Mualliflar

  • Egamberdiyev Sardorjon Said o'g'li
  • Rustamova Dilnoza Xayotovna.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94005

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Destruktiv xulq deviant xulq delinkvent xulq eros tanatos xromosoma nazariyasi nazariya eros.

Annotasiya

    Annotatsiya:  Destruktiv  xulq-bolalikdagi  salbiy  emotsional  kechinmalar,  ota-
onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan 
yetarli  darajada  mehr-muhabbatga  ega  bo‘lmaganligi,  nasliy  omillar  bo‘lishi  ham 
mumkin. Z. Freyd inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta’kidlaydi: Eros - bu 
hayot isntinktidir.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

102

ISSN:3030-3621

SHAXSLARDA DESTRUKTIV XULQ-ATVOR KELIB CHIQISHIGA SABAB

BOʻLUVCHI PSIXOLOGIK SABABLAR

Egamberdiyev Sardorjon Said o'g'li

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani

MMTB ga qarashli 29-umumiy

oʻrta talim maktab psixologi

Rustamova Dilnoza Xayotovna.

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani

MMTB ga qarashli 1-umumiy

oʻrta talim maktabi psixologi


Annotatsiya:

Destruktiv xulq-bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota-

onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan
yetarli darajada mehr-muhabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham
mumkin. Z. Freyd inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta’kidlaydi: Eros - bu
hayot isntinktidir.

Kalit so‘zlar:

Destruktiv xulq, deviant xulq, delinkvent xulq, eros, tanatos,

xromosoma nazariyasi, nazariya,eros.

KIRISH

“Inson faoliyatining ommaviy va mustahkam shakllariga nisbatan

ifodalanuvchi va rasman o‘rnatilgan yoki ushbu jamiyatda haqiqatda mavjud bo‘lgan
me’yorlar va qarashlarga mos tushuvchi ijtimoiy ko‘rinish” ma’nosida sotsiologiya,
huquq, ijtimoiy psixologiyaning predmeti hisoblanadi. Og‘ishgan xulqni birinchi
aspektdagi afzalligi - individual faollikning ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Shaxsning og‘ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga
muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir
odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bersin:

Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrofmuhitdan norozilik, uydagi

tushunmovchiliklar va hokazolar, bularning barchasi sub’ekt ruhiyatini jarohatlaydi
hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urinadi. Fromm shunday fikrga keladi:
Gumanistik qarash insonni butkul agressiyadan chiqaruvchi tizimdir deydi. Shundan
so‘ng Z.Freyd o‘zining “Tahribotlik (Destruktivnost)”ini taqdim etadi, biroq bu
konsepsiya ko‘pchilik olimlar tomonidan Freyd “Destruktiv nazariyasi” bo‘lib
o‘rganilmadi. Ba’zi olimlar esa “Destruktivlikni” umuman “Metapsixologik
spekulyatsiya” deb qaraydilar. Boshqa olimlar tomonidan esa bu nazariya tanqidga
uchraydi. Jamiyatda insonlar faoliyati, hatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy
me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

103

ISSN:3030-3621

shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi
qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy,
axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.

1.

Shaxsning og‘ishgan xulqi - bu umumqabul qilingan yoki rasman

o‘rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu
harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos
tushmaydigan harakatlardir. Deviant axloqni me’yordan og‘ishgan axloq sifatida
baholashda ijtimoiy me’yorlar o‘zgarishini inobatga olish lozim.

2.

Shaxs va deviant axloq, uning namoyon bo‘lishi boshqa odamlar

tomonidan salbiy baholanadi. Salbiy baho jamoatchilik muhokamasi yoki ijtimoiy
sanksiya, shu jumladan, jinoiy jazo shakliga ega bo‘lishi mumkin. Dastavval,
sanksiyalar istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi. Biroq, boshqa
tomondan ular shaxs stigmatizatsiyasi — unga tamg‘a osish kabi salbiy ko‘rinishga
olib keladi. Masalan, jazo muddatini o‘tab, “me’yoriy” hayotga qaytgan odamning
moslashuvdagt qiyinchiliklari yaxshi ma’lum. Insonning yangi hayot boshlashga
intilishi ko‘pincha atrofdagi odamlarning ishonmasligi va ularni rad etishi natijasida
barbod bo‘ladi. Deviant (giyohvand, jinoyatchi, olz-o‘zini o‘ldiruvchi va h.k.) tamg‘asi
sekin-asta deviant tenglikni (o‘z-o‘zini his qilish) shakllantiradi. Shunday qilib,
axmoqona shuhrat xavfli yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy o‘zgarishlarga to‘sqinlik
qiladi va deviant axloqning takrorlanishini chaqiradi.

3.

Og‘ishgan xulqning xususiyatlari shaxsning o‘zi yoki atrofdagilarga

ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. Bu
mavjud tartibning noturg‘unligi, ma’naviy va moddiy zarar keltirish, jismoniy zo‘rlik
va dard-alam yetkazish, sog‘ligining yomonlashishi bo‘lishi mumkin. Deviant axloq
o‘zining eng so‘nggi ko‘rinishlarida hayot uchun bevosita xavf tug‘diradi, masalan,
suitsidal axloq, zo‘ravonlik jinoyatlari, “og‘ir” giyohvand moddalar iste’mol qilish
kabilar. Zararning psixologik namoyon bo‘lishi o‘sha odamning o‘zi yoki uning
atrofidagilaring aziyat chekishidir Insondagi destruktiv xulq tabiati hozirga qadar
psixologiya fanida hali yaxshi o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi.

Destruktiv xulq 2 ta asosiy turlarda namoyon bo‘ladi: 1. Delinkvent tur -

jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy huquqiy me’yorlarga qarama qarshi bo‘lgan xatti -
harakatlarga xulqning yo‘nalganligidir. 2. Deviant tur - jamiyatda qabul qiliingan
axloqiy me’yorlarga qarama — qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoyon etish. Destruktiv
xulqning barcha ko‘rinishlarida insonning ma’lum bir himoya reaksiyalari sifatida
yuzaga kelsada biroq nerv sistemasida buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota onaning bolaga
nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan yetarli darajada
mehr-muhabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin. Z. Freyd
inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta’kidlaydi: Eros - bu hayot isntinktidir.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

104

ISSN:3030-3621

Undagi quvvat, hayotni saqlash, qayta tiklashga yo‘naltiradi. Tanatos – o‘lim
instiktidir. Undagi quvvat hayotni vayron qilish va to‘xtatishga yo‘naltiradi. Destruktiv
xulq barcha insonlar uchun xosdir. Ayrim insonlarda bu xulq shunchalik kuchliki,
ularning jamiyatdagi o‘rnini va xulqini belgilaydi.

Insondagi destruktiv xulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi

o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi Bu muammo 20-asrning o‘rtalarida
shakllangan. Psixologik yondoshuv shaxsning og‘ishgan xulqidagi alohida
ko‘rinishlarini ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan.Psixologik tasniflar
quyidagi mezonlar asosida quriladi:

buzilgan me’yor turi;

axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad; •

ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar; • axloqning shaxsiy-
uslubiy tavsifnomasi.

Shuni ta'kidlash zarurki, “og‘ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik

bo‘lmagan bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin, qat'iy ma'noda esa 9 yoshdan keyin
qo‘llashimiz mumkin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi
zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga
oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish
qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo‘lgan
bolalarda axloqi yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og‘sa, bunda uni
yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko‘rinishi
sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Destruktiv xulq 2 ta asosiy turlarda namoyon bo‘ladi:

1.

Delinkvent tur - jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy huquqiy me’yorlarga

qarama qarshi bo‘lgan xatti - harakatlarga xulqning yo‘nalganligidir.

2.

Deviant tur - jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me’yorlarga qarama —

qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoyon etish.

Destruktiv xulqning barcha ko‘rinishlarida insonning ma’lum bir himoya

reaksiyalari sifatida yuzaga kelsada biroq nerv sistemasida buzilishlar bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota
onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan
yetarli darajada mehr-muhabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham
mumkin.

Z. Freyd inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta’kidlaydi: Eros - bu hayot

isntinktidir. Undagi quvvat, hayotni saqlash, qayta tiklashga yo‘naltiradi. Tanatos –
o‘lim instiktidir. Undagi quvvat hayotni vayron qilish va to‘xtatishga yo‘naltiradi.
Destruktiv xulq barcha insonlar uchun xosdir. Ayrim insonlarda bu xulq shunchalik
kuchliki, ularning jamiyatdagi o‘rnini va xulqini belgilaydi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

105

ISSN:3030-3621

Destruktiv xulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishida negativ ustanovkalar

shaxsning atrofdigilarning aksariga nisbatan salbiy munosabatlari natijasida
shakllanadi S.P. Ivanov va V.V. Boyko tadqiqotlarida destruktiv ustanovkalarning
quyidagi turlari ajratiladi:

1.

Atrofdagilarga

nisbatan

fikrlari

va

xatti-harakatlarida

yashirin

beshavqatlilik;
2.

Atrofdagilarga nisbatan ochiq beshavqatlilik;

3.

Insonlar haqida asoslangan negativ fikrlar. Ma’lum bir ijtimoiy

vaziyatlarda yuzaga kelgan holatlar asosida unga sababchi bo‘lgan insonlar to‘g‘risida
salbiy fikrga ega bo‘lish ham shunday;

4.

Negativ faktorlar yuzasidan o‘zining sheriklari haqida aoslanmagan

umumlashtirishlar qilish;

5.

Atrofdagilar bilan munosabtlar jarayonida negativ tajribaga ega bo‘lish

Kleyberg Yu. A va A. Ellislar destruktiv xulq ko‘rinshlarini shakllanishida “irratsional
ustanovkalar” tushunchasini kiritganlar.

Lombrosoning fikriga ko'ra, biologik xususiyatlar va birinchi navbatda tashqi

morfologik xususiyatlar (bosh suyagi shakli) haqidagi o'z xulosalariga asoslanib,
jinoyatchilarga xos bo'lgan tug'ma xususiyatlarining natijasi, jinoyatni muqarrar deb
hisobladi va jazo ularni tuzatolmasligini aytdi. Lombroso jinoyatchilikning
kriminologiyasida eng ko'p talab qilinadigan formulani ishlab chiqdi. Uning
formulasida antropologiya institutining asoschisi mahkumlarning antropologik
xususiyatlarining o'rtacha hajmini spirtli ichimliklar iste'mol qilgan voyaga
yetmaganlarning soni bilan bog'lashni taklif qiladi.

Genetika rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi,

tajovuz va jinoyatlarning xromosoma gipotezasi ishlab chiqildi.

Agressiyaning biologik nazariyalarining yana bir yo'nalishi jinoiy va tajovuzkor

xatti-harakatlarga gormonal ta'sirlarning rolini o'rganish bilan bog'liq. 1924-yilda
amerikalik olim M. Schlapp jinoyatchilarning endokrin tizimini o'rganib chiqdi, u
tekshirgan mahbuslarning uchdan bir qismi bilan bog'liq hissiy beqarorlikdan azob
chekayotganini aniqladi.

Biz shaxs og‘ishgan xulqining turli ko‘rinishlari ikkita - o‘ziga yoki boshqalarga

qarama-qarshi yo‘nalishli “destruktiv axloq”ning yagona o‘qida joylashganini
ko‘ramiz.

Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu oiladir.

Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni
kattadir. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar,
qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy
hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Jamiyat a’zolari shaxsiy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

106

ISSN:3030-3621

nuqtayi nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy
faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita
mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. “Ba’zilarga
mumkin, boshqalarga mumkin emas”, “hozir yaxshi, ertaga yomon” va shu kabi
munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar
yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday
holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining
rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining
xulq-atvor me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.

XULOSA

Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrofmuhitdan norozilik, uydagi

tushunmovchiliklar va hokazolar — bularning barchasi sub’ekt ruhiyatini jarohatlaydi
hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urinadi. Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-
harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Destruktiv xulq-atvorni
bartaraf etish, ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ijralmas qismi bo’lib, shaxs
yoki ijtimoiy guruh xulqatvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalarga
amal qilinishiga erishib borishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning
o‘rni. //uslubiy qo‘llanma. – T. – 2008, 86-bet.

2.

Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013, 16-b

4.

Qarshiboyeva G. Oilada bolalarni xalq og ‘zaki ijodi na’munalari asosida
tarbiyalash //Архив Научных Публикаций JSPI. –2020.

3.

.Шарафитдинов А. и др. Проблема застенчивости у ребенка и ее
устранение //Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 64-66.

4.

.Шарафитдинов А. и др. Формирование у учеников чувства общности

5.

//Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 66-67

6.

Маджидов Дж Б, Маджидова В, Шарофиддинов А . Социальный интеллект
как совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию личности в
обществе.

страницы: 22-24 источник: актуальные вопросы современной

психологии материалы международной научной конференции. 2017

7.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning

o‘rni. //uslubiy qo‘llanma. – T. – 2008, 86-bet.

Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013, 16-b 4.

Qarshiboyeva G. Oilada bolalarni xalq og ‘zaki ijodi na’munalari asosida

tarbiyalash //Архив Научных Публикаций JSPI. –2020.

.Шарафитдинов А. и др. Проблема застенчивости у ребенка и ее

устранение //Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 64-66.

.Шарафитдинов А. и др. Формирование у учеников чувства общности

//Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 66-67

Маджидов Дж Б, Маджидова В, Шарофиддинов А . Социальный интеллект

как совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию личности в

обществе. страницы: 22-24 источник: актуальные вопросы современной

психологии материалы международной научной конференции. 2017

Internet materiallari