Mualliflar

  • Salayeva Shahnoza Baxram qizi
  • Ro'ziyeva Zulxumor Ro'zibayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94871

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: O'smir o'smirlik davri psixologiyasi

Annotasiya

Ushbu maqolada o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqda yoritilgan. 
Shuningdek, o'smirlik davrini o'rganish bo'yicha psixodiagnostik uslublar keltirilgan. 
o'smirlik  ko'p  jihatdan  insonning  ertangi  kunini  belgilab  beruvchi  muhim  palla 
hisoblanadi.  Bu  davrda  ota-onalar  farzandlariga  har  doimgidan  ko'proq  e'tibor 
berishlari kerak. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

21

O’SMIRLIK DAVRI PSIXODIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI

Xorazm viloyati Xiva shahar

7-sonli umumiy oʻrta ta'lim

maktabi psixologi

Salayeva Shahnoza Baxram qizi

Xorazm viloyati Xiva shahar

14-sonli umumiy o'rta ta'lim

maktabi psixologi

Ro'ziyeva Zulxumor Ro'zibayevna

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqda yoritilgan.

Shuningdek, o'smirlik davrini o'rganish bo'yicha psixodiagnostik uslublar keltirilgan.
o'smirlik ko'p jihatdan insonning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim palla
hisoblanadi. Bu davrda ota-onalar farzandlariga har doimgidan ko'proq e'tibor
berishlari kerak.

Kalit so'zlar:

O'smir, o'smirlik davri psixologiyasi, "Men" konsepsiyasi, o'tish

davri.


O'smirlik balog'atga yetish davri bo'lib yangi hislar, sezgilar, tuyg'ular paydo

bo'ladi. Bu davrda o'smir hayotida fiziologik va psixologik o'zgarishlar juda ham
keskin sur'atlarda amalga oshiraldi. Kichik maktab yoshidagi novcha qizlarning yonida
bo'yi pastroq lekin serharakat bolalar o'smirlik davrida novcha qizlarga yetib oladilar,
hattoki ulardan o'zib ham ketadilar. Bu davrda qiz bolalar 5-7 smga o'ssalar,o'g'il
bolalar esa unadan yuqori 5-10 smga o'sib ketadilar. Bo'y o'sishi naysimon suyaklar va
umurtqa pog'onasining uzayishi hisobiga ro'y beradi. Bu davrda naysimon
suyaklarning oxirgi tayanch qismlari hali yetarli darajada suyaklanmagan,yumshoq
bo'ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o'smirlar sportning murakkab,og'ir turlari
bilan shug'ullanishiga yo'l qo'ymasligi kerak.Aks holda bolalarning umurtqa pog'onasi
qiyshayib bo'yi o'smay qolishi mumkin.Og'iz bo'shlig'iga hamda halqumdagi
o'zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga
nisbatan ko'proq darajada sodir bo'ladi. O'g'il bolalarning tovushi vazminroq bo'lib
qoladi va do'rillaydi. Ayni shu holat ham o'smir psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Agar
ularning ovozi muhokama qilinaversa, ustidan kulinaversa o'smir aggressor, urishqoq
bo'lib qoladi. Shuning uchun ham kattalar o'smirlar bilan qanday muomala qilishni
bilishlari kerak. Chunki ular o'zlari bilan xuddi kattalardek muomala qilishlarini
xohlashadi. Insonning o'zining "Meni" ham shu davrda rivojlana boshalaydi va u
o'zligini anglashni o'rganadi. Ular o'zlarining layoqati, qobiliyati va imkoniyatlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

22

ma'lum darajada o'rtoqlariga va o'qituvchilariga ko'rsatishga intiladilar. O'smirlik davri
"O'tish davri", "Krizis davri", "Qiyin davr" kabi nomlarni olgan psixologik ko'rinishlari
bilan xarakterlanadi. Chunki bu yoshdagi o'smirlarning xatti-harakatlaridagi muqobil,
yangi sharoitlarda o'z o'rnini topa olmaslik, psixik portlash hollari ham kuzatiladi.
Tevarak-atrofdagi odamlarga o'zining ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun u
kuchli, qo'rqmas va epchil bo'lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o'z tarbiyalanuvchilari
xuddi shunday bo'lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat
«kerakligi» uchun shunday bo'lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak»
o'rtasidagi qarama-qarshiliklar ba'zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni
yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish
orqaligina amalga oshiriladi. Agar o'smir bola tushunishga o'rgatilmagan bo'lsa va
«kerak» bo'lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo'lsa, u o'zboshimchaligini
namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o'zining
shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O'smirning yangi huquqlarga
da'vosi, avvalo, kattalar bilan o'zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo'ladi.
O'smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko'rsata boshlaydi: uning
mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo'naltirishganda, nazorat
qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari,
munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u norozilik bildiradi.

O'smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko'pincha

ular o'zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid
qiladilar.O'smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham
mumkin. O'smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda
o'zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari
jihatidan kattalarga yaqin bo'lgan o'smirda juda ko'p noqulay va tashvishga tushuvchi
holatlar bo'ladi va ular o'smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o'smirning
ma'naviy o'sishi, Shuningdek psixikasidagi o'zgarishlar bilan ham bog'liqdir. Bu
davrda bolaning ijtimoiy mavqei o'zgaradi, o'zining yaqinlari, do'stlari, tengdoshlari
bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o'zgarish uning ichki
dunyosida yuzaga keladi. Ko'pgina o'smirlarda o'zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.
Shuningdek, o'zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo'layotgan
o'zgarishlarga to'g'ri kelmayotganligi o'smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa
o'smirda o'zi haqida salbiy fikr va qo'rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba'zi o'smirlarni
nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini
anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga
sabab bo'ladi va o'smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud
tushkunlik, yolg'izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o'jarlik, qaysarlik, agressivlik,
hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo'ladi. Bunday paytlarda u o'zi
singari katta fiziologik, psixologik o'zgarishlar kechayotgan o'rtog'i bilan muloqot


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

23

qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do'sti o'smirga ijobiy ta'sir qiladimi yoki uni yo'ldan urib,
yomon ta'sir qiladimi - bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog'liq.

Zamonaviy dunyoda oila yangi shakllarga ega va bilan taqqoslaganda sezilarli

darajada o'zgartirilgan oldingi avlodlar davomida qabul qilingan oilaviy
munosabatlarning an'anaviy shakllari.

O'smirlik davrida o'qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi.

5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o'qish to'g'ri, tez va ifodali bo'lish darajasidan, yoddan
ifodali, ta'sirli aytib bera olish darajasigacha ko'tariladi. Monologik nutq esa asardagi
kichik bir parchani qayta so'zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar
tayyorlash, og'zaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha
o'zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda o'smirlar endi ularga berilgan erkin
mavzu bo'yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O'smirlarning nutqi to'la tafakkur
bilan bog'liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o'quvchilar og'zaki va yozma
matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O'zi yozgan fikrni qayta-qayta o'qib, o'z
nutqini analiz qilib ko'rishga majbur qiladi. O'quvchi yozib bayon qilayotganida,
ko'pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko'rib chiqishga, o'zgartirishga, to'ldirishga,
qaytadan ishlab chiqishga majbur bo'ladi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari
ularning nutqini o'stirishda muhim bosqich bo'ladi. O'quvchi yozma nutqni to'g'ri
tushunishni o'rganib oladi, o'z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga
tushuntirishni o'rganadi. Kitob o'qish va ayniqsa o'zidagi fikrlarni yozma tarzda
ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga
ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to'liq tushuntirib berish zarurligi o'quvchini o'zi
yozayotganlarining mazmunigagina diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib
yozayotganligiga ham e'tibor berishga majbur etadi. O'smirlik davrida xotiraning
barcha turlari o'zining sifat ko'rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda
o'quvchilarga beriladigan o'quv materialining hajmi katta bo'lgani uchun ham uni eslab
qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo'li bilan o'zlashtirish qiyin. O'smirlik yoshida
bolalar o'qigan va o'rganganlarini so'zma-so'z yodlashdan voz kechib uning ma'nosiga
ko'ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib
boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa ba'zan salbiy
xolatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. O'smirlik davriga kelib yangi fanlar,
jumladan, o'quvchilar eslab qolishi zarur bo'lgan ma'lumotlar miqdori ko'payadi.
Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma'lumotlarni eslab qolishda muammolarni
keltirib chiqaradi va o'smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga
va o'z-o'zidan o'qishga bo'lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab bo'lishi mumkin.
O'smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo'la boshlaydi. Chunki bu
davrdagi o'quvchilar atrof-olamdagi bog'lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga
harakat qiladilar. Bu davrda o'smirning bilishga bo'lgan qiziqishida keskin rivojlanish
sodir bo'ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi o'smir tafakkurining


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

24

rivojlanishiga olib keladi. Buning ta'sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati
rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo bo'ladi. Maktabda
o'qitiladigan fanlar o'smir uchun o'z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun
sharoit bo'lib xizmat qiladi. J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy hayot uch narsaning
ta'siri - til, mazmun, qoidalar asosida shaMlantiriladi». Bu borada o'zlashtirilgan
ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

Xulosa qilib aytganda o'smirlik davri inson hayotidagi eng muhim pallasi

hisoblanadi.Inson bu davrda yaxshi,o'ziga xos va atrofdagilarga foyda keltiradigan
ishlarni qilishga o'zlarini safarbar etishlari kerak. O'smirlik davrida inson qancha o'qib
o'rgansa, shuncha kamdir. Bu davrda ota-onalarning va ustozlarning bolaga beradigan
tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li.
(2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING
MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International
Engineering

Journal

For

Research

&

Development,

6(SP),

5.

https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2.

Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING
FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

3.

Z.Nishonova, D.Abdullayeva, G.Baykunusova. O'smirlik davri psixodiagnostikasi
va psixokorrektsiyasi

4.

G'aniyeva.X.A. Psixodiagnostika. 2007


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li.

(2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING

MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International

Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5.

Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING

FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

Z.Nishonova, D.Abdullayeva, G.Baykunusova. O'smirlik davri psixodiagnostikasi

va psixokorrektsiyasi

G'aniyeva.X.A. Psixodiagnostika. 2007