Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
107
ISSN:3030-3621
OILADA BOLALARNI YETUK, MA’NAVIYATLI ETIB
TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Razzoqova Dilovar Boymaxmatovna
Urgut tuman MMTB ga qarashli 39-umumiy
o‘rta ta‘lim maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Oila – nikoh munosabatlarini, urug‘ ichi munosabatlari va
urug‘lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila
jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir.
Kalit so‘zlar:
Oila, tolerantlik va intolerantlik, besh tashabbus, san’at, sport,
kompyuter savodxonligi, kitob mutolaasi, xotin-qizlar bandligi.
KIRISH
Ma’rifatlilik tamoyili umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi, shuning
uchun uni jamiyat hayotida rivojlantirish butun insoniyatning tinch, barqaror va baxtli
yashashiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligini
ta’minlashga qaratilgan. Oila va oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy-falsafiy qarashlar
rivoji Oila – nikoh munosabatlarini, urug‘ ichi munosabatlari va urug‘lararo
munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning
tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir.
Ongli oila bo‘lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat
inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam Ato va Momo Havodan boshlangani rivoyat
qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan ushbu ko‘hna naql zamonaviy ilm-fan
tomonidan ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi ham shu ko‘hna
rivoyatga tutashadi. «Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida» deb yozganda
shoir E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya fanlari qonunlariga ko‘ra, har bir
insonning o‘zi bir olam, ular aslo biri birini takrorlamaydi. Ana shu biri ikkinchisiga
o‘xshamaydigan odamlarning, ya’ni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb
ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o‘z navbatida yana «yangi odam»lar – farzandlar
vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo‘ladi, rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot
vujudga keladi.Bu esa, oila, oilaviy munosabatlarni milliy va umuminsoniy axloqiy
qadriyatlar negizida rivojlantirishni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ijtimoiy va ma’naviyma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi”
dasturlari doirasida belgilangan keng ko‘lamli strategik chora-tadbirlarni amalga
oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
108
ISSN:3030-3621
Zero, jamiyat oldida turgan bunday vazifalar echimini topish masalasini,
mamlakatimiz sharoitida yoshlarni ilm-ma’rifatga undovchi motivatsiyalarning
ijtimoiy-psixologik tabiatini o‘rganishni va shunga mos tarzda ta’lim-tarbiya
dasturlarini ishlab chiqilishini, metodologik asosni yaratish zaruriyatini tug‘dirib,
loyiha ishining dolzarbligini ko‘rsatadi. Jahonda tolerantlik tamoyili umuminsoniy
qadriyatlardan birini tashkil etadi. Uning jamiyat hayotida amal qilishi butun
insoniyatning tinch va barqaror yashashiga xizmat qiladi.
Tarbiya ko‘rgan shaxsning yurish-turishi, madaniy muomalasi, go‘zal xulqatvori
jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar xarakteriga ta’sir eta borib,
Forobiy
aytganidek,
fozil odamlar jamoasining shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Atoqli sharq shoiri Nizomiy Ganjaviy: «O‘qib-o‘rganilgan har bitta hunar
hunarmandga bir kun foyda keltirar», deb yozganida ming bora haq edi. YAna
hikmatlardan birida: «Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda
hech bir xavf-xatari bo‘lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog‘i
kerak», deyilibdi. Inson kamolotida oilaning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, yosh bolalarning
katta hayotga qadam qo‘yishida eng muhim omillardan biri bu – oiladagi muhit
hisoblanadi. Ota-onaning farzandi va insonlarga bo‘lgan munosabati, o‘zini tutishi,
qadriyatlar va insoniy fazilatlarga egaligi bola shaxsiyatining rivojlanishida juda
muhim rol o‘ynaydi. Dono xalqimiz bejiz “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deya
ta’kidlamaydi. Bugun oiladagi zo‘ravonlik, urush-janjal, ajrim kabi salbiy xatti-
harakatlarga guvoh bo‘lib o‘sayotgan bolalarning ahvoli ertaga qanday kechadi?
Texnologiyaning rivojlanishi sababli bugun insonlar aqlli gadjetlar va internet
tarmog‘idagi ko‘plab ma’lumotlarga egalik qilishmoqda. Xususan, oxirgi paytlarda
tarmoqda chiqayotgan xabarlar inson ta’bini xira qilishi, joiz bo‘lsa, ota-onalarga
nisbatan nafrat ko‘zi bilan qarashga xizmat qilmoqda. “Ammasi qaramog‘iga berib
ketilgan chaqaloq kaltak yegani sababli vafot etdi”, “Ona bolalari bilan ko‘p qavatli
uydan sakrab o‘z joniga qasd qildi”, “Yangi tug‘ilgan chaqaloq shifoxona eshigi
oldiga tashlab ketildi” yoxud “Voyaga yetmagan qizni ota-onasi oila qurishga
majburladi” qabilidagi xabarlarni o‘qiyverib, diydamiz qotib ketdi, nazarimizda.
Bolajon xalq deya e’tirof etiladigan xalqimiz orasida bu kabi xabarlarning
tarqalishi insonning ko‘nglini xira qiladi. Bugun maktab yoshida bo‘la turib, katta
hayot mashaqqatlarini bo‘yniga olgan, ko‘chalarda salfetka sotishga majbur
bo‘layotgan norasidalarning taqdiri nega hech kimni o‘ylantirmayapti? Oiladagi
notinchlik sabab majburiy mehnatga jalb etilayotgan yoxud ota-onasi tomonidan
yetarlicha e’tibor ko‘rmay ko‘cha hayotida yashayotgan bolalarning soni kun sayin
ortib borayotganligi achinarli hol.
Ammo afsuslar bo‘lsinki, ko‘p hollarda biz ularning bayonotini bolalarning jabr
ko‘rganidan keyin eshitib qolamiz. Ayniqsa, ko‘pchilik bunday tashkilotlarning
mavjudligi haqida ham ma’lumotga ega emas. Ha, to‘g‘ri, o‘zining pushti kamaridan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
109
ISSN:3030-3621
bo‘lgan bolasiga rahm qilmagan, uning kelajagiga befarq bo‘lgan ota-ona e’tibor
bermaganda, bu tashkilotlar nima qilsin dersiz. Ammo qonunlarimizda yozilganidek,
mamlakatimizda inson qadri va qiymati yuqori o‘rinda turar ekan, bolalarning huquq
va erkinliklari himoya qilinishi kerak. Bosh qomusimizning 77-moddasida “Ota-onalar
va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqish,
ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topish
xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deb keltirilgan. Shuningdek, 32 ta
moddani o‘z ichiga olgan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi qonunimizda ham bolaga
balog‘at yoshiga qadar g‘amxo‘rlik qilinishi, unga turli tazyiqlar keltirilmasligi va
majburiy mehnatga jalb qilinmasligi belgilab qo‘yilgan. Bolalar ombudsamani viloyat
va shaharlarda bolalarning huquqlarini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga
oshirayotganini ma’lum qilayotgan bir paytda, bolalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni
ko‘paymoqdaki, aslo kamayyotgani yo‘q.
Bugun dunyo maqyosida zo‘ravonlik bilan bog‘liq holatlar avjiga chiqmoqda.
Turli xil siyosiy, iqtisodiy sabablar tufayli millionlab bolalar nobud bo‘layotganligi
haqida xabardor bo‘lyapmiz. Ammo tinchlik hukm surayotgan yurtimizda bolalarga
nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga nima sabab bo‘lmoqda? Buni keltirib
chiqarayotgan omillar qatorida esa erta turmush qurish holatlari, tomonlarning oila
qurishga tayyor emasligi, o‘z majburiyatlarini bilmasligi va majburiy nikoh sabab qilib
ko‘rsatilmoqda.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning ortib borishi, kelajakka bo‘lgan tahlikani
yanada orttiradi. Oilada yaxshi tarbiya ko‘rmagan, doimiy ravishda kamsitilgan,
shuningdek, ota-ona o‘rtasidagi muammolarning qurboni bo‘layotgan bolalarga
himoya zarur. Bolalarni himoya qilish uchun birgina davlat tashkilotlari emas, balki
ota-onalardan tortib, butun jamiyat vakillari mas’uliyatni his qilmog‘i darkor. Sababi
xalqimizda azaldan mavjud bo‘lgan “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” iborasi
barchamizga yod bo‘lib ketgan. Bugun mana shu iboralar faqatgina tilda qolganligini,
uning isboti o‘laroq ishlar hali o‘z natijasini to‘liq bermayotganiga guvohmiz.
Bolalarning yaxshi sharoitda ulg‘ayishiga, hayot yo‘lini mustaqil ravishda tanlashiga
va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga hammamiz javobgarmiz. Zero,
noto‘g‘ri yo‘ldan borayotgan, qabih qilmishlarga qo‘l urayotgan yoshlarning bu holga
kelishida birgina oila a’zolari emas, jamiyat ham turibdi. Biz ana shu daxldorlik
tuyg‘usini his qilishimiz zarur.
Bolalarga yoshligidan biror kasb-hunar o‘rgatish ota-onaning muhim vazifasidir.
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy bir dostonining qahramoni tilidan: «Hunarni asrabon
netkumdir oxir, Olib tufroq-qamu ketkumdir oxir», «Yo‘q hunari yolg‘iz ersa kishi,
qayda kishi sonida yolg‘iz kishi», deganlar.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
110
ISSN:3030-3621
Xalqimiz mehnatsevarligi, g‘ayrat-shijoati, hunarmandligi bilan nom chiqargan.
Ota-onalar farzandlarini kichikligidanoq biror mashg‘ulot bilan shug‘ullantiradilar
yoki hunar o‘rgatish uchun biror hunarmand ustaga shogird qilib berishadi.
XULOSA
Tom ma’noda oilaning har bir a’zosi uchun xonadoni baxt makoniga aylanadi.
Ushbu muhitda tarbiya topayotgan farzandlar albatta ma’rifatli, axloqan etuk, ruhan
tetik, jismonan baquvvat, teran fikrlovchi, kasbli-hunarli, bir so‘z bilan aytganda,
tolerant madaniyat kishisi bo‘lib voyaga etadi. Buning natijasida tarbiya topayotgan
tolerant madaniyatli yoshlar oilasini qadrlaydigan, vatanini, xalqini sevuvchi va uning
taqdiriga befarq bo‘lmagan, Yangi O‘zbekistonning ravnaq topishiga, mamlakatimizda
Uchinchi Renessansni amalga oshirishiga munosib hissasini qo‘shadigan ilg‘or
g‘oyalar yaratuvchisiga aylanishiga shak-shubha qolmaydi.
Beshinchi tashabbus orqali esa, ya’ni xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanishi
natijasida oilaning moddiy imkoniyati oshadi va bu esa farzandlar ta’lim-tarbiyasi
uchun moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)
1.
Mirziyoev.SH.M. “Xalq so‘zi” gazetasi 2020 yil 1 oktyabr, №207 (7709). – bet 1.
2.
(Mirziyoev.Sh.M. People's Word newspaper, October 1, 2020, №207 (7709). - bet
1)
3.
Najmidinova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning
o‘rni. – T.: Adolat, 2016. – bet 5. (Najmidinova K.U. The role of national and
universal moral culture in family upbringing. - T .: Adolat, 2016. - page 5.)
4.
Abdurazakova M. va boshq. Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati //
Mas’ul muharrir Q.A. Jo‘raev. – T.: JIDU, 2005. – bet 13. (Abdurazakova M. et al.
Glossary of Terms of
5.
Peace and Tolerance // Responsible Editor Q.A. Jo'raev. - T .: JIDU, 2005. - page
13.)
6.
Karimova E. O‘zbek tolerantligi. – T.: Aloqachi, 2005. – bet 7. (Karimova E. Uzbek
tolerance. - T .: Aloqachi, 2005. - page 7.)
7.
Internet materiallari