Mualliflar

  • Do‘sboyeva Saida Xujamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94044

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ajrim o’g’irlik voyaga yetmaganlar nikoh avtoritar tarbiya jinoyat

Annotasiya

Annotatsiya:  Voyaga  yetmaganlar  o’rtasida  jinoyatchilik,  bu-  dolzarb 
muammo, uni hal etish esa zamonaviy jamiyatning asosiy vazifalaridan biri. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

351

ISSN:3030-3621

VOYAGA YETMAGANLAR YOSHLAR OʻRTASIDA JINOYATCHILIKINI

OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Do‘sboyeva Saida Xujamovna

Navoiy viloyati Nurota tumani MMTB ga qarashli

53- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik, bu- dolzarb

muammo, uni hal etish esa zamonaviy jamiyatning asosiy vazifalaridan biri.

Kalit so’zlar:

ajrim, o’g’irlik, voyaga yetmaganlar, nikoh, avtoritar tarbiya,

jinoyat

KIRISH

.

Yoshlik bu - har bir insonning eng go’zal va hissiyotlarga boy davridir. Bu

paytda inson juda ko’p orzular qiladi, o’zining dunyosida yashaydi, hayotni o’zgacha
tasavvur qiladi ya’ni, hayotda sodir bo’ladigan qiyinchiliklardan qochishga urinadi va
bu tufayli ular jinoyat ko’chasiga kirib qolishadi. Bu toifadagi yoshlar Agressiv xulq-
atvor turiga kirishadi ya’ni, ular og’ir vaziyatlardan, muammolardan qochib chiqishadi.
Yunon faylasufi Aristotel aytganidek, “ Yoshlar o’z tabiyatiga ko’ra faol, qiziquvchan
va qat’iyatlidir. Ularni to’g’ri yo’nalishga solish - jamiyatning asosiy vazifalaridan
biridir.” Shu sababli bu ne’matdan foydalanib qolish, o’z xatolarini to’g’irlash, o’zning
bilim salohiyatini oshirish va jamiyatda o’z o’rnini topa olish uchun harakat qilish
kerak.

Voyaga yetmaganlar deganda kimlarni tushunishimiz kerak? “Bolalar huquqlari

to’g’risidagi konvensiya” da 18 yoshga to’lmagan har qanday shaxs bola hisoblandi
ya’ni, ularning huquqlari katta yoshdagilarga qaraganda kamroq bo’ladi. Boshqacha
aytganda ularning huquqlari, erkinliklari va burchlari “Bolalar huquqlarining
kafolatlari to’g’risida”gi qonunda yoki shunga o’xshash qonunlarda kafolatlangan,
chunki, ular bola - o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxslardir.

Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik, bu- dolzarb muammo, uni hal etish

esa zamonaviy jamiyatning asosiy vazifalaridan biri. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Agar farzandlarimizga to’g’ri tarbiya bermasak, har
kuni, har daqiqa uni yurish -turishi, kayfiyatidan ogoh bo’lib turmasak, ularni ilm-u
hunarga o’rgatmasak, munosib ish topib berolmasak, bu omonatni boy berib
quyishimiz hech gap emas” deya takidlagan fikrlaridan yoshlarga qanchalik e’tibor
berilayotganini bilsak bo’ladi.

Ammo, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni

kamayish o’rniga yanada o’sib bormoqda, bu holat eng demokratlashgan va iqtisodiy
rivojlangan davlatlarda ham kuzatilmoqda. Statistikaga e’tibor qaratsak, jinoyatlarda


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

352

ISSN:3030-3621

yoshlarning ulushi: Rossiya fedratsiyasida 33%, Angliyada 35%, Fransiyada 23%,
Ispaniyada 85%, AQSHda 32 foizni, bundan tashqari World Population Review[6]
tashkilotchilari 2023-yilda jinoyatchilik tarajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarning
reytingini e’lon qildi. Eng ko’p Venesuila, Yangi Gveniya va Janubiy Afrika
mamlakatlari, eng past esa Shveysariya, Daniya, Norvegiya, Yaponiya, Yangi
Zellandiya mamlakatlari, chunki bu mamlakatlarda samarali huquq tartibot organlari
mavjud. Bu reytingda O’zbekiston 33,42 foiz bilan 99-o’rinda, chegaradosh
mamlakatlarimiz: Qozog’iston 53,77 foiz bilan 40-o’rin, Qizg’iziston 56,87 foiz, 31-
o’rin va Avg’oniston esa 4-o’rinni egalladi. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan
huquqbuzarliklar davlatning rivojlanmasligiga sabab bo’luvchi, islohatlarga to’siq
bo’lishi, balki, o’sib kelayotgan yosh avlodga ham ta’sir qiladi. Chunki, voyaga
yetmaganlar xulq -atvorining o’zgarishiga yonidagi do’stlarining xatti-harakatlari,
oiladagi ijtimoiy muhit, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi jarayonlar ta’sir qiladi.

Muhokama va natijalar:

O’zbekistonda besh yil ichida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 4,4

barobar oshganini kuzatish mumkin. Yil davomida:

Tovlamachilik 70%
Bezorilik 60%
Qastdan badanga shikast yetkazish 40%
Nomusga tegish va odam o’ldirishga urinish 20% ko’paydi.
Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishini asosiy sabablarini o’rganadigan

bo’lsak, o’z bolasiga befarq ota-onalar sonining o’sishini keltirib o’tsak bo’ladi.Chunki
har bir bola tarbiyani o’z oilasida oladi, ularni jinoyat yo’liga kirishiga ham asosiy
sabab bu - oilaviy muhit. Ayrim ota-onalar farzandining maktabdagi ta’limidan xabar
olmaydi, maktabdan tashqari nima bilan shug’illanishi, kimlar bilan birga yurishi,
bo’sh vaqtini qanday o’tkazishlari haqida qiziqishmasliklari, aniqrog’i ular
farzandining tarbiyasiga befarq.

Farzandni tarbiyalashda e’tibor va nazorat muhim rol o’ynaydi. Agar oiladagi

muhit yaxshi bo’lmasa bolalar yomon atrof – muhit ta’siriga tushib qoladi, noqonuniy
harakatlarni ham to’g’ri deb hisoblaydi, maktabga yoki jamiyatga bo’lgan qiziqishi
pasayadi va jinoyat yo’liga chorlaydigan do’stlari safiga qo’shiladi. Bu toifadagi
yoshlar nima uchun jinoyat sodir etishadi? Ota -ona tomonidan beriladigan mehir
yetishmasa, oiladagi ijtimoiy ta’minot yetishmasa ( bola o’zini kamsitilgan,
chetlashtirilgan deb his qiladi ). Ko’pchilik yoshlar o’z ehtiyojlarini qondirish
maqsadida va oilasiga yordam qilishni istab, o’g’irlik sodir etishadi, yoki kambag’allik
sababli stress, tushkunlik va norozilik hissi kuchayadi bu esa jinoyatga moyillikni
kuchaytiradi. Ijtimoiy taminot yetishmasligi tufayli ular ta’lim olishaolmaydilar bu
degani yaxshi maoshli ishda ishlamasliklarini anglatadi, shu sababli ular oson pul
topish yo’llariga o’tishadi. Aksincha,ko’pchilik yoshlar to’qchilik orqali yengil


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

353

ISSN:3030-3621

hayotga odatlanishadi, qimor, spirtli ichimlilar iste’moli, narkotik moddalar va boshqa
zararli odatlar.

Ota-onaning jinoyatga aloqadorligi tufayli yoki avtoritar tarbiya – haddan

tashqari qattiqqo’llik va jazolash, bu xattiharakatlar tufayli bola isyonkor,
huquqbuzarlikka moyil bo’ladi. Beparvolik ya’ni ota-ona farzandi hayotiga
aralashmaydi, shu sababli voyaga yetmaganlar kafe, bar, tungi klub, kompyuter
zallarida ko’ngilochar joylarda kechki vaqtlarda yurishadi, bu esa yoshlar jinoyatchilik
sodir etishga sabab bo’lmoqda.

Fransuz faylasufi Jean – Jacques Rousseauning fikricha, “Yoshlarni tarbiyalash-

bu ularga hayotni o’rgatishdir. Agar biz yoshlikni to’g’ri yo’naltirsak, kelajak
jamiyatni to’g’ri yo’naltiramiz”. Shu sababli qonunni buzishga moyil, jamoat tartibini
buzgan, jinoyat qilgan voyaga yetmaganlar haqida surishtirilganda ular yetim yoki ota
– onasi ajrashgan. Chunki, hozirda nikoh soni kamayib, ajrimlar soni ancha oshganini
kuzatish mumkin, bu ajrimlar orqali ko’plab bolalar ota-ona mehridan ancha yiroq va
ular ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Axborot texnalogiyalar rivojlangan bir paytda, yoshlar ko’rishi taqiqlangan

vediolar, kino va filmlar, turli xil zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi o’yinlar kampyuter,
ijtimoiy tarmoqlar va jinoyatni targ’ib qiluvchi kontentlar voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligini ko’payishiga ta’sir qilmoqda.

Bu jinoyatlarni olsini olish uchun ko’plab chora-tadbirlar ko’rilmoqda Misol

uchun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev AQSHning Nyu-York shahrida 2017-yil
bo’lib o’tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72sessiyasida
“Yoshlar huquqlari to’g’risida xalqaro konvensiya”ni qabul qilishni taklif qildi.
Voyaga yetmaganlar bilan shug’illanuvchi ichki ishlar, bolalar ishlari bo’yicha
kommessiya, vasiylik homiylik organlari, yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy
bo’linmalari, sog’liqni saqlashni boshqarish organlari va sog’liqni saqlash
muassasalari, ta’lim muassasalari bu borada yakka tartibdagi profilaktika ishlarini,
oiladagi muhitni ta’minlash bo’yicha ko’plab dasturlarni amalga oshirmoqda.Voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy -huquqiy yordam ko’rsatish markazlari 3 yoshdan 18
yoshgacha yoshlarni ya’ni nazoratsiz va qarovsiz qolgan, yetimxonalardan qochgan
voyaga yetmaganlarga har tomonlama ta’minot beradi.

“ Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’illanuvchi komissiyalar faoliyatini

takomillashtirish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunlar tufayli voyaga
yetmaganlarning soat 22:00dan keyin kompyuter klublarida, 23:00dan keyin otaonasiz
ko’chada bo’lishlari taqiqlandi. Bu esa voyaga yetmaganalr orasida bezorilik va baxtsiz
hodisalarni kamayishiga yordam beradi.

XULOSA

Germaniya Fuqarolik kodeksining 1566-moddasiga ko’ra, agar turmush

o’rtoqlar bir yil davomida alohida yashagan bo’lsa va har ikkala tomon ajralish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

354

ISSN:3030-3621

to’g’risida ariza bergan bo’lsa yoki javobgar ajralishga rozi bo’lsa muvafaqiyatsiz
bo’ladi ya’ni ajralish uchun sabab topilmaydi. Agar bu muddat uch yil davomida
alohida yashasa va ajralishga o’zaro rozi bo’lsagina ajratiladi, shu sababli bu
davlatlarda ajralish soni kam, O’zbekiston qonunlarida esa 6 oy davomida birga
yashamasa va o’zaro ajralishga rozi bo’lsa FHDY organlarida ajrashtirib yuboriladi.
Mening taklifim bo’yicha, agar er-xotin uchun ajralish qoidalarini bir yil uzaytirsak,
ajralish qiyinlashadi, sababsiz ajralishlar soni kamayib, o’rtadagi farzandlar tarbiyasiga
e’tibor beriladi.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekisning 47-moddasida [9] ota- onalar

va ularning o’rnini bosuvchi shxslar bolalarning tarbiyasiga e’tibor bermasa ularga
nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha jarima
yoki bir yil davomida takror sodir etsa besh baravaridan baravarigacha jarima
qo’llaniladi lekin, bu amalda ko’p qo’llanilmaydi shu sababli bu boradagi faoliyatni
kuchaytirish kerak. Ya’ni,maktab, ko’chada voyaga yetmaganalar tomonidan
qilinadigan jinoyatlar aniqlansa ularning ota-onalariga qonuniy chora ko’rilishi yoki
maktabda bolalarning ta’limiga befarq va jamoat joylarida tilamchilik qilib yurgan
voyaga yetmaganlarning ota-onalarini javobgarlikka tortish kerak. Bu tufayli ko’p
sonli ota-onalar boalalari taqdiriga befarq bo’lmaydi.

O’zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olishda maxsus sud

tizimi yaratish kerak deb hisoblayman. Ya’ni, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etiladigan jinoyat va huquqbuzarliklarni ko’ruvchi maxsus sud tizimi. Bu orqali
yoshlar bilan ishlashga ixtisoslashgan sudyalar va prokurorlar adolatli qarorlar
chiqarishda ancha muvaffaqiyatli bo’lishadi. Maxsus sud tizimi yoshlarni qamoqqa
tashlash o’rniga, ularni tarbiyalash, jamiyatga qo’shish va foydali faoliyat bilan
shug’illanishga yo’naltirish imkonini beradi. Chunki voyaga yetmaganlar sodir etgan
jinoyatlar uchun qamoq, ozodlikdan maxrum etish kabi javobgarlik choralari
qo’llaniladi, oqibatda ular tarbiyalanish o’rniga ruhiy Zarar ko’radi. Bu yoshlar bilan
shug’illanuvchi maxsus sud tizimi bu muammolarni oldini olishga yordam beradi.

Norvegiyada yoshlar jinoyatlari uchun maxsus sud tizimi yaratilgan bu yoshlar

jinoyati bo’yicha kengash voyaga yetmaganlarga taalluqli ishlar bo’yicha hay’atni
maxsus tayyorgarlikdan o’tgan sudya boshqaradi. Huquqbuzarliklarni oldini olish
uchun professional shaxslar, ekspertlar jalb qilinadi.

AQShda voyaga yetmaganlar sudi bu qarovsiz yoki zo’ravonlikka uchragan

bolalarning muammolarini ko’rib chiqadi. Sud ikki turdagi ishlarni ko’rib chiqadi:
fuqarolik ishlari va bolaning g’ayriijtimoiy xatti-harakatlaridan kelib chiqadigan jinoiy
ishlarni. Bu turdagi sudlar hozirda Yevropa, Lotin Amerikasi, Isroil, Yaponiya va
boshqa mamlakatlarda mavjud lekin tuzilmasi va tartibi turlicha. O’zbekistonda
voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha sudlar mavjud, lekin ular umumiy sud tizimi
ichida faoliyat yuritadi. Agar sud tizimi yaratilsa, yoshlar bilan ishlovchi tergovchilar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

355

ISSN:3030-3621

advokatlar va sudyalar ham yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda samaraliroq
ishlashadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda oilaviy

institutlarni shakllantirish, mahalladagi profilaktika inspektorlari ota-onalar bilan
psixalogik treninglar ( farzandlar tarbiyasiga zamonaviy yondashish, farzandlar uchun
stressni boshqarish va salbiy muammolardan tez chiqib ketish bo’yicha maslahatlar )
o’tkazish kerak. Chunki, huquqbuzarlilarni oldini olishda o’smirlarning huquqiy
savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish juda muhim.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

1.

O’zbekiston Respublikasi qonuni. Bolalar huquqlari kafolatlari to’g’risida. 2008-
yil 7-yanvar, N ZRU-139. 3-modda // O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
to’plami, 2008,

2.

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar // Daryo.uz.-2025-yil 20- fevral.-
URL

3.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 1994-yil 22-sentabr, 17-modda//

4.

O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to’plami, 1994,

5.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 1998-yil 30-aprel, 15-modda. Lex.uz.
URL:

https://lex.uz//docs/89629

6.

Dunyo aholisi statistikasi // World Population Review.-2025-yil 20-fevral.-
URL:https://worldpopulationreview.com/ (23.02.2025)

7.

O’zbekistonda sud-huquq islohatlari // Gazeta.uz.-2025-yil 20-fevral.

8.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

O’zbekiston Respublikasi qonuni. Bolalar huquqlari kafolatlari to’g’risida. 2008-

yil 7-yanvar, N ZRU-139. 3-modda // O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari

to’plami, 2008,

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar // Daryo.uz.-2025-yil 20- fevral.-

URL

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 1994-yil 22-sentabr, 17-modda//

O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to’plami, 1994,

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 1998-yil 30-aprel, 15-modda. Lex.uz.

Dunyo aholisi statistikasi // World Population Review.-2025-yil 20-fevral.-

O’zbekistonda sud-huquq islohatlari // Gazeta.uz.-2025-yil 20-fevral.

Internet materiallari