Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
91
OTA-ONA VA FARZAND O’RTASIDAGI MUNOSABATLARNING
SHAKLLANISHI HAMDA BOLA PSIXIKASIGA TA’SIRI
Allamuratova Sadoqat Kayratovna
Sirdaryo viloyati Boyovut
tumani 51-maktab psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kelajagimiz bo’lmish yosh avlod va ularning ota
va onalari o’rtasidagi muammo va nizolarning psixologik omillari va xususiyatlari
haqida ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim tizimi, psixologik holat, uslub, o’tish davri, o’quv reja
KIRISH
Kishilik jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-
birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida
eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos
tarzda murakkablashib borishi barchamizga ayon.
Bugungi kunda oila jamiyatning eng muhim bo’lagi hisoblanadi. Oilada ota-ona
va farzand o’rtasidagi munosabat murakkab masala hisoblanadi. Chunki bizning
davrimizda axborot kommunikatsiyalar orqali har bir inson o’zgalar bilan qulay
muloqatga kirsha olishi mumkin. Ya’ni online tarzda bog’lanib, fikr-almashishi,
muloqat qilishi, ta’lim olish imkoniyatiga ega. Buning o’z navbatida ijobiy va salbiy
xususiyatlari mavjud. Internetdan oqilona foydalanish bu juda samarali va yaxshi
xususiyat, ammo, undan noto’g’ri foydalanish turli hil muammo va negative natijalarga
olib kelishi mumkin. Ertangi kunimiz bo’lgan yoshlarni komil inson ruhiyatida
tarbiyalash jamiyatimizning asosiy maqsadlaridan biridir. Zaro, kelajak avlod
komillikga erishsa davlat taraqqiy etadi. Xalqimizda farzand tarbiyasida quyidagi naql
mavjud: “
Yoshlarimiz tarbiyasi qanchalik mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli
yashaydi.”
Chunki farzand tarbiyasi beshikdan boshlab, barkamol komil inson boʻlib
shakllanishida sogʻlom oila muhitining oʻrni benihoya katta va salohiyati cheksizdir.
Har bir farzand inson boʻlib, shaxsga aylanishining dastlabki manbai ota-onaga, oilaga,
bevosita bogʻliqdir. Chunki insondagi xulq-atvor, axloqodobning dastlabki normalari
oilada shakllanib, maktab, mahallada, jamoatchilik oʻrtasida ta’lim-tarbiya tizimi
faoliyati jarayonida takomillashadi, insoniy fazilatlari shakllanib takomillashib komil
insoniylik darajasigacha koʻtarilib boradi, agar aksi namoyon boʻlsa buzgʻunchi,
tajaovuzkor shaxsga aylanib qoladi.
Oilada ota-ona va farzand oʻrtasidagi nizolarning ijtimoiy psixologik omillari
batafsil o’rganish natijasida quyidagi fikrlarni bayon qilishimi mumkimki oila va
ta’limning o‘zaro integratsiyasi chambarchas ravishda bir-birini to‘ldirib borishi lozim.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
92
Yuqoridagi Farmonlar va qarorlar ham o‘smirlarda hushyorlik hamda ogohlik
fazilatlatlarini rivojlantirish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda oila va ta’lim
muassasalarining hamkorlikdagi faoliyatini taqozo etadi.
Oila va ta’lim masalasida ilm-ma’rifatga, ijtimoiy dunyoqarashni boyitishga
qaratilgan, milliy tafakkur bilan sug‘orilgan asarlari bilan ma’naviy-falsafiy g‘oyalarni
ilgari surgan
Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Cho‘lpon
kabi jadid ma’rifatparvarlik harakati namoyandalarining
qarashlari ham alohida ahamiyatga egaligini ta’kidlash zarur. Xususan, bunga
ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “
Ilm, axloq va harakat - yoshlar uchun
ziynatdir”
- degan fikri hamda Abdurauf Fitratning oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni
sog‘lomlashtirishga doir mulohazalari misol bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ta’limning rivojlanishi bevosita mamlakatning
barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axloqiy, maishiy, texnologik va
axborot kabi sohalarning o‘zaro bog‘liqligi va mavjudligi asosida shakllanadi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogika, psixologiya va tilshunoslikning o‘rganish sohasi
bo‘lgan neyrolingvistik dasturlash texnologiyalaridan foydalanish orqali ham yoshlarni
ota-onalari bilan bo’ladigan nizolarni psixologik jihatdan o’rganish va ogohlik
fazilatlarini rivojlantirish samaradorligi o‘rganilgan.
Ta’lim inson ijtimoiylashuvining oiladan keyingi asosiy agenti hisoblanadi.
O‘smirlarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini qaror toptirishda ta’lim
dargohlarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi turli
ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy. Masalalarga aloqador muammolar ta’lim sifati, undagi
kadrlar sifati hamda samarali ishlash darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim
jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:
Ta’lim mazmuniga.
O‘quv rejalari, dasturlari, dasrliklar va o‘quv qo‘llanmalarining
mavjudligiga.
Ta’lim metodikalarining takomillashganligiga.
O‘qituvchi mahoratiga.
O‘quvchining individual psixologik xususiyatlariga.
Mazkur masalani o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,
respondentlarning asosiy qismi ta’lim sifatidan yetarli darajada qoniqmasligi sohadagi
muammolardan darak bermoqda. Mazkur muammolar, o‘z navbatida, o‘smirlarning
bilimi, dunyoqarashi, jumladan, ogohlik va hushyorlik fazilatlarining shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi.
Ota-onalar va ustozlar orasidagi ijobiy hamkorlik farzand tarbiyasida muhim
o‘rin egallaydi. O‘qituvchilar ota-onalar bilan o‘smirlarning tarbiyasi va xulq-atvori,
muammolaridan ko‘ra ko‘proq tashkiliy masalalarda suhbatlashishi namoyon bo‘ldi.
Statistik natijalar shuni ko’rsatadiki ota-onalar majlislarda darslardan ko’ra asosan,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
93
qo‘shimcha pul yig‘imlari (87%), bolalarning o‘zlashtirish darajasi (60%), qo‘shimcha
to‘garaklar faoliyati (45%) muhokama qilinadi. Keyingi o‘rinlarda o‘smirlar
tarbiyasidagi muammolar (25%), o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlar (11%), o‘tish
davri muammolari (11%) va o‘quvchilar salomatligi (5%) masalariga urg‘u beriladi
XULOSA
.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelish mumkin:
Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim mazmuniga; o‘quv rejalari,
dasturlari,dasrliklar,o‘quv qo‘llanmalari va zamonaviy multimedia texnologiyalarining
mavjudligiga; ta’lim metodikalarining takomillashganligiga; o‘qituvchi mahorati va
saviyasiga; o‘quvchining individual psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Bugungi kunda maktablarda ta’lim sifatidan ta’lim oluvchilarning aksariyati
yetarli darajada qoniqmasligi, sohada bir qator muammolar borligidan darak bermoqda.
Mazkur muammolar, o‘z navbatida, o‘smirlarning bilimi, dunyoqarashi, jumladan,
ogohlik va hushyorlik fazilatlarining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum
bo‘ldi.Ota-onalar va ustozlar orasidagi ijobiy hamkorlik farzand tarbiyasida muhim
o‘rin egallagan holda bugungi kunda o‘qituvchilar ota-onalar bilan o‘smirlarning
tarbiyasi va xulq-atvori, muammolaridan ko‘ra ko‘proq tashkiliy masalalarda
suhbatlashishi mazkur jarayonning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Oilada
otaona va farzand oʻrtasidagi nizolarning ijtimoiy psixologik omillarini tadqiq etish esa
jamiyat uchun naqadar muhim ekanligini guvoji bo’ldik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi
NMIU, 2013. – 144 b.
2.
Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 168 б.
3.
Эгамбердиева Н.М. Ижтимоий педагогика. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2009. – 220 б.
4.
Эгамбердиева
Н.М.,
Зоҳидова
С.Р.
Бўлажак
педагогларни
касбий
ижтимоийлаштириш
жараёнларини
такомиллаштиришнинг
дидактив
имкониятлари. Монография. – Тошкент: “Маҳалла ва оила нашриёти”. – 108 б.
5.
Hasanova K., Po‘latova M., Qurbonova D. Talaba yoshlarni oilaviy munosabatga
tayyorlashning pedagogik asoslari. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”
nashriyoti, 2019. – 168 b.
6.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: “Sano-standart”
nashriyoti, 2017. – 416 b.
7.
Шарафутдинова
Х.Г. Ўсмир
психологияси:
Диагностика.
8.
Психокоррекция. – Термиз, 2017. – 82 б.
9.
Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). Deviant xulqatvor
rivojlanishida oilaviy munosabatlarning ta’siri. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1).
10.
Mavlonov Boxodir Biloljonovich, “O‘smir yoshdagi bolalarning fazilatlarini
rivojlantirishda
atrof-muhit
va
pedagogik
guruh
faoliyatining
ta’siri”
https://ijtimoiy.uz/2247/