Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
13
AFANDI OBRAZINING IJTIMOIY HAYOT IFODASIDAGI O’RNI
Usmanova Mahliyo O’ktam qizi
Guliston davlat universiteti 2-bosqich magistranti
Annatatsiya:
Mazkur maqolada o’zbek xalq og’zaki ijodining namunalaridan
biri latifalarda Afandi obrazining ijtimoiy hayot bilan bog’liq vaziyatlardagi o’rni
haqida ma’lumotlar berilgan. Nasriddin orqali yechilgan muammoli holatlarga e’tibor
qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Nasriddin Afandi, latifa, obraz, ijtimoiy hayot, talqin, tinglovchi,
faylasuf, hayot tajribasi.
O‘zbek latifalaridagi Nasriddin obrazini ikki tomonlama talqin qilish mumkin.
Birinchidan: Nasriddin Afandi har qanday og‘ir hayotiy vaziyatlarda aqli, tadbirkorligi,
tez fikrlashi natijasida yechim topa oladigan dono faylasufdir. U shoh saroyidagi
kamchiliklarni tanqid qila oladi, boylarni, amaldorlarni, yomon xulqli odamlarni
keskin kulgi ostiga oladi, o‘zining xaq ekanligini isbotlaydi.
Ikkinchidan: Nasriddin Afandi – o‘ta sodda, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan,
landavur inson. Bu Nasriddin o‘zining go‘lligi bilan tinglovchini lol qoldiradi.
Yechimini topish talab qilingan vaziyatlarda noo‘rin harakat qiladi. O‘zining mazkur
harakatini beo‘xshov mulohazalari bilan asoslaydi. Agar talabchan podsho oldida
mantiqiy fikr yuritish bilan uni mot qilgan Afandi birinchi talqinga mos kelsa, ko‘cha
bolalarini aldamoqchi bo‘lib, keyin ularning ketidan o‘zi ham chopib, o‘zining gapiga
o‘zi aldangan Afandi ikkinchi talqinni esga soladi
1
Quydagi fikrlarning tasdig‘ini Afandi latifalarini tahlil qilish orqali ko‘rishimiz
mumkin. Shu jumladan “Nodon jamoa” latifasiga e’tibor qaratsak.
“Afandi bir kuni yahudiylarning katta boylari orasiga borib bunday dedi: – Meni
taniysiz, Mulla Nasriddin Afandi bo‘laman. Hozir musulmonchilikdan ko‘nglim sovib
turibdi, agar siz qirq kungacha meni yaxshilab ziyofat qilsangiz, sizning diningizga
kiraman! Yahudiy boylari bu taklifga rozi bo‘lishib, Afandini qirq kun ziyofat qildilar.
Oxiri ulardan biri: – Endi vadangizga vafo qilsangiz, xayrli ish kechikmasa, – dedi.
– Ey, nodon jamoa! – dedi Afandi.
– Qirq yildan beri musulmonlarning ziyofatini yeb, haligacha tuzuk– quruq musulmon
bo‘lganim yo‘g‘– u, qirq kunlik ziyofatingizga musoyi bo‘laymi?”
2
Ushbu latifada Afandi har ikki din vakillariga ham tanbeh berib qo‘ymoqchi
bo‘ldi. Chunki hamma davrda ham dinni boylik bilan o‘lchaydigan odamlar topiladi.
Latifaga yaxshlab e’tibor qaratadigan bo‘lsak yahudiylarning o‘zlarining diniga ham
1
Z.Haydarov. Nomoddiy madaniy meros. Maruz amatni. -N. 2014. B-56
2
Afandining yo‘rig‘i
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
14
juda sobit emasligiga guvoh bo‘lamiz. Agar unday bo‘lmaganda edi, ular Afandining
o‘zlarining qo‘ygan shartiga rozi bo‘lganligiga ishonmagan bo‘lar edi. Shu sababli ham
Afandi ularga qarata “Nodon jamoa” deya murojat qiladi. Latifa yakunida esa Afandi
o‘zining qirq yildan buyon musulmon ekanligini aytib, uning amallarini to‘la– to‘kis
bajara olmayotganligini tan olish orqali, boshqa musulmonlarning ham uning
darajasida ekanligiga ishro berib ketadi. Hazilning tagi zil deganidek latifaning zalvori
juda og‘irdir. O‘sha davrda ham bugungi kunda ham o‘z dinida, e’tiqodida sobit tura
olmaydigan, har narsani pul bilan o‘chaydigan kimsalar bor. Bizning nazdimizda
ertamizda ham bunday odamlar uchraydi. “Nodon jamoa” latifasi shunday insonlarga
oyna tutib, bizni esa zaharxanda kulishga, e’tiqodimiz haqida jiddiyroq o‘ylashga
majbur qiladi.
Nasriddin Afandi har doim o‘zining to‘g‘riligi, haqgo‘yligi tufayli jamiyatdagi
hasis boylar, nohaq amaldorlar bilan kurashib yashagan. Har qanday vaziyatda ularning
qilgan ishlari noo‘rin ekanligini isbotlab, muammoni oddiy xalqning foydasiga hal
qilishga harakat qilgan. Buning isbotini “Kim baxtsizlik keltiradi?” latifasi misolida
ko‘rishimiz mumkun.
“Podsho ertalab ovga borar edi, ro‘parasidan Afandi chiqib qoldi. Afandining
ko‘rinishi ancha xunuk bo‘lganidan podsho o‘z odaticha xodimlariga buyurdi: –
Ovning boshidan shunday badbashara odam uchradi, bugun ov yurishmaydi, olib
borib uni zindonga tashla, hali ovdan qaytganda gaplashaman u bilan! Olib borib
Afandini zindonga tashladilar. Ammo shu kuni podshoning ovi juda yaxshi yurishdi.
Podsho ovdan qaytgach, Afandini chaqirtirib, dedi: – Agar bugun ovim
yurishmaganda, seni o‘ldirar edim, baxting bor ekan. – Bir savol so‘rasam, maylimi?
– dedi Afandi. – So‘ra! – Baxtsizlik keltiradi, ovim yurishmaydi, deb meni ertalab
qamatdingiz, aksincha, ovingiz yurishib ketdi. Men ham bola– chaqamning shu
bugungi tirikchiligi uchun bir parcha non topgani chiqqan edim, kechgacha zindonda
yotib, tirichkilikdan qoldim, bola– chaqamning holi nima kechganini bilmayman.
Qani, ayting– chi, ikkalamizdan qaysi birimiz baxtsizlik keltirar ekanmiz?
3
Latifa avvalida podshoh Afandining badbashar ekanligini, bugungi ovining shu
tufayli yurishmasligini, unga baxtsizlik keltirishini bahona qilib uni zindonga
tashlaydi. Shohning bu qilgan ishi rahbarlarning naqadar tubanlikka yuz tutganliklarini
va xalqni mana shunday arzimas narsalar bilan qiynoqqa solayotganligini Afandi
misolida ko‘rishimiz mumkin. Bizning haqgo‘y qahramonimiz esa bundaylarning
jazosini juda mohirlik bilan berib qo‘yadi. Podshohning ov oldidan uning ro‘parasidan
badbashara inson chiqishiga qaramasdan, ovi baroridan kelganligi sababli Afandini
zindondan ozod qiladi. Nasriddin ozod bo‘lganidan so‘ng podshohga inkor qilib
bo‘lmas dalillarni keltirgan holda kim kimga baxtsizlik olib kelganligini isbotlab
3
Afandining yo‘rig‘i.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
15
beradi. Bu latifa o‘z boyligiga, mansabiga ishonib xalqni turli xil qiyinchiliklarga
duchor qilishdan qaytmaydigan insonlarning partretini chizish va ularga asl yuzlarini
ko‘rsatishga qaratilgan. Afandi ushbu latifada podshohga o‘xshagan insonlarning asl
basharasini ko‘rsatish bilan bir qatorda, ularga qanday dakki berishni ham o‘rgatib
ketadi.
“Kosa, kosa tagida nimkosa”, deganlaridek ushbu latifada Afandi hokim idorasidagi
hodimlarning, yuqori lavozim egalarining asl yuzlari qandayligiga ishora qiladi.
Shuning uchun ham latifadagi voqealar Afandi hokimning mahkamasida o‘tirgan
vaqtida sodir bo‘lgan. So‘zni o‘z o‘rnida tuqtasiga tekkizib qo‘llaydigan qahramonimiz
aynan hokimning mahkamasiga “Har kuni keladigan o‘g‘rilar ham bor”, deyish bilan
jamiyatga tashqaridan keladigan mayda o‘g‘rilardan ko‘ra, ichkaridagi katta
talonchilarning keltiradigan zarari ko‘pligini aytib o‘tadi. Afandi birinchi galdagi
tozalash ishlarini katta lavozimdagi boshqaruvchilar orasidan boshlash kerakligiga
ishora qiladi. Albatta hokimlarimiz halol bo‘lishsagina jamiyatda o‘sish va o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi.
Xalqimizga juda ham tanish va mashhur bo‘lgan latitalardan biri “Siz ahmoq –
odam emassiz”
4
da ham Afandining o‘ta darajada tadbirkorligini ko‘rishimiz mumkin.
“Afandi bir kuni gaplashib o‘tirib, a’lamni “Siz ahmoq odamsiz” deb qo‘ydi. A’lam
uni podshohning oldiga sudradi. Podshoh Afandiga bir qancha po‘pisa– siyosatlar
qilgandan keyin:
-
Darrov uzr ayt, siz ahmoqodam emassiz, kechirasiz degin, yo‘qsa hozir
jallodni chaqiraman! – dedi.
Afandi a’lamga qarab dedi:
“Siz ahmoq – odam emasssiz! Kechirasiz !...”
Afandi har qanday vaziyatda ham podshoh va saroy amaldorlariga chap
bermaslikning yo‘lini topa olgan, ularni har doim o‘zining uddabironligi va oqilona
berilgan javoblari bilan mot qila olgan. Nasriddinning aynan manashu hislatlari uning
xalq orasida hozirgacha yashab kelayotgaligining asosiy sabablaridan biri bo‘la oladi.
Ushbu latifada ham u: “Siz ahmoq – odam emasssiz! Kechirasiz !...” degan jumlasida
so‘zga kerakli o‘rinda urg‘u bergan holda a’lamga javob berib ham jazodan mahkum
bo‘ldi, ham o‘z maqsadini amalga oshira oldi.
Umuman olganda latifalarda Nasriddin Afandi obrazi oddiy xalq vakili sifatida
olinib, ular tomonidan gapiradi va ularning ujtimoiy hayotdagi muammolarini turli
vaziyatlarda har xil qiyofalarga kirish yo‘li bilan ochib berishga harakat qiladi.
Jamiyatdagi xalqqa zarar berayotga qusurlarni kuchli satira ostiga olish orqali yuzaga
chiqarishga harakat qiladi. Latifalarni o‘qib o‘rganish davomida Nasriddin Afandi
obrazi chin ma’noda xalqning sevimli qahramoni ekanligiga amin bo‘ldik.
4
Nasriddin Afandi latifalari. Toshkent, 1960, 112-bet