevraning ostida va qorin devorining qon tomirlarida qoldiq qon aniqlanadi.
Yog‘ining rangi qizg‘ish, pichoq bilan so‘yilagan bo‘yni joyi va muskullari tekis
bo‘lib atrofidagi to‘qimalariga qon shimilgan bo‘ladi, muskulni kesilgan yuza
qismida qon tomchilari chiqadi. Teri osti qoplamasida va tana muskullarining ayrim
joylarida qon qotib qolgan joylari bo‘lishi mumkin, bunday xolat ko‘pincha
hayvonlarning yotgan tomonida bo‘ladi. Limfa tugunlari giperimiya holatida bo‘ladi.
Bakteriologik tekshirish:
Bakteriologik tekshirish kuydirgining yo‘qligiga
ishonch hosil qilish uchun, hamda odamlarda toksikoinfeksiyani va toksikozni
chaqirishi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlarni go‘sht va ichki organlardagi
miqdorini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Biokimyoviy tekshirish:
Bu tekshirish usulida quyidagilar aniqlanadi ya’ni
go‘shtni pH, peroksidaza, agar qoramol go‘shti tekshirilayotgan bo‘lsa formalinli
reaksiyalar qo‘yiladi.
Sog‘lom hayvonlardan olingan go‘shtni pH - 6,2 ga teng kasal mollardan
olingan go‘shtda pH - 6,3-6,5. Juda og‘ir yuqumli kasalliklarda va surunkali palogik
jarayonlarda go‘shtni pH - 6,6 va yuqori bo‘lishi mumkin. O‘lim talvasasida va og‘ir
patologik jarayonda peroksidaza reaksiyasining ko‘rsatkichi go‘shtni ekstraktida
manfiy ko‘rchatkich bo‘ladi.
Majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini sanitariya jihatidan
baholash va sotishga chiqarish:
xo‘jaliklarda majburiy so‘yilgan hayvonlarga,
so‘yilish sabablari aniqlanib dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga veterinariya vrachi
imzo qo‘yadi. Dalolatnoma bilan birgalikda veterinariya laboratoriyasi xulosasi,
bakteriologik va biokimyoviy tekshirishlarning natijasi bo‘lishi lozim. Majburiy
so‘yilgan hayvon go‘shti va boshqa mahsulotlari yuqorida keltirilib o‘tilgan xujjatlar
bilan birgalikda kalbasa va konserva tayyorash kombinatlariga jo‘natiladi. Agar
hayvon o‘lim oldi talvasasi yoki og‘ir patologik jarayon natijasida majburiy so‘yilgan
bo‘lsa, tanasi yomon qonsizlanib, limfa tugunlari o‘zgaradi. Tananing go‘shtida va
ichki organlarida mikroblar aniqlanadi. Bunday xolda so‘yish natijasida olingan
maxsulotlar util qilinadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
131
ISSN:3030-3621
Agar ekspertiza natijasi, bakteriologik va biokimyoviy tekshirishlarni xulosasiga
asosan go‘sht iste’moliga yaroqli deb topilsa. Bunda go‘sht qaynatib pishirilgandan
so‘ng ishlatiladi. Majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shtini kalxoz bozoriga chiqarib
sotishga ro‘xsat berilmaydi. Xuddi shunday xomlay umumiy ovqatlanish
oshxonalariga ham faqat pishirilgandan so‘ng chiqariladi. Quyidagi hollarda mollarni
so‘yish majburiy so‘yishga kirmaydi:
1.
Vazni bo‘yicha, boqilgan so‘yishga tayyor mollardan past, lekin sog‘lom faqat
nasl bermaydigan, sut bezlari atrofiyaga uchragan hayvonlar.
2.
Tabiy ofatlar natijasida (qor bosish, qishni qattiq kelishi) so‘yiladigan mollar.
Bunday hayvonlar, bevosita veterinariya xodimlari nazorati ostida so‘yiladi va
veterinariya dasturi asosida tekshirishdan o‘tkazilib akt tuziladi.
Yashin urish, sovuqdan muzlash, suvda cho‘kkan, mollarni go‘shti o‘lgan
hayvonlardek qabul qilinib o‘til qilinadi.
Go‘shtni saqlash jarayonida ro‘y beradigan o‘zgarishlar:
Go‘shtni
saqlashda, har xil omillarni ta’siridan, unda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Go‘shtni rangini o‘zgartirish:
Go‘shtni rangining o‘zgarishi kam hollarda
sodir bo‘ladi va ko‘pincha bunday o‘zgarishlar mikroorganizmlarning go‘shtdagi
rivojlanishi faoliyatidan kelib chiqadi. Bunda go‘shtning yuzasida ko‘karish, oqish-
qizil ranglar vujudga keladi. Fotobakteriyalarni go‘shtni tarkibida rivojlanishidan,
go‘sht qorong‘i joylarda nur chiqarish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yuqorida e’tirof etilgan barcha mikroorganizmlar pigment hosil qiluvchi
mikroblar bo‘lib odam uchun havfli emas. Pigment hosil qiluvchi
mikroorganizmlarning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan dog‘lar tozalanadi, keyin esa
tananing go‘shti sanoatda qayta ishlashga yuboriladi yoki erkin sotishga chiqariladi.
Zagar:
Zagar - go‘sht buzilishining bunday рolati yangi so‘yilgan
hayvonlarning go‘shtini birinchi kun issiqlay bir-biriga tekizib qo‘yilishidan,
ilmoqlarga tiqis kelib ilinishidan paydo bo‘ladi. Zagarni o‘ziga xos belgilari
quyidagilar :
-
Go‘sht konsistensiyasi yumshaydi.
-
Rangi o‘zgaradi (malla, sariq, qizil)
-
Go‘sht achigan, bug‘adigan hidga ega bo‘ladi.
Zagar ko‘pincha cho‘chqalarning tana go‘shtida va suvda suzuvchi o‘rdak va
g‘ozlarni yog‘li tana go‘shtida bo‘ladi.
Zagarlangan go‘shtni sanitariya jihatidan baholash:
Go‘shtda zagarga xos
bo‘lgan belgilar aniqlansa, tana go‘shtni mayda bo‘laklarga bo‘linadi va 24 soat
shamollatiladi. Agarda go‘shtdagi o‘zgarishlar u darajada chuqurlashmagan bo‘lsa,
go‘shtni shamollatganda uning noxush xidi va rangi yo‘qoladi. Keyin esa go‘shtni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
132
ISSN:3030-3621
sifatli deb baholash mumkin. Shamollatishdan so‘ng ham go‘shtdan o‘zgarishlar
yo‘qolmasa, go‘sht o‘til qilinadi.
Shilimshiqlashish:
Go‘shtning shilimshiqlanishi, go‘shtning yuzasida
shilimshiq hosil qiluvchi mikroorganizmlarning rivojlanishi bilan bog‘liq jarayon.
Bunday mikroorganizmlarga sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalar, achitqilar va
mikrokokklar kiradi. Bunday jarayonni kechishiga qoniqarli sovutilmagan go‘shtni va
yuqori xaroratli (-16-20
0
) va namligi baland binolarda saqlanishi sabab bo‘ladi. Ayrim
shilimshiq hosil qiluvchi mikroorganizmlar past xaroratda ham rivojlanadi. Shuning
uchun ham shilimshiq shira hosil qiluvchi mikroorganizmlar go‘shtining ichki
qatlamiga kirmaydi, shuning uchun ham go‘shtni yuzasini shilimshiqlantiradi. Buning
natijasida go‘sht, yopishqoq, rangi kulrang-kukimtir, hidi sassiq badbo‘y bo‘lib,
go‘shtning yuza qismida rN kislotali 5,2-5,3 bo‘ladi.
Sanitariya jihatidan baholash:
Go‘shtni yuza qisimlarida hosil bo‘lgan
shilimshiqlar, rangi o‘zgargan, buzilgan joylari kesib olib tashlanadi va tozalangan
go‘shtlar tezda umumiy ovqatlanish oshxonalarda ishlatilishi kerak yoki qayta ishlash
natijasida konserva tayyorlanadi.
Mog‘orlanish:
Go‘shtning yuzasida mog‘orlarning paydo bo‘lishi,
zamburug‘larning rivojlanishi bilan bog‘liq. Zambrug‘lar kislotali muhitda (rN 5,0-
5,2), past namlikda (75%) va past haroratda yaxshi o‘sadi. Penisillin, zamrug‘lar
o‘zining o‘sishi boshlanishida, go‘shtdagi boshqa mikroblarning ta’sirida rivojlana
olmaydi. Shuning uchun go‘sht uzoq vaqt saqlanadi, uning yuzasida zamrug‘lar
rivojlanadi.
Zamrug‘larni go‘shtga ta’siri natijasida oqsillar parchalanib
aminokslotalar va oxirida ammiak hosil bo‘ladi. Zamburug‘larni fermentlari ta’sirida,
go‘sht tarkibidagi yog‘ oksidlanishi boshlanadi, yog‘ning parchalanishidan go‘shtning
tashqi yuzasi o‘zgaradi va sassiq xid paydo bo‘ladi.
Sanitariya baholash:
Bunda zamburug‘lar go‘shtni yuzasida bo‘lsa, shyotkani
kuchli konsentrasiyali tuz eritmasiga yoki 50% li sirka kislotasiga botirilib go‘sht
yuzasi tozalanadi. Agar zamburug‘lar go‘shtni chuqur qatlamiga kirib rivojlangan
bo‘lsa, go‘shtning yuzasi 1-1,5 sm qalinlikda kesib olinadi va go‘sht shamollatilib
sanoatda qayta ishlatishga jo‘natiladi. Agar hosil bo‘lgan yomon xidlar, go‘shtni
shamollatilganda ham yo‘qolmasa, bunday go‘sht o‘til qilinadi.
Shartli yaroqli go‘shtlarni zararsizlantirish:
Go‘shtni organoleptik va
laboratoriya tekshirish natijalariga ko‘ra go‘sht uchga bo‘linadi.
-
Yangi
-
Yangilikka gumon qilingan
-
Yangi bo‘lmagan.
Yangi bo‘lmagan go‘shtni oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin emas.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
133
ISSN:3030-3621
Yangilikka gumon qilingan go‘sht shartli yaroqli hisoblanib, zararsizlantirishda
yuqori haroratda qayta ishlanadi (pishirish, go‘shtdan konservalar va kolbasalar
tayyorlanadi) hamda past hararatda muzlatiladi va tuzlash usullari qo‘llaniladi.
Pishirib zararsizlantirish:
Shartli yaroqli go‘sht pishirish uchun 2 kg dan qilib
nimtalanadi, go‘shtni qalinligi 8 sm gacha bo‘lishi kerak. Nimtalangan go‘sht ochiq
qozonda 2,5 soat davomida pishiriladi. Go‘shtni ichki qatlamlaridagi xarorat 80
0
dan
kam bo‘lmasligi kerak, shunda go‘sht zararsizlantirilgan hisoblanadi. Shartli yaroqli
deb tan olingan parranda va quyonni go‘shti, o‘rtasidan ikkiga bo‘linib 100
0
S da 1
soat davomida qaynatiladi. Zararsizlantirilgan go‘sht kolbasa va konserva tayyorlashga
jo‘natiladi.
Tuzlab zararsizlantirish:
Go‘shtni tekshirida sistiserkoz bilan zararlanganligi
aniqlansa, bunda go‘sht shartli yaroqli deb hisobga olinadi. Bunday go‘sht tuzlash usuli
bilan zararsizlantiriladi. Buning uchun go‘sht 2,5 kg og‘irlikdagi nimtalarga
bo‘laklanadi. Go‘shtni har bir nimtasi yaxshilab tuzlanadi va bo‘chkalarga jipis qilib
jaylashtiriladi. Bunda tuzlash uchun tuz go‘shtni umumiy og‘irligiga nisbatan 10%
mikdorda olinadi, uch kundan so‘ng go‘shtni ustiga 24% oshtuzi eritmasi (namakob)
solinib, 24 kun o‘shlanadi.
Go‘shtni muzlatib zararsizlantirish:
Bu usulda ham koramol va cho‘chqaning
kuchsiz zararlangan sistiserkli go‘shti zararsizlantiriladi. Cho‘chqa go‘shti, muskulni
chukur katlamlarida tempiraturani minus 10
0
gacha yetkazilib, saqlash kameralarini
xaroratini -12
0
da 10 kun o‘shlanadi yoki muskul oralig‘idagi xaroratni -12
0
gacha
kutarib, kamerada -13
0
xaroratda 4 kun saqlanadi. Muskul orasidagi xaroratni bilish
uchun son muskulini 7-10 sm cho‘kurligidan ulchanadi. Qoramol go‘shtini
zararsizlantirish uchun muskul orasidagi xarorat -12
0
ga yetkazilganda ortikcha ushlab
to‘rilmaydi. Agar muskul orasidagi xarorat minus - 6
0
ga yetkazilsa saqlash kamerasini
xarorati - 9
0
da 24 soat davomida ushlab turiladi. Agar go‘shtni muzlatish yo‘li bilan
zararsizlantirishni imkoni bo‘lmasa, unda yuqorida aytib o‘tilgan pishirish yoki tuzlash
usullaridan foydalaniladi.
Umuman, yuqorida keltirilgan belgilari mavjud bo‘lgam hollarda qishloq
xo‘jalik hayvonlarini so‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda va majburiy so‘yiladigan
hayvonlar hamda majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shti hamda go‘sht mahsulotlarini
sanitariya jihatdan baholash va sotishga chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan talablar
bilishimiz maqsadga muvofiq. Go‘shtni saqlash jarayonida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlar, shartli yaroqli go‘shtni zararsizlantirish usullari to‘g‘risigagi
ma’lumotlardan har birimiz habardor bo‘lishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
FAO (2021). The Economic Impact of Veterinary Services in Developing
Countries. Rome: FAO Publications.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
134
ISSN:3030-3621
2.
James M.G., Stewart R.T. (2020). Animal Health Economics: Principles and
Applications. Cambridge University Press.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi statistik hisobotlari (2022-
2024).
4.
Mavlyanov M.T. Chorvachilik xo`jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda
ko`p omilli optimallashtirish usullari. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. 2025 –yil
17-18-aprel. Maxsus son. №5.
5.
S.M.Murodov. Veterinariya -sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand 2006.
6.
Ibragimov F.B. va boshqalar. “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” fani o‘quv
uslubiy majmuasi. T-2024.
7.
O‘rinova M.B. Yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya ekspertizasi.
Oбразование наука и инновационные идеи в мире. Vol. 71 No. 1 (2025) №-
71|Часть-1.
8.
Davlat statistika qo‘mitasi (2023). Chorvachilik sohasidagi ko‘rsatkichlar
bo‘yicha yig‘ma ma’lumot.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
rasmiy sayti: www.vetgov.uz
10.
T. To‘xtayev, A. Shomurodov. (2021). “Veterinariya xizmatlarining
samaradorlik tahlili”. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti jurnali.