Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
192
ISSN:3030-3621
FARG‘ONA VODIYSI ZOOPLANKTON ORGANIZMLARINI TADQIQ
ETISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR.
Ergasheva Gulizarxon Yorqinjon qizi
Qo‘qon DU magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli tipidagi suv havzalari
uchun zooplankton organizmlarning turlar tarkibi, ularning tarqalishi, mavsumiy
rivojlanish dinamikasi va suktsessiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqodchilarning
ishlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar
. Farg‘ona vodiysi, zooplankton organizmlar, mavsumiy rivojlanish,
suktsessiya.
ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ИЗУЧЕНИЮ ОРГАНИЗМОВ ЗООПЛАНКТОНА
ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ.
Эргашева Гулизархон Ёркинджон кызы
Магистрант Кокандского
государственного университета
Абстрактный.
В статье представлены работы исследователей по изучению
видового состава, распределения, сезонной динамики развития и сукцессии
организмов зоопланктона различных типов водоемов Ферганской долины.
Ключевые слова.
Ферганская долина, зоопланктонные организмы,
сезонное развитие, сукцессия.
RESEARCH ON THE STUDY OF ZOOPLANKTON ORGANISMS OF THE
FERGANA VALLEY.
Ergasheva Gulizarkhon Yorqinjon kizi
Master's student of Kokand DU
Annotation.
This article presents the work of researchers on the species
composition of zooplankton organisms, their distribution, seasonal development
dynamics and succession for various types of water bodies of the Fergana Valley.
Keywords.
Fergana Valley, zooplankton organisms, seasonal development,
succession.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
193
ISSN:3030-3621
Tabiiy va sun’iy suv havzalari zooplankton organizmlarining biologik
imkoniyatlaridan foydalanish va ular asosida suv havzalari mahsuldorligini oshirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan natijalar talab etilmoqda. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan
holda, tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi zooplankton organizmlarni turlarini aniqlash,
ularning suv havzalaridagi mavsumiy o‘zgaruvchanligi va suv ekotizimidagi
ahamiyatini baholash, zooplankton organizmlardan baliqlarning tabiiy ozuqasi sifatida
foydalanish va ular asosida suv havzalari mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda suv xavzalarining gidrobiologik holati, zooplankton
organizmlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishga katta e’tibor qaratilib,
molekulyar-genetik tahlillar orqali turlarning sistematik o‘rnini belgilash bo‘yicha
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar stratergiyasida «...ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini
rag‘batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratish...»[1]bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu
vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, suv havzalarining ekologik holati,
zooplankton vakillarining tur tarkibi, turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
rivojlanishini o‘rganish, baliqchilik xo‘jaliklarida tabiiy ozuqa sifatida zooplankton
turlarini tabiiy holatda ko‘paytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona vodiysi suv havzalarida gidrobiologik tadqiqotlar A.P.Fedchenko va
V.N.Ulyaninlar tomonidan dastlabki ishlar olib borilgan. A.P.Fedchenko chuchuk
suvlarda tarqalgan
Tetrastemma turanicum
va
Prorhynchus rivularis
yangi turlarini
aniqlab, ularni birinchi bo‘lib fanga kiritgan [2.188-b]. V.N.Ulyanin esa
qisqichbaqasimonlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiradi [3.61-b].
N.A.Stepanova
va
N.A.Ledyaeva
ko‘rsatishicha
Shaxrixonsoy
va
Shaximardonsoy suv tubi faunasida 100 ga yaqin tur, Andijon viloyati zovurlarida esa
60 ga yaqin tur zoobentoslardan tashkil topgan [4.153-b]. Farg‘ona vodiysidagi suv
havzalarining gidrobiologik tadqiqotlar natijasida suv ekosistemasida kechadigan
mexanizmlarni tadqiq qilishni va gidrobiologik foydalanish ishlab chiqqan [5.102-b].
A.M.Muhamediev tomonidan monografik asar yozilgan va unda Farg‘ona
vodiysida zooplankton bo‘yicha qilingan ko‘p yillik barcha ilmiy ishlar jamlanib,
yakuniy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu monografiyada muallif O‘rta Osiyo suv
havzalarining gidrobiologik jihatidan qisqacha o‘rganilganlik darajasi, Farg‘ona
vodiysi har xil suv havzalari (ko‘llar, buloqlar, vaqtinchalik suv havzalari, botqoqliklar,
sholipoyalar, sun’iy baliqchilik havzalari, shahar oromgohlaridagi favvora va hovuzlar
hamda sug‘orish inshoatlari) geomorfologiyasi, gidrografiyasi, gidrologiyasi va
gidrobiologiyasi, shuningdek gidrofaunaning miqdoriy rivojlanish ko‘rsatgichlari
hamda ulardan foydalanishning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan [6. 275-
b].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
194
ISSN:3030-3621
E.A. Toshpo’latov Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida mavjud suv havzalari
gidrobiologiyasini mukammal o’rganib chiqqan. Toshpo’latov tomonidan Qaznoq
ko’li zooplanktonlari, baliq boqiladigan hovuzlar va sholipoyalarning zooplanktonini
turlar tarkibi, miqdoriy ko’rsatkichlari va keng tarqalgan turlarining tarqalish
qonuniyatlarini izohlab bergan [7. 56-b].
X.X.Аbdinazarov Farg‘ona vodiysining turli tipdagi suv havzalari uchun
zooplankton organizm turlari tarkibi aniqlangan, ularning tarqalishi, mavsumiy
rivojlanish dinamikasi va suktsessiyasi ochib berilgan. Shuningdek vodiyning suv
havzalarida zooplankton organizmlar 3 gurux, 25 oila va 133 turga mansub bo‘lib,
Rotifera–56, Cladocera–49, Sopepoda–28 turni tashkil etishini aniqlagan. Baliqlarning
tabiiy oziqasi sifatida zooplankton organizmlardan foydalanish, baliq chavoqlarini
yashovchanligini orttirishi va kasalligi kamayish orqali mahsuldorligi ko‘payishiga
xizmat qilishni o‘rgangan [8. 18-b].
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmoni.
2.
Федченко А.П. Путешествие в Туркестан. В Кокандском ханстве // Известия
об-ва любителей эстествознания, антропологии и этнографии. – 1875. – Т. 11.
– Вып. 7. с 188.
3.
Ульянин В.Н. Ракообразные Cрустаcеа // Известия об-ва любителей
эстествознания, антропологии и этнографии. – 1875. – Т. 11. – Вып с. 6. 61.
4.
Степанова Н.А., Ледяева А.И. Гидробиологическая ҳарактеристика
некоторых зауров Андижанской области УзССР // Тр. ИЗиП АН УзССР. –
1957. – Т. 9. –С 153.
5.
Степанова Н.А. Гидробиология ирригасионной системы Ферганской долины
// Тр. ин-та зоол. и паразитол. –АН УзССР., 1957. Т. 9. –С. 3–102.
6.
Мухамедиев А.М. Гидробиология водоемов Ферганской долины. –Ташкент:
Фан, 1967. с 275.
7.
Ташпулатов Э.А. Гидробиология водоемов западной части Ферганской
долины. Канд биол наук. … дисс автореферат – Ташкент, 1975.
8.
Абдиназаров Х.Х. Фарғона водийси сув ҳавзалари зоопланктони:
Авторефарат дисс.... биология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD). –
Тошкент, 2018. –18 б