Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
235
ISSN:3030-3621
ADABIY TILDA LSQNING MODDIYLIKDAN XOLILIGI
Ergasheva Nilufar Akramjon qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi
fakulteti talabasi.
Annotatsiya:
Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi.
Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z
birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi
ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Кo‘rinadiki,
sintaksisning bosh birligi gap, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning
tashkil etuvchisidir.
Kalit so‘zlar:
LSQ, ot, tushum kelishigi, tobe a’zolik, [
WP
m
] qolipi, nutqiy
hosila va boshqalar
LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo‘lib, kishilarning erkin birikma hosil
qilish ko‘nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Bu ko‘nikma bo‘lmasa,
inson birikma hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin bo‘lishimiz
mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ongida
bu tilga xos birikma tuzish ko‘nikmasi – LSQ shakllanmagan bo‘lsa, masalan,
o‘zbekcha
kitob
va
o‘qimoq
so‘zining ingliz tilidagi
a book
va
to read
muqobilini
bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o‘zbek tiliga xos
ot
tushum kelishigi
+ fe’l
qolipi
asosida
a book to read
deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa
kitobni o‘qimoq
birikmasini
hosil qiluvchi LSQ
to V+ the N
ko‘rinishida bo‘lib, undan
to read the book,
to write
the letter
kabi hosila paydo bo‘ladi.
Ma’lum bo‘ladiki, LSQ jamiyat a’zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga
ega emas. Uni sezgi a’zosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilani
esa aytish, eshitish, yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini
ko‘rsatadi .
2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi.
LSQ bir kishi
tomonidan emas, balki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan
uzoq vaqt davomida shakllantirilgan. Shuningdek, ular bir kishi uchun emas, balki
jamiyatning shu tilda so‘zlashuvchi barcha a’zosi uchun birday xizmat qiladi. Bu
LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini ko‘rsatadi.
LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har bir kishi nutqida o‘ziga xos.
Masalan,
kitobni o‘qimoq
so‘z birikmasi har bir so‘zlovchi nutqida o‘zgacha. Bu nutqiy
hosilaning har biri kimning nutqiga tegishliligi, aytilgan o‘rni va zamoni, aytilish
maqsadi va sharoiti kabi qator belgisi bilan farqlanadi. Hatto bir kishi nutqida aytilgan
ikkita
(kitobni o‘qimoq
(1)
va
kitobni o‘qimoq
(2)
)
so‘z birikmasidan ikkinchisi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
236
ISSN:3030-3621
birinchisining aynan takrori emas. Zero, bu nutqiy hosilalar hech bo‘lmaganda,
so‘zlovchi shaxs, nutq vaziyati, zamoni bilan farqlanadi. Nutqiy hosilaning
individualligi (alohidaligi)ni shunday tushunmoq lozim.
3. LSQning takrorlanuvchanligi va nutqiy hosilaning betakrorligi.
Qolip har
bir g‘ishtda o‘z izini qoldiraverganligi kabi LSQ ham har bir so‘z birikmasi va gapda
takrorlanaveradi. Lekin ikkinchi g‘isht birinchi g‘ishtning takrori bo‘lmaganligi kabi,
nutqiy hosilaga ham betakrorlik xos. Aslida borliqda bevosita kuzatishda berilgan
birorta hodisada takroriylik yo‘q. Кesilgan daraxtni qayta ekib bo‘lmaganidek,
qolipdan chiqqan so‘z birikmasini takror aytish, yozish mumkin emas. Ikkinchi bor
aytilgan yoki yozilgandek tuyulgan so‘z birikmasi, aslida, boshqa hosila.
4. LSQning cheklanganligi va nutqiy hosilaning cheksizligi.
g‘isht qolipi
bitta, undan chiqqan g‘isht hisobsiz. Shuningdek, deylik,
ot
tushum kelishigi
+fe’l
qolipi bitta
bo‘lib, undan
kitobni o‘qimoq, qalamni sotmoq
kabi ming-minglab so‘z birikmasini
hosil qilish mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta
ustuvor qolipi aniqlangan (ular haqida «So‘z birikmasi» faslida bahs yuritiladi). Bu
qoliplardan chiqqan, chiqayotgan va chiqadigan nutqiy so‘z birikmasi miqdorini
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Gap qolipi va ularning hosilalari ham xuddi shunday.
5. LSQning majburiyligi va nutqiy hosilaning ixtiyoriyligi.
O‘zbek tilida
so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda
LSQning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning LSQni
o‘zgartirishiga, yangi-yangi LSQ tuzishiga til «qonunchiligi» tomonidan yo‘l
qo‘yilmaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin.
Qolip va nutqiy hosila o‘zida dialektikaning bir-biriga nisbatlanuvchi
kategoriyalari munosabatini aks ettiradi. Buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin
Bu jihatdan ham LSQ va nutqiy hosila munosabatini sharhlashga harakat
qilamiz.
1. LSQ umumiylik va nutqiy hosila alohidalik sifatida.
LSQ umumiylik
sifatida ko‘plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi-xususiyatni o‘zida jamlaydi. Masalan,
kitobni o‘qimoq, xatni yozmoq
va
qo‘yni sotmoq
birikmasidagi
kitobni, xatni, qo‘yni
tobe a’zosi quyidagi umumiy belgilarga ega:
1)
ot turkumiga mansublik;
2)
tushum kelishigi bilan shakllanganlik;
3)
tobe a’zolik.
Bu uch umumiylik
ot
tushum kelishigi
+ fe’l
LSQining
ot
uzvida mujassamlangan.
LSQning keyingi uzvi haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Har bir
nutqiy hosila esa boshqa nutqiy hosilaga mutlaqo o‘xshamaydigan alohidalik.
Aytilganidek, nutqda muayyan lug‘aviy ma’noli birliklar aniq makon va zamonda
muayyan qolip asosida erkin nutqiy birikma hosil qiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
237
ISSN:3030-3621
2. LSQ mohiyat va nutqiy hosila hodisa sifatida.
LSQ nutqiy hodisalar
zamirida yashiringan, ularning ichki, barqaror, o‘zgarmas mohiyati, u nutqiy
hosiladagi rang-baranglikka befarq. Nutqiy hosila esa bu mohiyatni turli nutq
sharoitiga mos ravishda rang-barang ko‘rinishda aks ettiruvchi, biroq mohiyat
chegarasidan tashqariga chiqa olmaydigan vaqtinchalik hodisa. Masalan,
ot
tushum kelishigi
+ fe’l
qolipi – o‘zgarmas. Ammo uning hosilalari
uyni supurmoq, qog‘ozni yirtmoq,
xatni jo‘natmoq, derazani bo‘yamoq
kabi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bu rang-
baranglikning barchasi, u qancha ko‘p bo‘lmasin, «tushum kelishigidagi tobe ot va
fe’l» doirasidan chetga chiqa olmaydi. Nutqiy hosila LSQning o‘zgarmasdan turlicha
namoyon bo‘lishini ko‘rsatsa, LSQ nutqdagi xilma-xil hosilani bir asosga birlashtiradi.
3. LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida.
LSQ – voqelikka
aylanmagan, namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etadigan
imkoniyat. Nutqiy hosila esa ana shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka
aylanishi.
4. LSQ – sabab, nutqiy hosila uning oqibati
. LSQ – bu o‘ziga muvofiq
keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi. Chunki sabab biror ta’sirning boshlanish
nuqtasi bo‘lib, u ma’lum bir natija, oqibatni yuzaga keltiradi. LSQ natijasida kelib
chiqadigan oqibat – shunday hosila. Sabab oqibatdan oldin kelganligi kabi LSQ ham
nutqiy hosilaning qanday bo‘lishini belgilaydi.
LSQning asosiy turlari.
Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan
nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin:
1)
yasama so‘z;
2)
so‘z birikmasi;
3)
gap.
(
ishla)
yasama so‘zi
ish
leksemasi va -
la
morfemasining,
kitobni o‘qimoq
nutqiy
so‘z birikmasi
kitob
va
o‘qi
leksemalarining,
O‘qidim
gapi esa
o‘qi
leksemasi va
-dim
kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‘lgan.
(
ishla)
so‘zi [
ot → la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanmoq]
so‘z yasash qolipi mahsuli bo‘lsa,
kitobni o‘qimoq
so‘z birikmasi [
ot
tushum kelishigi
→
fe’l]
LSQi,
O‘qidim
gapi esa [
WP
m
] qolipi hosilasi. Bular sirasida so‘z yasash va so‘z
birikmasi qolipi tushuncha ifodalovchi – atash (nominativ) vazifasini bajaruvchi
hosilani beradigan qolip bo‘lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilani
tug‘diruvchi qolip hisoblanadi. So‘z yasash qolipi lisoniy bo‘lsa-da, lekin sintaktik
mohiyatga ega emas.
Xulosa qilib aytganda, lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida derivatsiya
bo‘limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosila beruvchi, ya’ni so‘z birikmasi va
gap qolipi tekshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
50-son_1-to’plam_Avgust -2025
238
ISSN:3030-3621
1.
Abdurahimova F. Turli tizimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy
xususiyatlari (Ingliz va o‘zbek tillari misolida). – Farg‘ona, 2024. – 64-b.
2.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –
Тoshkent. «Talqin», 2005. – 260-b.
3.
Mengliyev B. Zamonaviy o‘zbek tili. – Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat universiteti, 2023. – 185-b.
4.
Muhiddinova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
o‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi, 2006. – 208-b.
5.
Qo‘ziyev U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan o‘quv-uslubiy majmua. –
Namangan, 2021. – 234-b.
6.
Qozoqova N. Leksikologiyani interfaol ta’lim texnalogiyalari asosida o‘qitish. –
Namangan, 2023. – 69-b.