Mualliflar

  • Mamajonov Lochinbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93790

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi Masdar fotoelektr

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasining  yashil 
iqtisodiyotga o‘tish jarayonida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. 
Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi, uning asosiy tamoyillari va barqaror rivojlanishdagi 
ahamiyati  ko‘rib  chiqiladi.  Shuningdek,  xorijiy  investitsiyalar  orqali  ekologik  toza 
texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga 
salbiy ta’sirni kamaytirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan  islohotlar,  xorijiy  investorlar  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlar  va 
mavjud muammolar ham tahlil qilinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

314

ISSN:3030-3621

O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOTIGA O‘TISHIDA XORIJIY

INVESTITSIYALARNING O‘RNI

Mamajonov Lochinbek

JIDU “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”

fakulteti 2-bosqich talabasi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining yashil

iqtisodiyotga o‘tish jarayonida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi.
Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi, uning asosiy tamoyillari va barqaror rivojlanishdagi
ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar orqali ekologik toza
texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga
salbiy ta’sirni kamaytirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va
mavjud muammolar ham tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi, Masdar, fotoelektr

Abstract:

This article analyzes the role of foreign investments in Uzbekistan’s

transition to a green economy. It examines the concept of a green economy, its key
principles, and its importance for sustainable development. The article highlights
opportunities for introducing environmentally friendly technologies, increasing energy
efficiency, and reducing environmental impact through foreign investments. It also
discusses the ongoing reforms in Uzbekistan, the conditions created for foreign
investors, and existing challenges.

Keywords:

Green Economy Transition Strategy, Masdar, Photovoltaic

Аннотация:

В данной статье анализируется роль иностранных

инвестиций в переходе Республики Узбекистан к "зелёной" экономике.
Рассматриваются понятие "зелёной" экономики, её основные принципы и
значение для устойчивого развития. Особое внимание уделяется возможностям
внедрения экологически чистых технологий, повышения энергоэффективности
и снижения негативного воздействия на окружающую среду за счёт
иностранных инвестиций. Также рассматриваются проводимые в Узбекистане
реформы, условия для иностранных инвесторов и существующие проблемы.

Ключевые слова:

Стратегия перехода к зеленой экономике, Масдар,

Фотоэлектрический


Kirish:

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari global xavfsizlik, barqaror

rivojlanish va inson salomatligiga tahdid soluvchi omillardan biri sifatida dunyo
hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Iqlim muammolarining kuchayishi,
ekologik muvozanatning buzilishi, tabiiy resurslarning cheklangani va havo


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

315

ISSN:3030-3621

ifloslanishi, bularning barchasi davlatlarni o‘z iqtisodiy va ekologik siyosatlarini
tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Shu bois, iqtisodiyotni
“yashillashtirish”, ya’ni “yashil” iqtisodiyot tamoyillariga o‘tish bugun har bir
mamlakat uchun ustuvor strategik yo‘nalishga aylanmoqda. O‘zbekiston ham bu
jarayonda faol ishtirok etmoqda. 2019-yilda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasi”, shuningdek, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni
muhofaza qilish konsepsiyasi, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-
yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari” haqidagi qarori mazkur sohadagi muhim bosqichlardan hisoblanadi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2021-yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan “Yashil
o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030” ikkinchi xalqaro sammitida,
2023-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida,
hamda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” oliy darajadagi sammitida ekologik
muammolar, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va yashil energetika bo‘yicha xalqaro
hamkorlik masalalari alohida o‘rin oldi. Bu boradagi islohotlarning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishida xorijiy investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Jumladan, BAAning
“Masdar”

1

kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatga ega

shamol elektr stansiyasining qurilishi, 2021-yilda Karmana tumanida ishga tushirilgan
100 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi, shuningdek, Toshkent, Buxoro va Xorazm
viloyatlarida 700 million dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar hisobiga barpo etilgan
5 ta elektr stansiyasi buning yaqqol isbotidir.

2

Yashil iqtisodiyotga o‘tishda xorijiy

investitsiyalar faqat texnologiyalar emas, balki zamonaviy boshqaruv, ekologik
standartlar va global tajriba olib kirilishi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb
etadi.

O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida xorijiy investitsiyalar

muhim rol o‘ynaydi. Quyida ushbu mavzuni

SWOT

tahlil usullari orqali batafsil ko‘rib

chiqamiz. SWOT tahlili Kuchli tomonlar

(Strengths)

1.

O‘zbekiston 2019–2030-yillar

uchun yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qabul qilgan. Bu strategiya qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga
qaratilgan.

2.

Mamlakatda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish uchun katta

salohiyat mavjud. Quyoshli kunlar soni yiliga o‘rtacha 320 kunni tashkil etadi.

3.

2023-

yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 17 659 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar mavjud bo‘lib, bu 2019-yilga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

3

Zaif

tomonlari

(Weaknesses)

1.

O‘zbekistonda korruptsiya muammosi mavjud bo‘lib, bu

xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda to‘siq bo‘lishi mumkin.

2.

Ba'zi investitsiya

1

BAA

https://masdar.ae/

2

Yashil iqtisodiyot

https://parliament.gov.uz/

3

Xorijiy korxonlar

https://invexi.org/uz/press/


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

316

ISSN:3030-3621

loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilmasligi kuzatilmoqda.

4

Imkoniyatlar

(Opportunities)

1.

O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi va xalqaro

ekologik tashabbuslarda ishtiroki yangi investitsiya imkoniyatlarini ochadi.

2.

Yashil

texnologiyalarni joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni
ta'minlash mumkin. Tahdidlar

(Threats)

Xalqaro iqtisodiy inqirozlar yoki siyosiy

beqarorlik investitsiya oqimlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek
mintaqadagi boshqa davlatlar bilan raqobat, ayniqsa, yashil texnologiyalar sohasida,
investitsiyalarni jalb qilishda muhim omil bo‘lishi mumkin.

PESTEEL

tahlil, Siyosiy

(Political)

O‘zbekistonda siyosiy barqarorlik mavjud

bo‘lib, bu xorijiy investorlar uchun muhim omil hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot
bo‘yicha davlat dasturlari, strategiyalar va hukumat qarorlari mavjud (masalan, 2019–
2030 yillarga mo‘ljallangan Yashil iqtisodiyot strategiyasi). Xalqaro hamkorlik:
O‘zbekiston Parij iqlim bitimiga qo‘shilgan, shuningdek, BMTning iqlim o‘zgarishiga
qarshi tashabbuslarida faol ishtirok etadi. Iqtisodiy

(Economic)

2022–2026 yillarga

mo‘ljallangan investitsiya dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston yashil texnologiyalar,
qayta tiklanuvchi energiya va suv resurslarini boshqarish sohalarida xorijiy kapitalni
faol jalb etmoqda. Yashil iqtisodiyot hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, investorlar
uchun yangi bozor segmentlarini egallash imkoniyati mavjud.

5

Ijtimoiy

(Social)

Atrof-

muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabat shakllanmoqda. Ekologik toza mahsulotlar,
yashil energiyadan foydalanishga bo‘lgan talab ortmoqda. Yangi ish o‘rinlari: Yashil
iqtisodiyotda, xususan, qayta tiklanuvchi energiya va chiqindilarni qayta ishlash
sohalarida minglab ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Texnologik

(Technological)

Quyosh panellari, shamol turbinalari, energiya tejovchi texnologiyalar kabi yangi
texnologiyalar joriy qilinmoqda. Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa
davlatlar bilan texnologik almashinuv kuchaymoqda. Ekologik

(Environmental)

Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadi — tabiiy resurslardan samarali foydalanish,
ifloslanishni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish. Bu ekologik tahdidlar
mamlakatda yashil texnologiyalarni tezroq joriy etishni talab qilmoqda. Huquqiy

(Legal)

Investitsiyalarni himoya qilish: O‘zbekiston bir nechta ikki tomonlama

investitsiya bitimlariga ega bo‘lib, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlaydi. Atrof-
muhitni muhofaza qilishga doir qonunlar, ekologik ekspertiza talablari va “yashil
standartlar” ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda.

6

Xulosa:

Umumiy qilib aytganda, yashil iqtisodiyotga o‘tish bugungi kunda barcha

mamlakatlarning asosiy maqsadi va missiyasi hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekiston
ham bu borada bir qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Ushbu maqolani o‘qib, bu

4

Samarali amalga oshirish chora tadbirlari

https://lex.uz/uz/docs/

5

Xorijiy korxonlarning o’rni

https://yuz.uz/

6

Investitsiyalarni jalb qilish

https://ilmiybaza.uz/


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

317

ISSN:3030-3621

jarayonning dolzarbligini anglagan bo‘lsangiz kerak. Ayni paytda ekologiya masalasi
O‘zbekistonda eng muhim va dolzarb masalalardan biri sanaladi. Prezidentimiz ham
bu muammoni chuqur anglab, 2019–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyani ishlab
chiqdi va aynan shu strategiya asosida izchil harakatlar olib borilmoqda. Bugunga
qadar bir qancha ijobiy natijalarga erishdik. Biroq, shunga qaramasdan, biz yana-da
ko‘proq xorijiy investorlarni jalb qilishimiz, ularga qulay sharoitlar yaratishimiz zarur.
Chunki xorijiy investitsiyalar bizga nafaqat moliyaviy, balki texnologik, boshqaruv va
ekologik tajriba olib kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Elektron manbalar:

1.

https://masdar.ae/

2.

https://parliament.gov.uz/

3.

https://invexi.org/uz/press/

4.

https://lex.uz/uz/docs/

5.

https://yuz.uz/

6.

https://ilmiybaza.uz/


Bibliografik manbalar