Mualliflar

  • Jamshidova Madina

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.132725

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Muborakshoh Qutb ad-Din ar-Roziy mantiq falsafa “Dorush Shifo” Jurjoniy.

Annotasiya

Mazkur maqolada XIV–XV asrlarda yashab, islom ilmlari, falsafa va mantiq 
sohalarida  yuksak  salohiyat  ko‘rsatgan  buyuk  alloma  Sayyid  Sharif  Jurjoniy 
(740/1340–816/1413)ning hayoti, ilmiy faoliyati va u zotning ustozlari haqida bo‘lib, 
Muborak  Shoh  va  Akmaliddin  Bobartiy  bilan  bo‘lgan  aloqalari  keng  yoritilgan. 
Shuningdek,  maqolada  Imom  Jurjoniyning  Misrdagi  tahsili,  ustozlari  bilan  ilmiy 
munozaralari, esda qolarli voqealari, Samarqandga qaytgach Shoh Shujo tomonidan 
“Dorush shifo” madrasasiga mudarris etib tayinlangani va tasavvufga bo‘lgan qiziqishi 
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, u naqshbandiylik tariqatining namoyandalari 
Xoja  Alouddin  Attor  va  Mavlono  Nizomiddin  Homush  bilan  ilmiy  va  ruhiy 
munosabatlarda  bo‘lgani  alohida  ta’kidlangan.  Maqola  tarixiy-bibliografik  va 
biografik  yondashuv  asosida  yozilgan  bo‘lib,  o‘rta  asr  musulmon  olimlari  ilmiy 
merosini o‘rganish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

97

ISSN:3030-3621

MİR SAYYİD SHARİF JURJONİYNİNG USTOZLARİ

Jamshidova Madina

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

Islomshunoslik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIV–XV asrlarda yashab, islom ilmlari, falsafa va mantiq

sohalarida yuksak salohiyat ko‘rsatgan buyuk alloma Sayyid Sharif Jurjoniy
(740/1340–816/1413)ning hayoti, ilmiy faoliyati va u zotning ustozlari haqida bo‘lib,
Muborak Shoh va Akmaliddin Bobartiy bilan bo‘lgan aloqalari keng yoritilgan.
Shuningdek, maqolada Imom Jurjoniyning Misrdagi tahsili, ustozlari bilan ilmiy
munozaralari, esda qolarli voqealari, Samarqandga qaytgach Shoh Shujo tomonidan
“Dorush shifo” madrasasiga mudarris etib tayinlangani va tasavvufga bo‘lgan qiziqishi
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, u naqshbandiylik tariqatining namoyandalari
Xoja Alouddin Attor va Mavlono Nizomiddin Homush bilan ilmiy va ruhiy
munosabatlarda bo‘lgani alohida ta’kidlangan. Maqola tarixiy-bibliografik va
biografik yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, o‘rta asr musulmon olimlari ilmiy
merosini o‘rganish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Muborakshoh, Qutb ad-Din ar-Roziy, mantiq, falsafa, “Dorush

Shifo”, Jurjoniy.

Temuriylar davrida Samarqandda yashab, ijod qilgan va butun dunyoga dog’i

ketgan alloma Sayid Sharif Jurjoniy. Bu zotning to‘liq ismi Imom Fozil Alloma Sayyid
Sharif Abdulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ali Jurjoniy Husayniy[1:52]. Mir Sayyid
Sharif Jurjoniy 24-Fevral kuni 740/1340 yilda Astrobod (Jurjon) yaqinidagi Togu
(Toju) qishlog’ida tavallud topgan[9]. Imom Jurjoniy Rosululloh sollallohu alayhi
vasallamning sulolalaridan bo‘lib, u kishi bilan Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning oralarida o‘n uchta ota bordir[1:52]. Yoshlik davridan boshlab barcha
fanlar qatori falsafa, mantiq va til sohalariga nihoyatda qiziqqan. As-Saxoviy (831-
932/1427-1497)ning aytishicha ash-Sharif al-Jurjoniy ilk ta’limini qishlog’ida
olgan[4:13]. Ba’zi manbalarda u yoshlik chog’ida Abu Ya’qub as-
Sakkakiyning(vaf.626/1229) “Miftah al-Ulum” nomli grammatikaga oid asarini
shorihi an-Nur at-Tavusiyning asarga yozgan sharhini o‘qigan[7:15]. Keyinchalik 762
sanada o‘sha davrning mashhur allomalaridan bo‘lgan faylasuf Qutb ad-Din ar-Roziy
Taxtoniy (694-766/1295-1365) hazratlaridan “Shar hush-Shamsiyya” asarini o‘qish
uchun Hirotga boradi. Garchi ba’zi manbalarda Taxtoniy Jurjoniyga bir yoshga borib
qolgani uchun dars bermaganligi ta’kidlansa-da, “Ravdatul-jannat” asari muallifi al-
Isfahoniy rivoyat qilishiga ko‘ra, Jurjoniy Taxtoniydan bir muddat tahsil olganligi qayd


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

98

ISSN:3030-3621

etilgan[7:16]. Qutb ad-Din ar-Roziy Taxtoniyning ismi Mahmud ibn Muhammad ar-
Roziy Abu Abdulloh, Qutb al-Din, al-Qutb at-Taxtoniy nomi bilan ham mashhur
bo‘lib, “Taxtoniy” nisbasi uni boshqa Qutb al-Faqoniydan ajratib turadigan laqabdir.
Imom Taxtoniy 694 yilda Ray shahrida tavallud topgan. U zot faylasuf, mantiqshunos,
ilohiyot olimi va fasohat ilmi bilimdoni hisoblanadi. Imom Taxtoniy Damashqqa
763/1362 yilda ilm olish va berish uchun kelgan. U zot buyuk olim Adudiddin al-Idji
(vaf.756/1355) hazratlaridan tahsil olgan. Alloma “al-Kashshof”ga mashhur sharhlar,
mantiq bo‘yicha al-Urmaviyning “al-Mataliy” sharhini, al-Kotibiyning mantiq
bo‘yicha “ar-Risola ash-Shamsiyya” asariga sharh yozgan. Hijriy 763 yilda Toj ad-Din
Subki (727-771/1327-1370) hazratlari Qutb ad-Din Hazratlari Shomga kelib ilmiy
olimlar bilan o‘tkazgan ilmiy munozara haqida eslab, shunday deydi: “ Bız u bilan
munozara qildik va uni mantiq va falsafada imom, tafsir va nahv ilmlarida mutaxassis
va aql-zakovatda zohir bo‘lgan shaxs ekaniga guvoh bo‘ldik”, dedi[7:36]. Imom
Taxtoniy umrining so‘ngi 3yilini Damashqdagi “Zohiriy” madrasasida o‘tkazgan va
766 hijriy / 1365 yilda vafot etgan[4:14]. Taxtoniy o‘zining keksayib qolganini aytib
Imom Jurjoniyga, Misrdagi mantiq ilmida ko‘zga ko‘ringan shogirdi Muborak Shoh
oldiga borishni maslahat beradi va Muborak Shohga maktub ham yozadi. Lekin Sayyid
Sharif Jurjoniy 1368-yilgacha Hirotda bo‘lgan.

Keyinchalik Imom Taxtoniyning maslahatiga binoan Imom Jurjoniy ilm

ilinjida Misrga yo‘l oladi. U zot bu safari davomida Onado‘li diyoridan o‘tadi. Osha
yerda o‘zi shuhrat qozongan mashhur olim shayh Jamoliddin Oqsaroiydan dars olishni
niyat qiladi va Anadoluga (Turkiya) Oqsaroyga keladi, Shayhni vafotini eshitgach u
yerda tanishgan Oqsaroiyning shogirdi, mashhur faylasuf va mantiqshunos
Muhammad Mullo Fanoriy(vaf.

834/1430

) bilan uchrashadi. Ular bir-birlari bilan

do‘st tutinib, birgalikda 1370-yilda Misrga jo‘nashadi[1:53]. Sayyid Sharif Jurjoniy
Misrda o‘n yil davomida katta olmlardan dars olgan, ulardan mashhur mantiqshunos
Muborak Shoh va Akmaliddin al-Bobartiylardir. Alloma Qutb ad-Din ar-Roziydan
keyin, Imom Jurjoniy ilmni Taxtoniyning shogirdi Imom Muborak Shohdan o‘rgandi.
U zotning to‘liq ismi Mirax Shamsiddin Muhammad ibn Mubarak Shah al-Buxoriydir.
Professor Dr. Bekir Karlig uning o‘limi 784 (milodiy 1382) yildan keyin sodir
bo'lganligini ta’kidlaydi[5]. Uning “Mirax” taxallusi bilan mashhur bo‘lishi, uning
ashrof (ziyoli va obro‘li) oilasiga mansubligi va “Buxoriy” nisbasi esa uning
Buxorodan ekanini bildiradi. Shuningdek, u uzoq muddat Hirotda yashagan bo‘lib,
koproq mantiq ilmi bilan shugullangan. Muborak Shoh o‘z davrining mashhur mantiq
va kalom olimi Qutb ad-Dindan Ray shahrida bo‘lgan vaqtida tahsil olgan. Qutb ad-
Din ar-Roziy Muborak Shohni yoshligidan tarbiyalab, voyaga yetkazgani, unga barcha
ilmlardan saboq bergani, ayniqsa, mantiqda mohir alloma qilib voyaga yetkazgani
rivoyat qilinadi. Hirotda ustozi Qutb ad-Din ar-Roziy dan ilmiy ta’lim olgach,
Muborak Shoh Misrda qolib, ta’limini shu yerda davom ettiradi.Muhammad ibn


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

99

ISSN:3030-3621

Muborak Shohning bugungi kungacha uchta muhim asari yetib kelgan. Al-Mufaddal
ibn Umar al-Abhariy (vaf.1265) tomonidan yozilgan “Hidoyat ul-Hikma” asariga
yozgan sharhi, falsafa va mantiq fanlariga oid Abul Hasan Ali ibn Muhammad al-
Kotibiy al-Kavniyning (675-1276) “Hikmat ul-Ayn” nomli asariga yozgan sharhi.
Uchinchisi asari esa astronomiyaga oid Harakiyning “Hoshiya ut-Tabsira fi-l-Haya”
nomli asariga yozilgan sharhidir[6]. Alloma Sayid Sharif Jurjoniy ustozi Muborak
Shoh bilan ilk tanishuv haqida manbalarda quyidagicha keladi: “Imom Muborak Shoh
Misrdagi devonxonalarda yurib turishga o‘rganib qolgan edi. Shunday yurishlaridan
birida, u bir xonaning yonidan o‘tar ekan, u yerda bir suhbatga guvoh bo‘ldi. Bir talaba
“Sharh al-Matoli’ ” asarini o‘ziga takrorlab o‘qiyotgan ekan, shunday g’ayrioddiy
uslubdaki, bu holat Imom Muborak Shohni hayratga soldi. Bu talaba yod olganlarini
mustahkamlash uchun qo‘llagan usul, avval muallifning, so‘ngra o‘qituvchisining
sharhini eslab qolishdan iborat bo‘lib, songra matnni o‘z sharhi va tanqidiy tahlili bilan
yakunlardi. Talaba “Sharh al-Matoli’ ” asarini o‘n olti marta to‘liq o‘qiganiga qaramay
uni eslab qolish uchun takrorlar edi, ushbu talaba Sayid Sharif Jurjoniy edi[2:4]. Imom
Jurjoniy Misrda Muborak Shohning huzuriga borgach, imom unga ikki shart qo‘ydi.
Birinchisi avvalgi o‘qishini tiklashini va ikkinchisi, o‘qish jarayonida savol
bermasligini. Keyinchalik ko‘p yillik o‘qish natijasida va ustozining shartlariga rozi
bo‘lib, tirishqoqlik bilan o‘qiganligi evaziga Muborak Shoh unga savollar berishga
ruhsat berdi. Natijada Jurjoniy Muborak Shohning eng ko‘zga ko‘ringan shogirdlari
qatoriga kirdi.

Sayid Sharif Jurjoniy naqliy ilmlarini Akmaliddin Bobartiy hazratlaridan oladi.

U zotning to‘liq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad al-Bobartiy
ar-Rumiy al-Hanafiy[3:9]. Imom Bobartiy ramazon oyining o‘n to‘qqizinchi sanasi
juma kuni 710/1310 yilda Bobart (Turkiya)da tavallud topgan. “Ar-Rumiy” nisbasini
Bobart qishlog’i Rum diyoriga tegishli bo‘lgani uchun olgan. Imom Bobartiy ta’limni
o‘z qishlog’idagi olimlardan olgan. U aqida va fiqhni Muhammad ibn Muhammad al-
Kokiydan o‘rganagan. So‘ng Halabga safar qilgan. Qozi Nasuriddin ibn al-Adim uni
“Sa’diya” madrasasiga jo‘natadi va u o‘sha yerda ozgina muddat ta’lim olgan. Imom
Bobartiy 740/1339 yilda Qohiraga ilm talabida safar qiladi, u yerda Abu Hayon al-
Andalusiydan hamda Muhtasar ibn al-Hojib asarining shorihi Abu al-Sano
Shamsuddin al-Isfahoniydan ham saboq olgan. Imom Suyutiy “Bughyat al-wu‘āt”da
shunday deydi: “U fozil alloma, ko‘p fanlarga ega, aqilli va ulug‘ haybat egasi edi.”,
Ibn Iyas esa “Bada’i‘ az-zuhur” asarida shunday yozadi: “Hanafiy fiqhining buyuk
ulamosi, alloma, davrining yagona fidoiysi va zamonasining noyob zotidir”[3:12].
Imom Bobartiyning asarlaridan “Sharh al-Vasiya” mashhur asarlaridan hisoblanib, bu
asarni Bobartiy Misr Mamluqlar hukmronligi davrida Qohira hokimi bo‘lgan amir
Sayfuddavlaga (802-1399) bag’ishlagan. “Al-Irshod” asari Imom Abu Hanifaning
“Fiqh al-Akbar” asariga yozilgan sharh hisoblanadi, “Al-kavashif al-burhaniya” bu


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

100

ISSN:3030-3621

asar “Al-Mavaqif” asarining sharhi hisoblanadi. Alloma Misr podshohi bo‘lgan Zohir
Berkuk(vaf.801/1398) nazdida yuksak mavqega ega bo‘lgan va “Shayhuniya”
madrasasiga mudarris etib tayyinlangan. Unga Qohirada qozilik lavozimi berilgan
bo‘lsa-da, Bobarti bu lavozimni qabul qilmadi va butun umrini ilm-fanga bag‘ishlab,
yuzlab allomalar yetishib chiqishiga xizmat qildi. Imom Bobartiy 786/1384 yilda 70
yoshida Misrda vafot etgan va Shayhubiyaga dafn qilingan. Manbalarda uning dafn
marosimida hatto Misr podishohi ham qatnashgani keltiriladi[7:38]

Sayid Sharif Jurjoniy Misrda ilm olishni tugallaganidan so‘ng o‘sha zamonda

usmoniylar davlatining markazi bo‘lmish Bursa orqali o‘z ona vataniga qaytadi[1:54].
Vataniga qaytgach 779 hijriy yilda Shirozning podshohi Jaloliddin Shoh Shujo Imom
Jurjoniyni “Dorush shifo” madrasasiga mudarris qilib tayinlaydi. Imom bu dargohda
o‘n yil davomida dars berdi va fatvo bilan shug’ullandi[4:15].

VIII/XIVning ikkinchi yarmida turli siyosiy vaziyatlardan so‘ng, Shirozni zabt

etgan Amir Temur (vaf.807/1405) hazratlari Sayyid Sharif Jurjoniyni o‘zi bilan
Samarqandga olib ketdi[1:54]. Samarqandda mashhur naqshbandiya tariqati asoschisi
hisoblangan buyuk shayx Bahouddin Naqshbandiyning mashhur vorislaridan biri Xoja
Alouddin Muhammad al-Buhoriy al-Attor (vaf.802/1399) bilan tanishib undan
tasavvufni chuqur o‘rganib birga safarlar qildilar[1:55]. Sayyid Sharif Jurjoniyning
tariqatining ustozi Alouddin Attor asli xorazmlik boʻlib, naqshbandiya tariqati
asoschisi Xoja Bahouddin Naqshbandiyning (vaf.791/1389) xalifasi hamda kuyovi
Attor naqshband sulukiga kirgan, bir umr piri yonida bo‘lgan. Shayx Attor o‘zining
ilmi, odobi, axloqi bilan ustozlari duosiga sazovor bo‘lgan. U zotning asl ismi
Muhammad ibn Muhammad Buxoriydir, “Buxoriy” nisbasi uning Buxoroda
tug‘ilganligini ko‘rsatadi. U doimiy ravishda atir surtib yurgani, yo‘ki ma’ruzasida
qatnashganlar o‘sha nutqdan ruhiy hid olgani uchun “Attor” taxallusi bilan mashhur
bo‘lgan[7:39].U zot boshqa ilm toliblaridan o‘zlarining ma’rifatlari, og’ir-bosiqliklari
bilan, shuningdek, ilmga bo‘lgan rag’batlari ila ajralib turganlar. “Maqomati Shohi
Naqshband” da yozilishicha, hazrat Bahouddin hazrat Alouddinni suluk boshida doimo
o‘zlariga yaqin joyda o‘tirishlarini buyurardilar. Muridlar buning sababini
so‘raganlarida, hazrat dedilar: “ Uni bo‘ri yeb qo‘ymasin deb, shunday qilaman. Zero
bo‘ri, ya’ni nafs doimo poylab turadi, shuning uchun ham undan habardor bo‘lib
turaman, toki bo‘riga yem bo‘lmasin”[8]. Alouddin Attor 20 rajab (802/1399-yil 20-
mart) chorshanba kuni kechasi xufton namozidan so‘ng qattiq bosh og‘rig‘i va bel
og‘rig‘idan so‘ng olamdan o‘tadi va Nev-Chagoniyon degan qishloqga dafn qilinadi
[7:39]

Sayyid Sharif Jurjoniy Samarqandda naqshbandiya tariqatining yana bir ulkan

namoyondasi Alouddin Attorning shogirdi Mavlono Nizomiddin Homush (vaf.
853/1449) bilan do‘st bo‘lib u kishining tasavvuf majlislarida faol ishtirok etadi[1:55].
Manbalarda aytilishicha, Sayyid Sharif Jurjoniy Xoja Alouddin Attor bilan bir qancha


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

50-son_1-to’plam_Avgust -2025

101

ISSN:3030-3621

vaqt o‘tkazgandan so‘ng, Alouddin Attordan hamroh so‘radi va: “Menga bir do‘stingiz
bilan suhbatlashishni buyuringki, toki men sizning davrangizda bo‘lish huquqini
qo‘lga kiritib, bu darajali kishilar bilan aloqa o‘rnatayin”, dedi. Alouddin Attor uni
katta shogirdlaridan biri Nizomuddin Homush (vaf. 853/1449) huzuriga
yuboradi[7:26].

Xulosa qilib aytganda, alloma Sayid Sharif Jurjoniyning ilmiy shakllanishi va

kamol topishida ustozlarning tutgan beqiyos o‘rni kattadir. Ayniqsa, o‘rta asr islom
ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutgan Qutb ad-Din ar-Roziy, Muborak Shoh va
Akmaliddin al-Bobartiy kabi yetuk mutafakkirlar bilan bo‘lgan ilmiy aloqalari orqali
Jurjoniyning keng qamrovli bilim olgani ishonchli manbalarda ham bayon qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Samarqandning sara ulamolari. - T.:
Hilol-Nashr , 2019. - 112 b.

2.

Sayyid al-Sharif Ali b. Muhammad Jurjani. Nahw Mir. Turkiye: Mega Printing ,
2018. - 137 b.

3.

Akmaluddin Bobartiy. Sharh vasiyya Imam Abu Hanifa. – Ummon: Dorul fath,
2009. – 155 b.

4.

Sayid Sharif Jurjoniy. Ta’rifot al-ulum va tahqiqot ar-rusum. - Bayrut: Dorul kutubil
ilmiyya, 2019. - 536 b.

5.

Recep Uslu. Who is the author of Sharh al-Adwar? Sayyid Jurjani or Ibn
Mubarakshah. URL:

https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/3703747

.

[Murojat sanasi: 03.07.2025]

6.

Mustafoev

Doston.

Sayid

Sharif

Jurjoniy

va

uning

ilmiy

merosi.

https://www.maturidijournal.uz/articles/view/91

. [Murojat sanasi: 04.07.2025]

7.

Ömer Faruk Çalimli. Seyyid Şerîf Cürcâni’nin Hayati, Eserleri, Tarîkati ve
Tasavvufî Görüşleri. Türkiye: Yüksek lisans , 2018. - 126 v.

8.

Баҳоуддин Нақшбанд. (Манбалар таҳлили). – Т.: “Sanostadart”, 2019.

9.

https://oyina.uz/uz/generation/156

10.

https://oliymahad.uz/42553


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Samarqandning sara ulamolari. - T.:

Hilol-Nashr , 2019. - 112 b.

Sayyid al-Sharif Ali b. Muhammad Jurjani. Nahw Mir. Turkiye: Mega Printing ,

- 137 b.

Akmaluddin Bobartiy. Sharh vasiyya Imam Abu Hanifa. – Ummon: Dorul fath,

– 155 b.

Sayid Sharif Jurjoniy. Ta’rifot al-ulum va tahqiqot ar-rusum. - Bayrut: Dorul kutubil

ilmiyya, 2019. - 536 b.

Recep Uslu. Who is the author of Sharh al-Adwar? Sayyid Jurjani or Ibn

[Murojat sanasi: 03.07.2025]

Mustafoev Doston. Sayid Sharif Jurjoniy va uning ilmiy merosi.

https://www.maturidijournal.uz/articles/view/91 . [Murojat sanasi: 04.07.2025]

Ömer Faruk Çalimli. Seyyid Şerîf Cürcâni’nin Hayati, Eserleri, Tarîkati ve

Tasavvufî Görüşleri. Türkiye: Yüksek lisans , 2018. - 126 v.

Баҳоуддин Нақшбанд. (Манбалар таҳлили). – Т.: “Sanostadart”, 2019.