Mualliflar

  • Fazliddinov Zokir

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94861

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Musiqa tinglash musiqa ta’limi individual-psixologik pedagogic idrok hissiy ijodkor musiqachi zamonaviy pantomimika tinglovchilik.

Annotasiya

Annotatsiya: Yosh ijrochilarning kasbiy shakllanishida musiqiy tinglovchilik 
malakalarini egallash muhim ahamiyatga ega. Tinglash orqali ijro etiladigan vokal yoki 
cholg‘u asarlarning tovush yo‘nalmasi, ohang va tonal xususiyatlari, badiiy mazmunini 
to‘laqonli anglash imkoniyatlari kengayadi, asarning dramaturgiyasi, badiiy g‘oyasi, 
emotsional-estetik  mazmuni  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ijro  etish  va 
tinglovchiga  emotsional-psixologik  ta’sir  ko‘rsatish  darajasi  yuksaladi.  Ushbu 
maqolada pedagogik-psixologik masalalar atroflicha tahlil qilingan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

81

MUSIQA TINGLASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK

SHART-SHAROITLARI, MAZMUNI VA MEXANIZMLARI

.

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа

instituti o’qituvchisi

Fazliddinov Zokir

Tel:

+998977627374

Annotatsiya:

Yosh ijrochilarning kasbiy shakllanishida musiqiy tinglovchilik

malakalarini egallash muhim ahamiyatga ega. Tinglash orqali ijro etiladigan vokal yoki
cholg‘u asarlarning tovush yo‘nalmasi, ohang va tonal xususiyatlari, badiiy mazmunini
to‘laqonli anglash imkoniyatlari kengayadi, asarning dramaturgiyasi, badiiy g‘oyasi,
emotsional-estetik mazmuni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ijro etish va
tinglovchiga emotsional-psixologik ta’sir ko‘rsatish darajasi yuksaladi. Ushbu
maqolada pedagogik-psixologik masalalar atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Musiqa tinglash, musiqa ta’limi, individual-psixologik pedagogic,

idrok, hissiy, ijodkor, musiqachi, zamonaviy, pantomimika, tinglovchilik.


Musiqa tinglash madaniyatini tarbiyalash o‘quvchilarni badiiy-estetik va axloqiy

tarbiyani rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning individual-
psixologik xususiyatlari: qobiliyatlar, qiziqishlar, yo‘nalganlik, temperament tipi, iroda
kuchi sub’yektiv xususiyatlarga ega. Musiqa ta’limi va tarbiyasini samarali amalga
oshirishning ob’yektiv sabablari.

‒ zamonaviy jamiyatimiz taraqqiyoti darajasi bilan musiqa o‘qitishning

mazmuni orasidagi muvofiqlik;

‒ musiqa o‘qitish va tarbiyalash jarayonining milliy musiqa madaniyati

rivojlanishini ta’minlaydigan negizlarga bog‘liqligi;

‒ musiqa ta’limi va tarbiyasi mazmunining milliy musiqiy an’analarga

bog‘liqligi kabilar kiradi.

Musiqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligi va sifatini ta’minlaydigan

motivatsiyalar, dialektik ziddiyatlar musiqa ta’limining harakatlantiruvchi kuchlari
bo‘lib, pirovard natijada musiqiy tinglovchilik faoliyatini samarali amalga oshirishning
qulay yo‘l va usullarini topishga shart-sharoit yaratadi.

Mavjud musiqiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalar orasida ziddiyat paydo

bo‘lishi, ularni doimiy yengishga intilish musiqa ta’limi va tarbiyasining
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv-tarbiya jarayonida bu ziddiyatlar tushunish va
tushunmaslik, bilim va bilimsizlik, malakalilik va malakasizlik va h.k.lar orqali
namoyon etiladi. Musiqa ta’limi va tarbiyasida har safar keyingi bilim, malaka va
ko‘nikmalarni egallash musiqa ta’limini yaxlit holda rivojlantirishga va uning
samaradorligini oshirishga olib keladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

82

Musiqiy pedagogik jarayonda mazkur murakkab psixologik vaziyatni nazarda

tutgan holda o‘smir-o‘quvchilar bilan ta’limiy faoliyat tashkil etildi. Hissiy
sezuvchanlik asosiy musiqiy qobiliyatlardan biridir. Musiqaga hissiy sezuvchanlik –
bu musiqa asari xarakteri, kayfiyatini his qilish, musiqiy obrazlar orqali ijodiy tasavvur
qilish qobiliyati bo‘lib hisoblanadi va tinglash faoliyatida sub’yektivlikni asoslovchi
qobiliyatlardan biridir. Musiqani eshitish, idrok etish uning xarakterini farqlashni,
intonatsiya, kayfiyatning o‘zgarishi, badiiy obrazning rivojlanishini kuzatishni
anglatadi. Musiqani idrok etishning sub’yektivlik xususiyatidan kelib chiqqan holda
hissiy sezuvchanlikni quyidagi sharoitlarda rivojlantirish mumkin:

a) o‘qituvchi va o‘quvchining faol o‘zaro ta’siri; b) rivojlanayotgan guruh

muhitini, musiqa zalini tegishli jihozlar va atributlar bilan jihozlash;

v) o‘quvchilar bilan musiqani idrok etish qoidalariga rioya qilish;
g) o‘quvchilar bilan musiqa asarlarini tinglash algoritmini o‘zlashtirish;
d) o‘quvchilarni musiqa tinglashga jalb qilish, ularda samarali idrok faoliyati

uchun maqbul kayfiyat yaratish;

e) musiqa asarini dastlabki tinglash, u bilan tanishish;
j) qayta tinglash, keyin musiqiy tahlil qilish, taassurotlarni tahlil qilish va

musiqiy ifoda vositalarini tavsiflash;

z) o‘quvchilarda tinglangan musiqa haqidagi bilim va tasavvurlarni

mustahkamlash, asar haqida munosabat bildirish;

i) badiiy, o‘yin, musiqiy-ritmik harakatlar orqali o‘quvchida musiqiy idrok

natijalarini sub’yektiv ifodalashda maqbul sharoit yaratish kabilardir. A.N.Soxor bu
borada fikr bildirib, “Ijodkor - insonning ichki olamini o‘zining faoliyat predmeti
sifatida qabul qilar ekan, ushbu olam (xususan hissiyotlar, kayfiyatlar) sub’yektiv
baholanadigan bilish ob’yekti sifatida yaratadigan asarida ifodalanadi. Bunda ijodkor
o‘zining hissiyotlari va kayfiyatini aks ettiradimi yoki boshqalarnikinimi, farqi yo‘q.
Baribir, muallif asarga “chetdan nigoh tashlashi”, tanlashi, fikrlashi va baholashi,
ya’ni, voqelikni sub’yektiv aks ettirishning maqbul variantlarini tanlashi lozim”ligini
ta’kidlab o‘tgan .

1

Musiqa asari g‘oyasini ifodalashda o‘qituvchining nutq texnikasi

madaniyati, leksika, fonetika, uslub, so‘zlash, urg‘u jihatidan yuksak talab darajasida
bo‘lishi, nutq musiqa san’ati borasida bo‘lganligi sababli badiiy mazmuni estetik
yo‘nalgan, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Musiqiy pedagogik jarayonni ijodiy
tashkil etishning ierarxiyasi badiiy-musiqiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlashga
yo‘naltiriladi.

Ushbu pedagogik kasbiy sifatlar asosida darsni tashkil etish orqali o‘quvchi

(talaba)larni musiqiy-pedagogik jarayonga olib kirish imkoniyatlari yanada kengayadi,
ta’limning natijadorligi oshadi. L.I.Ukolova talqiniga ko‘ra, musiqaning tayanch

1

Сохор А.Н. Музыка как вид искусства: учебное пособие / А.Н.Сохор. – 3-е изд, стер. – Санкт-Петербург: Лань:

Планета музыки, 2022. – 128 с.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

83

xususiyatlaridan biri - uning ko‘p qirrali dinamik muhitni yaratish imkoniyatidir. Bu
o‘ziga xos muhit, vaqt bilan bog‘liq, psixologik, pedagogik parametrlarga ega bo‘lib,
shaxsga kuchli shakllantiruvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi

2

Mimika pedagogik

jihatdan yuksak talablar doirasida bo‘lishi, ijro etilayotgan yoki tinglanayotgan musiqa
asaridagi badiiy voqelik mohiyatini aks ettirish orqali o‘qituvchining musiqiy faoliyat
mazmuni va yo‘nalganligini kuchaytirishi zarur. Musiqa asari g‘oyasini ifodalashda
nutq texnikasi madaniyati, shuningdek, nutq leksika, fonetika, uslub, so‘zlash, urg‘u
jihatidan yuksak talab darajasida bo‘lishi, nutq musiqa san’ati borasida bo‘lganligi
sababli badiiy mazmuni estetik yo‘nalgan, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim.
G.L.Knyazeva zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida to‘xtalib,
“Ta’limni modernizatsiyalash hozirgi sharoitda muntazam tarzda o‘zini kasbiy va
ma’naviy takomillashtirishga intiladigan, izchil ijodiy faol va atrof muhitni gumanistik
anglaydigan o‘qituvchi-musiqachi uchun yangi talablarni ilgari surmoqda”, deya
uqtiradi

3

O‘qituvchining xonaga qanday kirib kelishi, bolalarga qanday nigoh bilan

qarashi, salomlashishi, o‘quv auditoriyasida qanday tempda yurishi - bularning
barchasi o‘quvchi (talaba)ga o‘ziga xos ijobiy (yoki salbiy) psixologik ta’sir
ko‘rsatadigan kuchdir. Vazmin, xushmuomala, bilimlarni o‘quvchiga sodda tarzda
yetkaza oladigan, har bir o‘quvchining o‘zlashtirish dinamikasini sezib turadigan va
hissiy holatini yaxshi tushunadigan o‘qituvchi o‘ziga ishongan, kuchli o‘qituvchidir.
O‘qitish metodlari va vositalarini shunday tanlash lozimki, musiqa materiali o‘zining
murakkabligi nuqtai nazaridan o‘quvchilarning qobiliyatlari, ularning o‘zlashtirish
imkoniyatlari darajasida bo‘lsin.

Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasini tadqiq etgan B.M.Teplov shunday fikrni

ilgari suradi, “Musiqiy ladlar bir-biridan tubdan farq qiladi, ularni tinglaganda turli
kayfiyatlar paydo bo‘ladi, biz har bir ladga bir xil munosabat ko‘rsatmaymiz: masalan,
miksolidiy va boshqa nisbatan “yumshoq” ladlarni tinglab, kayfiyatimiz ko‘tarilganini
his qilamiz, boshqa ladlar o‘rtacha muvozanatli kayfiyatlarni hosil qiladi.

4

Ladlarni his

etish sub’yektiv xususiyat kasb etadi va tinglash jarayonining sifatini ma’lum darajada
belgilaydi. Ye.S.Borisovaga ko‘ra, perseptiv jarayonni tashkil etuvchi sub’ekt
(tinglovchi), ob’yekt (musiqa materiali) va idrok jarayonining o‘zi - hissiy obrazni
shakllantirishdagi o‘zaro aloqadorlik vositasi sanaladi.

5

Tinglash faoliyati

samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri bu o‘qituvchining nutqi bo‘lib,

2

Уколова Л.И. Педагогически организованная музыкальная среда как средство становления духовной культуры

растущего человека. Автореф. дисс. докт. пед. наук. Москва, 2008. – 56 с

3

Князева Г.Л. Развитие способности к творческой интерпретации у будущих педагогов-музыкантов: формы и

методы. Автореферат канд. пед. наук. Москва, 2015. – 29 с

4

Теплов Б.М. Психология музыкальных способностей: учебное пособие / Б.М.Теплов. – 4-е изд., стер. – Санкт-

Петербург: Лань: Планета музыки, 2022. – 488 с

5

Борисова Е.С. Психологические особенности категориальной организации восприятия музыки учащейся

молодежью с разным уровнем музыкального образования. Автореферат дисс. канд. психол. наук. Казань, 2009.
– 24 с


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

84

tinglangan asar borasida ta’rif berish, undagi badiiy estetik mazmunni bor-budicha
ifodalash - yuz harakatlari, tana a’zolari yordami bilan amalga oshiriladi va syujetli,
qoidali, ma’noli, dramatik, kechinmali, noverbal nutq shaklida amalga oshirilishi
mumkin. Bu pantomimika vositasidagi nutq bo‘lib, aynan tovushsiz ma’lum axborotni
uzatish uchun qo‘llaniladi va musiqa ta’limida muhim rol o‘ynaydi. Pantomimika o‘z
mohiyati ko‘lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo‘lib, musiqiy mazmun,
badiiy ifoda, asardagi murakkab dramatik kechinmalar yuzasidan o‘quvchilarga
ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Pantomimikadan o‘qituvchi tinglash faoliyatini
tashkil etishda unumli foydalanishi mumkin, bunda asar mazmuni yaqqol ruhiy
holatlar, emotsiyalar va harakatlar vositasida, hissiylik asosida yetkazib beriladi hamda
kuchli ruhiy ta’sir quvvatiga ega bo‘ladi. T.S.Tanko talqiniga ko‘ra, “Musiqa
psixologik-pedagogik vosita sifatida o‘quvchilarni musiqa san’atiga olib kirish orqali
ularning shaxsiy sifatlarini, tushuncha va tasavvurlari doirasini, ma’naviy-axloqiy,
intellektual va emotsional sohalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi”.

6

Ta’kidlash lozimki, tabiiy xususiyatlar o‘quvchining musiqa bo‘yicha

egallaydigan yutuqlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, masalan, musiqiy
qobiliyat kurtaklarida tug‘ma individual xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Shu sababli
ba’zi bolalar boshqalaridan musiqiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyati jihatidan
ustun turishadi. Shu ma’noda, o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini baravar rivojlantirish
imkoniyatiga ega emaslar. Tabiiy layoqatlar o‘quvchilarning musiqiy rivojlanishi
uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ular rivojlantirilmasa hech qanday izsiz
yo‘qolishi ehtimoli yuqori. Jumladan, V.I.Petrushin metodikasini qo‘llash orqali
o‘quvchi (talaba)larda musiqaga nisbatan munosabat, qiziqish va ustanovkalarning
ifodalanishi darajasini o‘rganish mumkin. V.G.Kasimov tomonidan taqdim etilgan
“Tinglovchilik faoliyatiga munosabatni o‘rganish testi” esa tinglash faoliyatiga
nisbatan mavjud motivatsiya darajasini diagnostik o‘rganishda muhimdir .

7

Bularning

barchasi tinglash faoliyatining sub’yektiv jihatini ta’kidlaydi va o‘qituvchi dars
mashg‘ulotlarida mazkur pedagogik xususiyatlarni nazarda tutgan holda ta’limiy
jarayonni tashkil etishi maqsadga muvofiq.

O‘quvchilar asosiy hissiy holatlarni ma’lum darajada aniqlay oladilar, eshitgan

musiqalarini o‘zlarining tajribalari bilan bog‘lashga harakat qiladilar, ammo,
musiqaning emotsional-obrazli mazmuni bo‘yicha yetarli darajada so‘z boyligiga ega
emasligini ham tan olishimiz zarur. Musiqiy sezuvchanlikni rivojlantirishning turli
usullaridan foydalanish samarali natijalarga olib keladi.

6

Танько Т.С. Закономерности воздействия музыки на человека связь музыкального искусства и педагогики.

www.SuperInf.ru

7

Петрушин В.И. Музыкальная психология. Учебное пособие для вузов. – 2-е изд. – М.: Академический проект;

Трикста, 2008. – 400 с


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

85

Masalan, o‘quvchilar bilan musiqa haqida suhbatlar, badiiy ifoda, musiqa

asarlariga bag‘ishlangan rasmlar, turli maketlar va boshqa ko‘rgazmali vositalar
o‘quvchiga asarning emotsional (hissiy) obrazini vizual ravishda tushunishga va
taqdim etishga yordam beradi. Emotsional sezuvchanligi yuqori o‘quvchilar musiqa
haqida o‘z fikrlarini erkin bildirishi, unga estetik baho berishi, obrazli taqqoslash va
metaforalardan keng foydalana olishi, hissiy tajribasi bilan o‘rtoqlasha olishi lozim.
O‘quvchilarning asar mazmuni, musiqiy ifoda vositalari va hissiy kayfiyat o‘rtasidagi
aloqalarni ishonchli tarzda o‘rnata olishi ularning badiiy obrazlarni tushunishidan
dalolat beradi. Ular musiqa asarlari bilan muloqot jarayonida boshdan kechirgan his-
tuyg‘ularini turli faoliyatlar: rasm chizish, harakatlarda ifodalash, raqsga tushish
kabilar orqali ifodalashi maqsadga muvofiq. Emotsionallik darajasi o‘rtacha va past
darajadagi o‘quvchilar hissiy tajribani ifodalashda ko‘proq cheklanganlikni namoyon
etishadi, mazkur holat ularning individual tipologik xususiyatlariga ham bog‘liqligini
nazarda tutish zarur. Yuqoridagi ish usullari o‘quvchining hissiy sezuvchanligini
rivojlantirish maqsadida, o‘qituvchilar tomonidan musiqiy idrok faoliyati jarayonida
hissiy tajribani boyitish bo‘yicha tizimli va maqsadli ishlarni amalga oshirishlari
zarurligini ko‘rsatadi.

Zamonaviy musiqiy-pedagogik ta’lim o‘zida jahon pedagogika fani, musiqiy va

badiiy madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini, shuningdek, jamiyatning hozirgi
bosqichdagi rivojlanish xususiyatlari va tuzilishi murakkabligini mujassam etgan
noyob ijtimoiy-madaniy hodisadir. I.R.Levina musiqiy pedagogik ta’lim faoliyatining
bosh vazifasi ta’lim oluvchilarga o‘zaro ta’sir tajribasi va ijodiy faoliyat shakllari
asosida ilg‘or an’analar, jahon madaniyatining nodir namunalarini yetkazishdan
iborat, deb hisoblaydi .

8

Musiqachi-pedagog D.B.Kabalevskiy aytadi: “Musiqa –

ko‘ngil ochish, o‘z istagi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan hayotga nisbatan
“garnir” (qo‘shimcha) emas, balki, yaxlit holdagi hayotning va alohida olingan shaxs,
jumladan, maktab o‘quvchisi hayotining muhim qismidir”

9

. Bu so‘zlar orqali

D.B.Kabalevskiy yoshlar uchun musiqaning muhim tarbiyaviy va ijobiy yo‘naltiruvchi
quvvatini ta’kidlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

AXMAD BAXRIYEV “Musiqiy ijrochilik malakalarini rivojlantirishda
tinglovchilikmadaniyatining imkoniyatlari” T., 2023. - 129 b

2.

Сохор А.Н. Музыка как вид искусства: учебное пособие / А.Н.Сохор. – 3-е
изд, стер. – Санкт-Петербург: Лань: Планета музыки, 2022. – 128 с.

8

Левина И.Р. Развитие социального интеллекта педагога-музыканта в процессе профессиональной вузовской

подготовки. 2021. Автореф. дисс. докт. пед. наук. Москва, 2020. - 48 с.

9

Рачина Б.С. Педагогическая практика: подготовка педагога музыканта: учебно-методическое пособие /

Б.С.Рачина. - 2-е изд., стер. – Санкт-Петербург: Лань: Планета музыки, 2022. – 512 с


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

86

3.

Уколова Л.И. Педагогически организованная музыкальная среда как средство
становления духовной культуры растущего человека. Автореф. дисс. докт.
пед. наук. Москва, 2008. – 56 с

4.

Князева Г.Л. Развитие способности к творческой интерпретации у будущих
педагогов-музыкантов: формы и методы. Автореферат канд. пед. наук.
Москва, 2015. – 29 с

5.

Теплов Б.М. Психология музыкальных способностей: учебное пособие /
Б.М.Теплов. – 4-е изд., стер. – Санкт-Петербург: Лань: Планета музыки, 2022.
– 488 с

6.

Борисова Е.С. Психологические особенности категориальной организации
восприятия музыки учащейся молодежью с разным уровнем музыкального
образования. Автореферат дисс. канд. психол. наук. Казань, 2009. – 24 с

7.

Танько Т.С. Закономерности воздействия музыки на человека связь
музыкального искусства и педагогики. www.SuperInf.ru

8.

Петрушин В.И. Музыкальная психология. Учебное пособие для вузов. – 2-е
изд. – М.: Академический проект; Трикста, 2008. – 400 с

9.

Левина И.Р. Развитие социального интеллекта педагога-музыканта в процессе
профессиональной вузовской подготовки. 2021. Автореф. дисс. докт. пед.
наук. Москва, 2020. - 48 с.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

AXMAD BAXRIYEV “Musiqiy ijrochilik malakalarini rivojlantirishda

tinglovchilikmadaniyatining imkoniyatlari” T., 2023. - 129 b

Сохор А.Н. Музыка как вид искусства: учебное пособие / А.Н.Сохор. – 3-е

изд, стер. – Санкт-Петербург: Лань: Планета музыки, 2022. – 128 с.

Уколова Л.И. Педагогически организованная музыкальная среда как средство

становления духовной культуры растущего человека. Автореф. дисс. докт.

пед. наук. Москва, 2008. – 56 с

Князева Г.Л. Развитие способности к творческой интерпретации у будущих

педагогов-музыкантов: формы и методы. Автореферат канд. пед. наук.

Москва, 2015. – 29 с

Теплов Б.М. Психология музыкальных способностей: учебное пособие /

Б.М.Теплов. – 4-е изд., стер. – Санкт-Петербург: Лань: Планета музыки, 2022.

– 488 с

Борисова Е.С. Психологические особенности категориальной организации

восприятия музыки учащейся молодежью с разным уровнем музыкального

образования. Автореферат дисс. канд. психол. наук. Казань, 2009. – 24 с

Танько Т.С. Закономерности воздействия музыки на человека связь

музыкального искусства и педагогики. www.SuperInf.ru

Петрушин В.И. Музыкальная психология. Учебное пособие для вузов. – 2-е

изд. – М.: Академический проект; Трикста, 2008. – 400 с

Левина И.Р. Развитие социального интеллекта педагога-музыканта в процессе

профессиональной вузовской подготовки. 2021. Автореф. дисс. докт. пед.

наук. Москва, 2020. - 48 с.