Mualliflar

  • Turdiboyeva Moxlaroy Adashbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94870

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: musiqa terapiyasi emotsional barqarorlik ta’lim psixologik sog‘lomlashtirish inklyuziv muhit.

Annotasiya

 Annotatsiya:  mazkur  maqolada  musiqa  terapiyasining  mohiyati, uning  inson 
psixologik  holatiga  ta’siri  va  ayniqsa  ta’lim  tizimida  qo‘llanilishining  pedagogik 
imkoniyatlari  yoritilgan.  Musiqa terapiyasining o‘quvchilarda stressni kamaytirish, 
emotsional barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashishdagi o‘rni 
tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tajribalar asosida musiqa terapiyasini 
ta’lim  amaliyotiga  samarali  integratsiya  qilish  yo‘llari  ko‘rib  chiqilgan.  Maqola 
natijasida  musiqa  terapiyasining  inklyuziv  ta’limdagi  ahamiyati,  o‘qituvchi  va 
psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik zarurati asoslab berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

25

MUSIQA TERAPIYASI VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI

Turdiboyeva Moxlaroy Adashbek qizi

Namangan davlat pedagogika instituti talabasi


Annotatsiya:

mazkur maqolada musiqa terapiyasining mohiyati, uning inson

psixologik holatiga ta’siri va ayniqsa ta’lim tizimida qo‘llanilishining pedagogik
imkoniyatlari yoritilgan. Musiqa terapiyasining o‘quvchilarda stressni kamaytirish,
emotsional barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashishdagi o‘rni
tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tajribalar asosida musiqa terapiyasini
ta’lim amaliyotiga samarali integratsiya qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola
natijasida musiqa terapiyasining inklyuziv ta’limdagi ahamiyati, o‘qituvchi va
psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik zarurati asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa terapiyasi, emotsional barqarorlik, ta’lim, psixologik

sog‘lomlashtirish, inklyuziv muhit.

MUSIC THERAPY AND ITS PLACE IN THE EDUCATION SYSTEM

Turdiboyeva Mokhlaroy

Student of Namangan State Pedagogical Institute


Abstract:

This article covers the essence of music therapy, its impact on the

psychological state of a person, and especially the pedagogical possibilities of its
application in the education system. The role of music therapy in reducing stress in
students, ensuring emotional stability, and promoting social adaptation is analyzed.
Also, ways of effectively integrating music therapy into educational practice based on
foreign and local experience are considered. As a result of the article, the importance
of music therapy in inclusive education and the need for cooperation between teachers
and psychologists are substantiated.

Keywords:

music therapy, emotional stability, education, psychological

rehabilitation, inclusive environment.

МУЗЫКАЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ И ЕЕ МЕСТО В СИСТЕМЕ

ОБРАЗОВАНИЯ

Турдибоева Мохларой

Студент Наманганского государственного

педагогического института


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

26

Аннотация:

В статье рассматривается сущность музыкотерапии, ее

влияние на психологическое состояние человека, а также педагогические
возможности ее использования, особенно в системе образования.
Проанализирована роль музыкотерапии в снижении уровня стресса,
обеспечении эмоциональной стабильности и содействии социальной адаптации
студентов. Также были рассмотрены способы эффективной интеграции
музыкальной терапии в образовательную практику на основе зарубежного и
отечественного опыта. В статье обосновывается значимость музыкотерапии
в инклюзивном образовании и необходимость сотрудничества педагогов и
психологов.

Ключевые слова:

музыкотерапия, эмоциональная стабил

ьность,

образование, психологическое благополучие, инклюзивная среда.


Musiqa – inson kayfiyatlari zavq, shodlik, ko‘tarinkilik, g‘amginlik va

mushohadalik kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan holda, inson hissiy kechinmalari,
fikrlari va tasavvur doirasini musiqiy tovushlar majmui vositasida aks ettiruvchi san’at
turi bo‘lib, uning mazmuni o‘zgaruvchan tarzda ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan
musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa inson his-tuyg‘ulari, hayoti davomida hosil
bo‘ladigan tushunarsiz vaziyatlardan chiqish, uni bir muvozanatda ushlab turish,
fikrlarni boshqarish va tarbiyalashda ishtirok etuvchi omil bo‘lgani sababli, inson hayot
faoliyati davomida musiqadan turli vaziyatlarda foydalanadi. Ammo musiqa
san’atining bizga ma’lum bo‘lmagan yana bir ijobiy ta’siri mavjud bo‘lib, bu musiqa
orqali inson organizmida uchraydigan ko‘plab kasalliklarni davolash, ya’ni musiqa
terapiyasidir. Musiqaning davolovchi xususiyati haqidagi tushunchalar insoniyat tarixi
davomida mavjud bo‘lgan, lekin aynan musiqiy terapiya atamasi yaqin yillarda
rivojlana boshladi va hozirgi kunda musiqiy terapevtlar ko‘plab davlatlarda o‘z
faoliyatini olib bormoqda. Musiqaning inson organizmiga ta’siri va uning davolovchi
xususiyatlarini qadimgi Hindiston, Xitoy hamda Misrda miloddan avvalgi 500-yillar
oralig‘ida o‘rganila boshlagan. Qadimgi Yunonistonda musiqa bilan davolash haqidagi
ilk tushunchalarni Pifagor, Platon va Aristotel ta’limotlarida uchratishimiz mumkin.
Musiqaning inson aqliy faoliyati va jismoniy holatiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatishi haqidagi fikrlarni birinchilardan bo‘lib yunon olimi va faylasufi Pifagor o‘z
asarlarida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra “agar kimdir go‘zal ritm va qo‘shiqlarni
tinglasa, bunday kishi musiqa ta’limini ohang va ritmlardan boshlaydi, uning axloqi va
ehtiroslari davolanadi va dastlabki uyg‘unlik paydo bo‘ladi, ruhiyati
mustahkamlashadi”1. Qadimgi yunonlar musiqani tabiat va inson o‘rtasidagi
uyg‘unlikni mustahkamlovchi kuch sifatida baholaganlar va musiqa inson ruhini
tarbiyalaydi degan ilk farazlar aynan Qadimgi yunonlarda mavjud edi. Bu borada
Pifagordan keyin Platon va Aristotel musiqaning to‘rt kuchini aniqlab beradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

27

1.Hissiyotlarni harakatga keltirish;
2.Quvonch berish ;
3.Axloqiy fazilatlarga moyillik ;
4.Intelektual rivojlantirish.

"Musiqa terapiya "atamasi yunon-lotin tilidan kelib chiqqan va tarjimada"musiqa

bilan davolash" degan maʼnoni anglatadi. „Musiqa terapiya“ tushunchasining koʻplab
taʼriflari mavjud. Olimlarning katta qismi musiqa terapiyasini psixoterapiyaning
yordamchi vositasi, bemorlarni murakkab terapevtik usullardan foydalanishga maxsus
tayyorlash vositasi deb bilishadi. Boshqa mualliflar musiqa terapiyani quyidagicha
belgilaydilar:

Somatik va ruhiy kasalliklarga chalingan bolalar va kattalarni davolash,
reabilitatsiya qilish, oʻqitish va tarbiyalashda musiqadan nazorat ostida
foydalanish;

Kasallik yoki ruhiy buzilishlarning fiziologik va psixologik jihatlarini davolash
uchun musiqadan tizimli foydalanish;

Ijodiy

kuchlar

va

pedagogik-tarbiyaviy

ishlarni

optimallashtirish

vositasi foydalanish.
Musiqaning inson ruhiy va jismoniy holatiga sezilarli taʼsirini tasdiqlagan birinchi

odamlardan biri yunon olimi va faylasufi

Pifagor

edi. Yamblichning „Pifagor hayoti

toʻgʻrisida“ asaridan koʻrinib turibdiki, agar kimdir „chiroyli ritmlar va qoʻshiqlarni
tinglasa, unda bunday odam musiqiy taʼlimni ohang va ritmlardan foydalangan holda,
inson axloqi va ehtiroslari davolanadi va aqliy kuchlarning dastlabki uygʻunligi
oʻrnatiladi“.

Hindistonda musiqiy terapiya usullari keng qoʻllangan-bu raga nazariyasiga mos

keladi (har bir raga maʼlum bir kayfiyatga mos keladi, odamning holatidagi
oʻzgarishlarga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin, shuning uchun depressiya va boshqa
kasalliklarni davolash mumkin (hind shifokorlarining fikriga koʻra). Musiqa terapiyasi
Xitoyda ham maʼlum boʻlgan.

Turk dunyosida ruhiy kasalliklarni musiqa bilan davolash islom dinining

tug‘ilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Musiqa va tibbiyot mavzusiga qiziqishning
ortishi aynan shu vaqtdan boshlangan. Masalan, o‘sha davrdagi buyuk fizik Ibn al
Xaysam o‘z faoliyatini shifokorlikdan boshlagan va musiqaning odamlar va
hayvonlarga ta’sirini o‘rgangan.1 Bu davrda yashab ijod qilgan Ar-Roziy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi sharq allomalari musiqa orqali insonlarda uchraydigan
ruhiy kasalliklarni davolash mumkinligini ilmiy asoslab bergan. Abu Nasr Farobiy
o‘zining “Musiqa haqida katta kitob” nomli ilmiy asarida musiqaning astronomiya
bilan aloqasini ko‘rsatishga harakat qilgan. O‘sha davrda sharq musiqa durdonasi
hisoblangan maqomlardan musiqa bilan davolashda ham foydalanilgan. Farobiy
maqomlarning inson ruhiy holatiga ta’sirini, shuningdek, bu ta’sirning kun vaqtiga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

28

qarab amal qilishini aniqlagan. Masalan, Farobiy tadqiqotiga ko‘ra: Rost maqomi –
bemorga quvonch keltiradi. Ertalab quyosh chiqqanidan so‘ng 40-50 daqiqa,
kechqurun esa quyosh botishidan 40-50 daqiqa oldin ijobiy ta’sir qilgan. Rohaviy
maqomi – insonda abadiylik tuyg‘usini jonlantiradi va erta tongda tinglash samara
beradi. Isfahon maqomi – bemorni quvnoqlik, ishonch hissi bilan ilhomlantiradi va
quyosh botganda samarali hisoblanadi. Navo maqomi – shirinlik, zavq hissini beradi
va kechqurun samarali hisoblanadi. Ushshoq maqomi – bemorga ko‘tarinki kayfiyat
beradi va tushlik paytida samarali. Xusayniy maqomi – xotirjamlik tuyg‘usini beradi
va ertalab samarali hisoblanadi. Zangula maqomi – bemorga uyquni singdiradi va
kechasi samarali. Busalik maqomi – bemorga kuch baxsh etadi, kunduz kuni samarali
ta’sir ko‘rsatadi.

Buyuk faylasuf va olim, sharq tabobati asoschisi Ibn Sino Farobiyning ilmiy

izlanishlaridan ilhomlanib, ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda dori
vositalari va musiqani uzviy bog‘liq tarzda qo‘llaydi va bemorlar musiqa bilan
shug‘ullanishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ushbu uch omil dori-darmon,
musiqa va musiqa ijrosi bemorni davolashda yuqori samara berishi mumkin. Ibn Sino
o‘zining “Kitab ash-shifo”, “Kitab an-Najot” asarlarida bemorga kuch, ishonch,
dadillik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlash hamda bemorni davolashda musiqaning o‘rni
haqida ko‘plab fikrlar qoldiradi. Musiqa terapiyasi – bemorlarda uchraydigan ba’zi
kasalliklarni musiqiy asarlar yordamida bartaraf etish yoki yengillashtirish maqsadida
qo‘llaniladigan davolash turi hisoblanadi. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan
davlatlarda musiqa terapiyasi inson psixikasi, ruhiy holatini yaxshilash, saqlash va
davolashning universal vositasi bo‘lib ulgurgan. Musiqiy terapiya ruhiy kasallikga
chalingan, nogiron va asab, yurak-qon tizimi bilan bog‘liq kasalliklarda bolalar va
kattalarni davolash hamda reablitatsiya qilish va tarbiyalash maqsadida qo‘llanib
kelinmoqda.


Musiqiy terapiyaning 3 ta asosiy shakli mavjud:

retseptiv, faol, integral.

Retseptiv musiqa terapiyasi

(passiv)

bemorning musiqiy terapiya mashgʻulotlari

jarayonida unda faol ishtirok etmasligi, oddiy tinglovchining pozitsiyasini egallashi
bilan ajralib turadi. Unga turli xil musiqiy kompozitsiyalarni tinglash yoki uning
ruhiy salomatligi va davolash bosqichiga mos keladigan turli xil tovushlarni
tinglash taklif etiladi.

Musiqiy terapiyaning faol usullari

musiqiy materiallar bilan faol ishlashga

asoslangan:instrumental oʻyin, qoʻshiq aytish.

Musiqa terapiyasini ta’lim tizimiga tatbiq etish usullari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

29

🏫

Maktab va maktabgacha ta’limda:

Darslardan oldin 3-5 daqiqalik relaksatsion musiqa tinglash seanslari.

Har haftada “musiqiy emotsiya darslari” o‘tkazish (ya'ni, kayfiyatga mos musiqa
bilan ish yuritish).

Musiqa terapiyasiga ixtisoslashgan pedagoglar bilan dars mashg‘ulotlari olib
borish.

🎧

Amaliy usullar:

“Musiqiy nafas mashqlari” — bolalar klassik musiqa tinglab, chuqur nafas olib
dam oladi.

“Ritmik harakatlar” — musiqa ritmiga mos harakat qilish orqali jismoniy va
emotsional uyg‘unlik hosil bo‘ladi.

“Musiqiy fikr aytish” — bolalar tinglagan musiqasi haqida o‘z fikrini aytadi
(his-tuyg‘ular bilan).

Inklyuziv ta’limdagi ahamiyati

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun musiqa — noverbal ifoda vositasi.

Autizm, e’tibor yetishmovchiligi, o‘rganish qiyinchiligi bo‘lgan bolalar bilan
samarali ishlash imkonini beradi.

Emotsional o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, ijtimoiy integratsiya
imkonini kuchaytiradi.

Musiqa terapiyasini joriy qilishdagi taklif va tavsiyalar

Musiqa o‘qituvchilarini qisqa muddatli terapiya metodikasi bo‘yicha o‘qitish.

Har bir umumta’lim maktabida “psixologik dam olish xonasi”da musiqa terapiya
seanslari tashkil etish.

Mahalliy folklor va milliy musiqa namunalarini musiqa terapiyasida keng
qo‘llash.

Ta’lim vazirligi darajasida maxsus metodik qo‘llanma ishlab chiqish.

Xulosa qilib aytganda musiqa terapiyasi hozirgi kunda aksar rivojlangan davlatlarda

asab tizimi, yurak qon tizimi kasalliklari va boshqa ko‘plab kasalliklarni davolashda
muhim rol o‘ynaydi. Musiqa tebranishlari inson tanasidan, shuningdek, uning alohida
tizimlari va xujayralaridan chiqadigan tebranishlar bilan rezonanslashadi. Bu esa
tanadagi kasalliklarni o‘z-o‘zidan davolash imkonini beradi. Turli xil dori darmonlar
va ularning inson organizmiga aks ta’sirining oldini olish, nogiron va ruhiy kasalligi
mavjud bo‘lgan bemorlarni davolash maqsadida ko‘plab rivojlangan mamlakatlar
musiqa terapiyasi klinikalari faoliyatini keng yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mutaxassislar bir
nechta oliygohlarda maxsus mutaxassisliklarda tahsil oladi. Musiqa inson hayotida
ham psixik ham fiziologik ta’siri bilan ahamiyatli bo‘lganligi bois, musiqa terapevtlar
yordamida davolangan bemorlar nafaqat kasalliklarini balki ruhiy og‘riqlarini ham
yo‘qotishga erishadilar. Musiqa terapiyasi rivojlanmagan mamlakatlarda ham musiqiy
terapiya mutaxassislari va klinikalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bugungi kun


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

30

jamiyatining sog‘lom turmush tarzini yaratish va ko‘plab asab kasalliklarini dori-
darmonlarsiz davolash imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Schoen-Nazzaro, M.B.(1978). Plato and aristotle on the Ends of Music. Laval
theologique et philosophique .

2.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. T.2000.

3.

Hunke S. Avrupa’nın Üzerine Doğan İslam Güneşi // Bedir Yayınevi. İstan bul,
1972.

4.

Музыкотерапия в музыкальном образовании. Международная конференция.
Санкт-Петербург.2017.

5.

Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. T., 2009.

6.

O.Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA
MUSIQA FANINING TUTGAN O‘RNI. Scientific progress, 1(5).


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Schoen-Nazzaro, M.B.(1978). Plato and aristotle on the Ends of Music. Laval

theologique et philosophique .

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. T.2000.

Hunke S. Avrupa’nın Üzerine Doğan İslam Güneşi // Bedir Yayınevi. İstan bul,

Музыкотерапия в музыкальном образовании. Международная конференция.

Санкт-Петербург.2017.

Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. T., 2009.

O.Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA

MUSIQA FANINING TUTGAN O‘RNI. Scientific progress, 1(5).