Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
339
ISSN:3030-3621
SALBIY EMOTIONAL HOLATINING KECHIRILISHI VA PSIXOLOGIK
SALOMATLIKKA TAʼSIRI
Buranova Gulnoza
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Amaliy psixologiya yoʻnalishi 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Bu maqolada salbiy emotsialarning inson hayotida paydo boʻlishi,
salbiy emotsional holatdagi harakatlar va inson salomatligiga qanday taʼsir qilishi
haqida batafsil maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan.
Kalit soʻz:
Emotsiya, hissiyot, qoʻzgʻalish, tormozlanish, refleks, ruhiy holat,
emotsional vaziyat, refleks
Insonlar kundalik hayotda ijtimoiy jamiyatda har xil koʻngilli va koʻngilsiz hodisa
va voqealarga duch keladi. Bu holat qanday ekanligiga qarab odamlarga har xil taʼsir
qiladi. Bunday voqealar insonlarni ijobiy va salbiy emotsiyalarni paydo boʻlishiga
sababchi boʻladi.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi
yoki mahsuli boʻlib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va
jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy
sababchidir. Oʻzgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining
jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo
bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional
holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. [1.93]. Emosiyalarning oʻzi insonlarning
hayotiga taʼsir qiladigan qandaydir bir oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladi. Bu
voqeaaning quvonchli , kutilgan yoki kutilmagan holatiga qarab hissiyot birinchi signal
tizimi sifatida miyaga xabar berib emotsiyalar yuzlarning oʻzgarishiga va holatiga
qarab ijobiy yoki salbiy emotsiyalarni ajrata olamiz Salbiy emotsional holatlar albatta
insonning hayotiga birdaniga va kutilmagan holatda va bu odamning hayoti yoki
holatiga mos kelmagan hamda noxush va qiyin vaziyatlarni barpo etuvchi voqealar
boʻlganida yuz beradi. Salbiy emotsiyalar (masalan, gʻazab, qaygʻu, qoʻrquv, hasad,
ranjish) insonning psixologik va biologik holatiga bogʻliq holda yuzaga keladi. Ular
quyidagi omillar orqali paydo boʻlishi mumkin:
1. Tashqi omillar: Noqulay holatlar, salbiy voqealar (yoʻqotish, zoʻravonlik,
tanqid, rad etilish) emotsional javobni keltirib chiqaradi.
2. Ichki fikr va qarashlar: Biror vaziyatga qanday yondashuvimiz, uni qanday
talqin qilishimiz emotsiyalarimizni belgilaydi. Masalan, xato qilganimizda "Men
yaramayman" degan fikr qaygʻuni keltirishi mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
340
ISSN:3030-3621
3. Oʻtmishdagi tajribalar: Ilgari boshdan kechirilgan travmalar yoki salbiy
tajribalar hozirgi holatlarga boʻlgan sezgirlikni oshiradi.
4. Gormonlar va miya faoliyati: Neyrotransmitterlar (masalan, serotonin,
dopamin, kortizol) darajasi emotsional holatga taʼsir qiladi.
5. Ijtimoiy omillar: Yaqinlar bilan muammo, yolgʻizlik yoki ijtimoiy bosim
salbiy emotsiyalarni kuchaytirishi mumkin.
Yoqimli emotsiyalar, masalan, baxt va quvonch insonning jismoniy
salomatligini yaxshilaydi, stressni kamaytiradi va immun tizimini mustahkamlashga
yordam beradi. Aksincha, doimiy salbiy emotsiyalar depressiya, xavotir, va uzoq
muddatli stressni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa yurak xastaligi, qon bosimi
muammolari va boshqa jismoniy kasalliklar bilan bog'liqdir.
2. Ijtimoiy munosabatlarga ta'siri: Emotsiyalar shaxsning ijtimoiy hayotiga ham
ta'sir qiladi. Ijobiy his-tuyg'ular odatda yaxshi ijtimoiy aloqalarni o'rnatishga yordam
beradi, odamlar bilan samarali muloqot qilish va mehr-oqibatni kuchaytiradi. Salbiy
emotsiyalar esa ijtimoiy ajralishlarga, yakkalanishga va o'zaro tushunmovchiliklarga
olib kelishi mumkin.[2.88]
Emosiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko’rsatadilar. Tajribada qo’sh
(juft) markazlaridan birida elektrod bilan shosil qilingan qo’zg’alish eshtiyojdan kelib
chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emosiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos.
Ba'zida yondosh joylashgan markazlarda qo’zg’olish tarqalgan bo’lsa, u holda
ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro’yobga chiqadi. Hartli ravishda nomlangan
markazlar (roshatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil
tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma'lumotlarning ko’rsatishicha, "azoblanish"
markazlari miyaning turli bo’limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan
boshqariladi.[3.131].
Xulosa oʻrnida shuni aytamanki Salbiy emotsiyalar uzoq davom etsa yoki
e’tiborsiz qolsa, quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:Depressiya va tashvish
(anksiyete) kasalliklari. O‘z-o‘zini qadrlash darajasining pasayishi. Yomon odatlarga
(giyohvandlik, ortiqcha ovqatlanish) moyillik. Uyqu buzilishlari. Ijtimoiy chekinish va
munosabatlar buzilishi. Salbiy emotsiyalarni "kechirish" bu ularni bostirish emas,
balki: Ularni tan olish va anglash, ularni boshqarish usullarini o‘rganish, uzoq davom
etadigan salbiy his-tuyg‘ularni kamaytirish yoki ijobiylarga almashtirish, shunda inson
o‘zini engillashtiradi, ichki muvozanat tiklanadi va ruhiy salomatlik yaxshilanadi.
Salbiy emotsiyalardan chiqish usullari
Psixologik maslahat yoki psixoterapiya
Yozish: kundalik yuritish, his-tuyg‘ularni yozib borish
Meditatsiya va nafas mashqlari
Jismoniy faoliyat: sport, sayr qilish
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: do‘stlar, oila bilan muloqot
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_4-to’plam_May -2025
341
ISSN:3030-3621
Ijodkorlik: musiqa, rasm, adabiyot orqali ichki holatni ifoda etish. Har bir inson
goʻzal va takrorlanmas hayotini ijobiy emotsiyalar va quvonchli lahzalar bilan yashashi
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Umumiy psixologiya. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan о‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan. Toshkent -2018.
2.
Emotsiyalarning shaxs faoliyati va hayot sifatiga psixologik taʼsiri. Dostanova
Kamola Alisher qizi. https://doi.org/10.5281/zenodo.15264488
3.
E.G’OZIYEV UMUMIY PSIXOLOGIYA. Psixologiya mutaxassisligi uchun
darslik. Toshkent - „Universitet“-2002