Mualliflar

  • Metinboyeva Zuhraxon Mirqo’zi qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94058

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Nurali Qobul hikoya struktura syujet badiiy tahlil.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  Nurali  Qobilning  hikoyalari  struktural  tahlil 
asosida o’rganiladi. Unda muallifning uslubi, syujet qurilishi, obraz yaratish mahorati 
hamda badiiy vositalardan foydalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

279

ISSN:3030-3621

NURALI QOBUL HIKOYALARINING STRUKTURAL TAHLILI

Metinboyeva Zuhraxon Mirqo’zi qizi

Farg’ona Davlat Universiteti filologiya fakulteti

zukhraxon182@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Nurali Qobilning hikoyalari struktural tahlil

asosida o’rganiladi. Unda muallifning uslubi, syujet qurilishi, obraz yaratish mahorati
hamda badiiy vositalardan foydalanish xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Nurali Qobul, hikoya, struktura, syujet, badiiy tahlil.

Аннотация:

В статье проводится структурный анализ рассказов Нурали

Кобила. Рассматриваются особенности стиля автора, построение сюжета,
мастерство создания образов и использование художественных средств.

Ключевые слова:

Нурали Кобил, рассказ, структура, сюжет,

художественный анализ.

Annotation:

This article provides a structural analysis of Nurali Qobil's short

stories. It examines the author's style, plot development, character creation, and use of
literary devices.

Keywords:

Nurali Qobul, short story, structure, plot, literary analysis.

Nurali Qobul

1950-yilning 2-yanvarida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi

Usmat qishlogʻida

tugʻilgan. Oliy taʼlimdagi hayoti Mirzo Ulugʻbek nomli

Fargʻona

davlat pedagogika instituti t

arix fakulteti bilan bogʻliqdir. Jizzax shahridagi Bobur

nomli 22-oʻrta maktabda tarix fanidan dars beruvchi

oʻqituvchi, (

1969—

1970),

„Gʻalaba bayrogʻi“

gazetasida

tahririyat boʻlim boshligʻi (1971—

1973),

„Jizzax haqiqati“

gazetasida muxbir (1973—1976),

“Sovet Oʻzbekistoni

sanʼati“

jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1977—1986),

“Yulduzcha“

nashriyotida bosh muharrir, direktor (1987—1996) kabi vazifalarda

xizmat qilgan.

Nurali Qobulning „Oyqor“ nomli birinchi qissasi 1978-yilda nashr etildi.

Shundan soʻng, uning „Salom, togʻlar“ (1979), „Tubsiz osmon“ (1981), „Yashash
uchun

kechikma“, „Kaptarlar

qaytmagan

kun“ (1983), „Unutilgan

sohillar“ (1988), „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ (1992), „Yetti iqlim xoqoni yoxud
ahd va taxt“
(2013) kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, „Odam, Oyqor togʻ va
daydi shamol“
(1980) nomli sheʼriy ertagi, „Vatandan yaxshi yor boʻlmas“ nomli
publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi. Yozuvchi hamda shoirlik
istʼedodlaridan foydalangan ijodkor 7 kitobdan iborat tarixiy-siyosiy mavzuga
doir roman-pamflyot ham yaratgan. Roman-pamflyot tarkibiga quyidagi kitoblar
kiradi:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

280

ISSN:3030-3621

„Sukut suiqasdi, yohud Stalindan Saddamgacha“

„Sukutdan soʻnggi suiqasd, yohud Chingizxondan Cherchilgacha“

"Tavqi laʼnat tamgʻasi (2019)

„Dordan qochgan daho“

„Stalinning super jallodi“

„Stalinning super josusi“

„Davlat toʻntarishi“.

Ijodkor tarjimon sifatida Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz

yili“ romanini, Chingiz Aytmatovning „Bolaligim“ asarini oʻzbek tiliga mohirona
tarzda oʻgirgan.

Hikoya

badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda

etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda
h i k o ya f o l k l o r a s a r l a r i t a r k i b i d a b a yo n u n s u r i b o ʻ l i b i s h t i r o k e t g a n .
Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida
hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho „Dekameron“ asari
bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta
hikoyasi berilgan.Gi de Mopassan (fransuz), O.Genri (amerikalik), A. P.
Chexov
(rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) hikoya janrining asoschilari
h i s o b l a n a d i . Y e v r o p a a d a b i y o t i d a h i k o y a

n o v e l l a

d e b h a m a t a l a d i .

Badiiy asar – betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni o´qish,

o´zlashtirish yo´rig´í, yo´sini, qoidasi strukturalizmdir. Struktura – asarning badiiy–
estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan o´rganish, uqish mumkin. Xaritada
ranglar, belgilar aniq o´lchamlar vositasida o´z ifodasini topadi. Badiiy–strukturaviy
xarita semiotik nuqtalarning joy–joyiga qo´yilishi, semiologik mohiyatning yoritilishi
nuqtai nazaridan tuziladi. Semiotik nuqta, semiologik markazlar duch kelgan joyda
emas, asarning góyasi, maqsadi nuqtai nazaridan aniq belgilangan o´ringagina
qoýiladi. Davrimizning donishmand ijodkorlaridan biri Fozil Iskandar iste´dod nima
degan savolga bunday javob beribdi: ¨Iste´dod–adabiyot maydoni birligida kitobxon
bilan tutashadigan aloqa nuqtalari miqdori¨. Iste´dodning shoirona ta´rifini strukturaga
nisbatan ham qo´llash mumkindek tuyuladi: ¨Strukturada – badiiy matn to´qimasi
birligida o´zaro tutashadigan, bosh g´oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik
nuqtalar, semiologik markazlar miqdoridir¨.

Struktura tugallikni, yaxlitlikni, semiotik nuqtalar aniqligini, semiologiya

markazlarining mutanosibligini taqozo qiladi. Kattadir, kichikdir, she´riydir, nasriydir,
dramaturgikdir – barcha asarlarda o´ziga xos tugal struktura bor.

Strukturalizm – badiiy asarni o´zlashtirish. Badiiy asar 7ta katta qismdan iborat:
1.

Uslub.

2.

Janr.

3.

Sarlavha.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

281

ISSN:3030-3621

4.

Ilk jumla.

5.

Semiotik nuqtalarni belgilab olish.

6.

Matnning semiotik mohiyatini belgilash, yetiltirish.

7.

Tugallanma.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda struktural tahlil amalga oshiriladi. Quyida

Nurali Qobil hikoyalaridan ayrimlarining tahlilini keltirib o´tamiz.

Nurali Qobilning qator hikoyalarida bolalik xotiralari yoritib berilgan.

Hikoyalarida tabiat tasviri go´zal tasvir vositalaridan foydalanilgan holda tasvirlangan.

Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning har biriga

xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq individualligi, obrazliligi bilan har bir
shaxsning dunyoqarashini, tajribasini, xulq-atvorini, ma’naviyatini, salohiyatini,
boringki, butun borlig‘ini mubolag‘ali va ishonchli qilib ochib berishi – ko‘rsatishi
lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo‘yi basti(ruhiy kayfiyati, histuyg‘ulari
ham) aks etadi, shuning uchun ham so‘z – xarakter ko‘zgusi sanaladi. Personaj nutqi
dialog va monolog vositasida voqe bo‘ladi. Monolog (gr. monos – bir va logos – so‘z,
nutq) badiiy asardagi qahramonning o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu
nutq, odatda, qahramonlaming ichki iztirob va dardlarining “po‘rtanalari”,
“to‘lqinlari”ni ifoda qiladi. Yozuvchining “Do‘stimmurod bobo” hikoyasida ”bir to‘p
aft-angori changga belangan qishloq bolalari kuniga ikki marta bo‘lmasayam bir marta
qorin to‘ygulik darajada meva-cheva o‘g‘irlardik. Bog‘-u roqqa serob qishlog‘imizda
buning uchun bizni hech kim jiddiy tergamas, enamning odamning umr bo‘yi qiladigan
savob ishlarini qayd etib yuradigan o‘ng yelkasidagi va gunohlarini yozib yuradigan
chap yelkasidagi farishtalar haqidagi haqidagi gaplariga esa hayiqmay qolgan edim”.
Bola tilidan aytilgan ushbu monologik nuqtda bolalar har kuni emas faqat bir kunda
bir marotaba o‘g‘irlik qilishlari aytilgan. Bu bolalarni qishloqcha samimiyligini, to‘g‘ri
so‘zliligini anglatadi. O‘g‘irlaganda ham ko‘p emas “qorin to‘ygulik” daraja o‘girlik
qilishlari aytilgan.Ushbu nuqt orqali yana shuni anglash mumkinki, nutq egasini endi
yosh bola emas kattaroq bola bo‘lib qolganini quyidagi jumla orqali bilishimiz mumkin
enamning odamning umr bo‘yi qiladigan savob ishlarini qayd etib yuradigan o‘ng
yelkasidagi va gunohlarini yozib yuradigan chap yelkasidagi farishtalar haqidagi
haqidagi gaplariga esa hayiqmay qolgan edim. Bola endi yosh bola emas biroz
ulg‘aygan, buvising har qanday gapiga ishonib ketadigan bola emas balki bolaning
ruhiyati ham shaxsiyati ham shaklanish davrida ekanligini birgina bola tilidan aytilgan
monologik nutq orqali sezishimiz mumkin. Yozuvchi hikoyalarida monologik nutq
turidan keng foydalangan hikoyalarda asosan bola tilidan so‘zlaydi. Dialogik nutq
turidan foydalanganida, asosan, bola va keksalar o‘rtasidagi suhbatlardan foydalangan.
Yozuvchi nutq orqali o‘sha davr siyosiy tuzumi, xalq kayfiyati, qahramonlar ichki
dunyosi, holat va hissiyotlari ochib berishga uringan. Insonlar qiyofasidagi ma’naviy
o‘zgarishlarni ham sezish mumkin. Hayot hukmi nomli hikoyada brigadr va direktor


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

282

ISSN:3030-3621

o‘rtasidagi dialogik nutq orqali sezish mumkin: – Rahmat, uka, yoshlarni
rag‘batlantirish kerak, menga nimani lozim ko‘rsangiz, mayli, ishlayveraman, lekin bu
brigadada ishlay olmayman. – Hali, umuman, cho‘l havosi sog‘lig‘imga to‘g‘ri
kelmadi, deb Bahmalga ko‘chib ham ketarsiz? – ovozini balandlatdi direktor. –
O‘rninggizga odam yo‘q.Bizdan ham ishni so‘raydiganlar bor. – Bitta brigada
boshlig‘ini topish u qadar qiyin emasdur, uka. Hisobchimiz Eshmirzani qo‘ysangiz
ham bemalol eplaydi. Besh yil bo‘ldi hisobchilik qilayotganiga. O‘zim yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatib turaman. – Ishlashni xohlamagan odamning yo‘l-yo‘rig‘i kimga kerak? –
Unda o‘zingiz bilasiz. Lekin men ishlay olmayman. – ovozi titrab ketdi Xolboy
akaning. –Unda partiyabiletni ham stol ustiga qo‘yishga to‘g‘ri keladi. –Partiyabiletni
menga siz berganingiz yo‘q. –Lekin, qaytarib olishim mumkin. –mayli, mana, ariza,
Hozircha brigadirlikni olib turing. Ushbu dialogik nutqda ikki bolasini qabrga qo‘ygan
ota va faqat shahardan keltirilgan buyruqlarni bajarishni biladigan rahbar suhbati
keltirilgan. Hikoya qahramoni Xolboy Mirzacho‘lni obod qilishda qatnashgan birinchi
insonlardan. Xolboy aka uzoq yillar davomida cho‘lda mehnat qildi. Cho‘lni obod
qildi, shu yillar oralig‘ida ikki farzandidan ayrildi. Har tong dala yerlariga tutashib
ketgan qabriston oldidan o‘tar ekan yarasi yangilanaverdi. Direktordan ruhsat so‘rash
uchun kirganida o‘ziga nisbatan taqiq qo‘yildi, yani o‘sha davrning mafkurasi uchun
xizmat qilgan “partiyabilet”ni olib qo‘yish bilan dag‘dag‘a qilindi. Nurali qobul
hikoyalariada shuni anglash mumkinki hikoyalarda faqatgina bola va bobo suhbati,
qushlar, tabiat tasviri,bolalik xotiralaridan iborat emas. Hikoyalarda turli insonlar
taqdiri siyosiy hayot manzalarini ko‘rish mumkin. Xolboy akaning nutqidan keltirilgan
monologik nutqda o‘sha davr rahbarlarining ma’naviy qiyofasi ochib berilgan “…Sen
xalq uchun jonini jabborga beradigan, odamlar yuragini ochib, sitqidildan yaxshi
ko‘radigan, rahbar emassan! Kishilar sendan hayiqganidan, sen bilan teng bo‘lishni
o‘zlariga ep ko‘rmaganidan, gapingni ikki qilishsa, ishlari yurishmasligi uchun,
qolaversa, orqangda “tog‘laring” borligi uchun aytganingni qilishadi…[2,64]
Yozuvchining Shikoyat nomli hikoyasi qahramonlarning nutqida o‘sha davr
boshliqlarning ma’naviy qiyofasini yana bir bor ko‘rishimiz mumkin. Hikoyaning
boshlanishi tugun qismdan (Yozuvchi hikoyalarining aksar qismi xuddi shunday
tugundan boshlanadi) boshlanadi. JEK1 boshlig‘i Turdiyevga ko‘p qavatli uylarning
birida istiqomad qiluvchi fuqaroning uyida qo‘y boqilyotganligi haqidagi shikoyat xati
kelib tushganidan hikoyaning sujet qismi boshlanadi. Hikoyada bunday muammoni
qanday hal qilish voqealar rivojini davom ettiradi. –Ey! Sen qo‘ng‘iz mo‘ylovli terak!
Ishlaysanmi, yo‘qmi? Odammisan o‘zi? Nega aytganni qilmaysan? To‘rtta familyani
yozib kiritishga ikki kun ketadimi? A? Ayt-chi? Ijroko‘mdagilardan oladiganimni
oldim-ku? – O‘shqirdi boshliq boshliq Qodirqulovga. –Orifjon Turdievich!Avval meni
tinglang, avval meni tinglang, – derdi bosh injener Turdievichning gapini bo‘lib.[2,67]
Ushbu dialogik nutq yozuvchining obrazlar qiyofasini ochib berishda katta ahamiyatga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

283

ISSN:3030-3621

ega. Olimjon Turdievichning qayta qayta savol bilan Qodirqulovga o‘shqirishi
boshliqning qattiq jahli chiqqanligini anglatadi. Rahbar qanchalik jahldor bo‘lmasin,
qanchalik achchiqlangan bo‘lmasin, Qodirqulovning gapga chechan ustamon rahbarlar
bilan qanday muomala qilishni biladigan inson ekanligini uning nutqida anglash
mumkin. Masalan, Orifjon Turdievich! Avval meni tinglang, avval meni tinglang so‘z
birikmasining takrori orqali qahramonning qay darajada ayyor, o‘z ishining ustasi
ekanligini yozuvchi mahorat bilan ko‘rsata olgan. Hikoyada yana bir e’tibordan chetda
qoladigan bir jihat bor bu narsa hikoya qahramonlaridan biri “Qodirqulov”ning
nomlanishi bilan bog‘liq. Nomga etibor qaratsak qodir+qul so‘z qo‘shilmasi chiqadi
bu jihat ham yozuvchining qahramoni qay darajada ayyor ekanligini ko‘rsatib berishga
yordam beradiotish uchun idora xodimlaridan komissiya tuzish kerakligi yuklatilgan
edi. Lekin Qodirqulov buni o‘z vaqtida bajara olmaydi. –Sizdek mo‘tabar insonning
topshiriqlarini bajara olmaganimdan yuzim shuvut bo‘lib oldingizga kira olmay
o‘tirgandi – g‘uldiradi Qodirqulov. Qodirqulovning nutqidan boshliqqa nisbatan
Sizdek mo‘tabar insonning degan jumlaning keltirilishi qanchalik ustamon odam
ekanligini ko‘rsatadi. –Invalidroq chol ekan, sekinroq chiqyapti, –deb qaytib keldi
Qodirqulov. –O‘zi invalid-u tag‘in qo‘y boqqaniga balo bormi? –qo‘shib qo‘ydi
ishxonada nima ish qilishini hech kim aniq bilmaydigan Berdiyorova. Yozuvchi o‘zi
yozgan hikoyalarida obrazlarga tarif berib o‘tirmaydi. Qahramonlar qiyofasi ularning
nutqi va yozuvchining nutqidan bilib olishimiz mumkin. Xuddi shunday
Berdiyorovaga berilgan tarif …qo‘shib qo‘ydi ishxonada nima ish qilishini hech kim
aniq bilmaydigan Berdiyorova. Shu birgina jumlada Berdiyorovani qanday xodim
ekanligini sezib olish qiyin emas. Qurilish idorasida nima ish qilishini bilmay yurgan,
ishga bo‘lsa qandaydir kimsalar oraqli joylashib olgan hamshiraning qiyofasi ochib
berilgan.

Shuningdek, ijodkorning yana bir hikoyasi ¨Qaytish¨ni ham tahlil qiladigan

bo´lsak, bu hikoyada ham personajlar nutqi orqali ularni xarakteri, fe´l– atvori ochib
berilgan. Hikoya qahramoni agranom Saidqul akaning yigirma yil avval tark etgan
qishlog´iga qaytayotgandagi hayajoni, yo´l – yo´lakay bolalik xotiralarini yodga olish
jarayoni

bilan

boshlanadi.

Barlostepaga

yongóq

ekmoqchiligi

haqida

Tilabovga(o´rmon xo´jaligi direktori) aytish jarayonida ham Saidqul akaning ko´ngli
ochiq inson ekanlgi uning nutqidan sezilib turadi.

Xulosa qilib aytganda, Nurali Qobil hikoyalarida nutqning turli shakllaridan

foydalanish orqali qahramonlar xarakteri, portreti, fe’l-atvori mahorat bilan ochib
berilgan. Yozuvchining qator hikoyalarida bolalik xotiralari yoritib berilgan.
Hikoyalarni o‘qish jarayonida yozuvchining o‘z shaxsiy “meni” duyoqarashi,
insoniyligi, pokligini bilib olishimiz mumkin.

Adabiyotlar ro´yxati:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_4-to’plam_May -2025

284

ISSN:3030-3621

1.

Karimov. Barkamol avlod orzusi. –Toshkent: ¨Sharq¨ nashriyot–matbaa kontserni
bosh tahririyati. 1999.

2.

H. Umurov. Badiiy ijod mo´jizalari. –Samarqand: ¨Samarqand¨, 1992.

3.

Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san´at
nashriyoti, 2001.

4.

Sulton. Adabiyot nazariyasi.– Toshkent: O´qituvchi 1980.

5.

Adabiy tur va janrlar. Uch jildlik – T.: ¨Fan¨, 1991– 1992.

6.

Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: ¨G´. G´ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi¨, 2006.

7.

Q. Yo´ldoshev. Yoniq so´z. – T.: ¨Yangi asr avlodi¨, 2004.

Bibliografik manbalar

Karimov. Barkamol avlod orzusi. –Toshkent: ¨Sharq¨ nashriyot–matbaa kontserni

bosh tahririyati. 1999.

H. Umurov. Badiiy ijod mo´jizalari. –Samarqand: ¨Samarqand¨, 1992.

Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san´at

nashriyoti, 2001.

Sulton. Adabiyot nazariyasi.– Toshkent: O´qituvchi 1980.

Adabiy tur va janrlar. Uch jildlik – T.: ¨Fan¨, 1991– 1992.

Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: ¨G´. G´ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi¨, 2006.

Q. Yo´ldoshev. Yoniq so´z. – T.: ¨Yangi asr avlodi¨, 2004.