Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
233
ISSN:3030-3621
SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI MAVZUSINI O‘QITISHDA
INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH
Tojiboev Ilxomjon Ixvoldinovich
Toshkent TDIU Andijon fakulteti
Annotatsiya:
maqolada "Soliqqa tortish tamoyillari" mavzusini samarali
o‘qitishda interaktiv o‘quv metodlaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari
yoritilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, talabalar faolligini oshiruvchi
vositalar va raqamli texnologiyalarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, amaliy
misollar, metodlar va mashg‘ulot ssenariylari orqali bu mavzuni yanada qiziqarli va
samarali o‘qitish uslublari tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar:
soliqqa tortish, tamoyillar, interaktiv metodlar, ta’lim, fiskal
siyosat, soliq siyosati, pedagogika, raqamli texnologiyalar.
Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat moliyasini
barqaror yuritish, byudjetga barqaror tushumlar keltiruvchi soliq siyosatini to‘g‘ri
shakllantirish va uni amaliyotga joriy qilish dolzarb masalaga aylangan. Aynan
shunday sharoitda iqtisodiy fanlar ichida
“Soliq va soliqqa tortish”
fanining
ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu fan orqali talabalarda soliqlar, soliq tizimi, soliqqa
tortish mexanizmlari va uning prinsiplari haqidagi bilimlar shakllanadi.
"Soliqqa tortish tamoyillari" esa bu fan doirasidagi
asosiy nazariy asos
bo‘lib
xizmat qiladi. Bu tamoyillar soliqlarning qanday belgilanishi, qanday undirilishi va
ularning adolatliligi, shaffofligi va iqtisodiy samaradorligi kabi muhim jihatlarni
belgilab beradi. Ya’ni, ular nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham davlat bilan
fuqarolar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning asosidir. Shu sababli, bu mavzuni
to‘g‘ri va samarali o‘qitish, talabalarda soliqlarga nisbatan tushuncha va mas’uliyatni
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
An’anaviy ma’ruza asosidagi yondashuvda, odatda, talaba passiv rol o‘ynaydi-u
tayyor bilimni eshitadi va uni yodlab olishga harakat qiladi. Ammo bu usul zamonaviy
ta’lim talablariga mos emas. XXI asrda ta’lim olish jarayoni faqat bilim egallash bilan
emas, balki
analitik fikrlash, tahlil qilish, qaror qabul qilish va jamoada ishlash
kabi ko‘nikmalarni ham shakllantirishi kerak. Aynan shunday vaziyatda
interaktiv
metodlardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Interaktiv metodlar-
bu o‘quv jarayonida talabani faol ishtirokchiga
aylantiradigan, ularni o‘ylashga, muhokama qilishga va xulosa chiqarishga majbur
qiladigan metodlardir. Ayniqsa, soliq tamoyillari kabi abstrakt mavzularni real
holatlar, simulyatsiyalar, aqliy hujumlar yoki guruhli tahlillar orqali o‘rgatish, bu
mavzuni talaba ongida mustahkam o‘rnashishiga sabab bo‘ladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
234
ISSN:3030-3621
Soliqqa tortish tamoyillari-
bu davlatning soliq siyosatini yuritishda, soliqlarni
joriy qilishda va ularni undirishda asoslanadigan umumiy qoidalar, printsiplar
majmuidir. Ushbu tamoyillar xalqaro iqtisodiy tajribalarga asoslangan holda,
mamlakat ichki iqtisodiy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
belgilanadi. Ular soliqlarning ijtimoiy adolatli, iqtisodiy asosli va huquqiy barqaror
bo‘lishini ta’minlaydi.
Soliqqa tortish tamoyillari nafaqat soliq organlari uchun, balki soliq to‘lovchilar
uchun ham muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shu printsiplar soliqqa tortish
jarayonining qonuniylik, adolat, shaffoflik kabi asosiy tushunchalarini amalda qo‘llash
imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida va ilg‘or iqtisodiy adabiyotlarda
quyidagi asosiy soliqqa tortish tamoyillari belgilangan:
1. Adolat tamoyili.
Soliqqa tortishda adolat-bu eng asosiy va universal prinsip
hisoblanadi. Unga ko‘ra, har bir shaxs yoki yuridik shaxs o‘z daromadiga yoki
moliyaviy imkoniyatiga yarasha soliqlar to‘lashi kerak. Ya’ni, soliqqa tortish teng va
adolatli bo‘lishi lozim. Bu prinsip asosida progresiv soliq stavkalari qo‘llanishi, kam
ta’minlangan qatlamlarga soliq yengilliklari berilishi mumkin.
2. Ochiqlik va shaffoflik tamoyili.
Soliq siyosatining ochiqligi-bu davlat va
jamiyat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarda ishonch muhitini yaratadi. Soliq tizimi
shaffof bo‘lishi kerak, ya’ni har bir to‘lovchi qanday soliq nega va qancha miqdorda
to‘layotganini bilishi kerak.
Bugungi kunda O‘zbekistonda soliq organlari faoliyatining ochiqligini
ta’minlash bo‘yicha ko‘plab raqamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
my.soliq.uz portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar o‘z soliq qarzlarini,
deklaratsiyalarini va to‘lov tarixini ko‘rishlari mumkin. Bu ochiqlik soliq
to‘lovchilarni davlatga nisbatan ishonchli munosabatda bo‘lishga undaydi.
3. Qonuniylik va majburiylik tamoyili.
Bu tamoyilga ko‘ra, soliqlar faqat
qonun asosida joriy qilinadi va hech bir shaxs qonunda belgilangan soliqlardan ozod
etilmaydi (agar qonunda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa). Har qanday soliq turi,
uning miqdori va to‘lov muddati qonuniy asosda belgilanadi.
4. Iqtisodiy asoslanganlik tamoyili.
Soliqqa tortish davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatiga muvofiq bo‘lishi, real iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan
holda yuritilishi zarur. Bu prinsip soliq tizimini iqtisodiy rivojlanishga moslashtirish,
biznesni rag‘batlantirish va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
5. Soddalik va qulaylik tamoyili.
Soliq tizimi to‘g‘ri ishlashi uchun u oddiy,
tushunarli va qulay bo‘lishi zarur. Murakkab soliq shakllari va hisob-kitoblar soliq
to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ladi, bu esa yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga
olib keladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
235
ISSN:3030-3621
6. Barqarorlik tamoyili.
Soliq siyosati o‘zgaruvchan bo‘lmasligi kerak, ya’ni
soliq stavkalari, soliq tartibi va to‘lov shartlari ma’lum vaqt davomida barqaror bo‘lishi
kerak. Tez-tez soliq qonunlarining o‘zgarishi tadbirkorlik muhiti barqarorligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
7. Samaradorlik va tejamkorlik tamoyili.
Bu tamoyil soliq yig‘imlarining
byudjetga tushishini maksimal darajada ta’minlashi, biroq soliq yig‘ish xarajatlari esa
minimal bo‘lishi kerakligini anglatadi. Agar soliqlarni yig‘ish uchun ortiqcha
ma’muriy yoki moliyaviy resurslar sarflansa, bu tizimning samaradorligini pasaytiradi.
8. Hududiy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili.
Har bir mintaqaning
iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish hajmi, infratuzilmasi va demografik holati
turlicha. Shu sababli, ayrim soliqlar mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda
belgilanadi yoki soliq imtiyozlari beriladi.
Zamonaviy ta’lim jarayoni talabalarni passiv bilim oluvchidan faol ishtirokchi,
mustaqil fikrlovchi, muammo yechuvchi, muloqotda bo‘luvchi shaxsga aylantirishga
qaratilgan. Shu sababli so‘nggi yillarda interaktiv o‘qitish metodlari keng
qo‘llanilmoqda. Bu metodlar ta’lim jarayonini faollashtiradi, talabalarning darsga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga, muhokama qilishga va qaror
qabul qilishga undaydi.
Soliq va soliqqa tortish kabi iqtisodiy fanlar ayniqsa interaktiv metodlarga
muhtoj, chunki bu fanlar nazariy bilimlar bilan cheklanmay, real iqtisodiy jarayonlar
va moliyaviy munosabatlarni tahlil qilishni ham talab qiladi.
Interaktiv metodlar-
bu o‘qitishning bunday shakllariki, bunda o‘qituvchi va
talaba o‘rtasida ikki tomonlama muloqot bo‘ladi, talaba o‘qituvchining tayyor bilimini
qabul qiluvchi emas, balki bilim yaratishda faol ishtirokchiga aylanadi.
Boshqacha qilib aytganda, interaktiv metodlar o‘quvchilarning intellektual,
muloqot, muhokama va muammoli vaziyatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Bu metodlar orqali o‘rgatilayotgan mavzular hayotiy misollar,
muhokamalar, rolli o‘yinlar, grafik chizmalar, debatlar va guruhlarda ishlash orqali
chuqurroq o‘zlashtiriladi.
Quyida interaktiv metodlarning asosiy turlari va ular soliqqa tortish mavzusiga
qanday mos kelishini ko‘rib chiqamiz:
“Aqliy hujum”.
Bu metod kichik guruhlar yoki butun auditoriya bilan
o‘tkaziladi. O‘qituvchi biror muammo yoki savol beradi, talabalar esa tezkor tarzda o‘z
fikrlarini aytadilar. Fikrlar tanqid qilinmaydi, barcha takliflar yozib boriladi.
“Debat”.
Bu metod ikki yoki undan ortiq qarama-qarshi fikrga ega guruhlar
o‘rtasida o‘tkaziladi. Har bir guruh o‘z pozitsiyasini himoya qiladi.
Bu metod talabalarning dalil keltirish, tanqidiy tahlil qilish, muloqotda bo‘lish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
236
ISSN:3030-3621
“Rolga kirish”.
Bu usulda talabalar real hayotdagi vazifalarni bajaruvchi
shaxslar-soliq inspeksiyasi xodimi, tadbirkor, fuqarolar, auditor rolida bo‘lib, soliqqa
oid muammolarni muhokama qiladi. Masalan, soliq tekshiruvi holatini rolli o‘yin
shaklida tashkil qilish mumkin.
Bu usul real hayotiy tajriba beradi, talabalarda hissiy barqarorlik, muloqot
madaniyati va huquqiy ongni shakllantiradi.
“Guruhda ishlash”.
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga
mavzu yoki topshiriq beriladi. Masalan, guruhlar soliqqa tortish tamoyillarini birma-
bir tahlil qiladi va prezentatsiya orqali taqdim qiladi.
“Case-study”.
O‘qituvchi hayotiy misol asosida soliqqa oid muammoli
vaziyatni beradi. Talabalar uni tahlil qilib, turli yechim variantlarini ishlab chiqadi.
Interaktiv metodlar bir necha sabablarga ko‘ra zamonaviy o‘qitish jarayonida
muhim o‘rin egallaydi. Quyida ularning asosiy afzalliklari keltirilgan:
A) Faollik va qiziqishni oshiradi.
An’anaviy darsda talaba faqat tinglovchi
bo‘lsa, interaktiv metodlarda u faol ishtirokchi, bahs yurituvchi, qaror qabul qiluvchi
bo‘ladi. Bu esa darsga bo‘lgan qiziqishni oshiradi
.
B) Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi.
Talaba faqat faktlarni yodlab
olish emas, balki ularni tahlil qilish, solishtirish, xulosa chiqarishni o‘rganadi.
C) Mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Interaktiv usullar talabalarda o‘z fikrini
asosli ifodalash, dalil keltirish va boshqalarni tinglash madaniyatini rivojlantiradi.
D) Jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Guruhli ishlar orqali
talabalar bir-birlarini eshitishni, fikrlar farqliligini hurmat qilishni, murosaga kelishni
o‘rganadi.
E) Tezkor qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatini
oshiradi.
Real hayotdagi muammolarni tahlil qilish orqali talabalar o‘zlarining fikrlash
doirasi va muammoga yondashuvlarini kengaytiradi.
F) Axborotni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi
.
Soliqqa tortish kabi
murakkab mavzularni mustaqil tahlil qilish orqali talaba bilimni faqat yodlab emas,
balki anglab oladi.
Interaktiv metodlardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun o‘qituvchining
tayyorligi juda muhim. Quyidagi jihatlar zarur:
Darsni rejalashtirish:
Har bir interaktiv faoliyat darsning maqsadi, mavzusi va
auditoriyaning darajasiga mos bo‘lishi kerak.
Teng imkoniyat yaratish:
Har bir talaba darsda ishtirok etish imkoniga ega
bo‘lishi kerak.
Muhokama va yakunlar:
Faoliyatdan keyin umumiy xulosa chiqarish,
o‘rgatilgan materialni mustahkamlash zarur.
Quyidagi misollar orqali aynan “Soliqqa tortish tamoyillari” mavzusini
interaktiv metodlar yordamida qanday o‘qitish mumkinligini ko‘rib chiqamiz:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
237
ISSN:3030-3621
Metod
Amaliy qo‘llanishi
Natijasi
Aqliy
hujum
“Adolatli soliq tizimi qanday bo‘lishi
kerak?” savoli beriladi.
Talabalar adolat tamoyilini
tushunadi.
Rol
o‘yinlari
“Soliq inspektori va tadbirkor” rollari
orqali tekshiruv jarayoni.
Soliq tartibi va qonuniylik
tamoyili mustahkamlanadi.
Case-
study
“Hududda
tadbirkorlik
sust
rivojlanmoqda — sabab nima?”
Hududiy
yondashuv
va
iqtisodiy
asoslanganlik
prinsipi tahlil qilinadi.
Zamonaviy ta’limda talabaning faolligini ta’minlash, uni mustaqil fikrlovchi va
ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida shakllantirish asosiy maqsadlardandir. Ayniqsa,
iqtisodiyot va moliya sohasiga tegishli fanlarda, jumladan “Soliq va soliqqa tortish”
fanida interaktiv metodlardan foydalanish zaruratga aylanmoqda. “Soliqqa tortish
tamoyillari” kabi nazariy jihatdan muhim, amaliy jihatdan esa murakkab mavzularni
chuqur va samarali o‘rgatishda interaktiv metodlar beqiyos ahamiyatga ega.
Shunday qilib, pedagogik jarayonda interaktiv metodlardan maqsadli
foydalanish nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki talabaning kasbiy shakllanishida
muhim omilga aylanadi. Bu yondashuv “bilim berish”dan ko‘ra “bilim yaratilishiga
yo‘l ochish” tamoyiliga asoslanadi. Aynan shunday uslub bilan o‘qitilgan soliq
mutaxassislari kelajakda iqtisodiy islohotlar jarayonida faol va mas’uliyatli ishtirokchi
bo‘lishga qodir bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (so‘nggi o‘zgartirishlar bilan).-T.: Adolat,
2024.
2.
Nurmuratov Q.X., Abdug‘aniyev A.A. “Soliq va soliqqa tortish: nazariya va
amaliyot”. -T.: Iqtisodiyot, 2023.
3.
Tursunov B., Saidov A. “Soliq siyosati va tamoyillari”.-T.: Moliya, 2022.
4.
G‘ulomov S.S., Xudoyqulov U.M. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”.T.:
O‘qituvchi, 2020.
5.
Ahmedova S. “Interaktiv metodlar asosida dars o‘tkazish texnologiyalari”.-T.:
TDPU, 2021.