Mualliflar

  • Sadullayeva Shahlo Alisher qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93820

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: interfaol metodlar boshlangʻich sinf taʼlim samaradorligi o‘quvchilarning faolligi guruhli ish innovatsion yondashuv.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol oʻqitish 
metodlarini  qoʻllashning  dolzarbligi  va  samaradorligi  haqida  fikr  yuritiladi.  Taʼlim 
jarayonida  interfaol  metodlar  yordamida  oʻquvchilarning  bilim  olishga  boʻlgan 
qiziqishi,  mustaqil  fikrlash  va  guruhda  ishlash  ko‘nikmalarini  rivojlantirish 
imkoniyatlari yoritiladi. Metodlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq misollar va ularning 
darsdagi amaliy natijalari keltiriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

179

ISSN:3030-3621

BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERFAOL METODLARINI

QOʻLLASHNING AHAMIYATI

Sadullayeva Shahlo Alisher qizi

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi

9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi.


Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol oʻqitish

metodlarini qoʻllashning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Taʼlim
jarayonida interfaol metodlar yordamida oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan
qiziqishi, mustaqil fikrlash va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
imkoniyatlari yoritiladi. Metodlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq misollar va ularning
darsdagi amaliy natijalari keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

interfaol metodlar, boshlangʻich sinf, taʼlim samaradorligi,

o‘quvchilarning faolligi, guruhli ish, innovatsion yondashuv.


Zamonaviy taʼlim tizimi bolalarning faolligini oshirish, ularning mustaqil

fikrlashini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa,
boshlangʻich sinf darslarida bu yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, aynan
shu bosqichda o‘quvchining taʼlimga nisbatan munosabati shakllanadi, ilk
ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Shu jihatdan interfaol metodlarning qo‘llanilishi dars
jarayonini qiziqarli, samarali va mazmunli qiladi.

Innovatsiya bu yangilik kiritish, yaratish demakdir. Demak, an’anaviy

ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim
jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish
innovatsiya deb ataladi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va
innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv
metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Turli metod hamda didaktik o‘yinlar bolalarda kreativlikni rivojlantiradi. Bunda avvalo
dars jarayonida to‘g‘ri va asosli mavzuga mos metodni tatbiq muhum hisoblanadi.

Ta’lim bu shunday jarayonki unda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi

faoliyati bo‘lib, shaxsning tarbiyasi va uning taraqqiyoti amalga oshadi. O‘qituvchi
darsni qiziqarli hamda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasligi,
qisqa qilib aytganda darslardan bezdirmasligi kerak bo‘ladi. Shu maqsadda o‘qituvchi
o‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun eng avvalo ularning ko‘ngliga yul topa olishi
hamda turli hil zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi kerak. Bunda pedagog
avvalambor o‘zining qobiliyati, mahorati, malakasi va bilim doirasidan kelib chiqib
o‘z bilimlarini o‘quvchilarga singdira olishi kerak bo‘ladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

180

ISSN:3030-3621

Bugungi kunda turli hil didaktik o‘yinlardan ham foydalanib kelmoqdalar.

Interfaollik deganimizda aynan o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqotlar,
o‘qish-bilish savodhonliklari xam o‘zaro suhbat ko‘rinishida olib boriladi. Bunday
interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar orqali olib boriladigan darslar juda qiziqarli
bo‘ladi, natijada bironta ham o‘quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o‘zlarining
shaxsiy fikrlarini bemalol qo‘rqmasdan bayon eta oladilar. O‘quvchilar ko‘rgan,
eshitgan, idrok qilgan narsalarini zo‘r qiziqish bilan bayon eta oladilar. Bolalarda
darsga bo‘lgan qiziqish va havas ham oshadi. Hamda o‘zaro birbiriga do‘stona
munosabatlar xosil bo‘ladi. Bir - birlari bilan o‘zaro fikr almashadilar.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik

darajalari, tabiatlariga qarab turli hil didaktik o‘yinlar va metodlardan foydalaniladi.
Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlarda olib borish haqida gapiramiz: Interfaol
metodlar o‘quvchi faoliyatini jadallashtirib faollashtiradi. Bunda o‘quvchilarning
shaxsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.

Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda asosan – so‘zlash, ko‘rgazmali vositalardan

foydalanib tushuntirish va ko‘rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi.
Bugungi kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining
samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy texnikalarni qo‘llash borasida katta tajriba
asoslarini tashkil etuvchi – interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv
metodlarning turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim tarbiya jaratyonining deyarli hamma
vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.

Interfaol metodlar — bu o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, ularni

fikrlashga, muloqot qilishga va mustaqil qaror qabul qilishga undaydigan
yondashuvlardir. Ushbu metodlar orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ikki
tomonlama aloqa yuzaga keladi. Masalan, “Aqliy hujum”, “Baliq suyaklari”,
“INSERT”, “Klaster” kabi metodlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda qulay
va tushunarli bo‘lib, dars jarayonini jonlantiradi.

Bunday metodlardan foydalanish orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining

faolligini oshiradi, ularning bilimlarni chuqurroq egallashiga zamin yaratadi. Ayniqsa,
guruhli ishlarda bolalar bir-biri bilan fikr almashadi, o‘z fikrlarini erkin bayon qiladi.
Bu esa ularning ijtimoiy faolligi va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Shuningdek, interfaol metodlar orqali darslar ko‘proq o‘yinli, tasvirli va

tajribaviy shaklda o‘tadi. Bu esa bolalarning eʼtiborini darsga qaratish, darsni eslab
qolish va o‘rgangan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llashiga yordam beradi. Natijada,
o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki o‘rganishga bo‘lgan motivatsiya ham ortadi.

Masalan, matematika darslari interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars

ham qiziqarli, ham mazmunli oʻtadi. Chunki, biz bilamizki, boshlangʻich sinf
oʻquvchilari juda oʻyinqaroq boʻlishadi. Shuning uchun ham darslarni rang-barang
metodlar bilan tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Koʻpaytirish jadvali”ni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_1-to’plam_May -2025

181

ISSN:3030-3621

tushunishda oʻquvchi qiynaladi. Agar bu mavzu interfaol metodlar orqali tushuntirilsa,
oʻquvchining xotirasida qolishi osonroq boʻladi. Hozirgi yuksalish va yangilanish
davrida yashar ekanmiz biz oʻqituvchilar interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini
tashkil qilamiz. Oddiygina oʻqitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va
metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi
zamon ishlarining koʻpchiligida oʻqitish metodlari oʻqituvchi va oʻquvchilarning
birgalikdagi faoliyatlari usullari, boʻlib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka
va koʻnikmalarga erishiladi, oʻquvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning
qobiliyatlari rivojlanadi. Darsda oʻquvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-
interfaol metodlardir.

Shuningdek, suhbat metodi boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda keng

qo‘llaniladigan va shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat
metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan
mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik
mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratish,
o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga
yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni o‘quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi sifatida
qo‘llanilishi ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf darslarida interfaol metodlardan

foydalanish — bu zamon talablari bilan hamohang bo‘lgan, o‘quvchi shaxsini
rivojlantirishga qaratilgan samarali vositadir. Har bir o‘qituvchi zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirib, o‘z dars amaliyotida faol qo‘llashi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Sh.S. Shoyimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M.Qo‘ziboyeva “Ta'lim
texnologiyalari” Toshkent-2020.

2.

O.U. Avlayev, S.Jo’rayeav, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv uslubiy
qo‘llanma , ,,Navro‘z” nashriyoti , Toshkent – 2017.

3.

B .X . Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent – 2017.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Sh.S. Shoyimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M.Qo‘ziboyeva “Ta'lim

texnologiyalari” Toshkent-2020.

O.U. Avlayev, S.Jo’rayeav, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv uslubiy

qo‘llanma , ,,Navro‘z” nashriyoti , Toshkent – 2017.

B .X . Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent – 2017.