Mualliflar

  • Babadjanov Mansurbek Kurbanbayevich
  • Rahimova Nuginabonu

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93988

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Xorazm shevalari leksik-semantik xususiyatlar dialektologiya sheva leksikasi ko‘p ma’nolilik ftozeolagizmlar semantik guruhlar adabiy til mintaqaviy farqlar.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Xorazm  shevalarining  leksik-semantik 
xususiyatlari tahlil qilinadi. Sheva nutqidagi so‘z boyligi, ularning ma’no qatlamlari, 
konnotativ–denotativ ma’nolari, mahalliy dialektga xos bo‘lgan frazeologizmlar ko'rib 
chiqiladi.  Xorazm  shevalaridagi  semantik  o‘ziga  xosliklar,  ko‘p  ma’nolilik 
(polisemiya),  leksik-semantik  guruhlar  alohida  tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  Xorazm 
shevalari va adabiy til o‘rtasidagi leksik-semantik farqlar, ularning tarixiy, ijtimoiy va 
madaniy omillar ta’sirida shakllanishi ham yoritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

3

ISSN:3030-3621

XORAZM SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI:

AN’ANAVIYLIK VA YANGILIKLAR ZAMINIDA

Babadjanov Mansurbek Kurbanbayevich

QQDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

dotsenti, f.f.f.d. (PhD)

Rahimova Nuginabonu

Qoraqolpoq davlat universiteti

1-bosqich magistranti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Xorazm shevalarining leksik-semantik

xususiyatlari tahlil qilinadi. Sheva nutqidagi so‘z boyligi, ularning ma’no qatlamlari,
konnotativ–denotativ ma’nolari, mahalliy dialektga xos bo‘lgan frazeologizmlar ko'rib
chiqiladi. Xorazm shevalaridagi semantik o‘ziga xosliklar, ko‘p ma’nolilik
(polisemiya), leksik-semantik guruhlar alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, Xorazm
shevalari va adabiy til o‘rtasidagi leksik-semantik farqlar, ularning tarixiy, ijtimoiy va
madaniy omillar ta’sirida shakllanishi ham yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Xorazm shevalari, leksik-semantik xususiyatlar, dialektologiya,

sheva leksikasi, ko‘p ma’nolilik, ftozeolagizmlar, semantik guruhlar, adabiy til,
mintaqaviy farqlar

.


O‘zbek tili tarkibida mavjud bo‘lgan shevalar — tilning tarixiy rivojlanish

bosqichlarini, mintaqaviy tafovutlarini, xalq og‘zaki ijodi va ijtimoiy-madaniy
hayotining tilga aks etishini chuqur o‘rganish imkonini beruvchi muhim manbadir.
Shevalar tilda arxaik qatlamlar, yangi paydo bo‘lgan birliklar, mahalliy ifodalar,
xalqona uslublar va o‘ziga xos leksik-semantik tizimlarni o‘zida mujassam etadi.
Xorazm shevalarining o‘ziga xosligi, ularning o‘zbek adabiy tilining rivojlanishidagi
o‘rni va ahamiyati yoritilishi ko‘zda tutiladi.

Tilshunos olim

V.V.Reshetov o'zbek shevalarining tarixiy-lingvistik

xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qo'shni tillar-tojik,qozoq, qoraqalpoq, turkman
tillari munosabatini hisobga olgan holda o'zbek shevalarining tasnifini yaratdi. Unga
ko'ra o'zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan:
1) qarluq-chigil-uyg'ur lahjasi hozirgi qardosh uyg'ur tiliga yaqin bo'lib, tojik tili bilan
yaqin etno-lingvistik munosabatda bo'lgan;
2) qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin;
3) o'g'uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin.

1

1

D.T.Berdiyeva ''QORAKOʻL SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI''


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

4

ISSN:3030-3621

Xorazm shevalari ba'zi xususiyatlari bilan adabiy tildan ancha farq qiladi.

O‘zbekistonning qadimiy vohalaridan biri bo‘lgan Xorazm hududida shakllangan
shevalar o‘zining boy leksik zaxirasi, semantik rang-barangligi va qadimiy
unsurlarning saqlanib qolganligi bilan ajralib turadi. Shevaning tarixiy ildizlari,
madaniy-mintaqaviy tafakkur bilan bog‘liqligi, boshqa turkiy tillar — xususan,
qadimgi og‘uz va qipchoq tillari bilan uzviy aloqadorlikda bo‘lishi Xorazm tiliga
o‘ziga xos komplekslik baxsh etadi. Bu esa uni o‘zbek tilining boshqa lahjalari orasida
noyob holatga olib chiqadi. Xorazm shevalari hozirgi turk adabiy tiliga juda yaqin.
Masalan:
Gal- adabiy tilimizdagi ''kelmoq'' fe'lining Xorazm shevasidagi varianti;
Gul-adabiy tilimizdagi ''kulmoq'' so'zining Xorazm shevasidagi aytilishi;
Do'nmak- ''orqaga qaytmoq'' ma'nosida;
Ushimak-''sovuq qotish''ma'nsida.

Bundan tashqari Xorazm shevasida o'zbek adabiy tilidan ancha farq qiladigan

so'zlar juda ko'p. Masalan, angak -chakak, gechchi- echki kabu so'zlar ham shular
jumlasidandir.

Shuningdek, Xorazm shevalari geografik omillarga ko‘ra ham ichki guruhlarga

ajraladi. Masalan, Urganch, Xiva, Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot kabi
tumanlarda so‘z boyligi, talaffuz va ba’zi grammatik birliklar orasida sezilarli
tafovutlar mavjud. Bu holat Xorazm shevalarining ichki tafakkur modeliga va ijtimoiy
til me’yorlariga moslashgan holda shakllanganligidan dalolat beradi.

Xorazm vohasida shakllangan shevalar tarixan o‘z mustaqilligini saqlagan

bo‘lib, ular qadimgi turkiy tillarning ko‘plab arxaik unsurlarini saqlab qolgan. Bularga
quyidagilarni misol keltira olamiz:

Durkat–qaych

i

. Yupqa narsalarni, mato, qog`oz va shu kabilarnikesish uchun

ishlatiladigan, o`rta yeridan bir-biriga vint bilan biriktirilgan ikki tig`dan iborat
dastali asbob. (Bar, äppiyiňnän mäni durkatïmnï äkkäl).

Susaq–choʻmich.

Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan,

uzun dastali ro`zg`or asbobi.(Şorvanï kop salma, biy susaqdan sal, yetmin
otrmasïn.

2

Sheva o‘zbek tili dialektologiyasining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bu

shevalarning tahlili orqali xalq tili tafakkuri, tarixiy-madaniy jarayonlar va til
taraqqiyoti haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin. Xususan, Xorazm shevasida
saqlanib qolgan arxaizmlar, yangidan kirib kelgan neologizmlar, ko‘p ma’nolilik,
sinonimiya va antonimiya hodisalari, semantik almashinuvlar kabi leksik-semantik
xususiyatlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan katta ilmiy ahamiyatga egadir. Shevaning
leksik-semantik xususiyati – bu shevaga xos bo‘lgan so‘zlar tizimi (leksikasi) va

2

S. Allambergenova. ''XORAZM SHEVALARI LEKSIKASIDAGI ARXAIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR''

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ:2025


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

5

ISSN:3030-3621

ularning ma’nosi (semantikasi)ni o‘rganishdir. Ular adabiy til bilan solishtirilganda
o‘ziga xos fonetik, ma’no va qo‘llanilish jihatlariga ega bo‘lishi mumkin.

Xorazm shevalari o‘zbek tili lahjalar tizimida shimoliy-g‘arbiy guruhga mansub

bo‘lib, ular tilshunoslikda qadimiylik va mustaqil rivojlanish jihatidan alohida
o‘rganishga arzigulik hududiy shevalardan hisoblanadi. Bu shevalar nafaqat fonetik va
morfologik jihatdan, balki leksik va semantik qatlamlarida ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Ayniqsa, Xorazmning tarixiy yodgorliklar, qadimiy yozma
manbalar va boy og‘zaki ijod namunalari bilan chambarchas bog‘liq tili xalq tilining
boy merosini aks ettiradi. Xorazm shevasi fonetikasi, tovushlar talaffuzi adabiy tildan
tubdan farq qiladi. Xorazm qipchoq shevalari unlilar soni jihatdan adabiy tilga asos
bo'lgan shevalardan farq qiladi. YA'ni ularda 6 unli tovush, Xorazm shevalarida 9 unli
tovush: і, ы, е (е), и, ӱ, о, ө, а, ә.

Xorazm shevalarini o'rgangan tadqiqotchilar [і, ы] fonemalarini til oldi, til orqa,

shuningdek, til oʻrta variantlari ham borligini qayd etadilar (Abdullaev, 1960:15).
Darhaqiqat, shevada ushbu unlining bir qadar orqa qatorga intiluvchi varianti mavjud.
Qiyos qiling: inachi, iyt (it), iyәr (egar), saylı (izzatli) vaFonetik xususiyatlar. Xorazm
qipchoq shevalari unlilar soni jihatdan adabiy tilga asos bo'lgan shevalardan farq qiladi.
YA'ni ularda 6 unli tovush, Xorazm shevalarida 9 unli tovush: і, ы, е (е), и, ӱ, о, ө, а,
ә.

3

Xorazm shevasidagi leksik birliklar tarkibiga kiruvchi iboralarning leksik-

semantik tahliga to'xtalish jarayonida shevaga oid bo'lgan frazeologizmlarning
sinonimlarini izohlab o’tamiz. Masalan: ushbu sheva og’zaki nutqida juda charchamoq
ma`nosini bildiruvchi «Og’zini suvi oqdi» iborasi mavjud bo’lib, bu ibora o’zbek
adabiy tilidagi “Holdan toymoq” iborasiga teng keladi. Shuningdek, ushbu iboraning
shu sheva tilida ,,Oyoqinnan o’t chiqdi’’ sinonim iborasi ham uchrab turadi.Bu
iboraning birinchi iboradan deyarli farqi yo’q. Masalan: To’y o’yda ish atavarip,
oyoqimnon o’t chiqdi yoki, buni o’rniga og’zimni suvi oqdi birikmasini ham qo’llash
mumkin. ''Qo’yloni qumo yuvardi'' iborasi ''Parvoyi palak'' iboralari bilan sinonim
bo'lib, u beparvo, beg'am degan ma’nolarni bildiradi. Xorazm shevasidagi mazkur
iboraning o'zbek adabiy tilidagi muqobili ''Parvoyi falak'',''Dunyoni suv bossa,
to’pig’iga chiqmaydi'' iborasi bilan bir ma'noni anglatadi. sinonimlari mavjud.

4

Xorazm shevalarining leksik-semantik xususiyatlari ularning o‘ziga xosligi, tarixiy

ildizlari va ijtimoiy-madaniy hayot bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Mazkur
shevalarda adabiy tilga nisbatan farq qiluvchi so‘zlar, iboralar, ma’no o‘zgarishlari,
qadimiylik qoldiqlari va mintaqaviy nutq o‘ziga xosliklari kuzatiladi. Bu xususiyatlar

3

Sh. Alimova ''Xorazm qipchoq shevalarining o'ziga xos xususiyatlari'' (UlUSLARARASI TÜRKBİLİM ÖĞRENCİ

KÜRÜLTAYI) Nur-Sultan: 2021-y

4

M.I.Shamuratova ''XORAZM O’G’UZ SHEVALARIDA FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING QO’LLANILISH''


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

6

ISSN:3030-3621

orqali Xorazm shevalari nafaqat muloqot vositasi, balki xalq og‘zaki ijodining, urf-
odatlarining va tarixiy til taraqqiyotining aksidir. Shevaga xos leksik birliklar va
ularning semantik jihatdan tahlili mahalliy nutqning boyligini, ifoda vositalarining
rang-barangligini ochib beradi. Shu jihatdan, Xorazm shevalarini leksik-semantik
o‘rganish nafaqat dialektologiya, balki umumtilshunoslik va madaniyatshunoslik
nuqtayi nazaridan ham muhim ilmiy ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

S. Allambergenova. ''Xorazm shevalari leksikasidagi arxaizmlarning leksik-
semantik xususiyatlar'' ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ:2025

2.

D.T. Berdiyeva “Qorakoʻl shevalarining leksik-semantik xususiyatlarish”.
Alimova

''Xorazm

qipchoq

shevalarining o'ziga xos

xususiyatlari''

(UlUSLARARASI TÜRKBİLİM ÖĞRENCİ KÜRÜLTAYI) Nur-Sultan:
2021-y

3.

Sh. Alimova ''Xorazm qipchoq shevalarining o'ziga xos xususiyatlari''
(UlUSLARARASI TÜRKBİLİM ÖĞRENCİ KÜRÜLTAYI) Nur-Sultan:
2021-y

4.

M.I.Shamuratova ''Xorazm o’g’uz shevalarida frazeologik sinonimlarning
qo’llanilish''

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

S. Allambergenova. ''Xorazm shevalari leksikasidagi arxaizmlarning leksik-

semantik xususiyatlar'' ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ:2025

D.T. Berdiyeva “Qorakoʻl shevalarining leksik-semantik xususiyatlarish”.

Alimova ''Xorazm qipchoq shevalarining o'ziga xos xususiyatlari''

(UlUSLARARASI TÜRKBİLİM ÖĞRENCİ KÜRÜLTAYI) Nur-Sultan:

-y

Sh. Alimova ''Xorazm qipchoq shevalarining o'ziga xos xususiyatlari''

(UlUSLARARASI TÜRKBİLİM ÖĞRENCİ KÜRÜLTAYI) Nur-Sultan:

-y

M.I.Shamuratova ''Xorazm o’g’uz shevalarida frazeologik sinonimlarning

qo’llanilish''