Mualliflar

  • Xalilova Aziza Alisher qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93804

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: rod grammatik jins metodika rus tili oʻzbek auditoriyasi oʻrgatish lingvodidaktika.

Annotasiya

 
                                           АННОТАЦИЯ  
 В статье речь идёт о трудностях изучении категории рода русского языка 
в узбекской аудитории, и методика изучение так как в родном узбекском языке 
категория рода отсутствует 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

246

ISSN:3030-3621

O‘ZBEK AUDITORIYASINING RUS TILIDAGI “ROD”

KOTEGORIYASINI O‘RGANISH METODLARI VA UNDAGI

MUAMMOLAR

Xalilova Aziza Alisher qizi

Samarqand davlat chet tillari institute

Sharq tillari fakulteti Filalogiya va

Tillarni o’qitish ( Yapon tili)


АННОТАЦИЯ

В статье речь идёт о трудностях изучении категории рода русского языка

в узбекской аудитории, и методика изучение так как в родном узбекском языке
категория рода отсутствует

Annatatsiya

Maqolada o‘zbek auditoriyasida rus tilidagi rod kategoriyasini ozbek tilida

mavjud emasligi tufayli kelib chiqadigan o‘rganishdagi qiyinchiliklar va o‘rganish
metodologiyasi aytiladi

.

Kalit so‘zlar

: rod, grammatik jins, metodika, rus tili, oʻzbek auditoriyasi,

oʻrgatish, lingvodidaktika

.

KIRISH

Bugungi kunda O’zbekistonda rus tilini o’qib o’rganuvchilar soni kun sayin

ortib borayotgani tufayli rus tili O‘zbekistonda norasmiy ikkinchi til sifatida qaraladi.
Rus tilini o‘rganayotgan o‘zbek auditoriyasi bu til yuzasidan ko‘plab qiyinchiliklarga
uchraydi. Bulardan biri rod kategoriyasi hisoblanadi.Grammatik rod rus tilining muhim
morfologik kategoriyalaridan biri boʻlib, bu hodisa oʻzbek tilida bu hodisa bugungi
kungach bahs munozaralarga uchraydi. Bu esa rus tilini oʻrganayotgan oʻzbek til
auditoriyasidagilari uchun ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Djumayeva M.I.
va Xudoyqulov A.E. (2024) o‘z maqolalarida bu holatni rus tilidagi rod
tushunchasining oʻzbek tilida izchil ekvivalenti yoʻqligi bilan izohlashadi [Journal of
Universal Science Research, 2024, 13 iyun]. Ushbu maqolada mualliflar rus tilidagi
grammatik rod kategoriyasining morfologik xususiyatlariga e’tibor qaratib, bu
kategoriya rus tilida otlarning asosiy morfologik belgilaridan biri ekanligini
ta’kidlaydilar. Ular, shuningdek, rus tilida rod kategoriyasining grammatik tizimda
muhim o‘rin tutishini va bu kategoriya orqali til foydalanuvchilari rod identifikatsiyani
ifodalashlarini qayd etadilar

Rod kategoriyasining semantik va morfologik jihatlarini oʻzlashtirish oʻzbek

o‘quvchilari uchun murakkab jarayondir. Muxammad Chutpulatov (2024)
ta’kidlaganidek, bu grammatik birliklar leksik darajada ham farq qilgani bois,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

247

ISSN:3030-3621

oʻquvchilar noto‘g‘ri roddagi so‘zlarni ishlatishga moyil bo‘ladilar [Foreign
Languages in Uzbekistan, №6 (59)]. Chutpulatov rus tilidagi rod kategoriyasining
semantik jihatlarini tahlil qilib, bu kategoriya orqali til foydalanuvchilari rod
identifikatsiyani ifodalashlarini ta’kidlaydi. U, shuningdek, rus tilida rod
kategoriyasining grammatik tizimda muhim o‘rin tutishini takidlaydi.

Kadirova S.R. (2023) fonetik nuqtai nazardan yondashib, oʻzbek tilida rodga

qarab so‘z oxirining fonetik oʻzgarishi kuzatilmasligi natijasida, rus tilidagi rodli
so‘zlarning talaffuzida ham xatolar yuz berishini qayd etadi . Kadirova, shuningdek,
rus tilini o‘rgatishda fonetika va morfologiyaga alohida e’tibor qaratish zarurligini
ta’kidlaydi, chunki bu bosqichlarda talabalar eng ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yana bir ahamiyatli tomoni o‘zbek tilida urg‘u doimiy bo‘lib, bu rus tilidagi
o‘zgaruvchan urg‘uni o‘zlashtirishda muammolar keltirib chiqaradi.. U, shuningdek,
bu holat o‘quvchilarning rus tilidagi rod kategoriyasini o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga
duch kelishlariga sabab bo‘lishini ta’kidlayd. [Academia Science Repository, Vol. 4
No. 03, s. 165–169].

Asosiy qisim

Yuqoridagi qiyinchiliklarga qarshi, bir qator metodlar taklif etilgan. Gulyamova

X.X. (2024) rus tilini oʻrgatishda innovatsion metodlarni, xususan rolli oʻyinlar,
interaktiv loyihalar va multimediya resurslardan foydalanishni taklif qiladi
[Multidisciplinary Journal of Science and Technology, Vol. 4 No. 2, s. 305–307].
Muallif zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rus tilini o‘rgatishda qo‘llashning
nazariy asoslari va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Ushbu maqolada interaktiv metodlar,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosidagi ta’lim, rolli o‘yinlar kabi
innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish,
darslarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish mumkinligi ta’kidlanadi.

Kadirova S.R quyidagi yondashuvlarni tavsiya etadi: Fonetik va morfologik

mashqlarni kuchaytirish: Darslarda fonetik va morfologik jihatlarga alohida e’tibor
qaratish. Talaffuz va urg‘u ustida ishlash: Talabalarni rus tilidagi to‘g‘ri talaffuz va
urg‘u bilan tanishtirish. Interferensiyani kamaytirish: O‘zbek tilining fonetik
xususiyatlaridan kelib chiqadigan interferensiyani bartaraf etish. Yozma va og‘zaki
nutqni rivojlantirish: Talabalarning yozma va og‘zaki nutq madaniyatini oshirish.
Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish: Talabalarda samarali muloqot qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish. (2023 Technologica: Methodical Research Journal
jurnalining 4(03) sonida, 165–169-betlarda chop etilgan)

Maqollardagi rod ifodalanishini tahlil qilish orqali oʻquvchilarda rod

kategoriyasini shakllantirish samarali bo‘lishi mumkinligini Pulatova U.S. va
boshqalar (2024) isbotlaydi. Ularning fikriga ko‘ra, maqollar rod qarashlar va
stereotiplarni aks ettirishi bilan birga, grammatik rodni ham aniq ko‘rsatadi. Mualliflar
rus, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarni tahlil qilib, bu maqollar rod bolgan qarashlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

248

ISSN:3030-3621

va stereotiplarni aks ettirishi bilan birga, grammatik rodni ham aniq ko‘rsatishini
ta’kidlaydilar. Ular, shuningdek, maqollardagi rodni ifodalanishini tahlil qilish orqali
o‘quvchilarda rod kategoriyasini shakllantirish samarali bo‘lishi mumkinligini
isbotlaydilar . [CAHIERS MAGELLANES-NS, Vol. 6 No. 2, s. 6269–6276].

Rus tilidagi rod kategoriyasini oʻzbek auditoriyasiga samarali oʻrgatish uchun

lingvistik xususiyatlarni nazariy va amaliy jihatdan chuqur tushuntirish lozim. Bu
jarayonda o‘quvchilarning ona tilida mavjud boʻlmagan tushunchalarni
oʻzlashtirishlariga yordam beruvchi metodlardan — semantik tahlil, rolli oʻyinlar,
maqol tahlili va fonetik mashqlar keng qo‘llanilishi lozim. Yuqoridagi tajribalarg
asoslanib o‘quvchilar bilan matinlar ustida tahlil qilib ishlash ,audio matinlarni eshitib
tahlil qilish rod kategoriyasini o‘rganishda ijobiy natija ko ‘rsatadi. Undan tashqari til
o‘rganishda real hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish orqali o‘quvchilarning nutq
faoliyatini rivojlantirish samarali natija ko’rsatadi.

Tajriba:
Soni: 15 ta, 10 ta qiz, 5 ta o’g’il, 8 ta 5-sinf, 3 ta 6-sinf, 4 ta 7-sinf.
Dars soati: 1.5 soatdan haftada uch dars. Umumiy 4.5 soat .
Yuqoridagi metodlarga tayangan holda kuzatuv olib borganimda Gulyamova

X.X. (2024), Kadirova S.R. (2023) va boshqa mualliflarning tavsiya etgan metodlariga
tayandim.

Birinchi bosqichda o‘quvchilarga qisqa diagnostik test o‘tkazildi. Natijalar shuni

ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning yarmi ham rodlarni ajrata olmaydi. Ayniqsa, urg‘u
o‘zgarishi va rod qarab otlarning o‘zgarishini to‘g‘ri anglamaslik holatlari ko‘p
uchradi.

Keyingi bosqichda fonetik metodlarga murojaat qilindi. Kadirova S.R. o‘z

maqolasida (2023) aytganidek, rus tilidagi tovush tizimini to‘g‘ri o‘rgatish rod
kategoriyasini anglashda muhim ahamiyatga ega. Shu asosda otlarning talaffuzi,
urg‘usi va ohangini o‘rganishga e’tibor qaratildi. O‘quvchilar tovushlar ketma-ketligi
va urg‘uni mashq qilish orqali rodni aniqlashga intilishdi.

Innovatsion metodlar esa o‘quvchilarda rodni tushunish jarayonini jonlantirdi.

Gulyamova X.X. (2024) ta’kidlaganidek, rolli o‘yinlar va interaktiv topshiriqlar darsni
jonli va tushunarli qiladi. Men ham “Rodni top!” o‘yini, slaydli topshiriqlar, guruhli
gap tuzish mashqlari orqali o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minladim. Ular rodga
qarab otlar va ularning atrofida to‘g‘ri gaplar tuzishni mashq qilishdi.

Yakuniy bosqichda test natijalari 85% gacha yaxshilanganini ko‘rsatdi. Bu,

shubhasiz, qo‘llanilgan metodlarning samarasidir. Ayniqsa, talaffuz va urg‘uni
to‘g‘rilash orqali o‘quvchilar rodli otlarni osonroq ajrata boshladi. Rolli o‘yinlar esa
grammatikani kontekstda qo‘llashga yordam berdi.

XULOSA


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

249

ISSN:3030-3621

Yuqorida o‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, rus tilidagi grammatik

rod kategoriyasini o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilarga o‘rgatishda fonetik
yondashuvlar va innovatsion metodlar o‘zini oqlaydi. Bu metodlar samarali bo’lib shu
metodlar asosida o’quvchilar rod kotegoriyasini tushunishlari va o’rganishi
osonlashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Djumayeva M.I., Xudoyqulov A.E. (2024). Verbalization of Gender Category in
English, Russian and Uzbek Linguistic Culture. Journal of Universal Science
Research, Vol. 2 No. 6. [13 iyun].

2.

Chutpulatov M. (2024). Comparative Analysis of the Semantic Features of Gender
Lexis in English, Russian, and Uzbek Languages. Foreign Languages in
Uzbekistan, № 6 (59).

3.

Kadirova S.R. (2023). On the Question of the Phonetic Aspect of Teaching Russian
as a Foreign Language to Students-Inophons from Uzbekistan. Academia Science
Repository, Vol. 4 No. 03, pp. 165–169.

4.

Gulyamova X.X. (2024). Using Innovative Methods in Teaching Russian Language
in Uzbek Schools. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, Vol. 4 No.
2, pp. 305–307.

5.

Pulatova U.S. va boshqalar (2024). Comparative Characteristics of Gender
Categories in Russian, English and Uzbek on the Example of Proverbs. CAHIERS
MAGELLANES-NS, Vol. 6 No. 2, pp. 6269–6276.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Djumayeva M.I., Xudoyqulov A.E. (2024). Verbalization of Gender Category in

English, Russian and Uzbek Linguistic Culture. Journal of Universal Science

Research, Vol. 2 No. 6. [13 iyun].

Chutpulatov M. (2024). Comparative Analysis of the Semantic Features of Gender

Lexis in English, Russian, and Uzbek Languages. Foreign Languages in

Uzbekistan, № 6 (59).

Kadirova S.R. (2023). On the Question of the Phonetic Aspect of Teaching Russian

as a Foreign Language to Students-Inophons from Uzbekistan. Academia Science

Repository, Vol. 4 No. 03, pp. 165–169.

Gulyamova X.X. (2024). Using Innovative Methods in Teaching Russian Language

in Uzbek Schools. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, Vol. 4 No.

, pp. 305–307.

Pulatova U.S. va boshqalar (2024). Comparative Characteristics of Gender

Categories in Russian, English and Uzbek on the Example of Proverbs. CAHIERS

MAGELLANES-NS, Vol. 6 No. 2, pp. 6269–6276.