Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
280
ISSN:3030-3621
TA’LIM JARAYONINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA
TASHKIL ETISH, AN’ANAVIY VA MASOFAVIY USLUBLARNI
UYG‘UNLASHTIRGAN O‘QITISH YONDASHUVLARI
Iskandarova Z.A
Jizzax politexnika instituti
Kirish.
Oxirgi 50 yil ichida barcha sohalarda amalga oshirilgan texnologik
taraqqiyotning eng katta afzalliklaridan biri hayotning har bir bosqichi uchun raqamli
ta’lim va o‘qitish yechimlarini yaratish imkonini taqdim etganidir. Hozirgi kunda
ta’limga oid tashabbuslar faqat o‘quv materiallarini moslashtirish va talabalar uchun
yanada qiziqarli o‘quv tajribalarini yaratish uchun texnologiyalarni qo‘llash
imkoniyatlarini yaratibgina qolmay, balki ish joylaridagi ta’limni soha
mutaxassislarining kundalik faoliyatiga qulaylik bilan qo‘shishning doimiy usullarini
ham taqdim etmoqda [2,5,6]. Mobil aloqa va internet xizmatlari, shuningdek, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’limni raqamlashtirishda katta
imkoniyatlarni yaratmoqda [14].
Ta’limni raqamlashtirish.
Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilar o‘z
mashg‘ulotlarini web-texnologiyalar yordamida, xususan OTMlarning ta’limni
boshqarish tizimi (LMS), ommaviy ochiq onlayn kurslar (OOOK), Google Classroom
kabi bepul platformalarda olib borishga moslashtirmoqda. Bu esa ularni ma’ruza
mashg‘ulotlari tarkibini qayta ko‘rib chiqishga va an’anaviy dars uslubidan
samaraliroq bo‘lgan raqamli uslublarni joriy etishga undamoqda. Shu jarayonda
o‘qituvchilar katta mehnat sarflab, o‘z kurslarini faol o‘qitish elementlari bilan
boyitishmoqda. Masalan, TBT orqali kompyuter taqdimotlari, onlayn amaliy
mashg‘ulotlar, o‘z-o‘zini baholash, tajriba asosidagi o‘quv ishlari va guruh loyihalari.
O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ilk amaliyotlar 2011–2012 yillarda Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning
filiallarida boshlangan bo‘lib, E-learning (e.study.uz) hamda ochiq kodli MOODLE
(moodle.tuit.uz) platformalari asosida aralash o‘qitish tizimi joriy etilgan.
Kutubxonalardagi adabiyotlarning elektron shakllari yaratilib, masofaviy foydalanish
imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Hozirda barcha kurslar bo‘yicha elektron o‘quv-
uslubiy majmualar universitetning virtual ta’lim tizimiga joylashtirilgan va dars
jarayonlarida elektron ta’lim faol qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida MOODLE
va HEMIS platformasi asosida an’anaviy va elektron ta’lim integratsiyasi yo‘lga
qo‘yilgan. Talabalarning ehtiyoj va imkoniyatlari turlicha bo‘lganligi sababli, AKTdan
samarali foydalanib, aralash va gibrid o‘qitish texnologiyalarining didaktik
yondashuvlarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
281
ISSN:3030-3621
Zamonaviy ta’limdagi muammolar.
Butun dunyoda, jumladan O‘zbekiston
ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayoni so‘nggi yillarda sezilarli darajada
rivojlanmoqda. Bu jarayon o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini taqdim
etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Hatto ishonchli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi va uy
sharoitida Internet aloqasi bo‘lgan mamlakatlarning o‘qituvchilari uchun ham onlayn
ta’limga tez o‘tish juda qiyin bo‘lgan. AKT va boshqa masofaviy ta’lim resurslari
mavjud bo‘lmagan mintaqalardagi o‘qituvchilar uchun o‘tish yanada qiyin yoki
imkonsiz bo‘lib qoldi.
1-jadval.
Karantin davrida O‘zbekistonda ta’lim olishdan mahrum bo‘lgan o‘quchilar
va talabalar soni [12]
Ta’lim mussasasi turi
Qiz bolalar
O‘g‘il bolalar
Jami
Maktabgacha ta’lim
350 194
382 658
732 852
O‘rta maktab ta’lim
1 200 484
1 284 694
2 485 178
O‘rta maxsus ta’lim
1 890 715
2 002 173
3 892 888
Oliy ta’lim
119869
179765
299 634
Jami
3 561 262
3 849 290
7 410 552
YUNISEFning 2021-yilda e’lon qilgan xabariga ko‘ra, karantin davrida
o‘quvchilarning taxminan 10 foizi masofaviy ta’lim bilan qamrab olinmagan. Bu holat
raqamli bo‘shliq, internetga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi va texnik
vositalarning yetishmasligi kabi omillar bilan bog‘liq edi.
Butun Jahon Bankining baholashicha, karantin davrida dunyoda 826 milliondan
ortiq o‘quvchilar ta’lim resurslaridan (kompyuterga ega bo‘lmagan) foydalanmagan,
706 million atrofida o‘quvchilar esa internetga ulana olishmagan [13]. UNESCOning
Statistika institutining baholashicha, karantin davrida 191 ta davlatlarda yopilgan
boshlang‘ich va o‘rta ta’limda kamida 1,5 milliard o‘quvchilar va 63 million
o‘qituvchilarga Covid-19 pandemeyasi o’z ta’sirini ko‘rsatdi [12]. O‘zbekistonda 7,4
milliondan ortiq o‘quvchilar va talabalar uchun ta’lim mussasalari 2020 yilning 16-
martidan boshlab yopilgan (1-jadval), keyinchalik onlayn va aralash an’anaviy
ta’limga o‘tildi.
Oliy ta’lim muassasasalarida ta’lim ommaviy ravishda Moodle va Hemis ochiq
kodli TBT asosida davom ettirildi. Bu esa pedagoglarga masofaviy va an’anaviy sinf
sharoitida dars mashg‘ulotlarini olib borishda aralash yoki gibrid o‘qitish ta’lim
texnologiyalarini qo‘llash kompetentligini oshirishni taqoza etadi. Ko‘pchilik shunday
hulosa keldiki, onlayn o‘qitish – onlayn ma’lumot ma’lumot uzatishdan ko‘ra ancha
murakkab jarayondir. Bundan tashqari, IT-infratuzilmasi va talabalarning aksariyati
kompyuterlar va gadjetlar bilan ta‘minlanmasdan masofaviy o‘qitish imkonsiz ekanligi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
282
ISSN:3030-3621
aniq bo‘ldi. Masofaviy ta’limda talabalar va o‘qituvchilarning asinxron va sinxron
kommunikatsiyasida ta’lim metodlarining turli usullari tadqiq qilingan [15]. Ushbu
maqolada hozirgi kungi ta’limning masofaviy va an’anaviy ta’lim shakllarining
uyg‘unlashuvida o‘qitish texnologiyalari qisqacha tadqiq qilinadi.
Masofaviy ta’limda o‘qitish texnologiyalari
. Masofaviy ta’limda o‘qitish
texnologiyalari bo‘yicha, avvalo, Maykl Grexm Mur (Michael Graham Moore)
tomonidan ilgari surilgan tranzaksiyon masofa nazariyasini ko‘rib chiqamiz. Mur
nazariyasiga ko‘ra, tranzaksiyon masofasi — bu faqat geografik masofa emas, balki
pedagogik kategoriya bo‘lib, ikki asosiy o‘zgaruvchidan — tuzilma va dialogdan
iboratdir. Tuzilma kursning rejasini va o‘quv jarayonini tashkil etish, shuningdek,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishni belgilaydi. Dialog
esa real vaqtli ikki tomonlama aloqani o‘z ichiga oladi. Murning nazariyasiga ko‘ra,
talabalarning onlayn o‘qish jarayonida psixologik va kommunikatsion bo‘shliqlarni
boshdan kechirishlari mumkin. Bu bo‘shliqlarni kamaytirish uchun talabalar o‘z
tengdoshlar, o‘qituvchilar va o‘quv materiallari bilan o‘zaro faol aloqada bo‘lishlari
kerak. Mur shuningdek, talabalar o‘zaro muloqotda bo‘lganida ichki dialogni
shakllantirishi, fikrlash, muhokama qilish va o‘rganish jarayonlarini olib borishi
kerakligini ta’kidladi. O‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqalar ham muhim, chunki talabalar
o‘qituvchilardan o‘rganish orqali o‘z bilimlarini chuqurlashtiradilar. Nihoyat, talabalar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hayotiy ahamiyatga ega, chunki ular bir-biri bilan
muloqot qilganda nafaqat o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtiradilar, balki guruhda
ishlashni ham o‘rganadilar. Mur, o‘zaro aloqalar sinxron yoki asinxron bo‘lishi haqida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirmagan, ammo uning asosiy g‘oyasi shundaki, har qanday
o‘zaro munosabatlar talabalarning bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Asinxron ta’lim — bu o‘quv jarayonining bir shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi va
talaba o‘zaro muloqotni ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshiradi. Bu modelda
o‘quv faoliyatining asosiy mas’uliyati talabaning zimmasiga yuklatiladi.
2-jadval.
T-diagramma: Asinxron o‘qitish.
Yutuqlari
Kamchiliklari
Mustaqil va qunt bilan o‘rganishda
moslashuvchanligi, qulay vaqt tanlsah,
masofadan o‘qish, Kurslarni ixtiyoriy
ketma-ketlikda o‘zlashtirish, Turli va
ko‘p sonli tinglovchilar guruhi,
Boyitilgan elektron o‘quv kontenti,
Kognitiv malakani oshiradi.
AKT bo‘yicha ko‘proq bilim va
ko‘nikmani talab qiladi, AKT bilan bir
xil ta’minlanmaslik, Internetda axborot
xurujida chalg’ishlar, Internetning
pastligi, Tajriba o‘tkazishni
imkonsizligi yoki virtualligi
Asinxron o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli Internet resurslaridan
foydalaniladi, jumladan: elektron pochta, havolalar ro‘yxati, ommaviy ochiq onlayn
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
283
ISSN:3030-3621
kurslar (OOOK), multimediya materiallari, videokonferensiya tizimlari, elektron
testlar, virtual o‘quv tizimlari hamda onlayn muloqot platformalari (forumlar, bloglar,
podkastlar, va skrinkastlar). Asinxron o‘qitishning bir modeli sifatida
Piring o‘qitish
(yoki inglizcha
Peering training
) ishlatiladi, bu yondashuv gorizontal trening,
tengdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘qitish yoki P2P learning deb ham ataladi. Ushbu
metod talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni asinxron aloqa orqali
birlashtirib, mustaqil ta’limni rag‘batlantiradi. Garchi sinxron o‘qitish onlayn ta’limda
tobora muhim rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, asinxron o‘qitish masofaviy ta’limda o‘z
o‘rnini saqlab qolmoqda.Sinxron o‘qitish talabalar bilan o‘zaro muloqotning ajralmas
qismi bo‘lib, bunda talabalar bir vaqtning o'zida bir guruh bo’lib ishtirok etadigan
o‘quv jarayonini nazarda tutadi. Talabalar guruhi bilan o‘qituvchi biror vaqtda biror
onlayn muhitning virtual sinfida mashg‘ulot o‘tkazadi (3-jadval). Shunday qilib,
sinxronlashtirilgan onlayn ta’lim videokonferentsiyalar, telekonferentsiyalar, jonli
chatlar va jonli efir kabi usullarni o‘z ichiga oladi.
3-jadval.
T-diagramma: Sinxron o‘qitish.
Yutuqlari
Kamchiliklari
Talabalarning o‘qituvchi va
guruhdagilar bilan oson muloqot
qilishi, guruhli jamoaviy faoliyat
yuritish, real vaqtda o‘qish, tezkor
teskari aloqa, tezkor fikr almashish,
kontent bo‘yicha tushunmovchiliklarga
o‘z vaqtida barham berish.
Samaradorlikning o’qituvchi
kompetentligiga bog‘liqligi,
tayinlangan vaqtda talabalarning
onlayn bo’lishi, qat’iy grafikda dars
jadvali, ehtiyoj tug’ilganda kontentdan
foydalana olmasligi, savol-javobda
to’liq nazoratning bo‘lmasligi.
Pandemeya karantini davrida ta’lim jarayonidagi tajribalar shuni ko’rsatdiki,
talabalar onlayn ta’limning sinxron o‘qitish usulini qadrlashadi va o'z tengdoshlari va
o'qituvchilar bilan aloqadorligini his qilishadi. Talabalarga tezkor taskari aloqa muhim,
tengdoshlarining tayyorlagan ma'lumotlarini qiziqib kuzatadilar, ijtimoiy tarmoqlarda
jonli muloqotlar bilan o’zlarini virtual sinfda tengdoshlari bilan birga his qiladilar.
Bunday munisabatlarda talabalar tranzaksiya masofasining qisqarishini his qilishlariga
olib keladi; boshqacha qilib aytganda, o'zlarini guruhdoshlarining oldida jismonan
hozir bo’lib, mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishlariga ehtiyoj sezmasliklari kuzatilmoqdqa.
4-jadval.
Onlayn ta’limda asinxron va sinxron o‘qitishlarning asosiy farqlari
Farqlari seziladigan omillar
Asinxron o‘qitish
Sinxron o‘qitish
O’qish vaqti va sharoiti
Ixtiyoriy vaqtda
onlayn kanallar
Real vaqtda onlayn
yoki masofaviy ta’lim
Ma’ruza o‘tish
Avtonom holatda
Onlayn
Darsda erkinlik, jadallik
Aktiv
Passiv
Tezkor teskari aloqa
Sust
Tez
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
284
ISSN:3030-3621
Ta’lim ma’suliyati
Talabada
O‘qituvchida
Kurslarni
o’zlashtirish
ketme-ketligini tanlash
Erkin
Majburiy
Asinxron va sinxron o‘qitishning birlashtirilgan ta’lim sharoitlarida olib borilgan
tadqiqotlar tahlilidan [15]da ma’lum qilinganki, aralash o`qitish talabalarga unchalik
maqul kelmagan. Tadqiqotchilar tajribalarida 62 nafar talabalarning 9 foizi audioni
tinglash va video kontentni ko‘rib chiqish, javoblarni yozish va prezentatsiyalarini
ko’rishda ta’lim olish ishtiyoqining yoqolganligini va trakzaksiya masofasining
kattalashganini kuzatishgan. Natijada, o’qituvchilarga onlayn ta’limda dastlabki
mashg’ulotlarni sinxron o’tkazishlarini taklif qilishgan. Biroq, Covid-19
pandemeyasida qat’iy yoki biroz yumshatilgan karantin davrda asinxron va sinxron
o‘qitishni birlashtirilgan ta’lim texnologiyalarida ta’limni tashkil etish dolzarb
hisoblanadi.
Masofaviy va an’anaviy ta’lim shakllarining uyg‘unlashuvida o‘qitish
texnologiyalari
.
(Blended learning) – sinxron va asinxron onlayn o‘qitishning
o‘ziga xos xususiyatlarini bilishni hamda ikkalasi o‘rtasida to‘g'ri muvozanatni
topishni talab qiladi [2,3,4,6]. Hozirgi kunda aralash ta’lim asosiy ta’lim modeli
sifatida yuzaga chiqish uchun katta imkoniyatlarni ko‘rsatadi. An’anaviy va onlayn
o‘qitishning eng yaxshi elementlarini birlashtirganligi sababli, u eng samarali
ekanligini isbotlaydi.
Aralash ta’lim (Blended learning)
— bu an’anaviy yuzma-yuz ta’lim va
onlayn (masofaviy) o‘qitish usullarining uyg‘unlashgan modeli. Aralash ta’limda
o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashish bilan birga, internet
resurslari, elektron o‘quv materiallari, videolar, onlayn kurslar va boshqa raqamli
vositalardan ham foydalanadilar. Bu yondashuv ta’lim jarayonini yanada
moslashuvchan, interfaol va individual ravishda o‘quvchilarning ehtiyojlariga
moslashtirishga imkon beradi.
Aralash ta’limning ajoyib namunasi – dunyo eng ko'p ishlatiladigan o'quv
orqali o‘qitiladigan kurslar va virtual sinf yechimi
orqali sinxron onlayn o‘qitishning uzluksiz integratsiyasi deb aytish mumkin. Ushbu
birlashtirilgan yechimlar onlayn o‘qitishni keyingi bosqichga olib chiqadi. Talabalar
har qanday hududdan o‘z tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan onlayn tarzda muloqot
qilishlari va hamkorlik qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular o‘zlari uchun qulay
bo‘lgan vaqtda kurslarni Ta'limni boshqarish tizimi orqali o‘zlashtirishlari mumkin.
Aralash o‘qitish exnologiyasini qo‘llashdan oldin, kursning sillabusini puxta
ishlab chiqish lozim bo’ladi. Sillabusda talabalarning boshlang‘ich bilimlariga
qo‘yiladigan talablar bilan birga sinov savollarini taqdim etish maqsadga muvofiq.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
285
ISSN:3030-3621
Chunki virtual sinfda guruh talabalarining boshlang‘ich bilimlari, qiziqishlari va kurs
davomida instrumental dasturiy vositalarda ishlash ko’nikmalari minimal talabda
bo’lishi lozim. Buning uchun kichik onlayn test sinovi yoki so‘rovnoma o‘tkazish,
virtual sinfda jonli suhbat qurish maqsadga muvofiq.
Ta’limning kredit tizimida Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish va
boshqarish 3-kurs talabalari uchun “Sun’iy intellekt asoslari” fanidan kurs Hemis
TBTda aralash o‘qitish texnologiyasi asosida tashkil qilindi. Onlayn kurs quyidagicha
tashkil etildi:
1.
Fanning namunaviy dasturi asosida sillabusi ishlab chiqildi;
2.
Aralash o‘qitishda ZOOM videoaloqa platformasida virtual sinf tashkil etilgan
bo‘lib, onlayn video darslar rejalashtirildi, virtual sinfning Telegram botlari
ishga tushirildi;
3.
Onlayn kurs o‘quv kontent haftalar kesimida matnli, video, animatsion,
elektron kutubxonalarga havolalar va mehmon ma’ruzachi video darsiga
havola, test nazoratlari kabi o‘quv materiallari bilan ta’minlangan;
4.
Mustaqil ta’lim modullar kesimida tashkil etilgan bo‘lib, unda ma’ruza
bo‘yicha bilimni baholash test sinovi, amaliy va laboratoriya ishlari individual
topshiriqlariga javoblariga o`qituvchi tomonidan qo‘yilgan baholarning
o‘rtacha bahosi asosida ketma-ket o‘zlashtirish sozlangan;
5.
Virtual sinfda har bir moduldagi nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar
bo‘yicha taqdimotlar, topshiriqlarni bajarishga yo‘riqnomalar berib borish dars
jadvali asosida bajariladi.
Onlayn kursda talabalarning davomati 99%, biroq aralash o’qitishda virtual sinf
davomati 45-60% atrofida. Buning sabablari talabalarning AKT terminallari bo‘yicha
imkoniyatlarining va hududlarda internet qamrovining turlichaligidir.
Gibrid ta’lim (Hybrid learning)
— bu an’anaviy ta’lim va masofaviy
ta’limning kombinatsiyasi bo‘lib, unda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida yuzma-yuz
darslar va onlayn o‘qish metodlarini birlashtiradilar. Bu shuni anglatadiki, dars
davomida yuzma-yuz va onlayn kurslarni muvozanatlashtirishga qaratilgan aralash
ta’lim modellaridan farqli o‘laroq, gibrid sinf xonalari o‘qitiladigan mavzuga va guruh
talabalarining maqsadlarida aniq ehtiyojlariga qarab keskin farq qiladi.
Gibrid atamasi botanika, biologiya, kimyo va texnika fanlarida o‘ziga xos
tushuncha bo‘lib, ikki turning tabiiy yoki laboratoriya sharoitida ikkisidan ham
qandaydir jihatlar bilan hosil bo‘ladigan uchinchi turni anglatadi. Masalan, avtomobil
motorining ham gazda ham benzinda yurishida, oq olma mevali daraxtiga qizil olma
shoxchasini
payvandlashda,
bir-biriga
yaqin o‘simliklar gullarini o’zaro
changlanishida gibridlash atamasini tasavvur qilish mumkin. Birida “u yoki bunisidan
foydalanish”, boshqasida “ikkala turning genlarini saqlaydi” ma’nolari bilan turlicha
talqin qilish mumkin. Biroq, oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotganlar uchun gibrid so‘zi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
286
ISSN:3030-3621
umuman boshqacha tushunchani – gibrid ko‘rsatma atamasini yodga soladi. Gibrid
so‘zi lotincha “hybrida” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekchada duragay yoki chatishma
ma’nolarini anglatadi. Shuning uchun ham aralash va gibrid o’qitishni ta’limda bir
ma‘noda qarash mumkin.
Gibrid ta’lim atamasini 2006 yilda
ta’rif beradi: “O’qitishning abstract gibrid model bu sinfdagi kunduzgi ta’lim va onlayn
muhitlarni aralash modelidir” [1]. Ya’ni gibrid o‘qitish – zamonaviy ta’lim
texnologiyasi bo‘lib, uning asosi “sinf-dars tizimi” bilan elektron ta’limning birlashuvi
konsepsiyasidan iborat. Bu elektron ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va zamonaviy o‘quv vositalari taqdim qiladigan yangi didaktik imkoniyatlarga
asoslanadi. Gibrid o‘qitish yoki aralash kurslar an’anaviy sinfda o‘qish va on-layn
o‘quv mashg‘ulotlari bilan mutanosiblikda rejalashtirilgan aralashmalar mavjud
bo‘lgan sinflarni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, gibrid o‘qitish o‘qitishning
har ikkala uslubining eng yaxshisini birlashtiradi. Talabalar o‘zlarining o‘qituvchilari
bilan, shuningdek, boshqa talabalar bilan mazmunli aloqani o‘rnatishga qodir va shu
bilan birga ular kurslarga borish uchun doimiy ravishda talabalar shaharchasiga
borishlari shart emas, chunki kursning o‘quv materiallarini OTMning elektron ta’lim
resurslaridan olishi va/yoki unda bajarilishi mumkin.
Gibrid o‘qitish texnologiyasining bir nechta afzalliklari bor, o‘qitishda va
o‘zlashtirishda moddiy va vaqtga bog‘liq harajatlarni kamaytirish, qimmatli
ko‘rgazmalardan sinfni tozalash, talabalarda yozish va kompyuterda ishlash
qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, gibrid mashg‘ulotlar
talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish, vaqtni boshqarish, muammolarni hal qilish va
tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rag‘batlantiradi. Ikkinchi tomondan, gibrid o‘qitish
qat’iy onlayn kurslar yoki auditoriyadagi o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘ra talabaga
ko‘proq mavzu bo‘yicha bilim olishga imkon beruvchi jihatlarini tadqiq qilish
muhimdir.
Gibrid o‘qitish XXI asrni 10 yillarida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pgina
o‘qituvchilar aralash darslarda yaxshi yutuqlarga erishganliklari haqida xabar
berishadi. Ya’ni talabalarni mustaqil ta’lim olishiga keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Gibrid o‘qitish masofaviy va an’anaviy ta’limda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf
qiladi, biroq o’qituvhchining ko‘proq mehnat qilishiga, ham pedagogik ham AKT
bo‘yicha kompetentli bo‘lishini talab qiladi. Bundan tashqari, aralash o’qitishda
talabalar guruh muhokamalarida ishtirok etishadi va boshqa talabalar bilan onlayn
tarzda hamkorlik qilishadi, chunki nafaqat javob tayyorlash uchun keng imkoniyat bor,
balki ular guruh oldida jismonan gapirmaydilar. Darhaqiqat, gibrid o‘qitishda sinf
ishtirokchilari tezroq va sezgirroq bo‘lishadi, chunki ular sinf sharoitida onlayn tarzda
"gaplashadilar". Aniq akademik afzalliklardan tashqari, gibrid o‘qitish kurslar ko‘plab
odamlarning sifatli bilim olishlarini osonlashtirmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
287
ISSN:3030-3621
Gibrid o‘qitishni tashkil etishda talabalarning individual imkoniyatlari(olis
hudud, nogironlik, dars jadvalining noqulayligi)ga ko‘proq e’tibor qaratiladi, fanning
xususiyatiga ko‘ra laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun OTMdagi yoki
korxonalardagi maxsus laboratoriya xonasiga tashriflari qulay muddatlari belgilanadi.
Gibrid ta’limni samarali tadbiq etishda ma’lumotlarni yig‘ish, talabalarning
tirishqoqliklarini aniqlashda mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt usullaridan
foydalaniladi. Talabaga yo’naltirilgan individual topshiriqlar ishlab chiqilishi mumkin
va hattoki o‘quv kontentning majmuni qayta ko‘rib chiqiladi.
Gibrid ta’lim maydonlari sohasida tadqiqotchilar, ishlab chiquvchilar va
amaliyotchi pedagoglar jamoalarining yanada ko‘proq izlanish va chuqur muhokama
qilishni talab qiladigan quyidagi masalalari qo’yilgan:
Mulk huquqi va vakolat: agar biz o‘quv kontekstlarini aralashtirsak, masalan,
o‘quv kusri o‘quv maqsadlarini va MOOC kim belgilaydi? Yutuqni nazorat qilish
uchun kim javob beradi?
Ma'lumotlarni taqdim etish va talqin qilish jarayonida qanday qilib biz murakkab
o‘quv dinamikasini to‘g‘ri baholaymiz? "Ko‘cha yoritgichi effekti"dan (ya'ni, faqat
o‘lchash oson bo‘lgan narsalarni o‘lchashdan) qochish uchun nima qilishimiz kerak?
Ma'lumotlarni tahlil qilib, ulardan tushunchalar chiqarish va bu tushunchalarni
o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ma'murlarga foydali bo‘ladigan tarzda qanday taqdim
etishimiz mumkin?
Odob-axloq: o'rganuvchilar va o'qitish muhiti haqida ma'lumot to'plash va ularni
boshqarish qanday xavf va oqibatlarga olib keladi? Qanday qilib baholash, baholash
va kuzatuv o'rtasidagi chegarani belgilaymiz? Gibrid ta'lim maydonlarida qanday xatti-
harakatlar usullari mavjud? Bundan tashqari, o'quvchilar turli yo'nalishdagi va turli
maqsadlarga ega bo'lgan gibrid o'quv maydonlarida ta'lim olishning maqsadi nima?
Hulosa.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, masofaviy ta’limda, masalan sirtqi
ta’lim talabalari uchun sinxron va asinxron o‘qitish texnologiyalarini birgalikda tadbiq
etish mumkin va o'qituvchilar o'zlarining kurslariga qaysi kommunikatsiya usuli mos
kelishini hal qilishdan oldin talabalarning motivatsiyasi va ehtiyojlarini, dars mazmuni
uchun maxsus talablarni va mavjud texnik yordamni hisobga olishlari kerak.
Talabalarning ijobiy davomatini doim rag‘batlantirish lozim, berilgan javoblarni o‘z
vaqtida baholash, guruhli va individual ishlarda o‘qituvchining kompetentligi muhim
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Doering A. Adventure learning: transformative hybrid online educaion. Distance
Education, 27(2), 197-215.
2.
Дергачева О.А. Перспективы применения технологии «Перевернутый класс»
// Актуальные проблемы филологии и методики преподавания иностранных
языков: сб. науч. тр. по материалам очной ХВ Междунар. студ. науч.-практ.
конф. М., 2017. С. 98 – 100.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
288
ISSN:3030-3621
3.
Литвинова С.Г. Технология «Перевернутое обучение» в облачно
ориентированной учебной среде как компонент развития медиа образования
в средней школе // Медиа сфера и медиа образование. — 2015 Ст. 233 – 242
4.
Методические рекомендации по реализации современной технологии
«Перевернутый класс» в дополнительном образовании. Сост. М.А. Тихова —
СПб.: ГБУ ДО ДДЮТ «На Ленской», 2017.
5.
Федотова О.Д., Николаева Е. А. Альтернативная образовательная технология
Flipped learning как реализация идеи радикального пересмотра
организационных основ процесса обучения // Мир науки. 2017. Т. 5, № 1. С.
52 – 58.
6.
Heather Staker, Michael B. Horn. Classifying K–12 Blended Learning. 2012 by
Innosight
Institute,
Inc.
http://www.innosightinstitute.org/innosight/wp-
content/uploads/2012/05/Classifying-K-12-blended-learning2.pdf
7.
Bergmann J, Sams A. Flip your classroom: reach every student in every class every
day // Washington, DC: International Society for Technology in Education, 2012.
8.
Muldrow K.A. New approach tolanguage instruction: flipping the classroom // The
Language Educator. November, 2013. P. 28 – 31
9.
Ҳамидов В.С., Имамов Э.З., Маҳмудов Б. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими
муассасаларида ахборот коммуникация технологияларидан фойдаланган
ҳолда мустақил таълим жараёнини ташкиллаштириш. Ta’lim texnologiyalari
ilmiy uslubiy jurnali. №1, 2014. 2-9 b.
10.
Раджабов Б.Ш., Хидирова Ч.М., Бойназаров И.М. Ўқув жараёнини
виртуаллаштириш тизимининг ташкил этувчилари ва дастурий таъминоти. //
Олий таълимда АКТ. Материалы республиканской научнопрактической
конференции. Ташкент, 2010. -с.172-175.
11.
Бойназаров И.М. Ўқув жараёнини бошқаришнинг Web – технологияларга
асосланган интеллектуал тизимини яратиш. //ТАТУ хабарлари. – Тошкент,
2009, №2. –108-111 б.
12.
COVID-19
Impact
on
Education.
URL:
https://en.unesco.org/covid19/educationresponse
13.
UNESCO: Startling digital divides in distance learning emerge. URL:
https://en.unesco.org/news/startling-digital-divides-distance-learning-emerge
21.04.2020y.
14.
Ибраймов А.Е. Масофавий ўқитишнинг дидактик тизими. – Тошкент:
“Lesson press”, 2020, 112 бет.
15.
Lynette Watts. Synchronous and asynchronous communication in distance
learning: a review of the literature. The Quarterly Review of Distance Education,
Vol. 17, No. 1, 2016.
16.
Cohen A., Mor Y., Norgard R.T. Hybrid learning spaces — Design, data,
didactics.
British Journal of Educational Technology
, 51(46). June 2020. DOI:
10.1111/bjet.12964
17.
Moore M. G. Editorial: Distance education theory. American Journal of Distance
Education, 1991. Vol. 5 № 2, pp. 1–6.