Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
304
ISSN:3030-3621
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TURG‘ MUQOBILLASHTIRISHNING
DOLZARB MASALALARI
Nazirov Salimbek Olim og‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbek
tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi ayrim frazeologik
birliklar qiyoslanib, ularning semantik-stilistik va struktual tomonlarini izohlandi.
Misollar yordamida ikki tildagi frazeologizmlarning o‘xshash va farqli xususiyatlari
aniqlandi. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi iboralar va maqollarni
o‘zaro muqobillashtirish va frazeologik til korpusini yaratish bo‘yicha takliflar berildi.
Kalit so‘zlar:
frazema, idioma, maqol, turg‘un birikma, erkin birikma, korpus,
semantik ma’no, yaxlit ma’no, ustama ma’no, sintaktik aloqa, leksema, funksional
bo‘yoq, emotsional-ekspressiv bo‘yoq, kontekst, muqobillashtirish, mantiqiylik.
Mustaqillik yillarining dastlabki davrlaridan boshlab milliy qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz va o‘zbek tiliga bo‘lgan e‘tibor har qachongidan oshdi, ayniqsa, yaqin
bir necha yil ichida tilni rivojlantirish, uning mavqeyini oshirish, jahon tillari bilan bir
qatorda korpus muammosini hal qilish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada esa
tilshunoslik va unga tutash tarmoqlarda yaqin yillardan beri jiddiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Til ijtimoiy hodisa ekan, undagi leksik qatlam ham tarraqqiyot nuqtayi
nazaridan o‘zgarib, boyib, yangi ma’no kasb etib boraveradi. Bunday o‘zgarishlar
tilning qolipini shakllantirishda bir qancha muammolar keltirib chiqarishi, muqobil
variantlarni tanlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. So‘zning yondosh ma’nolari
kontekst tarkibida rang-barang ifoda semalarini hosil qiladi, bu esa kishining zukko
bo‘lishini talab qiladi. O‘zbek tilini o‘rganuvchi yoki shu til bilan bog‘liq faoliyatga
duch keladigan o‘zga til vakillari uchun bu kabi mazmuniy xilma-xillik so‘zlarni
chalkash va noto‘g‘ri tushunishga olib keladi. Natijada matn semantik va struktual
jihatdan noto‘g‘ri shakllanadi. Bu kabi muammolarning aksari tilning frazeologiya
bo‘limida uchraydi.
Turg‘un birikmalardagi mazmuniy birliklar yaxlit ma’no ifodalashi so‘zlarning
ustama ma’nolari bilan belgilanadi. Uni alohida tarjima qilish esa kutilgan ma’noni
keltirib chiqarmaydi va matn mazmunini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Tarjimonlik
sohasida, jumladan, frazeologizm tarjimasida birozgina no‘noqlik kuzatilsa, kitobxon
(o‘quvchi) buni darhol payqaydi. Ko‘p hollarda tarjimon bunga e’tiborsiz yondashadi
va iborani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib qo‘ya qoladi. Aksar holatlarda “aybini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
305
ISSN:3030-3621
yuvish” qabilida qo‘shimcha izohlar keltiradi. Bu esa stilistik g‘alizlikka sabab bo‘ladi.
Badiiy asar go‘yo avtomatik tarjima qilingandek xulosa uyg‘otadi.
Professor Sh.Rahmatullayev iboraga quyidagicha ta’rif bergan edi: “
Ibora ham
tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning
oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning
ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no
ibora
tarkibidagi
leksemalarning
ma’nosiga
suyanmasligi
ham
mumkin
”.[Rahmatullayev,1978:4] Masalan, “
og‘zi qulog‘ida”
frazemasidagi so‘zlarni
alohida tarjima qilish mazmuniy g‘alizlikni yuzaga keltiradi, uning “
juda xursand”
ifoda semasi esa korpusda unga to‘g‘ri lug‘aviy ma’no berish yoki muayyan tildagi shu
kabi iboraga muqobil ibora topish bilan hal qilinadi. Tilda so‘zlar o‘rniga iboralar va
idiomalardan foydalanish nutqni jozibali va ta’sirchan qilib, ifodaliligini
ta’minlaganidek, uni tarjima qilayotganda shu iboraga mos erkin birikmalardan emas,
balki muayyan tildagi turg‘un birikma (ibora, idioma, maqol)lardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi va so‘zlarning kishilar ongida
funksional
va
emotsional-
ekspressiv
bo‘yoq kasb etishida xizmat qiladi. Lekin filologik lug‘atlarning
aksariyatida frazaemalarning uslubiy xususiyatlari yoritilmaydi. “
Leksikografik va
frazeologik manbalarda frazeologik birikmalar (FB) turlicha izohlanadi. FBlarning
qo‘shimcha uslubiy ma’nosi (konnotativ xususiyati) qayd etilmaydi. Aslini olganda,
FBlarning uslubiy tomoni ta’kidlanganda lug‘atlarda maxsus havolalar – belgilar
qo‘llanilishi lozim
”.[Yo‘ldoshev;1999:11]
Darhaqiqat, o‘zbekcha turg‘un birikmalar korpusga kiritilganda ularning
stilistik jihatlariga e`tibor berish, uslub va kontekts nuqtayi nazaridan muqobil ibora
tanlash tarjima jarayoning muhim bosqichlaridan biridir. To‘g‘ri, frazemalar
tarkibidagi so‘zlar va unga yuklangan semalar boshqa tildagi muqobil frazemalarga
to‘laqonli mos kelmasligi, tarjimaning ifodaliligi va mantiqiyligiga putur yetkazishi
mumkin. Turg‘un birikmalarning har bir til tarkibida ommaning madaniy-ma`rifiy,
ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan kelib chiqishi, har bir xalq mentalitetini aks ettirishi
ularni to‘laqonli uslubiy va grammatik normalar asosida tarjima qilish imkonini
bermaydi. Iboralar gapda so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirishishi uchun muayyan
sintaktik qurshovga ega bo‘lishi lozim. “
Sintaktik qurshov deganda iboralarning
nutqda turli bo‘laklar bilan bog‘lanishi nazarda tutiladi. Iboraning biror sinataktik
qurshovga ega bo‘lishi uning turkumiga, ichki sintaktik qurilishiga, fe’l iboralarda fe’l
so‘z – komponentining boshqaruviga va bu boshqaruvning ibora tarkibida reallashgan
yoki reallashmaganligiga, ot komponent tarkibida qatnashadigan egalik affiksiga
bog‘liq
”. [Rahmatullayev,1978:12] Shuning uchun barcha frazemalarga muqobil
topish va uni sun’iylashtirish shart emas. Quyida ingliz va o‘zbek tilidagi turg‘un
birikmalarni muqobillashtirishni ba`zi misollar orqali ko‘rib chiqamiz.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
306
ISSN:3030-3621
A drop in the ocean
– deyarli ta’sir qilmaydigan, juda kam miqdor. Bu ibora
tarjima qilinganda “
okeandan bir tomchi
” degan ma’noni bildirib, o‘zbek tilidagi
“
dengizdan tomchi”, “xamir uchidan patir
” frazemalari bilan bir xil ma’no ifodalaydi
va ular bilan mazmunan sinonim bo‘ladi. Bu ibora gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan
semantik va grammatik jihatdan to‘laqonli birikadi, ya’ni o‘zbek tilidagi “xamir
uchidan patir”, “dengizdan tomchi” frazemalari o‘rnida erkin qo‘llana oladi.
The cost of a hotel for one night is
a drop in the ocean
for a big company like
that – bir kechalik mehmonxona narxi bu kabi kompaniyalar uchun
dengizdan tomchi/
xamir uchidan patir
(dir).
A leopard can’t change its spots
– bu ibora xulq-atvor va xarakterni hech
qachon o‘zgartira olmaslikni ifodalashda foydalaniladi, tarjima qilinganda “
leopard
(qoplon) o‘z dog‘larini o‘zgartira olmaydi
” degan ma’noni ifodalaydi, o‘zbek tilida
“
bukrini go‘r tuzatadi
” maqoliga mazmunan yaqin bo‘lib, grammatik qurilishi farq
qiladi.
To be born with silver spoon in your mouth
– mavqe va boylik jihatdan ustun
oilada tug‘ilib, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lish. O‘zbek tiliga “
og‘zida kumush
qoshiq bilan tug‘ilmoq
” deya tarjima qilinadi. Bunda “
kumush qoshiq
” boylik
ma’nosiga ishora qilgan, bu iboraning o‘zbek tilida aynan muqobili yo‘q, lekin
mazmunan “
og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, boyning bolasi gapirsin
” maqoliga juda yaqin.
I’ve always had to work hard because I
wasn’t born with a silver spoon in my
mouth
– men nuqul qattiq ishlashga majbur bo‘lganman, chunki men
og‘zimda kumush
qoshiq bilan tug‘ilmaganman
.
Once in a blue moon
– juda kamdan kam, paytga nisbatan ishlatiladi. O‘zbek
tiliga “
ko‘k oyda bir marta
” deya tarjima qilinadi. “
ko‘k oy
” birikmasi bu yerda
ko‘chma ma’noda bo‘lib, harakatning deyarli bajarilmasligini ifodalaydi. Bu idioma
tilimizdagi “
tuyaning dumi yerga tegganda”, “toshbaqa tog‘ga chiqqanda” “xo‘roz
tuxum qo‘yganda”
kabi turg‘un birikmalarga yaqin turadi, farqli jihati ingliz tilidagi
idiomada juda kamdan kam bo‘lsa-da harakat yuz berishi mumkin.
To be honest, I only go to museums
once in a blue moon
– ochig‘i, men ko‘k
oyda bir marta (juda kam) muzeylarga borib turaman. Bu kabi tajima qilinganda
idiomani tilimizdagi yaqin frazemalar bilan almashtirib bo‘lmaydi, bu esa mantiqiy
g‘alizlikni keltirib chiqaradi, bunday vaziyatda iboraga mos so‘zlar yoki erkin
birikmalardan foydalanish nutqni mantiqiyligini ta’minlaydi.
Dance with death
– bu iborani o‘zbek tiliga “o‘lim / cho‘g / olov bilan
o‘ynashmoq” deya tarjima qilish mumkin.
He dance
d
with death when he tried to negotiate a deal with that dangerous
criminal.(u xavfli jinoyatchi bilan kelishishga urinib, o‘lim bilan o‘ynashdi.)
Fight like cat and dog
– it-mushuk(dek) urushmoq / bo‘lmoq,
go against the
flow
– oqimga qarshi bormoq,
you can`t please everyone
– hammaning ko‘ngliga yo‘l
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
307
ISSN:3030-3621
topa olmaysiz, hammani mamnun qilolmaysiz ,
in the same boat
– (bir xil qayiqda)
asosan, muammolarga nisbatan ishlatiladi, “dardimiz bir”, “bir xil ahvolda”,
do the
dirty work
– eng kir / qora / og‘ir ishlarni qilmoq kabi juda ko‘plab iboralar shaklan va
mazmunan o‘zbek tilidagi turg‘un birikmalar bilan deyarli bir xil ma’no ifodalaydi.
Shuningdek, turg‘un birikmalar sirasiga kiruvchi ingliz va o‘zbek tilidagi maqollarni
(proverbs) o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha ham bugungi kunda jiddiy tadqiqotlar
olib borilmagan. Aslini olganda, frazeologik konstruksiyalarni gap tarkibiga kiritish,
ularning sintaktik qonuniyatlarini ochib berish boshqa tildagi maqollarni tarjima qilish
jarayoniga qaraganda birmuncha mushkul. O‘zbek tilida bo‘lgani kabi ingliz tilida ham
maqollarni gapda so‘zlar bilan muayyan sintaktik aloqaga kiritish shart emas, ya’ni
maqollar so‘zlovchi berayotgan fikrga mazmunan mos bo‘lib, gap bo‘laklari bilan
grammatik aloqaga kirishmaydi, fe’lli va otli frazemalar singari turlanish va
tuslanishga uchramaydi. Shu sababli, maqollarga muqobil variant tanlash jarayonida
ularning sintaktik, morfologik qurilishidan ko‘ra semantik mohiyatiga diqqat qaratish
lozim. Masalan, ingliz tilidagi “
a friend’s eye is a good mirror”
maqolani o‘zbek tiliga
morfologik va sintaktik qonuniyatlar asosida tarjima qilish kutilganidek to‘laqonli
ma’no bermasligi, kishilar ongida emotsional-ekspressiv vazifa bajara olmasligi
mumkin, shuning uchun ham unga semantik jihatdan mos bo‘lgan maqol topish lozim
bo‘ladi, o‘zbek tilida ushbu maqolga
“do‘st – do‘stning oynasi”, “do‘st achitib
gapirar, dushman kuldirib”
maqollari mazmunan juda mos keladi. Ba’zan bir xil shakl
va mazmundagi maqollar ikkala tilda ham mavjud bo‘lishi mumkin,
“
a cat has nine
lives
” – mushukning to‘qqizta / qirqta joni bor
yoki shakli biroz o‘zgarishi mumkin,
“(the) apple doesn’t fall far from the tree”
– olmaning tagiga olma tushadi
kabi.
Lekin
bu kabi holatlar til leksikasida ko‘p uchramaydi. Quyida ingliz va o‘zbek tilida keng
qo‘llaniladigan turg‘un birikmalarning qisqacha lug‘atini tuzishga harakat qildik.
1.
A rotten apple spoils the barrel
– 1) bir chimdim tuz bir xum asalni buzar,
2) tirriq qo‘zi podani buzar.
2.
Bad news travels fast
– 1) yomon gap/ xabar tez tarqaladi 2) yomon
gapning oyog‘i olti 3) so‘z oyoqdan ilgari borar
3.
Be swift to hear, slow to speak
– 1) kam gapirib, ko‘p eshit.
4.
(The) early bird catches the worm
– 1)avval kelgan ho‘kiz suvning
tozasini ichar, 2) oldin otlangan manzilga oldin borar.
5.
Clothes don`t make the man
– 1) tashqi ko‘rinish aldamchi 2)tuz ham
shakar kabi ko‘rinadi.
6.
Better late than never
– 1) hechdan ko‘ra kech yaxshi.
7.
Better be the head of a dog than the tail of a lion
– 1) ho‘kizning oyog‘i
bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq 2) yoli qalin eshakdan yag‘ir bo‘lsa
ham ot yaxshi, 3) odamning kuyugi bo‘lguncha o‘rmonning kiyigi bo‘l, 4) echkining
boshi bo‘lguncha qo‘yning quyrug‘i bo‘l.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
308
ISSN:3030-3621
8.
Better to drink the milk than to eat the cow –
1) tovuqni yesang, bir
yeysan, tuxumini yesang, ming yeysan 2) sog‘ib ichsang, ming kunlik, sotib yesang, bir
kunlik.
9.
Every rose has its thorn –
1) atirgulning ham tikani bor 2)oyning ham
yuzida dog‘i bor, 3) har to‘kisda bir ayb.
10.
False friends are worse than open enemies –
olisdagi dushmandan
angib yurgan do‘st yomon, 2) ablah do‘st dushmandan yomon, 3) yomon do‘stdan
qirda yotgan tosh yaxshi .
11.
He laughs best who laughs last –
1) yaxshi ot keyin chopadi, 2) jo‘jani
kuzda sana.
12.
Lightning never strikes in the same place twice –
1) ko‘r hassasini bir
marta yo‘qotadi, 2) devona ham xurjunini bir marta yo‘qotadi.
13.
Never put off till tomorrow what can be done today –
1) bugungi ishni
ertaga qoldirma 2) qolgan ishga qor yog‘ar.
14.
You can lead a horse to water but you can`t make it drink
– zorimiz bor-
u, zo‘rimiz yo‘q.(O‘zbek tilida aynan bu iboraga shaklan va mazmunan mos turg‘un
birlik uchramaydi)
15.
Don`t count your chickens before they hatch
– 1) podadan oldin chang
chiqarma 2) to‘ydan oldin nog‘ora chalma
16.
A bad workman blame his tools
– 1) o‘zolmagan otga uzangi bahona, 2)
o‘yin bilmagan xotinga uy torligi bahona.
17.
A burnt child dreads the fire
– 1) sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab
ichar, 2) tikanni bosgan qadamini bilib tashlar.
18.
A calm sea does not make a skilled sailor
– 1) bo‘ynidan bog‘langan it
ovga yaramas, 2) kepakka boqilgan ot ko‘pkariga yaramas.
19.
A picture paints a thousand words / a picture is worth a thousand words
– 1) yuz bor eshitgandan bir bor ko‘rgan yaxshi.
20.
A fish always rots from the head down
– 1) baliq boshidan sasir
21.
An eye for eye, a tooth for tooth
– 1) jonga jon, qonga qon
Yuqorida keltirilgan maqollarning ro‘yxatini yana ko‘plab davom ettirish
mumkin, bu kabi tadqiqotlar turg‘un birliklarning mazmunini ochishda, ularni boshqa
tildagi muqobillari bilan almashtirishda o‘ziga xos pillapoya vazifasini bajaradi.
Maqollarni korpusda muqobillari bilan muvofiqlashtirishda ularning stilistik va
lingvokulturologik jihatlariga e’tibor qaratish ham muhim vazifalardan biridir. Har bir
til vakili bu kabi turg‘un birikmalardan o‘z nutq sharoiti va imkoniyatiga qarab
foydalana olishi uchun lug‘at tarkibidagi turg‘un birikmalar yetarli va mos sinonimlari
bilan to‘la boyitilishi shart. Ya’ni so‘zlovchi ingliz yoki boshqa tillardagi turg‘un
birliklarni o‘z tiliga tarjima qilish jarayonida nutqiy faoliyatga mos ravishda o‘zi
xohlagan sinonimidan foydalana olishi kerak va yuqorida ta’kidlaganimizdek, ibora
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
309
ISSN:3030-3621
muqobilining uslubiy va grammatik jihatlari qisman bo‘lsa-da lug‘atda yoritilishi
lozim. Bu to‘g‘ri nutq tuzish, mazmuniy noaniqlik va mantiqisizlikning oldini olishga
yordam beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir til o‘zining polisemantik
xususiyatlariga ega, bu esa tilning boyligini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan bo‘lib,
ularni til korpusga kiritish kompyuter lingvistikasi va tilshunoslik qonun-qoidalaridan
kelib chiqib amalga oshiriladi. Bu kabi turg‘un birliklar millat hayotining ajralmas
qismi bo‘lib, uning tarixiy, ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiradi, so‘zlovchi nutqining
boyligi, ifodaliligi va ta’sirchanligini oshirib, nutqning kommunikativ sifatlariga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Тошкент:
Ўқитувчи ,1978. Б 407.
2.
Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари: ўқув қўлланма – Самарқанд,
1999. Б-206
3.
O‘zbek xalq maqollari. T. Mirzayev. – Toshkent, 2005.
4.
Malcolm Mann. Destination C1,C2 Grammar and Vocabulary – Macmillan. 2018.
5.
English idioms, Phrases, Proverbs, Slangs. App.
6.