Mualliflar

  • Bazarov Abdurasul Abdusamatovich
  • Nasirdinova Muattarxon Oybek qizi
  • To'lqinov Mavlonbek Murodjonovich
  • Ibrohimova Nigora Hasanboy qizi
  • Tursunova Muhlisa Tojiqo'zi qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93801

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Boyitish ho‘l usul flotatsiya xomashyo foydali qazilmalar mineral sanoat.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  ishda  qattiq  xomashyolarni  ho‘l  usulda  boyitish 
texnologiyasi,  uning  ilmiy  asoslari,  usullari  va  sanoatdagi  qo‘llanilishi  yoritilgan. 
Ho‘l  boyitish  jarayonining  ustunliklari  va  texnologik  jarayonlari  misollar  asosida 
ko‘rib  chiqilgan.  Shuningdek,  amaliyotda  qo‘llaniladigan  uskuna  va  qurilmalar 
haqida ma’lumot berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

265

ISSN:3030-3621

QATTIQ XOMASHYOLARNI HO’L USULDA BOYITISH

Bazarov Abdurasul Abdusamatovich¹

Nasirdinova Muattarxon Oybek qizi ¹

To'lqinov Mavlonbek Murodjonovich²

Ibrohimova Nigora Hasanboy qizi²

Tursunova Muhlisa Tojiqo'zi qizi²

Farg‘ona davlat texnika univestiti

Annotatsiya.

Mazkur ishda qattiq xomashyolarni ho‘l usulda boyitish

texnologiyasi, uning ilmiy asoslari, usullari va sanoatdagi qo‘llanilishi yoritilgan.
Ho‘l boyitish jarayonining ustunliklari va texnologik jarayonlari misollar asosida
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, amaliyotda qo‘llaniladigan uskuna va qurilmalar
haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

Boyitish, ho‘l usul, flotatsiya, xomashyo, foydali qazilmalar,

mineral, sanoat.

Kirish.

O‘zbekiston mineral resurslarga boy mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni sanoatda foydalanish uchun dastlab ularni
boyitish talab etiladi. Boyitish — bu foydali komponentlarni ajratib olish va ularning
sifatini oshirishga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlar majmuasidir. Qattiq
xomashyolarni ho‘l usulda boyitish, ayniqsa, mayda zarrachali va tarkibida
aralashmalar bo‘lgan rudalar uchun eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ushbu
tezisda aynan shu texnologiyaning ilmiy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi..

Asosiy qism

.

Navlarga ajratish. Yirik va o'rtacha kattalikda maydalash uchun yassi yuzali va

konusli maydalagich hamda valikli tegirmondan foydalaniladi. Maydalangan tog'
jinslari fraksiyalarga ajratiladi va ruda tarkibidagi foydali komponentlardan birining
miqdori turli usullar yordamida ko'paytiriladi. Shunday yo'llar bilan boyitilgan ma’dan
- konsentrat deb ataladi. Qolgan foydalanilmaydigan «bekorchi jinslar» esa, qoldiq
yoki chiqindi deb ataladi. Qattiq xomashyoni boyitish uchun uni uchga bo‘lamiz:
mexanik, kimyoviy va termik usullarga bo'linadi.
Xomashyo zarrachalarining katta-kichikligiga qarab fraksiyaga ajratiladi hamda
boyitiladi. Agar xomashyo qattiqligi turlicha bo'lgan minerallardan iborat bo'lsa,
yumshoqlari juda maydalanib ketadi. Qattig'i esa yirikroq bo'laklarga bo'linadi. U
elakdan o'tkazilgandan so'ng yiriklari maydasidan ajratiladi, navlarga bo'linadi
va bir yo'la xomashyolarga ham boyitiladi. Masalan, fosforit va appatit ma’danlar
bekorchi jinslardan shunday yo‘l bilan ajratiladi. Qattiq xomashyolar zarrachalarining
katta-kichikligiga qarab g‘alvirdan o‘tkazish yo'li bilan navlarga ajratiladi. G‘alvirlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

266

ISSN:3030-3621

yassi yoki silindrsimon bo‘lishi mumkin. Navlarga ajratish va mayadallash uchun
g‘alvir aylanishi, tebranishi, titrashi kerak. Maydalangan xomashyoni bir necha
fraksiyalarga, navlarga ajratish uchun, uni teshiklarini kattaligi turlicha bo‘lgani bir
necha g‘alvirda elanadi yoki teshiklarining kattaligi har xil bo'lgan bir necha seksiya -
bo'lmalardan iborat silindrsimon g'alvirlardan (baraban g'alvir) o'tkaziladi.

Ho'l usulda boyitish, asosan, suv oqimida tindirgich sistemalari, shag'al

yuvgichlar, gidravlik saralagich, konsentratsion stol, cho'ktiruvchi mashinalar va
gidrosiklonlar yordamida olib boriladi. Cho'ktiruvchi mashinalarda boyitish, eski
usullardan biri bo'lib, temir ma’danlari, toshko'mir, qalay, volframli va boshqa
ma’danlari, oltin, kumush, platina, olmos, saqlovchi qumlarni boyitishda keng
qo'llaniladi. Maydalangan material aralashtirgichi bo'lgan bakda suv bilan aralashtirilib
pulpa (qattiq materialning suyuqlikdagi konsentrlangan aralashmasiga pulpa deyiladi)
hosil qilinadi. Pulpa vertikal to'siqlar bilan to'silib uch cho'ktirish bo'lmasiga ajratilgan
tindirgichga quyiladi.

Eng katta va og'ir zarrachalar tez cho 'kkanligi uchun birinchi bo'lmaga

cho'kadi, o'rtachasi ikkinchi va yengil zarrachalar uchinchi bo'lmachaga cho'kadi.
Nihoyat, eng yengil va mayda zarrachalar suv bilan tindirgichdan chiqib ketadi.
Bo'lmalar sonini ko'paytirish bilan xohlagancha fraksiyalarga ajratib olish mumkin.
Elektromagnitlik boyitish usuli paromagnitli yoki ferromagnitli ashyolarni diamagnitli
materiallardan ajratishda qo'llaniladi (6- rasm). Masalan, magnit temirtosh (Fe

3

0

4

),

xromitli temirtosh (Fe

2

O

3

, Cr

2

O

3

) va boshqa magnitga tortiluvchi minerallarni

bekorchi jinslardan ajratishda qo'llaniladi. Bu mashinadan xomashyolami
maydalashdan oldin unga aralashib qolgan po'lat siniqlarini ajratish uchun ham
foydalaniladi. Aks holda, maydalagichlarga tushib qolsa, ulami sindirishi mumkin.

Xulosa.

Qattiq xomashyolarni ho‘l usulda boyitish foydali qazilmalarni samarali

qayta ishlashda muhim o‘rin egallaydi. Flotatsiya va boshqa ho‘l boyitish usullari
sanoatda keng qo‘llanilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat
qilmoqda. Ushbu texnologiyalarni takomillashtirish ekologik xavfsizlik va iqtisodiy
foyda nuqtai nazaridan ham dolzarbdir.

Boyitish korxonalarida flotatsion mashinalar, spiral separatorlar, gidrosiklonlar

va boshqa qurilmalar ishlatiladi. Har bir uskuna ma’lum turdagi xomashyoni
boyitishga moslashtirilgan bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Салахов М.Т. «Обогащение полезных ископаемых». Ташкент, 2015.
2. Аҳмедов Ш.Ш. «Флотация асослари». Тошкент, 2018.
3. Суюнов Х.К. «Минерал хом ашёни қайта ишлаш». Навоий, 2020.
4. Karimov A., Tursunov M. “Mineral Resources and Beneficiation Processes”.
Springer, 2021.
5. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ma’lumotlari.
6. N.Kattayev. “Kimyoviy texnologiya”, Toshkent 2008

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Салахов М.Т. «Обогащение полезных ископаемых». Ташкент, 2015.

Аҳмедов Ш.Ш. «Флотация асослари». Тошкент, 2018.

Суюнов Х.К. «Минерал хом ашёни қайта ишлаш». Навоий, 2020.

Karimov A., Tursunov M. “Mineral Resources and Beneficiation Processes”.

Springer, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ma’lumotlari.

N.Kattayev. “Kimyoviy texnologiya”, Toshkent 2008