Mualliflar

  • Temirov Ilyosbek Olimkul o‘g‘li
  • Muxamedova Shoxista Akbarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94842

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Marketing tadqiqotlari xizmat ko‘rsatish sohasi bozor tahlili iste’molchi ehtiyojlari raqobatbardoshlik mijozlar segmentatsiyasi marketing strategiyasi ma’lumot to‘plash usullari bozor tendensiyalari CRM tizimlari mijozlar qoniqishi so‘rovnoma va intervyular

Annotasiya

 
Annotatsiya: Mazkur maqolada  xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi 
korxonalarda  marketing  tadqiqotlarini  olib  borishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
o‘rganiladi.  Unda  marketing  tadqiqotlarining  ahamiyati,  turlari,  hamda  ularni 
rejalashtirish va amalga oshirishdagi zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Shu bilan 
birga,  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  iste’molchilar  ehtiyojlarini  aniqlash,  bozor 
tendensiyalarini  kuzatish  va  raqobatbardoshlikni  oshirishga  qaratilgan  tadqiqotlar 
misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari xizmat korxonalarida samarali marketing 
strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

165

XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARIDA MARKETING

TADQIQOTLARINI OLIB BORISH XUSUSIYATLARI

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Temirov Ilyosbek Olimkul o‘g‘li

23-65 MK guruh talabasi

Toshkent kimyo-texnologiya institute, dotsenti

Muxamedova Shoxista Akbarovna

Email:

ilyosbektemirov9@gmail.com

Tel: +998995780428

ORCID:0009-0002-1673-3383


Annotatsiya:

Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi

korxonalarda marketing tadqiqotlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari
o‘rganiladi. Unda marketing tadqiqotlarining ahamiyati, turlari, hamda ularni
rejalashtirish va amalga oshirishdagi zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Shu bilan
birga, xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash, bozor
tendensiyalarini kuzatish va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan tadqiqotlar
misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari xizmat korxonalarida samarali marketing
strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

Marketing tadqiqotlari, xizmat ko‘rsatish sohasi, bozor tahlili,

iste’molchi ehtiyojlari, raqobatbardoshlik, mijozlar segmentatsiyasi, marketing
strategiyasi, ma’lumot to‘plash usullari, bozor tendensiyalari, CRM tizimlari, mijozlar
qoniqishi, so‘rovnoma va intervyular

ОСОБЕННОСТИ ПРОВЕДЕНИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ

ИССЛЕДОВАНИЙ В ПРЕДПРИЯТИЯХ СФЕРЫ УСЛУГ

Аннотация:

В данной статья изучаются особенности проведения

маркетинговых исследований на предприятиях сферы услуг. Анализируется
значение и виды маркетинговых исследований, а также современные подходы к
их планированию и реализации. Кроме того, рассматриваются примеры
исследований, направленных на выявление потребностей потребителей,
отслеживание рыночных тенденций и повышение конкурентоспособности в
сфере услуг. Результаты исследования имеют практическое значение для
разработки эффективных маркетинговых стратегий в сервисных компаниях.

Ключевые слова:

Маркетинговые исследования, сфера услуг, анализ

рынка, потребности потребителей, конкурентоспособность, сегментация


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

166

клиентов, маркетинговая стратегия, методы сбора данных, рыночные тенденции,
CRM-системы, удовлетворённость клиентов, опросы и интервью

FEATURES OF CONDUCTING MARKETING RESEARCH IN SERVICE

ENTERPRISES


Abstract:

This article explores the specific features of conducting marketing

research in service-oriented enterprises. It analyzes the importance and types of
marketing research, as well as modern approaches to planning and implementation.
The study also highlights examples of research aimed at identifying consumer needs,
tracking market trends, and enhancing competitiveness in the service sector. The
results of the research have practical significance for developing effective marketing
strategies in service companies

Keywords:

Marketing research, service sector, market analysis, consumer

needs, competitiveness, customer segmentation, marketing strategy, data collection
methods, market trends, CRM systems, customer satisfaction, surveys and interviews.

Kirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy o‘sish va

bandlik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda raqobatning
keskinlashuvi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez-tez o‘zgarib turishi hamda innovatsion
xizmat turlarining paydo bo‘lishi xizmat ko‘rsatish korxonalarini o‘z faoliyatlarini
bozor talablari asosida takomillashtirishga undamoqda. Bunda marketing
tadqiqotlarining ahamiyati beqiyosdir.

Marketing tadqiqotlari xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun bozor

kon’yunkturasini o‘rganish, mijozlarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, raqobatchilar
faoliyatini tahlil qilish hamda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishda
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchi
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning kuchli bo‘lishi bu tadqiqotlarni yanada dolzarb
qiladi. Ushbu maqolada xizmat ko‘rsaish korxonalarida marketing tadqiqotlarini olib
boorish xususiyatlari korxona ya’ni, “AKFA MEDLINE” tibbiyot markazi misolida
ko‘rib chiqamiz.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Azizxon Tillyaxodjayev, Akbar Boyqobilov. “Marketing strategiyasini

baholashning mezon va usullari”.

Ushbu maqolada marketing strategiyasini ishlab

chiqish, faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va samaradorligini baholash bo‘yicha
tahlillar amalga oshirilgan. Mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar olib brogan xorijiy
olimlarning fikrlari batafsil o‘rganilgan. Shuningdek, marketingni baholashda
rejalashtirish tamoyillari, korxonani o‘sishni baholash strategiyasini uch bosqichdagi
tahlil asosida ishlab chiqish lozimligi, marketingni nazorat qilish jarayonining asosiy
bosqichlari, ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi qanday maqsadlarga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

167

yo‘naltirilganligi, marketingni makro va mikromuhit omillari, marketing strategiyasini
baholashda qanday mezon va usullardan foydalanish lozimligi batafsil ko‘rib
chiqilgan.

1

Madinaxon Normatova, Mamlakat Xamidova. “Kompaniyalar faoliyatini

tashkil etishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati”.

Maqolada zamonaviy

iqtisodiy sharoitda kompaniyalarda marketing tadqiqotlarini tashkil etishning
ahamiyati va zarurligi muhokama qilindi. Ushbu mavzu boʻyicha turli mualliflarning
asarlarida marketing tadqiqotlarining taʼrifi oʻrganiladi. Marketing tadqiqotlarini
tashkil etish kompaniyalarning maqsadlari va funksiyalariga boʻysunadi va
kompaniyalarning istiqbollarini belgilaydi. Shularni hisobga olgan holda, oʻrganish
davomida marketing tadqiqotlarini rejalashtirish va oʻtkazishdagi muammolar hamda
marketing tadqiqotlarining muhimligi haqida fikr yuritildi.

2

Faruddin Eshmirzayev, Zaxro Salimova. “Tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirishda marketingning roli”.

Maqolada kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik

korxonalarida

marketing

faoliyatini

tashkil

etish

va

rivojlantirishxususiyatlari o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

3

Nafisa Muradullaeva. “Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini

boshqarish

samaradorligini

zamonaviy

axborot-kommunikatsiyalari

texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari”.

Ushbu maqola zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish korxonalari
faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tahlil qilingan va ushbu
xizmatning mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash, operatsion xarajatlarni
kamaytirish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib
o‘tilgan hamda, texnologiyalarni joriy qilish orqali korxonalar xizmat sifatini oshirib,
raqobatbardoshlik darajasini mustahkamlay olishi ko‘zda tutilgan.

4

Xaydarova K.A

.

“Globallashuvning O‘zbekiston kimyo sanoatida

marketing strategiyalarini tanlashga ta’siri”.

Ushbu maqolada kimyo sanoati

korxonalarining marketing faoliyatining maqsadi va strategiyasi muhokama qilinadi.

5

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda xizmat ko‘rsatish korxonalarida,

xususan, Akfa Medline tibbiyot markazida marketing tadqiqotlarini olib borish

1

https://doi.org/10.55439/eit/vol12_iss1/i20

2

https://doi.org/10.47390/sp1342v3i5y2023n11

3

https://doi.org/10.55439/ged/vol1_iss10/a640

4

https://doi.org/10.47390/spr1342v4si5y2024n05

5

Boyqobilov Xondamir Xolmaxmat o`gli. (2025). OZIQ OVQAT SANOAT KORXONALARIDA MARKETING

TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH.

PEDAGOGS

,

77

(1), 279-286.

https://scientific-

jl.com/ped/article/view/5015


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

168

xususiyatlarini o‘rganildi. Tadqiqotda ilmiy-analitik yondashuv asosida bir nechta
metodlar qo‘llanildi. Xususan, tahliliy metod, so’rovnoma usuli, kuzatuv usuli va
solishtirma tahlili asosida tibbiyot markazining xizmat ko’rsatish faoliyati o’rganib
chiqildi.

Tahlil va natijalar.

Xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing tizimi va

tadqiqoti juda katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib biz quyidagi ma’lumotlarda
xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing tadqiqotlarini olib borishning
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:

Xizmatning nomoddiy tabiati

: Xizmatlar mahsulotlardan farqli o'laroq,

ko'pincha nomoddiy bo'lib, ularni sinab ko'rish yoki oldindan baholash qiyin. Shuning
uchun tadqiqotlarda mijozlarning his-tuyg'ulari, tajribasi va kutganlari tahlil qilinadi.

Mijozlar tajribasiga e'tibor

: Xizmat ko'rsatish sifati mijozlarning bevosita

tajribasiga bog'liq. Tadqiqotlar mijozlarning xizmat jarayonidagi qoniqish darajasini,
xodimlar bilan muloqotni va xizmat muhitini o'rganishga qaratiladi.

Individual yondashuv

: Xizmatlar ko'pincha mijozning shaxsiy ehtiyojlariga

moslashtiriladi. Marketing tadqiqotlari mijozlar segmentatsiyasiga va ularning o'ziga
xos talablariga alohida e'tibor beradi.

Xizmat ko'rsatish jarayonining o'zgaruvchanligi

: Xizmat sifati xodimlarning

malakasiga, mijozning ishtirokiga va boshqa omillarga bog'liq bo'lib, bu tadqiqotlarda
doimiy monitoring va tezkor tahlilni talab qiladi.

Mijozlarning fikr-mulohazalariga urg'u

: So'rovnomalar, intervyular va

sharhlar orqali mijozlarning fikr-mulohazalarini yig'ish muhim. Bu xizmat sifatini
yaxshilash uchun asosiy ma'lumot manbai hisoblanadi.

Vaqt omili

: Xizmatlar real vaqtda taqdim etiladi, shuning uchun tadqiqotlar

xizmat ko'rsatish jarayonining tezkorligi, qulayligi va samaradorligiga qaratiladi.

Raqobat muhitini tahlil qilish

: Xizmat sohasida raqobat yuqori bo'lib,

tadqiqotlar raqobatchilarning strategiyalari, narx siyosati va mijozlarga yondashuvini
o'rganishni o'z ichiga oladi.

Ma'lumotlarni yig'ishning murakkabligi

: Mijozlarning xatti-harakatlarini

tahlil qilish uchun sifatli (masalan, chuqur intervyular) va miqdoriy (masalan,
so'rovnomalar) usullarning kombinatsiyasi talab qilinadi.

“Akfa Medline” xizmat ko‘rsatish korxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik

xususiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sifatida faoliyat yuritadi va marketing
tadqiqotlari xizmat ko‘rsatish sohasining xususiyatlariga mos ravishda olib boriladi.
Quyidagi jadvalda xizmat ko‘rsatish korxonalarining marketing tadqiqotlari
xususiyatlari bo‘yicha “Akfa Medline”ning marketing faoliyati tahlil qilindi:

6

6

Clinics.uz→akfa medline

med24.uz→akfa medline


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

169

Xizmatning
nomoddiy
tabiati

Xizmatlar nomoddiy bo‘lgani uchun “Akfa Medline” marketing
faoliyatida mijozlarning ishonchini oshirishga e’tibor beradi.
Buning uchun klinika o‘z veb-sayti (akfamedline.uz) va ijtimoiy
tarmoqlarda zamonaviy uskunalar, malakali shifokorlar va
xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Masalan, Siemens va
Roche Hitachi kabi brendlarning radiologik va immunologik
tadqiqot apparatlari ta’kidlanadi, bu mijozlarda xizmat sifatiga
ishonchni oshiradi. Bundan tashqari, klinika sertifikatlar,
xodimlarning malakasi va bemorlarning ijobiy sharhlari orqali
moddiy dalillarni taqdim etadi.

Mijozlar
tajribasiga
e’tibor

“Akfa Medline” mijozlar tajribasini yaxshilash uchun individual
yondashuvga asoslanadi. Klinika har bir bemorga shaxsiy
yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi, bu shifokorlar jamoasining har
bir bemor uchun maxsus davolash rejasini ishlab chiqishi orqali
amalga oshiriladi. Mijozlarning qoniqish darajasini o‘lchash
uchun “Sirli mijoz” usuli kabi tahlil vositalari qo‘llanilishi
mumkin, bu xizmat jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga
yordam beradi (masalan, bank sohasida qo‘llanilgan usulga
o‘xshash). SPA majmuasi, fitness zali va restoran kabi
qo‘shimcha xizmatlar ham mijozlar tajribasini boyitadi.

Individual
yondashuv

“Akfa Medline” mijozlarni segmentatsiya qilish orqali turli
ehtiyojlarga mos xizmatlar taklif qiladi. Masalan, kardiologiya,
neyroxirurgiya, ortopediya kabi ixtisoslashgan xizmatlar yuqori
darajadagi tibbiy yordam izlayotgan bemorlarga, SPA va
fizioterapiya xizmatlari esa sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-
quvvatlaydigan

mijozlarga

mo‘ljallangan.

Marketing

tadqiqotlari orqali klinika maqsadli auditoriyaning ehtiyojlarini
aniqlaydi va ularga mos reklama strategiyalarini ishlab chiqadi,
masalan, dermatologiya maslahatlari yoki og‘irlikni yo‘qotish
dasturlari haqida maxsus takliflar

Xizmat
ko‘rsatish
jarayonining
o‘zgaruvchanligi

Xizmat sifati xodimlar malakasiga bog‘liq bo‘lgani uchun “Akfa
Medline” xodimlarni doimiy ravishda o‘qitish va ularning
faoliyatini monitoring qilishga e’tibor beradi. Marketing
tadqiqotlari xodimlarning mijozlar bilan muloqot sifatini
baholash,

shuningdek,

xizmat ko‘rsatish jarayonidagi

o‘zgaruvchan omillarni tahlil qilishga qaratiladi. Masalan,
klinika korporativ uslubni joriy qilish orqali xodimlarning
professional imidjini mustahkamlaydi, bu mijozlarda ishonchli
muhit yaratadi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

170

Mijozlarning
fikr-
mulohazalariga
urg‘u

“Akfa Medline” mijozlarning fikr-mulohazalarini yig‘ish uchun
faol choralar ko‘radi. Med24.uz va Clinics.uz kabi
platformalarda bemorlar klinika xizmatlari haqida sharhlar
qoldirishi mumkin, bu esa klinikaga o‘z xizmatlarini yaxshilash
uchun muhim ma’lumot beradi. Masalan, bemorlarning yuqori
bosim yoki dermatologik muammolar bo‘yicha so‘rovlari
klinika tomonidan tezkor javob bilan ta’minlanadi, bu mijozlar
ishonchini oshiradi. Marketing tadqiqotlari ushbu sharhlarni
tahlil qilish orqali xizmat sifatini oshirish yo‘llarini aniqlaydi

Vaqt omili

“Akfa Medline” xizmatlarning tezkorligi va qulayligiga katta
e’tibor beradi. Klinika zamonaviy diagnostika va davolash
uskunalariga ega bo‘lib, bu jarayonlarni tezkorlashtiradi
(masalan, multispiral kompyuter tomografiyasi va magnit-
rezonans tomografiyasi). Marketing tadqiqotlari mijozlarning
vaqtga bo‘lgan talablarini o‘rganadi va klinika bu
ma’lumotlardan foydalanib, qabulga yozilish jarayonini
soddalashtiradi, masalan, onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati
orqali

Raqobat
muhitini

tahlil

qilish

“Akfa Medline” xususiy tibbiyot sohasida raqobatchilarning
strategiyalarini tahlil qiladi. Marketing tadqiqotlari orqali klinika
o‘zining Yevropa sifatidagi uskunalar va ko‘p tarmoqli
xizmatlarini

raqobatchilardan

farqlovchi

omil

sifatida

ta’kidlaydi. Masalan, xorijiy brendlarning zamonaviy
uskunalaridan foydalanish va xalqaro standartlarga mos
xizmatlar klinikaning bozor pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, AKFA Groupning marketing tajribasi (reklama
va brend yaratishga katta sarmoya kiritish) klinikaning targ‘ibot
strategiyalarida ham qo‘llaniladi

Ma’lumotlarni
yig‘ishning
murakkabligi

“Akfa Medline” sifatli va miqdoriy tadqiqot usullarini qo‘llaydi.
Sifatli usullar orqali (masalan, chuqur intervyular) bemorlarning
individual

ehtiyojlari

aniqlanadi,

miqdoriy

usullar

(so‘rovnomalar va statistik tahlillar) esa kengroq auditoriyaning
qoniqish darajasini o‘lchaydi. Masalan, klinika o‘z
xizmatlarining samaradorligini baholash uchun bemorlarning
sharhlarini tahlil qiladi va bu ma’lumotlarni xizmatlarni
optimallashtirish uchun ishlatadi. Shuningdek, “Akfa Medline”
universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyati olib
borilishi marketing strategiyalarini yanada mustahkamlashi
mumkin


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

171

“Akfa Medline” marketing faoliyati xizmat ko‘rsatish sohasining

xususiyatlariga mos ravishda tashkil etilgan. Klinika nomoddiy xizmatlarni moddiy
dalillar bilan mustahkamlash, mijozlar tajribasini yaxshilash, individual yondashuvni
ta’minlash va raqobat muhitini tahlil qilish orqali bozorda muvaffaqiyatli pozitsiyani
egallaydi. Mijozlarning fikr-mulohazalari va zamonaviy uskunalar klinikaning
marketing strategiyasining asosiy elementlari hisoblanadi.

Tadqiqot davomida qo‘llanilgan metodlar orqali Akfa Medline tibbiyot

markazida marketing faoliyatining turli jihatlari o‘rganildi va quyidagi natijalar olindi:

Tibbiyot markazining marketing bo‘limi faoliyati, reklama siyosati, xizmatlar

assortimenti va mijozlar bilan aloqa shakllari bo‘yicha mavjud ichki hujjatlar hamda
veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tahlil o‘tkazildi. Natijada
aniqlanishicha, Akfa Medline o‘z xizmatlarini mijozlarga yetkazishda zamonaviy
raqamli marketing vositalaridan – Instagram, Telegram, Facebook va veb-sayt orqali
faol foydalanadi. Ular orqali doimiy ravishda yangi xizmatlar haqida ma’lumotlar berib
boriladi, chegirmalar e’lon qilinadi, bu esa auditoriyani jalb etish samaradorligini
oshiradi.

Tadqiqot doirasida 100 nafar mijoz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovda

ishtirok etganlarning 64 foizi Akfa Medline haqida ilk bor ijtimoiy tarmoqlardagi
reklama orqali xabardor bo‘lganini bildirgan. Bu raqam marketing bo‘limining raqamli
reklama vositalaridan samarali foydalana olayotganini ko‘rsatadi.

Kundalik faoliyat jarayonlarini bevosita kuzatish orqali mijozlarga xizmat

ko‘rsatish sifati, administrator va tibbiyot xodimlarining munosabati, xizmatlarning
bajarilish tezligi o‘rganildi. Kuzatuvlar davomida shuni aniqlash mumkinki, Akfa
Medline xodimlari professional va mehribon munosabat bilan ajralib turadi. Ular
bemorlar bilan ehtiyotkorlik va diqqat bilan muomala qiladilar, bu esa ishonch muhitini
ta’minlaydi.

Kuchli

tomonlar

(Strengths)

Zaif

tomonlar

(Weaknesses)

Imkoniyatlar
(Opportunities)

Tahdidlar (Threats)

Brend obro‘si va
ishonch:

Akfa

Medline

o‘z

mijozlari orasida
sifatli

xizmat

ko‘rsatish

va

professional
xodimlar

orqali

yuqori

darajada

ishonch qozongan

Navbat

va

kutish
muammolari:
Ayniqsa,

yuqori

talab

bo‘lgan

vaqtlarda
navbatlarning
tartiblanmagani
mijozlarning

Sodiqlik

dasturlarini

joriy

etish:

Bonus

kartalari,
chegirmalar

va

aʼzo

dasturlari

orqali

mavjud

mijozlar bazasini
kengaytirish

va

ularni uzoq muddat

Raqobatchilar

sonining ko‘payishi:
Toshkent va boshqa
yirik

shaharlarda

shaxsiy

tibbiyot

markazlarining
ko‘payishi
raqobatni
kuchaytirmoqda.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

172

Raqamli
marketingdagi
faollik: Instagram,
Telegram va veb-
sayt orqali faol
reklama

olib

borilishi natijasida
keng auditoriyaga
tez

yetib

borilmoqda
Keng

ko‘lamli

xizmatlar
assortimenti:
Terapiya,
jarrohlik,
laboratoriya

va

boshqa

ko‘plab

yo‘nalishlar
bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatilib,

keng

auditoriyani
qamrab

olish

imkoniyati mavjud

noroziligiga sabab
bo‘lmoqda.

Xizmat

narxlarining
nisbatan balandligi:
Ayrim
raqobatchilarga
qaraganda
xizmatlar

narxi

yuqoriroq

bo‘lib,

bu

narx

sezgir

mijozlar qatlamini
yo‘qotishga

olib

kelishi mumkin.

Maqsadli

marketing
yetarlicha chuqur
emas:

Har

bir

xizmat turi uchun
maxsus
mo‘ljallangan, aniq
segmentlarga
qaratilgan
marketing
kampaniyalari
yetishmayapti.
Sodiqlik
dasturlarining
yo‘qligi:

Boshqa

raqobatchilar taklif
qilayotgan
mijozlarga sodiqlik
kartalari va bonus
tizimlari

kabi

rag‘batlantiruvchi
tizimlar

mavjud

emas

saqlab

qolish

mumkin.

Onlayn

xizmatlar

va

telemeditsina
rivoji: Masofaviy
maslahatlar

va

online

yozilish

tizimlarini
kuchaytirish orqali
zamonaviy
mijozlar ehtiyojiga
javob

berish

mumkin.

Brend

sherikchiliklari:
Farmatsevtika
kompaniyalari,
sug‘urta firmalari
va

boshqa

sog‘liqni saqlash
subyektlari

bilan

hamkorlik

qilish

orqali

xizmat

ko‘lamini
kengaytirish
imkoniyati
mavjud.
Hududiy
kengayish: Faqat
Toshkent

bilan

cheklanib qolmay,
boshqa shaharlarda
filiallar

ochish

orqali

yangi

bozorlarni egallash
imkoniyati mavjud

Narx

sezgirligi: Iqtisodiy
muhitdagi
o‘zgarishlar
(inflyatsiya,
aholining

xarid

qobiliyati pasayishi)
xizmat

narxlariga

talabni kamaytirishi
mumkin.

Mijoz

kutishining oshishi:
Navbatlar

va

xizmatdagi
kechikishlar
mijozlarning salbiy
tajribasini oshirib,
ularning
raqobatchilarga
o‘tib

ketishiga

sabab

bo‘lishi

mumkin.
Texnologik
yangiliklardan
orqada qolish xavfi:
Innovatsion tibbiyot
uskunalar

va

xizmatlarni

tezda

joriy

qilmagan

taqdirda

bozorda

o‘z

pozitsiyasini

yo‘qotish ehtimoli
mavjud

Akfa Medline marketing faoliyati boshqa shaxsiy tibbiyot markazlari, xususan

“Medion”, “Doctor D”, “SmartMed” kabi muqobillar bilan solishtirildi. Solishtirma


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

173

tahlil shuni ko‘rsatdiki, Akfa Medline reklama kampaniyalari bo‘yicha
raqobatchilaridan ustunroq – ular brending, ranglar uyg‘unligi, logotip va kontent
dizaynida yuqori sifatli yondashuvga ega.
Endi yuqoridagi ma’lumotlar va tahlil natijalaridan foydalanib, quyidagi jadvalda
“Akfa Medline” tibbiyot markazining SWOT tahlilini ko‘rib chiqamiz:

Xulosa va tavsiyalar:

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish

korxonalarida, ayniqsa tibbiyot markazlarida marketing tadqiqotlarini olib borish
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Akfa Medline tibbiyot markazi misolida olib borilgan
tahlillar marketing tadqiqotlari nafaqat iste’molchilarning ehtiyoj va talablarini chuqur
o‘rganish, balki xizmat sifati, narx siyosati, reklama strategiyalari va mijozlar bilan
aloqa sifatini baholashda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.

Tadqiqot davomida qo‘llangan metodlar – tahliliy metod, so‘rovnoma, kuzatuv

va solishtirma tahlil orqali markazning mavjud kuchli va zaif tomonlari aniqlab olindi.
Raqamli marketing vositalaridan faol foydalanish, xizmat turlarining kengligi va
professional xodimlar kuchli jihatlar sifatida ajralib turgani holda, navbatlarning
tartiblanmagani, narx sezgirligi va sodiqlik dasturlarining yetishmasligi zaif tomonlar
sifatida e’tirof etildi.

Akfa Medline tibbiyot markazining marketing tizimi va xizmat ko‘rsatish

darajasini yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘gan asosiy ishlar
quyidagi ma’lumotlarda keltirilgan:

1. Maqsadli marketing tadqiqotlarini kuchaytirish: Har bir xizmat turi uchun

alohida mijoz segmentatsiyasi va ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar olib
borish lozim.

2. Navbatlarni boshqarish tizimini optimallashtirish: Onlayn yozilish, real vaqt

rejimida navbat monitoringi va xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish orqali
mijozlarning kutish vaqtini minimallashtirish kerak.

3. Sodiqlik dasturlarini joriy etish: Doimiy mijozlar uchun chegirmalar, bonus

tizimlari va sovg‘ali aksiyalar ishlab chiqish orqali mijoz sodiqligini oshirish mumkin.

4. Xizmat narxlari va sifat balansini targ‘ib qilish: Marketing materiallarida

xizmat sifati va uning narxi o‘rtasidagi uyg‘unlikni aniq ko‘rsatish, shaffof va ishonchli
narx siyosatini amalga oshirish kerak.

5. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishni kuchaytirish: Telemeditsina,

onlayn maslahat va virtual navbatga yozilish kabi zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish
marketing samaradorligini oshiradi.

6. Mijozlardan muntazam ravishda fikr-mulohaza olish: So‘rovnomalar, onlayn

sharhlar va telefon orqali mijoz fikrlarini yig‘ish va ularni tahlil qilish orqali
xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

174

7. Brend imidjini mustahkamlash: Raqamli marketing vositalarida doimiy va

professional tarzda kontent joylashtirish, mijozlarga ijobiy taassurot qoldiradigan
brend faoliyatini kuchaytirish kerak.

Adabiyotlar/Литература/References

1.

Marketing strategiyasini baholashning mezon va usullari February 2024

International Journal of Economics and Innovative Technologies

12(1):176-184

DOI:10.55439/EIT/vol12_iss1/i20 https://doi.org/10.55439/eit/vol12_iss1/i20

2.

Madinaxon Normatova, Mamlakat Xamidova. “Kompaniyalar faoliyatini tashkil
etishda

marketing

tadqiqotlarining

ahamiyati”.

https://scienceproblems.uz/index.php/journal/issue/view/15
https://doi.org/10.47390/sp1342v3i5y2023n11

3.

Faruddin Eshmirzayev, Zaxro Salimova. “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda
marketingning

roli”.

https://yashil-iqtisodiyot-

taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/issue/view/1
https://doi.org/10.55439/ged/vol1_iss10/a640

4.

Nafisa Muradullaeva. “Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini boshqarish
samaradorligini

zamonaviy

axborot-kommunikatsiyalari

texnologiyalaridan

foydalanish

imkoniyatlari”.

https://scienceproblems.uz/index.php/journal/issue/view/44
https://doi.org/10.47390/spr1342v4si5y2024n05

5.

Xaydarova K. A. Globallashuvning O'zbekiston kimyo sanoati korxonalarida
marketing strategiyalarini tanlashga ta'siri // Zamonaviy fan va tadqiqotlar. – 2025.
– V. 4. – No 2. – B. 1237-1240.

6.

Xaydarova, K. A., and M. B. Bakhtiyorova. "DIGITAL ECONOMY IN
ENTERPRISES II." Экономика и социум 11-1 (102) (2022): 348-351.



Bibliografik manbalar

Adabiyotlar/Литература/References

Marketing strategiyasini baholashning mezon va usullari February 2024

International Journal of Economics and Innovative Technologies 12(1):176-184

DOI:10.55439/EIT/vol12_iss1/i20 https://doi.org/10.55439/eit/vol12_iss1/i20

Madinaxon Normatova, Mamlakat Xamidova. “Kompaniyalar faoliyatini tashkil

etishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati”.

Faruddin Eshmirzayev, Zaxro Salimova. “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda

marketingning roli”. https://yashil-iqtisodiyot-

taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/issue/view/1

Nafisa Muradullaeva. “Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini boshqarish

samaradorligini zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalaridan

foydalanish imkoniyatlari”.

Xaydarova K. A. Globallashuvning O'zbekiston kimyo sanoati korxonalarida

marketing strategiyalarini tanlashga ta'siri // Zamonaviy fan va tadqiqotlar. – 2025.

– V. 4. – No 2. – B. 1237-1240.

Xaydarova, K. A., and M. B. Bakhtiyorova. "DIGITAL ECONOMY IN

ENTERPRISES II." Экономика и социум 11-1 (102) (2022): 348-351.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

To’laganova Odina Rasulberdi qizi., Muxamedova Shoxista Akbarovna, BARQAROR RIVOJLANISH VA YASHIL MARKETING , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 2 (2025)