Mualliflar

  • Sabohat Rahmatullayeva
  • Shahina Usmonova Xudoynazar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94009

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar:husnixat san’ati madaniy meros ijodiy fikrlash nazariy bilimlar amaliy ko’nikmalar tarixiy rivojlanish uslublar zamonaviy texnologiyalar.

Annotasiya

 
Annotatsiya:husnixat  o’rgatish  texnologiyasi  fani,  talabalarga  husnixat 
san'atining  nazariy  va  amaliy  jihatlarini  o'rgatishga  qaratilgan  ta'lim  yo'nalishidir. 
Ushbu  fan,  nafaqat  yozuv  san'atini  rivojlantirish,  balki  talabalarning  estetik 
qarashlarini kengaytirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda madaniy merosni 
saqlash  va  rivojlantirish  maqsadida  muhim  ahamiyatga  ega.Husnixat  o’rgatish 
texnologiyasi  fani,  shuningdek,  yosh  avlodni  milliy  madaniyatga  bo'lgan  hurmatini 
oshirishda muhim rol o'ynaydi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

185

ISSN:3030-3621

HUSNIXAT O’RGATISH TEXNALOGIYASI FANINING

MAQSAD VA VAZIFALARI

Boshlang'ich ta'lim metodikasi

kafedrasi o'qituvchisi

Sabohat Rahmatullayeva

Shahina Usmonova Xudoynazar qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti 3-21-guruh talabasi


Annotatsiya:

husnixat o’rgatish texnologiyasi fani, talabalarga husnixat

san'atining nazariy va amaliy jihatlarini o'rgatishga qaratilgan ta'lim yo'nalishidir.
Ushbu fan, nafaqat yozuv san'atini rivojlantirish, balki talabalarning estetik
qarashlarini kengaytirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda madaniy merosni
saqlash va rivojlantirish maqsadida muhim ahamiyatga ega.Husnixat o’rgatish
texnologiyasi fani, shuningdek, yosh avlodni milliy madaniyatga bo'lgan hurmatini
oshirishda muhim rol o'ynaydi.

Kalit

so’zlar:

husnixat

san’ati,madaniy

meros,ijodiy

fikrlash,nazariy

bilimlar,amaliy ko’nikmalar,tarixiy rivojlanish,uslublar,zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация:

Технология обучения каллиграфии — образовательное

направление, направленное на обучение студентов теоретическим и
практическим аспектам искусства каллиграфии. Этот предмет важен не только
для развития искусства письма, но и для расширения эстетических взглядов
учащихся, повышения их способности творчески мыслить, сохранения и
развития культурного наследия. Предмет «Технология обучения каллиграфии»
также играет важную роль в повышении уважения подрастающего поколения к
национальной культуре.

Ключевые слова:

каллиграфия, культурное наследие, творческое

мышление, теоретические знания, практические навыки, историческое развитие,
стили, современные технологии.

Abstract:

The science of calligraphy teaching technology is an educational

direction aimed at teaching students the theoretical and practical aspects of the art of
calligraphy. This science is important not only for developing the art of writing, but
also for expanding students' aesthetic views, increasing their ability to think creatively,
and preserving and developing cultural heritage. The science of calligraphy teaching
technology also plays an important role in increasing the respect of the younger
generation for national culture.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

186

ISSN:3030-3621

Key words:

calligraphy, cultural heritage, creative thinking, theoretical

knowledge, practical skills, historical development, styles, modern technologies.


Yozuv, barchaga ma’lum bo’lganidek, kishilarning o’zaro fikr almashishi

va bilimlarni egallashning qudratli vositasi ekanligi barchaga ma’lumdir. Yozma nutq
uzoq saqlanadi, shu sababli avlodlarni bir-biriga bog’laydi. Yozuv tufayli kishi fikri,
insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi va abadiy yashaydi.
O`zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida chiroyli
yozuvga o`rgatish, ya`ni xattotlik san`ati alohida o`rin egallaydi. Qo`lda ko`chirilgan,
yozilgan har bir asar san`at mo`jizasi kabi nodir sanalgan. Bir qancha olimlar va fozil
kishilar yoshlikdan xattotlik san`atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham mashxur
bo’lganlar. Husnixatga o'qitishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o`quvchilarga
yozuv jarayoni murakkab uni o'rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini
shakllantirishdan iboratdir. Bu vazifalar ko'p qirralari bo`lib, o`quvchilarni aqliy
rivojlanishga, ularning atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirishga axloqiy va
estetik didlarini tarbiyalashga, ongli o`qish va yozish malakalarni hamda yozuv daftar
bilan ishlash ko`nikmalarini hamda yozuv daftar bilan ishlash ko`nikmalarini
shakllantirishdan iboratdir. Bu vazifalarnining barchasi o`zaro bog'liq holda amalga
oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan
o`quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy material uyg'unlashtirilib, o`zlashtirish
ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifati, topshiriqlar
xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining o`ziga xos tomonlarini belgilaydigan qator
uslubiy shart-sharoitlarga bog'liq. Bola kamolotining shakllanishi ko`p jihatdan
chiroyli yozuvga bog'liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli
o`zlashtirish imkoniga ega bo`ladilar.

Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning A

shaklini to`g`ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga so`zlarda harflarni to`g`ri
joylashtirishga o'rgatiladi. Daftar chiziqlari birin ketin almashuvi davomida harflarning
qiyaligini va ular orasidagi masofani to`g`ri saqlash, kichik va bosh harflarning
nisbatini to`g`ri chamalab yozishga o'rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida
ma`lum guruhga oid harflarni yozishga o'rgatish o`quvchilarda uchraydigan ayrim
xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi
bilan ayrim bir-biriga o'xshash harflarni shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa,
ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o'rgatishda daftardan to`g`ri
foydalanishga e`tibor berish zaryr. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o`tganda
o`quvchilar oldiga qator vazifalar qo'yadi. Chiroyli yozuvga o'rgatish umumiy didaktik
qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o`ziga xos qoidalarini ham o`z
ichiga oladi. Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko'rgazmalilik, yosh va o`ziga
XOS xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

187

ISSN:3030-3621

maqad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuvga
husnixatga o'rgatishning vazifasi harfni, so'z va gapni kitobdan va xattaxtadan to'g'ri,
husnixat qoidalariga rioya qilib ko`chirib yozish, yozganlarni tekshira olish va yo`l
qo`ygan kamchilik va xatolarini o`qituvchi rahbarligida yoki o`zi tuzata olishi kerak.
Husnixat o'qitish metodikasi fani bir qator boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq.
Estetika, fiziologiya, gigiena, tilshunoslik kabi fanlar bilan o`quvchilarda go`zallikka
bo'lgan qiziqishlarini o`stiradi. Chiroyli yozish ham go`zallikning bir bir ko`rinishidir.
ko`rinishidir. Sharq Shar mutaffakkirlaridan biri bunday degan ekanlar:,, Chiroyli
fikrlay oladi. Darhaqiqat, o`quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv
malakalari haqida tanisha boshlaydi. Yozuv qachon paydo bo'lgan? U qanday davrlarni
boshidan kechirib, hozirgi mavqega erishgan? Bu savollarga javob topish uchun
insoniyat tarixiga nazar tashlash, uning aqlly yuksalish bosqichlarini birma - bir
ko'zdan kechirmoq lozim. Albatta, inson avval gapirishni o'rgandi, so'ngra unda o'z
tajribalarini kelgusi avlodlarga yetkazish istagi shakllandi va qo'liga qalam (avval bu
vazifani oddiy tosh bajargan) oldi. Yozuv kishilarning o'zaro aloqa qilishida, fikr
almashishida muhim vositadir. Yozuvning paydo bo'lishi, bo'lishi, aloqaning maxsus
vositasi sifatida xizmatqilishkatta ahamiyatga ega bo'ldi. Yozuv tufayli kishilik
tajribasi avloddan avlodga yetkazilmoqda. Husnixat san'ati orqali talabalar estetik
tushunchalarni o'zlashtirib, go'zallikni qabul qilish va uning ahamiyatini anglash
imkoniyatiga ega bo'ladilar.Husnixat o’rgatish texnologiyasi orqali talabalar milliy va
global madaniyatlarni o'rganish, ularning tarixiy rivojlanishini tushunish va saqlashga
hissa qo'shadilar. Talabalar husnixatning turli uslublarini o'rganib, amaliy
ko'nikmalarni rivojlantiradilar. Bu esa ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga
ega. Talabalarga husnixat san'atining nazariy asoslarini, tarixini va rivojlanish
jarayonlarini o'rgatish. Amaliy mashg'ulotlar orqali talabalar husnixat san'atining turli
uslublarini o'rganish va qo'llash imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.Talabalarga ijodiy
loyihalar ishlab chiqish orqali o'z g'oyalarini amalga oshirish va baholash imkoniyatini
berish.Talabalar o'zaro baholash jarayonida bir-birining ishlarini tahlil qilib,
konstruktiv fikrlar berishlari kerak. Bu jarayon ijodiy rivojlanishni rag'batlantiradi.
Husnixat o’rgatishda zamonaviy texnologiyalar va vositalardan foydalanish,
talabalarni yangi uslublar va metodologiyalar bilan tanishtirish. Har bir talabani
individual ravishda kuzatib borish, ularning rivojlanishini baholash va kerakli yordam
ko'rsatish. Husnixat o’rgatish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari talabalarni
nafaqat husnixat san'atiga qiziqtirish, balki ularning ijodiy fikrlash, estetik sezgi va
madaniy merosni saqlashga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Bu jarayon orqali
talabalar nafaqat professional ko'nikmalarni egallaydi, balki shaxs sifatida ham
rivojlanadilar. Husnixat san'ati — bu shunchaki yozuv emas, balki inson ruhiyatining
ifodasi, madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyot va havolalar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

188

ISSN:3030-3621

1.

G`ulomov M. “Xusnixatga o`rgatishning bahzi masalalari”, “O`qituvchi”

2.

nashriyoti, Toshkent 1969 y.

3.

G`ulomov M. “Boshlang`ich sinf o`quvchilarini soddalashtirilgan harflar bilan

4.

xusnixatga o`rgatish”, “O`qituvchi” nashriyoti, Toshkent 1970 y.

5.

https://pedagoglar.org/02/article/view/2798/2539

Bibliografik manbalar

G`ulomov M. “Xusnixatga o`rgatishning bahzi masalalari”, “O`qituvchi”

nashriyoti, Toshkent 1969 y.

G`ulomov M. “Boshlang`ich sinf o`quvchilarini soddalashtirilgan harflar bilan

xusnixatga o`rgatish”, “O`qituvchi” nashriyoti, Toshkent 1970 y.