Mualliflar

  • Polvonova Gulnur Muxammedovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93996

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: stress o`smirlar deviant xulq-atvor psixik zo`riqish agressiv xulq-atvor.

Annotasiya

Annotatsiya:  Stress - bu vaziyatning jismoniy xususiyatlariga emas, balki shaxs 
va tashqi dunyo oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir xususiyatlariga reaksiyadir. Stress maxsus 
ruhiy  holat  sifatida  his-  tuygʻularning  paydo  boʻlishi  va  namoyon  boʻlishi  bilan 
bogʻliq,  lekin  u  hissiy  hodisalar  bilan  chegaralanib  qolmaydi,  balki,  shaxsning 
motivatsion,  konginitiv,  irodaviy,  xarakteristik  va  boshqa  tarkibiy  qismlarida 
aniqlanadi va namoyon boʻladi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

137

ISSN:3030-3621

YOSHLAR ORASIDA UCHRAYDIGAN STRESSLI VAZIYATLAR VA

RUHIY ZOʻRIQISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHNING

PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Polvonova Gulnur Muxammedovna

Xorazm viloyati Bog'ot tumani MMTB ga qarashli

17 - son maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Stress - bu vaziyatning jismoniy xususiyatlariga emas, balki shaxs

va tashqi dunyo oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir xususiyatlariga reaksiyadir. Stress maxsus
ruhiy holat sifatida his- tuygʻularning paydo boʻlishi va namoyon boʻlishi bilan
bogʻliq, lekin u hissiy hodisalar bilan chegaralanib qolmaydi, balki, shaxsning
motivatsion, konginitiv, irodaviy, xarakteristik va boshqa tarkibiy qismlarida
aniqlanadi va namoyon boʻladi.

Kalit soʻzlar

: stress, o`smirlar, deviant xulq-atvor, psixik zo`riqish, agressiv

xulq-atvor.

KIRISH

Asr boshida keng tarqalgan "asab kasalliklari" iborasi sterssdan kelib chiqqan

deya eʼtirof etiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra barcha
kasalliklarning 45% stress bilan bogʻliq. Aholining, shu jumladan kasbiy faoliyatning
turli soha vakillaridagi, qolaversa oʻsmirlardagi psixologik stress muammosi bu
boradagi masalalarga yechim izlashni talab etmoqda. Koʻplab kasb vakillarining ish
sharoitlari va ularning kayfiyati mehnatidagi yuqori samaradorlik va faoliyat sifatiga
ahamiyati katta. Mehnat jarayonida salbiy his-tuygʻular, jismoniy va aqliy
funksiyalarning haddan tashqari kuchlanishi bu - halokat faoliyatidir. Insonda
yuqoridagi omillar taʼsirida rivojlanadigan eng xarakterli ruhiy holat psixologik
stressdir. “Stress” atamasi bir qator bilim sohalarida keng qoʻllaniladi. Shuning uchun
bunday holatning sabablari, rivojlanish mexanizmlari, namoyon boʻlish xususiyatlari
va oqibatlari nuqtai nazaridan biroz boshqacha maʼnoga ega. Stress (inglizcha: stress-
"bosim", "kuchlanish", "tanglik") – so`zidan olingan boʻlib, bu soʻz jismoniy obyektga
qoʻllaniladigan va uni kuchlanishga olib keladigan tashqi kuchga, yaʼni vaqtincha yoki
doimiy oʻzgarishlarga ishora qilish uchun ishlatiladi.

Stress - ogʻir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning

zoʻriqishidir. Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha: inson shugʻullanadigan
faoliyat turi, mavjud shart- sharoitlar, oʻzi yoqtirmagan kasb bilan mashgʻul boʻlishi,
tashqi muhitning inson imkoniyatlaridan, ehtiyojlaridan ortigʻini talab qilishi, shu
jumladan, tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin va boshqalar), texnogen ofatlar (portlashlar,
transportdagi baxtsiz hodisalar), taʼsir ostida boʻlgan muhim toifadagi odamlarning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

138

ISSN:3030-3621

umumiy tashvishi, keskinlik natijasida kelib chiqadi. Masalan: bolaning oʻzi
yoqtirmagan, lekin ota - onaning xohishi bilan tanlangan kasbi ham stressor
hisoblanadi. Ammo salbiy ko‘rinishdagi hayajonning natijasi ham ko‘p hollarda
agressiya bilan yakunlanadi, bu esa bizning shunga o‘xshash vaziyatlar qanday
oqibatlarga olib kelishini o‘rganganligimizga bog‘liq.

Stressning yuzaga kelish sabablari ilmiy nuqtai nazardan turlicha izohlanadi.

Jumladan, eng mashhur qarash G.Selyening nazariyasi bilan bogʻliq. Bunga koʻra
dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar muhim mexanizm muvozanatni taʼminlovchi
qurilmaga ega. Ichki va tashqi stressorlarning kuchli va davomiy taʼsirlari mana shu
muvozanatni buzilishiga olib keladi. Aynan mana shu muvozanat buzilishi natijasida
tashqi muhit taʼsiriga organizm moslashishga urinadi. Bu esa stress holati hisoblanadi.
Agarda taʼsir kuchi oʻzgarmasa stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda turli xil
muammo, kasalliklarni keltirib chiqaradi

Bunday holatda insonda:

-

ishtaxaning buzilishi;

-

xotira sustlashishi;

-

uyqusizlik;

-

xatti-harakatlarga sustlik;

-

oʻziga va atrofdagilarga ishonchsizlik tuygʻusi paydo boʻladi.

Stress tushunchasi agressiya bilan bogʻliq tushuncha xisoblanib, agressiya

ham ko‘pincha g‘azab kabi salbiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘lsada motiv bilan zarar
yetkazish yoki xafa qilish istagidir. Albatta, bu omillar tajovuzkor xatti-harakatlarga
juda katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo ularning mavjudligi bunday xatti-harakatlarning
asosiy sharti emas.

Koʻpchilik olimlar stressda quyidagi foydali tavsiyalarni berishadi.

Jumladan, dorivor choylar, bunday holatda qon bosimi koʻtarilanligi bois koʻproq C
vitamini mavjud mevalar istemol qilish tavsiya etiladi. Tadqiqotlar natijasi shuni
koʻrsatadiki, stressdagi shaxs har kuni normal ravshda C vitamini qabul qilishi
natijasida qon bosimi oshmaganligini va stress gormonlari darajasi normal holatga
qaytganligini koʻrsatgan. Stress va tushkunlikdan chiqish uchun inson oʻzini 3 daqiqa
davomida kuldirishi va tabassum qilishi tavsiya etiladi. Kulgan inson organizmida
endofrin gormoni ishlab chiqiladi. Mana shu 3 daqiqalik soxta kulgu esa tabiiy kulguga
aylanadi. Shunday ekan birinchi navbatda tushkunlikka tushgan shaxsning yaqin
insoni uni kuldirishga harakat qilishi zarur. Stress holatida inson yaqinlari mehri va
eʼtiboriga tashna boʻlganligi bois birga sayr qilishlik ham tavsiya etiladi. Bundan
tashqari, inson oʻziga-oʻzi dalda boʻlishligi darkor. Qanday qilib? Masalan: "Ulamolar
nazdida vaqtning qadri" kitobida shunday jumlalar keltirilgan: - "Vaqt sizni emas, siz
vaqtni boshqaring". Albatta, stress holatida insonni vaqt boshqaradi. Shunday ekan
hozirgi kunda eng isrof qilinayotgan narsa bu vaqt ekanligini hisobga olgan holda inson


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

139

ISSN:3030-3621

oʻz vaqtini oʻzi boshqara olsin. Yaʼni tashqi boʻlayotgan stressorlarga oʻzida qarshi
immunitet hosil qila olsin. Stressni oldini olish uchun esa haftada uch marta kamida 20
daqiqa piyoda yurish, jismoniy mashqlar qilish tavsiya etiladi. Mashq qilish xam
kayfiyatini koʻtaruvchi va tashvishlarni kamaytiruvchi moddalar boʻlgan endorfinlarni
ishlab chiqarishga undaydi. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, xar bir shaxs hayoti
davomida stressli vaziyatlarga duch keladi, bunday vaziyatlarda albatta u depressiya
ya’ni tushkunlik holatiga olib borishga yoʻl qoʻymasdan, har qanday qiyin
jarayonlarning yeshimi bor ekanligini, ulardan albatta qutilish mumkinligini,
psixikasiga singdirib borishi, hamda muntazam ravshda jismoniy mashqlar bilan
shugʻullanib borish insonni har qanday holatda ham stressdan chiqara olish
mumkinligini ta’kidlash lozim degan xulosaga kelish mumkin.

Ruhiy zoʻriqish (asab tizimining buzilishi) oʻsmir yoshdagi bolalarda ham

uchraydi. Uning sabablaridan biri oilaviy muhitning ta’siri ham boʻlishi mumkin.
Oilada yo‘qotishlar bo‘lganda yoki undagi doimiy qattiq nazorat bo‘lishi, bolada
erkinlik va o‘ziga baho berish hissining bo‘g‘ib qo‘yilishi ham asab tizimi zo‘riqishiga
olib keladi.

Bugungi kunda toʻsatdan bo‘ladigan yoʻqotishlar, ijtimoiy, iqtisodiy va

moliyaviy masalalar bilan bogʻliq vaziyatlar ham asab tizimi zoʻriqishiga olib
keladigan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Kasallik alomatlarini qanday aniqlash mumkin?

Alomatlar uch darajada boʻlib, birinchisi – dastlabki davrda ish qobiliyatining

va diqqatning pasayishi, uyqu buzilishi, xotiraning kundalik holatlarda susayishi his
qilinadi.Shuningdek, tez charchash, jizzakilik va vegetativ belgilar rivojlanishi bilan
boradi, ya’ni yurak tez urib ketishi (taxikardiya), terlab ketish, qoʻl-oyoqlarda titrash
kabi belgilar bilan kechishi mumkin.Mana shu holatga olib keluvchi faktorlar
yoʻqotilmasa yoki davo muolajalari olinmasa va kun tartibi toʻgʻri taqsimlanmasa,
yuqoridagi belgilar turgʻun holatga oʻtadi.Ikkinchi bosqichda qon bosimi oshishi, qon
aylanishi va yurak urishining buzilish belgilari, qizarib yoki oqarib ketish, ba’zi
holatlarda boshqa somatik kasalliklar fonida hushdan ketish, jizzakilik kabi belgilar
turg‘un holatga oʻtadi. Bu narsa bemorning ishi, oʻqishi va boshqa kundalik faoliyatida
oʻz taʻsirini koʻrsata boshlaydi.

Kasallikning uchinchi davrida, yuqoridagi faktorlar surunkali davom etishi

natijasida, hayotga qiziqish soʻnishi, ham jismoniy, ham aqliy faoliyatning sustligi va
dastlab

uyqusizlik

holatlari

kuzatilsa,

keyinchalik uyquchanlik,

jismoniy

harakatlarning kamayishi, dunyoni kulrang ranglarda koʻrish kabi belgilar bilan
kechadi.

XULOSA

Maktabdagi ta'lim, darsdan keyin turli qoʻshimcha toʻgarak va sport

toʻgaraklariga qatnashish, uyga kelgach dars tayyorlash bolalarda charchoq va ruhiy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

140

ISSN:3030-3621

zoʻriqishni keltirib chiqarishi mumkin. Buni bartaraf etishdan albatta kun tartibini
toʻgʻri tashkil etish muhim hisoblanadi.Kundalik turmushimizda turli xil vaziyatlar yuz
berishi mumkin. Baʻzan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan
toydirishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga va stressga
olib keladi.Shifokorlarning aytishicha, charchoq, sustkashlik va yaxshi oʻqimaslik
tanada temir moddasining tanqisligi bilan bogʻliq. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, temir
moddasi yetarli va jismoniy holati yaxshi boʻlgan talabalar oʻqishda ham darslarni
muvaffaqiyatli oʻzlashtiradilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Бодров В. А. Информационный стресс: Учебное пособие для вузов.-М.: ПЕР
СЭ, 2000. 2. Реан А.А. Агрессия и агрессивность личности. - СПб, 1995.

2.

Змановская Э.В. Девиантология (психология девиантного поведения)- М.:
Академия, 2004.

3.

Селье Ганс. Стресс без дистресса. - Москва, Прогресс. 1982. 124 с.


4.

Аракулов, Г. (2022). Pedagogik va psixologik mashg ‘ulotlar maktabgacha
yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida. Современные тенденции
инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 54-
56.

5.

Аракулов, Г. (2022). Факторы, влияющие на формирование агрессии у
подростков. Современные тенденции инновационного развития науки и
образования в глобальном мире, 1(3), 106-109.

6.

Yuldashev,

S.,

&

Arakulov, G.

(2023

ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF AGGRESSIVE
BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Бодров В. А. Информационный стресс: Учебное пособие для вузов.-М.: ПЕР

СЭ, 2000. 2. Реан А.А. Агрессия и агрессивность личности. - СПб, 1995.

Змановская Э.В. Девиантология (психология девиантного поведения)- М.:

Академия, 2004.

Селье Ганс. Стресс без дистресса. - Москва, Прогресс. 1982. 124 с.

Аракулов, Г. (2022). Pedagogik va psixologik mashg ‘ulotlar maktabgacha

yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida. Современные тенденции

инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 54-

Аракулов, Г. (2022). Факторы, влияющие на формирование агрессии у

подростков. Современные тенденции инновационного развития науки и

образования в глобальном мире, 1(3), 106-109.

Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023

ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF AGGRESSIVE

BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.