Mualliflar

  • To'xtaboyev Ozodbek Dilshod oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.132719

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ziji Ko’ragoniy rasadxona osmon mexanikasi va yulduzlar katalogi astronomik jadval Renessans

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Yetuk  olim  hamda  davlat  arbobi  bo’lgan  Mirzo  Ulug’bek 
ajdodimizni  hayotini  va  ilmiy  merosini  o’rganish  biz  yosh  avlodni  muhim 
vazifalaridandir. Mirzo Ulug’bek astronomiya va matematika fanlarining poydevori va 
ustunlarining asoschilaridan biri bo’lgan asl Temuriyzoda 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

124

ISSN:3030-3621

SHARQNING BUYUK MUTAFAKKIRLARIDAN BIRI MIRZO ULUG’BEK

To'xtaboyev Ozodbek Dilshod oʻgʻli

Namangan davlat universiteti 3-bosqich talabasi

ozodbektuhtaboev@gmail.com

+998978280848

Annotatsiya:

Yetuk olim hamda davlat arbobi bo’lgan Mirzo Ulug’bek

ajdodimizni hayotini va ilmiy merosini o’rganish biz yosh avlodni muhim
vazifalaridandir. Mirzo Ulug’bek astronomiya va matematika fanlarining poydevori va
ustunlarining asoschilaridan biri bo’lgan asl Temuriyzoda

Kalit so’zlar:

Ziji Ko’ragoniy, rasadxona, osmon mexanikasi va yulduzlar

katalogi, astronomik jadval, Renessans

Аннотация:

Изучение жизни и научного наследия нашего предка Мирзо

Улугбека, зрелого учёного и великого государственного деятеля, является одной
из важных задач нашего молодого поколения. В оригинале Тимуридза – один из
основоположников основ и столпов науки. астрономии и математики.

Ключевые слова:

Зиджи Корагонь, обсерватория, небесная механика и

звездный каталог, астрономическая таблица, ренессанс

Abstract:

Studying the life and scientific heritage of our ancestor Mirzo

Ulugbek, a mature scientist and a great statesman, is one of the important tasks of our
young generation. In the original Timuridza, one of the founders of the foundations
and pillars of the sciences of astronomy and mathematics.

Key words:

Ziji Koragony, observatory, celestial mechanics and star catalog,

astronomical table, reneissance

KIRISH.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning

“uchinchi Renessansni qurish uchun yangi rejalar tuzishimiz va oldingi renessanslarni
yana takrorlashimiz eng oldingi vazifamiz” degan nuqtlaridagi oldingi renessans
vakillaridan biri, sharq islom olamining yetuk olimlari orasida o’z ismini o’chmas
harflar bilan yozib ketgan buyuk ajdodimiz Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek
Ko’ragoniy 1394-yil Temuriylar sulolasining vakili sifatida Sultoniya shahrida
dunyoga kelgan. Mirzo Ulug’bekning otasi Shohrux Mirzo ilm-fan va madaniyatni
rivojlantirishga e’tibor qaratgan hukmdor bo’lib, onasi-Gavharshohbegim o’qimishli,
san’atda nozik jumladan, me’moriy obidalar qurdirgan ayol sifatida tanilgan.[1]

Buyuk ajdodimizni ilm-fan sohasiga qiziqib ulg’ayishi albatta Shohrux Mirzo

va Gavharshohbegimdan olingan go’zal tarbiya orqali bo’lgan deb ayta olamiz.
Yoshlik yillaridayoq yangi bilimlarni o’rganishga ishtiyoqi baland bo’lgan.[2]


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

125

ISSN:3030-3621

Turkiy, arab, fors, mo’g’ul tillarini mukammal va xitoy tilini ozroq bilgan deb tahmin
qilinadi.[6]

1409-yilda Samarqandga hokim etib tayinlanadi va siyosiy hayoti boshlanadi.U

1420-yil Samarqanddagi rasasxonani qurib bitkazgandan so’ng asosiy ilmiy faoliyatini
boshlagan. Shu davrda ko’plab astronomik kuzatishlar olib borgan va yulduzlar
xaritasini tuzib chiqqan. Ziji Ko’ragoniyda funksiya chekli ayirmalari (asarda tafozul)
shu kabi argument (adad) , funksiya (hissa) tushunchalari bayon etilgan. 2-bobda
ajdodimiz teng yonli uchburchak trigonometriyasi elementlarini bayon etgan. Biz
hozirgi hisoblashlar matematikasi kurslarida interpolyatsiyalash batafsil o’rganilishini
bilamiz. “Zij”da berilgan ma’lumot uning bir qismini tashkil etadi. Mirzo Ulug’bek
ushbu ta’dil-interpolyatsiyalash usulidan asarning uch va to’rtinchi boblarida keng
foydalangan. Fizika, matematika va boshqa o’quv fanlaridan hozirgi darsliklarda ham
bunga taqlid etilishi g’oyat darajada foydali bo’ladi.[4]

“Zij” asarida bobokalonimiz 1018ta yulduzni aniq o’rni va koordinatalarini

tasvirlab bergan. Ulug’bekning Samarqanddagi rasadxonasida olib brogan kuzatishlari
juda yuqori aniqlikka ega bo’lib, u va shogirdlari yulduzning joylashuvini o’sha davr
uchun eng zamonaviy tehnologilar yordamida hisoblab chiqqanlar. Bu katalog orqali
Ulug’bek va uning ilmiy jamoasi yulduzlarning harakatini, vaqt o’tishi bilan ularning
joylashuvini va boshqa astronomik hodisalarni tushunishga yordam bergan. Katta
yulduz hisoblangan Oy va Quyoshni ham harakatlari ushbu kitobda o’rin olgan.

Rasadxona ishga tushirirlganda uning bosh teleskopining aniqlik darajasi atigi

bir necha yoy sekundiga borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan 17-asrga qadar uning
samaralari o’rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord
natija bo’lib xizmat qildi. Rasadxoana qurulish tarixiga qaraydigan bo’lsak, aslida, har
bir podshoh saroyida munajjimlar bo’lgan. Osmon jismlari, Oy va Quyosh
harakatlarini kuzatib ba’zi “bashoratlar”ni qilishgan. Buyuk olim Jamshid Koshiy
1416-yil Samarqandga kelib Ulug’bekka bu yerda bir rasadxona qurish niyati borligini
aytadi. Ulug’bek 1417-yil rasadxona qurish bo’yicha olimlar to’plab majlis
qiladi.Ulug’bekning zamondoshi tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy bu majlis haqida
shunday deydi:”Majlisda bo’lajak rasadxonani shunday qurish kerakki, vaqt o’tib
tebranmasin, siljimasin, abadiy tursin degan mulohaza ilgari surildi.Buning uchun
Samarqandning shimoliy-sharqidan maqbul joy ko’rsatildi”
Ulug’bek rasadxonasi 1420-yil qurib bitkazildi.[3]


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

126

ISSN:3030-3621

1-rasm. Rasadxonaning tashqi ko’rinishi.[7]

Solih Zakiyning “Osor al-Boqiya” asarida “Uulug’bek 824 hijriy (ya’ni 1420-

yil) qurilgan rasadxonasiga G’iyosiddin Jamshid va Qozizoda Rumiyni yetakchi
shaxslar qilib ta’yinladi” deb yozadi.

Astronom G’.Jalolov Sobiq Ittifoq FA Astronomik kengashi qoshidagi

astronomiya tarixi bo’yicha komissiyaning a’zosi sifatida 1950-yillari Sharq
astronomiyasi tarixi, jumladan, Ulug’bek astronomiya maktabi tarixini o’rganishda
qizg’in qatnashib, davriy ravishda chop etiladigan “Astronomiya tarixidan tadqiqotlar”
kitobining birinchi sonidayoq “Ziji Ko’ragoniy”ning boshqa “Zij”lardan farqi va
afzalliklarini yetarlicha to’la yoritgan maqolasini e’lon qiladi.

Ulug’bek rasadxonasining bosh teleskopi aniq meridian tekisligi bo’yicha

o’rnatilishi, ya’ni azimuti nolga teng bo’lishi zarur edi. Bu masala o’rta asrlarda qay
darajada aniq bo’lganini aniqlash uchun 1941 va 1946 yillari zamonaviy asboblar
yordamida o’lchash ishlari olib borildi. Natijada, Olam o’qi zenit orqali o’tuvchi
osmon meridiani tekisligiga og’maligi 7,5

ʹ

ga teng chiqdi. Garchi bu xatolik

yoritgichlarning meridiandagi balandlilarining qiymatiga deyarli ta’sir etmasada, biroq
tush paytining 30 sekundgacha xatolik bilan aniqlanishiga olib keladi.[5]

Yulduzlarning to’g’ri chiqishi va astronomiyada prettessiya nomi bilan ta’nilgan

bu hodisani Samarqand astronomlari yaxshi bilibgina qolmay, juda katta aniqlik bilan
topganliklarini ham ta’kidlash lozim. Bundan tashqari, “Ziji Ko’ragoniyda” 247ta
shahar va aholi punklarining koordinatalari ham keltirib o’tilgan.Rasadxona olimlari
tomonidan qancha shaharning geografik koordinatalari bevosita aniqlanganini aytish
qiyin. Chunki “Zij”da keltirilgan shaharlarning muayyan qismi Nasriddin at-Tusiyning
“Ziji Elxoniy”sida ham keltrib o’tilgan.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

127

ISSN:3030-3621

2-rasm. Ulug’bek rasadxonasining ichki ko’rinishi.[8]
Bundan salkam olti asr muqaddam azim shahar Samarqand etagida ishga

tushirilgan rasadxonadan Koinot qa’riga tashlangan nazar faqat Sharqdagina emas,
balki jahon fani, madaniyatini ochilmagan “qirra”larini ochish, Koinotni o’rganishga
qo’yilgan buyuk bir qadam bo’ldi. Shu ilk qadam sabab Yevropada birin-ketin yirik,
yaxshi jihozlangan rasadxonalar ishga tusha boshladi. Polshada Olam tuzilishini
geliosentrik nazariyasi (N.Kopernik tomonidan), Italiyada Koinotning cheksizligi va
unda Quyosh sistemasi – oddiy bir yulduzning yo’ldoshlari bilan tashkil etgan sistema
ekanligi g’oyasi (J.Bruno tomonidan) va bundan tashqari ko’plab ilmiy fikrlar ilgari
surildi.

Oy yuzasining janubiy yarim sharida joylashgan, tahminan 87 kilometr

diametrga ega krater Ulug’bek deb ataladi.Kraterning yon devorlari vaqt o’tishi bilan
meteroitlar va boshqa zarbalar ta’sirida yemirilgan, ammo uning ichki tuzilmasi hali
ham aniq ko’rinadi. Ulug’bek krateri boshqa Oy kraterlari qatori Oy sathining
o’rganilishida va astronomiyaga oid tarixiy shaxslar xotirasini saqlashda muhim
ahamiyatga ega.

Har zamonning noto’g’ri fikrdagi insonlari bo’lgani kabi Ulug’bek davrida ham

bunday insonlar topilgan, afsuski. Taxt masalasida saroy xoinlariga aldangan
Ulug’bekning o’g’li Abdulatif ham ular qatorida edi. Astronomiya fani hayotining bir
qismi bo’lgani uchun Ulug’bekni folbinga chiqarishdi va qatl etishdi.

Ulug’bekni eng yaqin kishisi va shogirdi Ali Qushchi Ulug’bekni vafotidan

so’ng uni ilmiy merosini saqlab qolishga va kelajak avlodga yetkazib berish uchun
asosiy kitoblar va qo’llanmalarni olib Usmoniylar imeriyasi boradi va u yeda ilmiy
faoliyatini davom ettiradi. Ali Qushchi 1473-yilda Istanbulda rasadxona quradi. 1638-
yili Istanbulga Oksford professori Jon Grivs keladi. Qaytishida esa u Ulug’bek “Zij”ini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

128

ISSN:3030-3621

bir nusxasini olib ketadi va shu orqali Ulug’bek qoldirgan ilm butun Yevropaga
tarqaladi. Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda “Zij” asarining yuzga yaqin forsiy
nusxasi va 15 dan ortiq arab tilida nusxasi mavjud. U musulmon mamlakatlarining
deyarli barchasida o’rganilgan.[9]

Buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug’bekni hayoti va ilmiy merosini o‘rganish

maqsadida Samarqandagi rasadxona qarshisida Ulug’bek muzeyi tashkil etilgan (3-
rasm).

3-rasm. [10]
Avval eslatib o’tganimizdek, Mirzo Ulug’bek butun dunyoga ma’lum va

mashhur.Buni yaqqol misoli sifatida uni Fransiya, Latviya va boshqa mamlakatlarda
o’rnatilgan haykalini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, shonli o’tmishimizning ajralmas a’zolaridan

biri bo’lgan Mirzo Ulug’bek ajdodimizni ilmiy merosini o’rganib ilmiy
salohiyatimizni oshirishimiz ham yelkamizdagi burchimiz va ajdodimizga nisbatan
yuksak hurmat va ehtirom namoyondasi bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Abu Rayxon Beruniy nomidagi O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2000.,
2.Mirzo Ulug’bek va uning davri., Shavkat Rahmonov. 1979.,
3.Mirzo Ulug’bek va ilmiy merosi., M.Mamadazimov. 2018.,
4.Ziji Ko’ragoniy., Mirzo Ulug’bek., 1437.,
5.Volter va Ulug’bek., Ashrah Ahmedov. 2018.,
6.www.com.Samarkand: Ulughbeg’s Observatory
7.www.com.Ulug’bek rasadxonasi
8.www.comUlughbeg’s observatory pictures
9.www.com.Uz.sputnik.news
10.www.com.Ulughbeg’s museums image

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Abu Rayxon Beruniy nomidagi O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2000.,

Mirzo Ulug’bek va uning davri., Shavkat Rahmonov. 1979.,

Mirzo Ulug’bek va ilmiy merosi., M.Mamadazimov. 2018.,

Ziji Ko’ragoniy., Mirzo Ulug’bek., 1437.,

Volter va Ulug’bek., Ashrah Ahmedov. 2018.,

www.com.Samarkand: Ulughbeg’s Observatory

www.com.Ulug’bek rasadxonasi

www.comUlughbeg’s observatory pictures

www.com.Uz.sputnik.news

www.com.Ulughbeg’s museums image