Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
356
ISSN:3030-3621
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA INSON, SHAXS PSIXOLOGIYASI
IMKONIYATLARI
G‘ulomova Nodira Fozil qizi
Buxoro viloyati Jondor tumani 7-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Jamiyat taraqqiyotida inson bosh omil, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi
hisoblanadi. Uning shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi, tarbiyasi ana
shu jamiyatda yuz beradi. Ushbu maqolada insonning shaxs sifatida shakllanishida
psixologik omillar va ijtimoiy muhitning ahamiyati, shuningdek, shaxs
psixologiyasining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri ilmiy-nazariy
asosda yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, taraqqiyot, psixologiya, sistema, individ, shaxs, sifat,
topshiriq, omil, hissiyot
KIRISH
Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti har qachongidan ham ko‘proq inson omiliga,
uning ruhiy va psixologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Texnologik
yutuqlar, ijtimoiy institutlarning takomillashuvi yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar inson
omilisiz mustahkam ijtimoiy asosga ega bo‘la olmaydi. Inson – bu nafaqat biologik
mavjudot, balki o‘z aqliy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari bilan jamiyatda faoliyat yurituvchi
murakkab sistemadir. Shuning uchun ham psixologiya fani bugun faqat individual
muammolarni emas, balki jamiyat taraqqiyotining omil sifatida inson salohiyatini
chuqur tahlil etishga harakat qilmoqda.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi, unga ta’sir etuvchi omillar va ularning
mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma’lumotlarga ega. Inson dunyoga odam
bo‘lib keladi. Odamning insoniyat vakili sifatida baholanishi bu termin bilan bog‘liq.
O‘qituvchilarning topshiriqlarini tashqi ta’sir natijasida bajargan o‘quvchigina o‘quv
faoliyatining haqiqiy subyekti bo‘la oladi. Har bir individ takrorlanmas sotsial
fazilatlarni mujassamlashtirgandagina u shaxs sifatida shakllanadi.
Psixologiyada shaxs tushunchasi amaliy faoliyat va ijtimoiy munosabatlar
jarayonida hosil bo‘ladigan, individga ta’sir ko‘rsatish darajasi va sifatini
belgilaydigan sotsial fazilatlar tizimi sifatida qaraladi. Shu boisdan, "shaxs bo‘lmagan
individ mavjud bo‘lishi mumkinmi?" degan savol dolzarb hisoblanadi.
Mazkur maqolada jamiyatning rivojlanishida inson va shaxs psixologiyasi
qanday rol o‘ynashi, psixologik imkoniyatlar qanday ochilishini aniqlash, shuningdek,
shaxsning ichki resurslari va ularni ijtimoiy foydali faoliyatga yo‘naltirishning dolzarb
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
357
ISSN:3030-3621
masalalari tahlil qilinadi. Shu orqali biz inson salohiyatining chuqur psixologik
omillarini anglab, uni yanada samarali yo‘naltirish mexanizmlarini ko‘rib chiqishga
harakat qilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shaxs sifatida kamolotga yetmagan individ mavjud bo‘lishi mumkin. Bunga
hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar misol bo‘la oladi. Ammo individning shaxsga
aylanishi uchun qanday omillar kerak? Shaxs haqida gap ketganda rus psixologi S.
Rubinshteynning fikrlari alohida ahamiyatga ega. Unga ko‘ra, odam o‘zidagi
takrorlanmas xususiyatlari bilan individualdir. Uning atrofdagilarga, borliqqa ongli
munosabati, faoliyati shaxs ekanligining dalilidir.
Shaxsning shakllanishi murakkab, uzoq muddatli va tarixiy jarayondir. Shaxs
ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, uni falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya,
etika, tibbiyot va boshqa fanlar o‘rganadi. Shaxsni shakllantirishda muhit, kishilar va
jamiyatning roli juda kattadir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shaxsning strukturasini va rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib, inson
shaxsini loyihalash va uning rivoji uchun samarali sharoitlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Inson shaxsi o‘zini o‘rab turgan sotsial olam bilan faol munosabatda bo‘lishi orqali
shakllanadi. Shaxsning tarkib topishida biologik va ijtimoiy omillar o‘zaro aloqada
bo‘lib, tashqi ta’sirotlarni ichki psixik imkoniyatlarga aylantiradi.
Anatomik-fiziologik imkoniyatlar psixik faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi va
shaxs faoliyatida ifodalanadi. Bu jarayon psixik xususiyatlar va neyrodinamik, sensor-
perseptiv tizimlar orqali shakllanadi. Odam tug‘ilganda nasliy yo‘l bilan faqat
imkoniyatlar bilan dunyoga keladi. Ular faqat ta'lim, tarbiya va muloqot orqali
rivojlanadi. Shu sababli bola ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish orqali o‘z
imkoniyatlarini tarkib toptiradi. Bu jarayon ko‘p vaqt, ba'zida hayotining to‘rtdan bir
qismini talab qiladi.
XULOSA
Odamni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy omillar uning jamiyatdagi
aloqalari, faoliyati va muloqotidir. Odam faqat boshqa kishilar bilan bo‘lgan
munosabatda shaxsga aylanadi. Shaxs bu - faoliyat bilan shug‘ullanadigan, til orqali
muloqot qila oladigan, ongi rivojlangan insondir. Inson har xil guruh va vaziyatlarda
turli rollarni bajaradi.
Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o‘xshamagan
rollarni bajaradi. Ba’zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari
o‘rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo‘ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam
biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo‘lib yurishi mumkin. Ko‘pincha kishi
turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi.Odamning psixik holatlarini
o‘zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog‘liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
358
ISSN:3030-3621
va nisbatan o‘zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o‘zaro
bog‘liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya‘ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsning psixik holati tashqi muhit va ijtimoiy tarbiya bilan bog‘liq. Shaxsning
nisbatan barqaror va o‘zgaruvchan xususiyatlari bir butunlikda namoyon bo‘lib,
dinamik tuzilmani hosil qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. G‘oziev E. Psixologiya. T.: O‘qituvchi, 1999.
2. Anikeeva N.P. Jamoada ruhiy muhit. T.: O‘qituvchi, 1997.
3. Andreeva G.M. Sotsial psixologiya. M.: 2000.
4. Andizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. T.: 2000.
5. Internet materiallari