Mualliflar

  • Umarova Dildora Mirzamurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93977

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ilmiy matn uslubiy shoxobcha ilmiy-texnikaviy uslub ilmiy ish uslubi ilmiy ommabop bayon etish ilmiy uslub ilmiy texnikaviy adabiyotlar adabiy til.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolda ilmiy matnning bir qancha uslubiy ko‘rinishlri 
ya’ni uslubiy shoxobchalari , ularning o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan ajralib 
turuvchi  tomonlari  xususida  so‘z  boradi.  Ilmiy  uslub  F.Engelsning  fikkrlariga 
asoslangan holda yoritib berishga hrakat qilinadi. Hamda ilmiy-texnikaviy uslubning 
o‘ziga xos uslubiy shoxobchalari aniqlanib, ilmiy jihatdan asoslab beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

59

ISSN:3030-3621

ILMIY MATNNING USLUBIY SHOXOBCHALARI

10.00.00- Filologiya fanlari

Umarova Dildora Mirzamurod qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti

Umarovadildora466@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolda ilmiy matnning bir qancha uslubiy ko‘rinishlri

ya’ni uslubiy shoxobchalari , ularning o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan ajralib
turuvchi tomonlari xususida so‘z boradi. Ilmiy uslub F.Engelsning fikkrlariga
asoslangan holda yoritib berishga hrakat qilinadi. Hamda ilmiy-texnikaviy uslubning
o‘ziga xos uslubiy shoxobchalari aniqlanib, ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

Ilmiy matn, uslubiy shoxobcha, ilmiy-texnikaviy uslub, ilmiy ish

uslubi, ilmiy ommabop bayon etish, ilmiy uslub, ilmiy texnikaviy adabiyotlar, adabiy
til.

STYLISTIC FEATURES OF SCIENTIFIC TEXTS

UDC: 10.00.00 – Philological Sciences

Umarova Dildora Mirzamurod qizi

Master’s student of Shahrisabz State Pedagogical Institute

Umarovadildora466@gmail.com

Annotation:

This article discusses various stylistic features of scientific texts,

specifically the stylistic branches, their distinctive characteristics, and the aspects that
differentiate them from each other. The scientific style is explored based on the ideas
of F. Engels. Additionally, the distinctive stylistic branches of the scientific-technical
style are identified and scientifically justified.

Keywords:

Scientific text, stylistic branch, scientific-technical style, scientific

writing style, popular scientific presentation, scientific style, scientific-technical
literature, literary language.

Ilmiy matn bir qancha uslubiy ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ular o‘ziga xos

xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. F.Engelsning shu fikri asosida ilmiy
uslubni, shu uslubga asoslangan fanlarning o‘ziga xos belgi-xususiyatlarini
ko‘rsatishga harakat qiladi.

1.Ilmiy-texnikaviy uslub

: bu qat’iy akademik bayon etish uslubidir. Uning tipik

shakllari monografiyalar, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar va tezislar holida namoyon
bo‘ladi. Ilmiy-texnikaviy uslubni tashkil etuvchi muhim belgilarga ifoda etilayotgan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

60

ISSN:3030-3621

axborotning aniq-ravshanligi, bayonning qat’iy mantiqiy izchilligi, dalillashning
ishontiruvchanligi, faol shaxsning yo‘qligi, semantik tiniqlik va bir ma’nolilik,
bo‘yoqdor baholash elementlarning g‘oyat oz miqdorda ekanligi kabilar kiradi.

2.Ilmiy ish uslubi:

rasmiy ish qog‘ozlari yuritishda ham qo‘llaniladi. Ilmiy

axborotni huquqiy, yuridik muhofaza qilish ham uning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ilmiy-rasmiy hujjatlar tiliga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ular ishonchli, dalillangan

bo‘lishidan tashqari, til vositalarining standartlashuvi, shtamplarning haddan ziyod
ko‘pligi, sintaktik konstruksiyalarning soddalashuvi bilan xarakterlanadi. Masalan;

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektorati o‘quv-metodik

birlashma Attestatsion kengashiga o‘zbek tili kafedrasi bo‘yicha dotsentlik unvonini
berish masalasini ko‘rib chiqish uchun Po‘latov Isroiljon Po‘latovichning shaxsiy
hujjalarini yuboradi.

Shaxsiy hujjatlar ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar ta’sis etish haqidagi

ko‘rsatmalar asosida rasmiylashtirilgan.

Ilova: I.Po‘latovning 14 varaqdan iborat shaxsiy hujjatlari
Institut rektori:

I.K.Sulaymonov

3.Ilmiy-ommabop bayon etish

uslubi ilmiy-texnika axborotini hatto

mutaxassis bo‘lmaganlarga ham tushunarli tarzda bayon etish shaklidir. Uning asosiy
vazifasi o‘quvchini u yoki bu ilmiy bilimlar bilan tanishtirishdir.

Fan jamiyatda kamchilikni tashkil qiluvchi ma’lum guruh odamlarninggina ishi

bo‘lmay qoldi, tayanch-majburiy ta’limning joriy etilganligi, oliy ta’limning
rivojlanishi, keng xalq ommasi orasida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnikaviy bilimlar
keng tarqalayotganligi sababli, fan bilan yaqin bo‘layotganlarning miqdori tobora ortib
boryapti. Hozirgi vaqtda har bir kishi, u qaysi sohada band bo‘lishidan qat’iy nazar,
tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida oqilona va chuqur tasavvurlar beruvchi bilimlarga
ehtiyoj sezadi. Bu esa ommaviy o‘quvchi manfaatlarini ko‘zda tutgan holda fanning
turli tarmoqlariga taaluqli bilimlarni sodda va ommabop shaklda yetarlicha bayon qilib
berishni talab qiladi.

Mutaxassislar bilan mutaxassis bo‘lmagan kishilar o‘rtasidagi muloqotni

ta’minlashni ko‘zda tutgan yangi kommunikativ vazifa ayni o‘sha tip vositalarining
o‘zgacha strukturaviy tuzilishini taqozo etadi.

Ilmiy-ommabop bayon qilish, odatda, kishi diqqatini jalb qiluvchi ruhda, dalil

va hodisalar izohi bu sohadan bexabar kishi uchun tushunarli shaklda bo‘ladi. Shuning
uchun ilmiy-ommabop uslubda, umuman, ilmiy prozadagidan farqli o‘laroq,
umumiylik bilan individuallik, ratsionallik bilan his-hayajon, neytrallik va bo‘yoqdor-
baholash faoliyati o‘rtasida o‘zgacha, yangi o‘zaro munosabatlar yuzaga keladiki,
natijada ilmiy-ommabop uslub badiiy adabiyot tipiga yaqin kelib qoladi.

Ilmiy-texnika uslubining o‘ziga xos uslubiy shoxobchalari mavjuddir. Ularga

quyidagilarni kiritish mumkin:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

61

ISSN:3030-3621

a)

o‘quv-ilmiy uslubiy shoxobchasi

fan asoslarini tematik bayon qilishdan

iborat bo‘ladi, har xil misollar, taqqoslashlar va hokazolar uni ilova tarzida to‘ldirish
uchun xizmat qiladi;

b)

ilmiy-ommabop uslubiy shoxobchasi

. Bu uslubiy shoxobcha fanning

ijtimoiy vazifasini belgilash, ilmiy kashfiyotlarning ijtimoiy natijalarini bayon qilish
va olimlarning mas’uliyati kabi motivlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Shunga ko‘ra, bu uslubda
yuksak ruh, fuqaro hissi barq urib turadi, unda o‘ziga xos baholash mezonlari, his-
hayajonli tusdagi so‘zlar keng qo‘llaniladi;

d)

ilmiy-memuar uslubiy shoxobchasi

. Bu uslubiy shoxobcha mavzu

jihatidan tarixiy material bilan cheklangan bo‘ladi (kashfiyotlar tarixi, olimlarning
biografiyasi va hokazolar). Umumiy tavsifi jihatidan u badiiy bayon etish uslubiga
o‘xshab ketadi.

Ilmiy-texnika uslubining tasnif asoslari bular bilan cheklanmaydi, albatta.

Ilmiy-texnik uslubi va uning shoxobchalari yana boshqa kichik guruhlarga
parchalanishi ham mumkin, chunonchi texnikaviy, tabiiy-ilmiy va ilmiy-gumanitar
uslubiy shoxobchalar shular jumlasiga kiradi. Guruhlash yana davom etishi, unda har
bir kichik shoxobchaning o‘ziga xos metatiplari aniqlanadi: fizika, matematika,
astronomiya fanlariga xos meta va mikrotiplari, ya’ni tabiiy-ilmiy metatip va mikrotip;
huquqiy, iqtisod va boshqa fanlarning metatip va mikro tiplari, ya’ni ilmiy-gumanitar
ilmiy uslubga xos metatip va mikrotip kabilar.

R.A.Budagov haqli ravishda qayd etganidek: “garchi tibbiyot xodimi o‘z ilmiy

asarlarini kimyogardan farqli bayon etsa-da, kimyogar esa biologdan, fiziologdan
farqli uslubda bayon etsa-da, ... ularning barchasi (barcha olimlar) ilmiy bayon etish
uslubdan mushtarak foydalangan holda ish ko‘radilar. “Tibbiyot uslubi”, “matematika
uslubi” xususiyatlari esa ko‘p jihatdan matematikaning, tibbiyot fanlarning o‘ziga
xosligiga taalluqli bo‘lib, tilga bevosita tegishlidir”. R.A.Budagov o‘z fikrini davom
ettirib, ayrim olingan fanda qo‘llanilayotgan atamalarning muayyan miqdori o‘ziga xos
alohida bir uslubni tashkil eta olmasligini ta’kidlaydi.

Ilmiy axborotni tashkil etuvchi rang-barang janrlar jihatdan shartli ravishda

quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:

1. Yangi ma’lumotlar berish va ularning amaliyotda qo‘llanishini izohlashni

maqsad qilgan uslubiy (janriy) ko‘rinish, unga ilmiy to‘plamlarda e’lon qilingan
maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqalar kiradi.

2. Mavjud ta’limotlar va tajribani umumlashtirishga, qo‘lga kiritilgan

natijalarni sharhlab berishga qaratilgan uslubiy (janriy) ko‘rinish. Unga ilmiy va
texnikaviy jurnallardagi maqolar, broshyuralar, turli tarzdaga ma'ruza matnlari,
ma'lumotnomalar va boshqalar kiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

62

ISSN:3030-3621

3. Bayon etishning o‘quv-bilish yo‘nalishiga xos uslubiy (janriy) ko‘rinish.

Bunga darsliklar o‘quv-qo‘llanmalari va dasturlar, mashq va masalalar to‘plamlari,
konspektlar, o‘quv-metodik materiallar, tavsifnomalar kiradi.

4. Texnikaviy va ishlab chiqarish maqsadlarini ko‘zda tutuvchi uslubiy (janriy)

ko‘rinish. Bunga rasmiy hujjatlar, korxonalar uchun shartnoma va tavsiyanoma,
sinovlar va tahlillar to‘g‘risida ma’lumotlar, savdo jadvallari, reklama va
ma'lumotnomalar va boshqalar kiradi.

Ehtimol tutilgan bu matn tiplari mazmuni, kompozitsiyasi va lisoniy

xususiyatlariga ko‘ra bir xil emas. Shu bilan birga, ularni farqlovchi tafovutlar bilan
bir qatorda, o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiy mazmun, umumiy struktura va
mushtarak lisoniy imkoniyatlarga ega.

Tahlil natijalarini bayon etishdan avval, fikrimizcha, ba’zi metodologik

asoslarni qayd etib o‘tish zarurga o‘xshaydi. Birinchi qayd fan tili tarkibida maxsus
yordamchi nolisoniy kichik sistemalar mavjudligi bilan bog‘liq:

1. Tabiiy umummilliy tilga nisbatan o‘ziga xos alohida bo‘lgan kichik sistema

til matniga kiradigan, ammo bir xil ma’nodagi og‘zaki shakliga ega bo‘lmagan kichik
sistema - grafiklar (jadvallar), chizmalar va boshqa elementlar.

2. Og‘zaki shakli mavjud bo‘lgan, biroq uni amalga oshirish mushkul bo‘lgan

kichik sistemalar ramziy matnlar (matematika, fizika va boshqa fanlarga doir);

3. Og‘zaki shakli mavjudligi tamoyili ahamiyatga molik bo‘lgan kichik

sistemalar, chunonchi, kimyoviy elementlarning nomlari, matematik belgilar
nomenklaturasi va hokazolar,

Ikkinchi qayd izohlash metodlariga oid har qanday funksional uslubning o‘ziga

xosligi miqdoriy tahlil metodlarini qo‘llash, turli funksional uslublarning miqdoriy
xususiyatlarini taqqoslab o‘rganganda chuqurroq va to‘laroq ochib beriladi.

Asr o‘rtalaridayoq V.V.Vinogradov “badiiy adabiyotning turli uslub janrlarida

turli so‘z tiplarini qo‘llab, chastotasi turlicha” ekanligini ta’kidlagan edi. Bu sohadagi
aniq tadqiqotlar uslublar o‘rtasidagi strukturaviy-grammatik va qisman matematik
tafovutlarni izlab topishga yordam bergan bo‘lar edi. “Barcha grammatik
tushunchalarning tahlili, - deb yozgan edi u, - adabiy tilning turli uslublarida ularning
nisbiy funksional salmog‘ini aniqlashi lozim”.

Statistik metodlarning qo‘llanilishi, boshqa matematik metodlarning

qo‘llanilishida bo‘lganidek, til materialini imkoni boricha aniq-ravshan izohlashga
yordam beradi.

Lisoniy statistika metodlaridan foydalanilgan holda, ilmiy matn uslubini

izohlash, so‘ngra qayta ishlamagan statistik materialni sifat tomonidan baholash va
boshqa vazifaviy uslublar (so‘zlashuv, badiiy adabiyot uslublari) bilan taqqoslash
nafaqat uslubiy parametrlarni bir xil ma’noda aniqlab olish, balki uslubiyat bo‘yicha
mashg‘ulotlar uchun o‘quv materialini obyektiv ravishda ajratib olish imkoniyatini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

63

ISSN:3030-3621

ham beradi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, lingvistika va metodika masalalarining
ilmiy asoslangan holda hal etilishiga olib keladi.

Vazifaviy uslublar tadqiqotchisi

M.N.Kojina

haqli ta’kidlaydiki, “Qandaydir

umuminsoniy, har yerda uchraydigan uslubiy me’yorlar mavjudligi haqidagi
tasavvurlardan voz kechishi lozim. Shuni yodda tutish kerakki, umuman nutq, nutq har
doim muayyandir, shu boisdan uslubiy tavsiyalar umumiy bo‘lishi mumkin emas.
Biror uslubni baholaganda ikkinchisining me’yorlaridan kelib chiqib bo‘lmaydi. Til
vositalarini qo‘llash haqida gap ketganda, eng to‘g‘ri yondashuv vazifaviy yondashuv
bo‘ladi.

Ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, asosan, rus tilida nashr qilinishi sababli, bu

shoxobchaning til qurilishi ham o‘ta g‘aliz. Gumanitar fanlarga oid adabiyotlar ko‘p
nashr etilishi sababli, uning til qurilishida ilmiy-texnikaviy adabiyotlar darajasida
bo‘lmasa-da, uslubiy g‘alizliklar uchraydi.

Ilmiy uslub ko‘p qamrovli tizim. U har xil farqli ko‘rinishlarga ega. Ilmiy

uslubga xos har xillik, eng avvalo, fan va uning tarmog‘i bilan bog‘lanadi. Xususan,
matematika faniga xos ilmiy bayon bilan tilshunoslik yoxud pedagogika fanlariga xos
ilmiy bayonni bir xil deb bo‘lmaydi. Tilshunoslik yoxud pedagogika gumanitar-
ijtimoiy fanlar guruhiga mansub bo‘lsa, matematika aniq fanlarga daxldordir. Ijtimoiy
fanlarga xos ilmiy bayonda aniq fanlar ilmiy bayoni uchun xos bo‘lmagan
xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Xususan, ijtimoiy fanlarga xos ilmiy bayonda
bo‘yoqdorlik, his-hayajon ham ma’lum darajada xos bo‘lishi mumkin. Ilmiy-
texnikaviy fanlarga xos ilmiy bayonda bo‘yoqdorlik, his-hayajon mutlaqo xos emas.
Bu shu fanlarning ilmiy bayoniga xos qonuniyatdir.

Ilmiy uslub shoxobchalaridan yana biri ilmiy-ommabop bayondir. Bu

shoxobchada bayon hammaga qaratiladi, shu bois, u umumiy bayon uslubiga yaqin
keladi. Ammo ilmiy-ommabop bayon orqali yangi kashfiyotlar, texnika yangiliklari
haqida axborotlar beriladi. Hamma uchun tushunarliligi bu uslubning asosiy belgisi
hisoblanadi. Masalan, matematika, kimyoga oid sof ilmiy maqola yoki
monografiyaning tili ko‘pchilikka tushunarli bo‘lmaydi. Bunda maxsuslashgan
atamalar ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan vositalar qo‘llanadi.

Ilmiy-ommabop bayonda esa ayrim atamalarning ma'nosi, mohiyati doimo

sharhlanib boriladi. Masalan, tetrotsiklin termini qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi dori deb
bayon etilsa, shaksiz ko‘pchilik uni tushunadi. Uning ma'nosi ilmiy-ommabop
bayondan boshqa bayonlarda (sof ilmiy bayonda) ko‘pchilikka tushunarli bo‘lmaydi,
lekin uning ma’nosi qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi dori. Uslublarni tasnif qilganda

L.V.Shcherbaning

rus tilining uslubiy resurslari haqidagi fikriga asoslanib,

fikrimizcha, maqsadga muvofiqdir: Chunki adabiy til tushunchasi, u qaysi xalqniki
bo‘lishidan qat’iy nazar, mushtarak belgilarga ega bo‘ladi. Adabiy til asosiy va bir
qator qo‘shimcha doiralardan tuzilgan bo‘lishi lozimki, bundagi har bir tushuncha,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

64

ISSN:3030-3621

asosiy doirada bo‘lganidek, xuddi o‘sha tushunchalar mazmunini (ular mavjudligi
bois) mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, biroq ular u yoki bu qo‘shimcha jihatga ega
bo‘ladilar, shuningdek, asosiy doirada bo‘lmagan, ammo mazkur qo‘shimcha jihatga
ega bo‘lgan tushunchalarning mazmunini mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.

Birinchi doirani kitobiy va so‘zlashuv uslublari tashkil etadi. Ikkinchi doiraga

muomala sohalari bilan mutanosib uslublar-kitobiy nutqning vazifaviy uslublari
rasmiy ish yuritish, ilmiy gazeta-publitsistik uslublar va so‘zlashuv nutqining
funksional uslublari: so‘zlashuv-maishiy, adabiy-so‘zlashuv, keng miqyosli uslublar
kiradi. Uchinchi doiraga yozuv janrlari bilan odatda muvofiq keluvchi vazifaviy
uslublaring kichik uslub podstillari rasmiy hukumat va diplomatik hujjatlar, vaqtli
matbuot, reklama asarlari va boshqa xil kichik uslublar (janr) lar kiradi.

Adabiy tilning ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan vazifaviy xususiyati inkor

etilgan yana bir uslubi ham borki, barcha uslublarga xos lisoniy xususiyatlarni qamrab
oladi, mukammal va har tomonlama izohlashni talab etadi. Bu uslub tilning boshqa
barcha vazifalarini inkor etilgan holda o‘ziga xos alohida (maxsus) vazifani bajaradi.

R.A.Budagov

vazifaviy uslublarning bunday bo‘linishni tan olmaydi, “ilmiy

uslub yaxliti” degan fikrda qat’iy turadi.

O‘zbek adabiy tili doirasida ilmiy uslubning ilmiy-texnika va ilmiy hujjatlar

shoxobchasi rivojlanmagan. Chunki ilmiy uslubning bunday shoxobchalari rus

tili

orqali olib borilgan. Adabiy tilimizning kam qo‘llanishiga ham ana shu ikki
shoxobchaning ta’siri katta. Chunonchi, ilmiy-texnik adabiyotlar, asosan, rus tilida
chop etiladi. O‘zbek tilida yozilsa, uning o‘quvchisi kam bo‘lib qoladi degan andisha
bahona bo‘lgandi, bizningcha, aniq va tabiiy fanlarga oid barcha darslik va
qo‘llanmalardan tashqari, jurnallar ham chiqarish kerak. Shunda o‘zbek tilining
texnika uslubi ham yuzaga kelib, silliqlashgan bo‘lardi. Bu terminologiya jabhasida
o‘z isbotini topgan. Masalan:

A.Mirvaliyev

ning ko‘rsatishicha, kimyo terminlarining

91% rus tilidan olinan. Iste’molda bo‘lgan avvalgi atamalar terminologik tizimdan
chiqarilgan. Texnikaga oid, qurilishga oid ruscha birgina “balka” termini o‘zbek tilida
xari, vassa kabi jami 13 ta atama bilan berilishi mumkin.

Ilmiy-texnikaviy adabiyotlar rus tilida nashr qilinganligi sababli, bu uslubiy

shoxobchaning lisoniy tuzilishi ham nihoyatda g‘alizdir.

Nutqning vazifaviy turlariga xos uslubiy xususiyatlar masalasini tadqiq etish

uzoq an’analarga ega. U vazifaviy uslublar orasida ilmiy matnning xususiyatlari g‘oyat
keng miqyosga ega. Ular qatoriga mantiqiylik, obyektivlik, qisqalik, lo‘ndalik,
shaxssizlik, nobo‘yoqdorlik, intellektuallik va hatto bayon etishning “hammaga ham
tushunarli bo‘lmasligi” singari xususiyatlarini kiritish mumkin. Biroq ilmiy matnning
o‘ziga xos belgilari bahsli, munozarali masala bo‘lib qolayotir. Ilmiy tafakkurning
tahlilidan kelib chiqib, M.N.Kojina ilmiy matnning asosiy uslubiy xususiyatlariga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

65

ISSN:3030-3621

mavhumlik, umumlashganlik va maxsus vositalar yordamida kuchaytirilgan
mantiqiylikni kiritadi.

Mavhumiylikni va umumlashtirish boshqa vazifaviy uslublar uchun xos emas,

u ilmiy matnning o‘ziga xos belgisidir. Zotan, u boshqa uslublarda nolisoniy asoslarga
ega emas.

Mantiqiylik nutqning barcha uslublari uchun xosdir. Buningsiz shakllisoniy

birliklar zanjiri-obyektiv borliq va uning narsa-hodisalari munosabati bilan mutanosib
bog‘liqlikka ega bo‘lmaydi. Ayniqsa, mantiqiylik ilmiy matn uslubi va uning barcha
shoxobchalari (podstillari) uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi “component” -
organik qism hisoblanadi. Ilmiy matn uslubiga xos mantiqiylik qat’iy, izchil, maxsus
vositalar bilan kuchaytirilgan, xoslangan tarzda ifodalanadi.

Mavhumiylik va umumlashtirish ilmiy matnning asosiy belgisi sifatida mazkur

uslubning (ilmiy uslub) tafakkur shakliga naqadar bog‘liqligini ham namoyon etadi.
Bunday jarayonda ilmiy uslub barcha elementlarini bir butun qilib biriktirib turuvchi
“ip”ga aylanadi, ularning o‘zaro aloqasini “gorizontali”ga ham, “vertikali”ga ham
ta’minlaydi. Til tizimidagi hamma va har qanday vositalarni emas, balki mazkur
muloqotga ko‘maklashuvchi vositalarninggina tanlab olinishi shu bilan taqozo etadi.
Shu bois mazkur struktura xususiyatini belgilab beruvchi muayyan nolisoniy omillar
negizida ularning o‘zaro aloqasi yuzaga keladi. Nutqning vazifaviy uslubi muayyan
tarzda uslubiy qiyofaga kirgan til birikmalarining o‘zaro aloqasigina bo‘lib qolmay, u
elementlari bir-biri bilan vazifaviy ravishda bog‘lanib bir butunlikni tashkil etuvchi
yagona uyushma ham hisoblanadi, ya’ni ular bir-biri bilan biror muayyan vazifani
bajarish zamirida birlashib yaxlit holda aniq kommunikativ vazifani bajarishga
xoslanadi. Til uslubining matnning ma’lum ko‘rinishiga xos strukturasi ichki
elementlarining o‘zaro bog‘lanishinigina tashkil etib qolmay, mazkur strukturani
taqozo etuvchi nolisoniy omillar bilan ham aloqador bo‘ladi.

Ilmiy matnga xos gaplarning kesimlari kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanadi.

Bunday shakldagi kesimlar ham odatda umumzamon ma’nosiga ega bo‘ladi. Gapning
kesimi ot-kesim tavsifida bo‘lganda, u kelasi zamon shaklidagi bog‘lamani qabul
qiladi. Masalan:

Odatda yakka qolgan nuklonlarning o‘rtacha kinetik energiyasi

taqriban deytron boshlang‘ich energiyasining yarmiga teng bo‘ladi.

(Bekjonov R.

O‘sha asar. 156-b.)

Bu chekli limitning mavjudligi A (ye) to‘plamning kompaktligini ko‘rsatadi, bu

esa o‘z navbatida A operatorining batamom uzliksiz ekanligini isbotlaydi.

(Qobulov

V.Q. O‘sha asar, 213- b.)

Haqiqiy sonlar ustidagi boshqa amallar ham kesimlar yordamida shunga

o‘xshash aniqlanadi

(Qobulov V.Q. O‘sha asar, 45- b.)


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

66

ISSN:3030-3621

Keltirilgan parchalarning birinchisida kesim ot-kesim tavsifida: ... teng bo‘ladi.

Undagi zamon (kelasi) ma’nosi bo‘ladi so‘zi orqali ifodalangan bog‘lama orqali
ifodalangan.

Kelasi zamon fe’li orqali ifodalangan kesimlar voqea-hodisalarning mantiqiy

izchilligini ta’minlaydi, ularning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi, shu sababli bunday
kesimlar ko‘pincha voqea-hodisa shart-sharoiti yoki sabab-oqibati ma’nolari
ifodalangan matnlarda qo‘llaniladi. Masalan:

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, hamma

hollarda ham (1,12) algebraik tenglamalar sistemasini yechish mumkin
bo‘lavermaydi. Berilgan differensial tenglamaning o‘ng tomoni (x) funksiya,
boshlang‘ich hamda chegaraviy shartlarni umumiy terminga birlashtirib,
boshlang‘ich ma'lumotlar deb ataylik. Bularni chekli ayirmali holga o‘tkazishda
ma’lum xatolikka yo‘l qo‘yiladi, bundan tashqari tenglamalarning yechish jarayonida
ham, yaxlitlash hisobiga ham xatoga yo‘l qo‘yiladi. Agar chekli ayirmali tenglamani
yechish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan xatolar kamayib borsa yoki o‘smasa, bunday
ayirmali sxema turg‘un sxema deb ataladi.

(Qobulov V.K. O‘sha asar, 253-b.)

Funksiyalar uslub hosil qiluvchi asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki

matnning uslubiy-struktual tashkil topganganligi, tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tip
sistemasining nutqiy funksional “qo‘shimchasi” o‘z navbatida ekstralingvistiklikdan
tashqarida ochib berilishi mumkin emas. Ekstralingvistik omillar har qanday nutq
uslubida katta ahamiyat kasb etadi. U ayniqsa ilmiy matnda katta imkoniyatga ega. Bu
R.Dollejel tomonidan ham to‘g‘ri e’tirof etilgan. Uning yozishicha, ekstralingvistik
omillarsiz uslubiyat nazariyasini eng oddiy darajada ham tasavvur etib bo‘lmaydi,
chunki uslubiyat til- ishora (qayd)larining pragmatik tomonini tashkil etuvchi fandir.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov S.A.O‘zbek tilining badiiy uslubi. filol.fan.dokt.diss.avtoref. -T., 1993.
-44 b.

2.

Karimov S. O‘zbek tili funksional stilistikasi. Samarqand. 2010, 190 bet.

3.

Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

4.

Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. Toshkent,
O‘qituvchi, 1995.

5.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.
Toshkent, O‘qituvchi, 1995.

6.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari.
-T.; O‘qituvchi, 1992, 160 bet.

7.

Bekjonov R. Yadro fizikasi.-T.: O‘qituvchi, 1995. 71-75- 6.

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro‘yxati:

Karimov S.A.O‘zbek tilining badiiy uslubi. filol.fan.dokt.diss.avtoref. -T., 1993.

-44 b.

Karimov S. O‘zbek tili funksional stilistikasi. Samarqand. 2010, 190 bet.

Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. Toshkent,

O‘qituvchi, 1995.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.

Toshkent, O‘qituvchi, 1995.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari.

-T.; O‘qituvchi, 1992, 160 bet.

Bekjonov R. Yadro fizikasi.-T.: O‘qituvchi, 1995. 71-75- 6.