Mualliflar

  • Toshpulatov Abdumumin Komil O’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93784

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: advokat advokatlik faoliyati vakil instansiya qayta kassatsiya nazorat taftish advokatning majburiy ishtiroki konstitutsiyaviy norma advokat gonorari xorijiy tajriba.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  fuqarolik  sudlarida  taftish  instansiyasi,  uning 
rivojlanish  bosqichi,  taftish  instansiyasida  ish  yuritish  tartibi,  yuqori  instansiya 
sudlarida  taftish  instansiyasining  roli  va  ahamiyati  keltirilgan.  Bundan  tashqari 
advokatning taftish instansiyasida ishtirok etishining o’ziga xos xususiyatlari bayon 
etilgan.  

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_1-to’plam_May -2025

25

ISSN:3030-3621

FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA TAFTISH INSTANSIYASI VA UNDA

ADVOKAT ISHTIROKI

Toshpulatov Abdumumin Komil O’g’li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

advokatlik faoliyati magistratura talabasi

Annotatsiya

:Ushbu maqolada fuqarolik sudlarida taftish instansiyasi, uning

rivojlanish bosqichi, taftish instansiyasida ish yuritish tartibi, yuqori instansiya
sudlarida taftish instansiyasining roli va ahamiyati keltirilgan. Bundan tashqari
advokatning taftish instansiyasida ishtirok etishining o’ziga xos xususiyatlari bayon
etilgan.

Kalit so’zlar

: advokat, advokatlik faoliyati, vakil, instansiya, qayta kassatsiya,

nazorat, taftish, advokatning majburiy ishtiroki, konstitutsiyaviy norma, advokat
gonorari, xorijiy tajriba.

Fuqarolik sudlarida ishlar bir qancha instansiyalarda amalga oshirilishi mumkin.

Bunday instansiyalarni ko’rib chiqishdan oldin instansiya so’ziga ta’rif bersak.

Instansiya

(lotincha instantia — bevosita yaqinlik) — bir-biriga itoat qiladigan

tashkilotlar, davlat boshqarmalari, sud organlari, jamoat va b. tashkilotlar tizimidagi
bosqich degan ma’noni anglatadi. Demak sud organlaridagi instansiya bu ishlarni qaysi
sud bosqichida ko’rishni anglatadi. Fuqarolik sudlarida ishlar birinchi va yuqori
instansiya shaklida ko’rib chiqiladi. Yuqori instansiya sudlari bu apellatsiya, kassatsiya
va taftish instansiyasi sudlaridir. Agarda sudning chiqargan hal qiluv qaroridan norozi
bo’lgan taraf yoki bevosita manfaatdor shaxs sudning qonuniy kuchga kirmagan hal
qiluv qarori va sud hujjatlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan
e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari
ustidan kassatsiya tartibida shikoyat beriladi. Apelyatsiya tartibida ko’rilgan ish
kassatsiya tartibida ko’rilmaydi. Bu ish to’g’ridan to’g’ri taftish instansiyasi tomonidan
ko’rib chiqilishi mumkin.

Sud hujjatlari qayta ko’rish instansiyalaridan biri bo’lgan taftish instansiyasi

yangi bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqich 2024-yil amaliyotga joriy etildi. Bundan
oldin sud hujjatlari nazorat tartibida, undan keyin esa qayta kassatsiya tartibida ko’rib
chiqilar edi. Hozir kelib ushbu instansiyalar tugatilib taftish instansiyasi joriy etildi.

Taftish tartibida ish yuritish-bu ilgari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini

qayta ko’rish orqali qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirishdan iboratdir.
Ushbu bоsqichdа sud hujjаtlаri ustidаn tаftish tаrtibidа shikоyаt yоki prоtest quyidаgi
subyektlаr tоmоnidаn kiritilishi mumkin: taraflar, huquq va manfaatlari sud tomonidan

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_1-to’plam_May -2025

26

ISSN:3030-3621

ko’rilgan shaxslar, prokuror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno
va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan berilishi mumkin.

“Taftish tartibidagi shikoyatni quyidagi sudlar ko’rishi mumkin:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar

sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari
bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha
qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari
ustidan berilgan;

2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan

birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida
ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan;

3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov

hay’ati:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar

sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilgan tegishli
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar
tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan;”

1

Taftish shikoyati ishni ko’ragidigan sud nomiga yoziladi ammo, ish birinchi va

yuqori instansiya sudi sifatida ko’rgan sud orqali yuboriladi. Taftish tartibida shikoyat
berish muddati 1 yil hisoblanadi. Taftish tartibidagi shikoyat FPKda ko’rsatilgan
qoidalar bo’yicha yoziladi va hujjatlar ilova qilinadi. Agarda shikoyat kodeksda
ko’rsatilgan talablarga javob bermasa taftish instansiyasi tomonidan qaytarilishi yoki
rad etilishi mumkin. Bunga bir qancha asoslar bo’lishi mumkin.

Shikoyat taftish instansiyasiga yuborilgan so’ng ushbu sudning vakolatli

sudyasi ishni o’rganib chiqib ishni ko’rish uchun ish yuritishga qabul qilish yoki rad
etish to’g’risida ajrim chiqariladi. Ajrim chiqarilgandan so’ng ish 1 oylik muddatda
sud tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Agarda ish Oliy sud Rayosati tomonidan
ko’rilganda 2 oydan oshmagan muddatda hal qilinishi lozim.

“Taftish tartibida ish FPKning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga

asosan, taftish tartibida ish ko’rishda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda
ko‘riladi.

Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida

ko‘rishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori yoki uning o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi,

https://lex.uz/docs/-3517337#-6716142

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_1-to’plam_May -2025

27

ISSN:3030-3621

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va

uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).

Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining ko‘chirma nusxasi ishni

ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarga FPKning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda
yuboriladi.”

2

Taftish instansiyasi ishni ko’rish yakuni bo’yicha quyidagi vakolatga ega

hisoblanadi.

1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va

yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga;
4) FPKning 372

2

-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372

4

-moddasi

ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal
qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun
apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;

5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va

ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish
yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;

6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud

hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli.

Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan ko‘rsatmalar

mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.

“Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi

to‘g‘risidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan
ko‘rilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni
oldindan hal qilib qo‘yishga haqli emas.”

3

Advokatning fuqarolarga va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko’rsatish

huquqi konstitusiyamizda konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlangan. Bu haqda
29-moddaning 1-qismida keltirib o’tilgan

4

. Bundan tashqari Advokatura to’g’risidagi

qonunning 1-moddasida ham bu haqida keltirib o’tilgan

5

. Advokat fuqarolik sudlarida

vakil sifatida ishtirok etishi mumkin. Advokatning fuqarolik ishlarida vakillikni
amalga oshirishi fuqarolik protsessual kodeksining vakillikka bag’ishlangan 7-bobida
ko’rsatib o’tilgan. Advokat sudda vakillikni amalga oshirishi “Advokatura
to’g’risida”gi qonunda ham o’z aksini topgan. Advokat taftish instansiyasida vakillikni

2

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi,

https://lex.uz/docs/-3517337#-6716142

3

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi,

https://lex.uz/docs/-3517337#-6716142

4

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi,

https://lex.uz/docs/-6445145#-6446155

5

O‘zbekiston Respublikasi

“Advokatura to’g’risida”gi qonun,

https://lex.uz/acts/-54503

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_1-to’plam_May -2025

28

ISSN:3030-3621

FPK va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar talablariga asosan va ular bergan
vakolatladan foydalangan holda amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, advokatning yuqori instansiya sudlari ishtirok

etishi juda foydali hisoblanadi. Buni biz xalqaro tajribani kuzatib ham aytishimiz
mumkin. Xususan, Germaniya mamlakatida advokatning yuqori instansiya sudlarida
ishtirok etishi majburiy hisoblanadi. Buning foydalari sifatida quyidagilarni keltirib
o’tishimiz mumkin;

1. Sud jаrаyоnining sifаtini оshirаdi

Mаlаkаli аdvоkаt ishtirоki huquqiy dаlillаrni puxtа yоritish, prоtsessuаl
xаtоlаrning оldini оlish vа ishni tо‘g‘ri yо‘nаltirishgа xizmаt qilаdi.

Bu sudyаlаrning yukini kаmаytirаdi, chunki ish mаteriаllаri huquqiy jihаtdаn
tаrtiblаngаn bо‘lаdi.

2. Аpellyаtsiyа instаnsiyаsining vаzifаsigа mоs kelаdi

Аpellyаtsiyа bоsqichi О‘zbekistоndа hаm оdаtdа fаktlаrni emаs,

huquqiy

bаhоlаshni

qаytа kо‘rib chiqishgа qаrаtilgаn.

Bundа prоfessiоnаl yоndаshuv tаlаb etilаdi, bu esа fаqаt tаjribаli аdvоkаtlаr
tоmоnidаn аmаlgа оshirilishi mumkin.

3.

Аdоlаtli qаrоrlаr chiqаrilishigа kо‘mаklаshаdi

Sudlаr, qоnunlаrgа tаyаngаn hоldа, аsоsli vа аniq qаrоrlаr qаbul qilаdilаr.

Аdvоkаtlаr, huquqiy nuqtаi nаzаrlаrni chuqur tаhlil qilib, sudgа tаqdim etаdilаr,
bu esа xаtоliklаr yuzаgа kelish ehtimоlini kаmаytirаdi.

4. Fuqаrоlаrning huquqiy mаdаniyаtini оshirаdi

Аdvоkаt ishtirоki fuqаrоlаrgа о‘z huquqlаrini qаndаy himоyа qilishni, qоnuniy
imkоniyаtlаrdаn qаndаy fоydаlаnishni о‘rgаtаdi.

Bu umumiy huquqiy оngni yuksаltirаdi.

5. Sud tizimi sаmаrаdоrligini оshirаdi

Ishlаr tezrоq, аniq vа tаrtibli yuritilаdi.

Sudlаr аsоsiy vаzifаsigа – nizоni hаl qilish vа аdоlаtni tiklаshgа kо‘prоq e’tibоr
qаrаtаdi.

Agarda yuqoridagi tajriba bizda ham joriy etilsa maqsadga muvofiq bo’lardi

degan umiddamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

О‘zbekistоn Respublikаsining Kоnstitutsiyаsi. – T.:О‘zbekistоn, 2023.– 40 b.

2.

О‘zbekistоn

Respublikаsining

Fuqаrоlik

prоtsessuаl

kоdeksi,

2018,

https://lex.uz/dоcs/-3517337

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://inlibrary.uz

45-son_1-to’plam_May -2025

29

ISSN:3030-3621

3.

О‘zbekistоn Respublikаsi “Аdvоkаturа tо‘g‘risidа”gi qоnuni, Tоshkent shаhri,
1996-yil 27-dekаbr, 349-I-sоn.

https://lex.uz/аcts/-54503

4.

О‘zbekistоn Respublikаsi qоnuni, “Аdvоkаtlik fаоliyаtining kаfоlаtlаri vа
аdvоkаtlаrning ijtimоiy himоyаsi tо‘g‘risidа”, 1998-yil 25-dekаbr, 721-I-sоn.

5.

Fuqarolik protsessual huquq o’quv qo’llanma, M.M. Mamasiddiqov, Z.N. Esanova,
D.Y. Habibullayev Toshkent «ILM ZIYO» 2012

6.

Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda yuqori instansiyada ish yuritishda advokat
ishtirokining ahamiyati, Maqola Zarnigor Bebutova

7.

Matkarimov Q.Q O’zbekiston Respuplikasida advokatlik faoliyati, o’quv
qo’llanma. Toshkent TDYU nashriyoti-2023.

8.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz

9.

Doniyorbek, Davronov. "The Procedure and Grounds for Applying the Measure

of Compulsory Attendance." American Journal of Social and Humanitarian
Research 3.7 (2022): 59–66.
Esenbekova P., F. Ibratova, and D. Davronov. “Legal issues of electronic evidence
in the economic process”. Norwegian Journal of Development of the International
Science 76-2 (2021): 20–24.
Faxriddinovna, Bebutova Zarnigor. “There are cases where a lawyer should be
involved in civil proceedings: Legal analysis of foreign experience”. Web of
Scientist: International Scientific Research Journal 3.8 (2022): 555–558.

10.

Fakhriddinovna B.Z. The impact of family decisions on child psychology: legal
and artistic interpretation // Interdiscipline innovation and scientific research
conference. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 15–18.

11.

Бебутова З. Advokatning fuqarolik va iqtisodiy protsessdagi maqomi: huquqlar va
majburiyatlar // Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 6/S. – С. 163–166.

12.

Сулаймонова Н. Меҳнатга оид низоли ишларни судда кўришнинг
процессуал хусусиятлари // Международная конференция академических
наук. – 2022. – Т. 1. – №. 30. – С. 17–20.

13.

Advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslari, o’quv qo’llanma Qodiraliyev
Saddam Bahtiyorjon o’g’li, T:. TDYU nashriyoti 2023.

14.

Advokatura. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Egamberdiev A.U., Ahmedov R.T.,
Mirzaev Sh.M., Fazilov F., Nikonov I., Sayfieva G. T.: TDYuU nashriyoti, 2016. -
250 bet.

15.

Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYU, 2019. – 195 bet

16.

Advokatura darslik // Mas’ul muharrir y.f.n., prof. D. Habibullayev - T.: TDYU,
2021. - 108 bet.

17.

О’zbekistоn Respublikаsidа аdvоkаtlik fаоliyаti. Rustаmbаyev M.H., Tuxtаshevа
U.А.,2012

18.

Аdvоkаturа vа аdvоkаtlik fаоliyаtining huquqiy mаsаlаlаri. Tulаgаnоvа G.,
Qоdirаliyev S. 2022

19.

Fuqаrоlik prоtsessidа аdvоkаt ishtirоki. Pirmаtоv О. 2020

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

О‘zbekistоn Respublikаsining Kоnstitutsiyаsi. – T.:О‘zbekistоn, 2023.– 40 b.

О‘zbekistоn Respublikаsining Fuqаrоlik prоtsessuаl kоdeksi, 2018,

О‘zbekistоn Respublikаsi “Аdvоkаturа tо‘g‘risidа”gi qоnuni, Tоshkent shаhri,

-yil 27-dekаbr, 349-I-sоn. https://lex.uz/аcts/-54503

О‘zbekistоn Respublikаsi qоnuni, “Аdvоkаtlik fаоliyаtining kаfоlаtlаri vа

аdvоkаtlаrning ijtimоiy himоyаsi tо‘g‘risidа”, 1998-yil 25-dekаbr, 721-I-sоn.

Fuqarolik protsessual huquq o’quv qo’llanma, M.M. Mamasiddiqov, Z.N. Esanova,

D.Y. Habibullayev Toshkent «ILM ZIYO» 2012

Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda yuqori instansiyada ish yuritishda advokat

ishtirokining ahamiyati, Maqola Zarnigor Bebutova

Matkarimov Q.Q O’zbekiston Respuplikasida advokatlik faoliyati, o’quv

qo’llanma. Toshkent TDYU nashriyoti-2023.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz

Doniyorbek, Davronov. "The Procedure and Grounds for Applying the Measure

of Compulsory Attendance." American Journal of Social and Humanitarian

Research 3.7 (2022): 59–66.

Esenbekova P., F. Ibratova, and D. Davronov. “Legal issues of electronic evidence

in the economic process”. Norwegian Journal of Development of the International

Science 76-2 (2021): 20–24.

Faxriddinovna, Bebutova Zarnigor. “There are cases where a lawyer should be

involved in civil proceedings: Legal analysis of foreign experience”. Web of

Scientist: International Scientific Research Journal 3.8 (2022): 555–558.

Fakhriddinovna B.Z. The impact of family decisions on child psychology: legal

and artistic interpretation // Interdiscipline innovation and scientific research

conference. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 15–18.

Бебутова З. Advokatning fuqarolik va iqtisodiy protsessdagi maqomi: huquqlar va

majburiyatlar // Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 6/S. – С. 163–166.

Сулаймонова Н. Меҳнатга оид низоли ишларни судда кўришнинг

процессуал хусусиятлари // Международная конференция академических

наук. – 2022. – Т. 1. – №. 30. – С. 17–20.

Advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslari, o’quv qo’llanma Qodiraliyev

Saddam Bahtiyorjon o’g’li, T:. TDYU nashriyoti 2023.

Advokatura. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Egamberdiev A.U., Ahmedov R.T.,

Mirzaev Sh.M., Fazilov F., Nikonov I., Sayfieva G. T.: TDYuU nashriyoti, 2016. -

bet.

Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYU, 2019. – 195 bet

Advokatura darslik // Mas’ul muharrir y.f.n., prof. D. Habibullayev - T.: TDYU,

- 108 bet.