Mualliflar

  • Tursunova Zebiniso Bahromjon qizi
  • Naimsherova Sevinch Sherzodbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94028

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Crossing over T.Morgan xromosoma meyoz Drosopxila melangaster sitologik isbot Shtern

Annotasiya

Annotatsiya:  Krossingover  va  uning  turlari,ahamiyati  va  kelib  chiqishiga 
sabab bo`luvchi omillar haqida batafsil ma`lumot berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

238

ISSN:3030-3621

KROSSINGOVER HAQIDA BATAFSIL

Tursunova Zebiniso Bahromjon qizi

Naimsherova Sevinch Sherzodbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo`nalishi talabalari

Annotatsiya:

Krossingover va uning turlari,ahamiyati va kelib chiqishiga

sabab bo`luvchi omillar haqida batafsil ma`lumot berilgan

.

Kalit

so`zlar:

Crossing

over,T.Morgan,xromosoma,meyoz,Drosopxila

melangaster,sitologik isbot,Shtern


Krossingover

(ing.Crossing

over

chalkashuv,chorraha)

chalkashish,gomologik xromosomalarning o`xshash qismlari bilan o`rin almashinishi
natijasida xromatida iplarining uzilishi va yangi tartibda brikishi. Birinchi marta
T.Morgan aniqlagan(1911/1912). Olim gomologik juft xromosomalarda genlar
doimo o`rin almashinib turishini drozofila (meva pashshasi) da o`tkazilgan
tajribalarda isbotlagan. Krossingover aksariyat hollarda hujayraning meyoz,ba`zan
mitoz bo`linishida ro`y beradi.

Krossingover yordamida olingan yangi organizmlarga krossoverlar yoki

rekombinantlar deyiladi. Krossingover asosan urg`ochi pashshalarda yuz berib,
erkak pashshalarda uchramasligi aniqlandi. Shuning uchun ham duragay erkak
pashshalar gomozigota retsessiv urg`ochi pashshalar bilan chatishtirilganda
ikkinchi bo`g`in avlodlarda belgilarning birikishi ya`ni krossoverlar olinishi ro`y
bermaydi.

Krossingover xromosomalarning har qanday nuqtasida yuz berishi mumkin.

Bittalik, ikkitalik va uchtalik krossingover ro`y berishi ham mumkin. Ammo
ikkitalik va uchtalik krossingover kam uchraydi.

Krossingoverning sitologik isboti 1931-yilda rus olimi Shtern tomonidan

berilgan. Urg`ochi pashshalarda ikkita to`g`ri “X” va bitta “Y” xromosoma mavjud.
Shtern drozofilaning maxsus liniyasini yaratdi. Unda xromosoma shakli o`zagarib,
signal sifatidagi dominant va retsessiv genlar mavjud.

Bunda bitta “X” xromosomaga “Y” xromosomaning bir qismi birikib, “G”

shaklidagi xromosoma hosil bo`ldi va unda dominant qizil ko`zlik va retsessiv
dumaloq ko`zlilik geni joylashadi. Ikkinchi “X” xromosoma ikki qismga bo`linadi,
birinchi qismda retsessiv pushti ko`z rangi va dominant qisiq ko`zlilik geni
bo`lib, ikkinchi qism juda kichik to`rtinchi xromosomaga qo`shilib ketadi.

Har xil shakldagi X xromosomaga ega bo`lgan urg`ochi pashshalar normal

erkak pashshalar bilan chatishtiriladi. Ularning to`g`ri “X” xromosomasida retsessiv


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

239

ISSN:3030-3621

pushti rangli ko`z geni va dumaloq ko`z geni mavjud. Ya`ni ular pushti rangli
dumaloq ko`zli edilar. Bu chatishtirish natijasida 4 tipdagi pashshalar: qisiq ko`zli
pushti rangli ko`zli onasidan X xromosomani olgan, dumaloq qizil ko`zli onasidan
G shaklidagi xromosomani olgan, krossingover natijasida dumaloq pushti rang
ko`zlik va qisiq ko`zli pashshalar olindi. Krossingover foizini quyidagi formula
bilan aniqlash mumkin:

𝑋 =

a + b

n

. 100%

bunda, a – birinchi sinfdagi krossingoverlar soni, b – ikkinchi sinfdagi

krossingoverlar soni va n – barcha variantlar soni. Bog`langan genlar orasidagi
masofalar krossingover sinf yoki morganoidlar (yoki santimorganid) bilan
belgilanadi. Morganoid Morgan sharafiga A.S.Serebrovskiy tomonidan taklif
qilingan bo`lib, krossingover foizini absolyut sonda ko`rsatadi.

Qo`sh krossingover – bir vaqtning o`zida xromosomaning ikki yerida yakka

krossingover sodir bo`lishiga aytiladi.

Odatda qo`sh krossingover sodir bo`lganda xromosomaning bir joyida ro`y

bergan krossingover ikkinchi joyida ro`y bergan krossingoverga salbiy ta`sir
ko`rsatib, uning tezligini kamaytiradi. Shuningdek, xromosomaning ikkinchi
joyidagi krossingover uning birinchi joyidagi krossingover tezligini kamaytiradi.
Bu hodisaga interferensiya deyiladi.

Shuni aytish kerakki interferensiya hodisasi faqat xromosomlalarda genlar

bir-biridan uzoq masofada joylashganda ro`y beradi. Agar xromosomada genlar
yaqin joylashgan bo`lsa, u holda amaliy krossingover va nazariy krossingover
foizi bir – biriga to`g`ri keladi.

Krossingoverni o`rganish natijasida xromosomalarning irsiy diskretligi

isbotlandi, genlarning xromosomada to`g`ri chiziq bo`ylab joylashganligi va
brikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalarning genetik xaritalari ( har bir
birikish guruhida genlarning nisbiy joylashish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega
bo`lindi. Krossingover kombinativ o`zgaruvchanlik miqdorini keskin oshirish tufayli
tabiiy tanlanish va seleksiya uchun dastlabki material beradi. Krossingover barcha
hayvonlar, o`simliklar va mikroorganizmlar uchun xos. Krossingover hodisasidan
genetik tahlil orqali qator muammolarini yechishda keng foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Genetika // P.S.Sobirov,A.K.Kaxarov.Toshkent – 2020

2.

Genetika // A.T.G`ofurov,S.S.Fayzullayev. Toshkent 2010

3.

MedLife .uz

4.

Qomus.info

5.

Wikipedia

6.

Geeksforgeeks

7.

Biologydiscussion.com

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Genetika // P.S.Sobirov,A.K.Kaxarov.Toshkent – 2020

Genetika // A.T.G`ofurov,S.S.Fayzullayev. Toshkent 2010

MedLife .uz

Qomus.info

Wikipedia

Geeksforgeeks

Biologydiscussion.com