Mualliflar

  • Sabrina Salimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94884

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Qur’on hadis fiqh Musannaf sunnat maxfiy jahriy fiqhiy mazhab omin lafzi Xavorij moʻtazila karromiya.

Annotasiya

Annotatsiya.  Soʻngi  yillarda  jahonda  yuz  berayotgan  turli  xil  murosasiz 
toʻqnashuvlar  insonlarni  ogoh  boʻlishga  undaydi.  Hozirgi  davrga  kelib  ijtimoy 
tarmoqlar orqali adashgan oqimlarning gʻarazli gʻoyalari keng yoyilmoqda. Xususan, 
soxta  salafiy,  hashaviy  va  vahhobiylik  kabi  adashgan  oqim  vakillari  xoss  oyat  va 
hadislarni  oʻzlari  uchun  hujjat  sifatida  keltirib,  vasila  qilgan  insonni  shirkda 
ayblamoqda.  Natijada,  yetarli  bilim  va  koʻnikmaga  ega  boʻlmagan  ba’zi  shaxslar 
ularning yolgʻon gʻoyalariga ergashib ketmoqda. Bu esa dunyoning turli burchaklarida 
istiqomat  qilib  kelayotgan  musulmomlar  orasida  turli  nizolar  avj  olishiga  sabab 
boʻlmoqda. Lekin Alloh taolo Oʻz fazli ila ularga qarshi ilmiy va asosli raddiyalar 
berib, odamlarning dinini sof saqlashda buyuk xizmatlar qilgan zabardast ulamolarni 
chiqarib qoʻydi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

303

“FOTIHA” SURASIDAN KEYIN “OMIN” AYTISHNING HUKMI

Sabrina Salimova

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Islomshunoslik yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

+998904126645

sabsalimova6645@gmail.com

Annotatsiya

. Soʻngi yillarda jahonda yuz berayotgan turli xil murosasiz

toʻqnashuvlar insonlarni ogoh boʻlishga undaydi. Hozirgi davrga kelib ijtimoy
tarmoqlar orqali adashgan oqimlarning gʻarazli gʻoyalari keng yoyilmoqda. Xususan,
soxta salafiy, hashaviy va vahhobiylik kabi adashgan oqim vakillari xoss oyat va
hadislarni oʻzlari uchun hujjat sifatida keltirib, vasila qilgan insonni shirkda
ayblamoqda. Natijada, yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlmagan ba’zi shaxslar
ularning yolgʻon gʻoyalariga ergashib ketmoqda. Bu esa dunyoning turli burchaklarida
istiqomat qilib kelayotgan musulmomlar orasida turli nizolar avj olishiga sabab
boʻlmoqda.

Lekin Alloh taolo Oʻz fazli ila ularga qarshi ilmiy va asosli raddiyalar

berib, odamlarning dinini sof saqlashda buyuk xizmatlar qilgan zabardast ulamolarni
chiqarib qoʻydi.

Kalit soʻzlar.

Qur’on, hadis, fiqh,

Musannaf,

sunnat,

maxfiy, jahriy, fiqhiy

mazhab, omin lafzi,

Xavorij, moʻtazila, karromiya.

Abstract

. The various irreconcilable conflicts that have been taking place in the

world in recent years have encouraged people to be vigilant. In the current era, the
malicious ideas of misguided movements are widely spread through social networks.
In particular, representatives of misguided movements such as false Salafi, Hashavi,
and Wahhabism are using specific verses and hadiths as evidence for themselves and
accusing the person who conveyed them of polytheism. As a result, some individuals
who do not have sufficient knowledge and skills are following their false ideas. This is
causing various conflicts to flare up among Muslims living in different parts of the
world. But Allah Almighty, by His grace, has brought forth powerful scholars who
have given scientific and well-founded refutations against them and have done great
services in preserving the purity of the religion of the people.

Keywords:

Quran, hadith, fiqh, musannaf, sunnah, maxfi, jahri, Fiqh school,

Amin word, khawarij, mu’tazilah, karromiya.

Аннотация

. В последние годы различные непримиримые конфликты в мире

побуждают людей к осознанности. К настоящему времени вредоносные идеи
ошибочных течений широко распространяются через социальные сети. В
частности, представители ложных сект, таких как лжесалафизм, хашавизм и
ваххабизм, обвиняют создавшего их человека в ширке, цитируя в качестве


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

304

документов для себя специальные аяты и хадисы. В результате некоторые
люди, не обладающие достаточными знаниями и навыками, следуют своим
ложным идеям. Это является причиной возникновения различных конфликтов
среди мусульман, проживающих в разных частях света.

Ключевое слово

.

Коран, хадис, фикх, mусаннаф, суннат, vахфий, джахри,

школа юриспруденции, аминь, хаваридж, мутазила, карромия

KIRISH

Xavorij, moʻtazila, karromiya kabi adashgan firqalari yoʻq boʻlib ketgan boʻlsada,

ularning “merosxoʻrlari” boshqa nomlar ostida hali hamon harakatda. Ular xuddi oldin
oʻtgan ota-bobolari yoʻlini tutib, ixtilof, fitna-fasod chiqarish bilan ovora. Afsuski,
adashgan toifalarning soxta daʼvolariga ishonib, ularning taʼsir doirasiga tushib
qolayotgan insonlar ham uchrab turibdi. Ularning orasida yoshlarning borligi juda ham
achinarli. Hali bir dona koʻchat ekib jamiyatga foyda keltirmagan kimsalarning qoʻliga
qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin boʻlishi, obod joylarni vayron qilishi
islom dinining barcha taʼlimotlariga zid.

Adashgan toifalarga qarshi turib, ularning soxta daʼvolariga ilmiy raddiyalar bera

oladigan, oʻtgan buyuk ajdodlarining munosib avlodlari boʻlgan ulamolar bor.

ADABIYOTLARNI O’RGANISH

Mazkur mavzu islom fiqhi va tafsir ilmlari nuqtayi nazaridan ko‘plab asarlarda

turlicha yoritilgan. Xususan, hanafiy, shofe’iy, molikiy va hanbaliy mazhablariga
mansub olimlarning fikrlarida “omin”ni baland (jahriy) yoki past (sirriy) aytish
masalasida tafovut mavjud. Abu Hanifa (r.a) rahnamoligida shakllangan hanafiy
mazhabi manbalarida, jumladan, “Badoyi‘ as-sanoyi‘” (al-Kasani), “al-Hidoya”
(Burhoniddin Marg‘inoniy) kabi fiqhiy kitoblarda imom va muqtadiy “omin”ni sirriy
aytishi afzal ko‘riladi.

Shuningdek, shofe’iylar nazarida esa “omin”ni imom va jamoat baland ovozda

aytishi sunnat hisoblanadi. Bu boradagi asosiy dalillar hadis va sahobalar amali asosida
sharhlangan bo‘lib, Imom Navaviy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi shofe’iy olimlar o‘z
tafsir va fiqhiy risolalarida buni ta’kidlaydilar.

Tafsirga oid manbalarda — masalan, “Tafsir at-Tabariy”, “Tafsir al-Qurtubiy” va

“Tafsir al-Alusiy”larda ham “omin”ning hukmi, lafziy ma’nosi va o‘qilishi haqida turli
sharhlar berilgan. Zamonaviy olimlardan Shayx Ibn Usaymin, Shayx Albaniy va Yusuf
Qardaviy kabi ulamolar bu borada o‘z ijtihodlarini bildirgan.

Mavzuga doir ushbu adabiyotlarni tahlil qilish orqali ushbu maqolada har xil

mazhablarning dalillarini solishtirish, ularning asosiy nuqtalarini aniqlash va amaliy
xulosalarga kelish maqsad qilingan.

ASOSIY QISM


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

305

Namozda Fotiha surasidan keyin “omin”ning aytilishiga barcha mazhab ulamolari

birdek ittifoq qilishgan va ularning

nazdida namozda fotiha surasidan keyin “omin”ni

aytish sunnat hisoblanadi.

Ular ushbu soʻzlariga quyidagi hadisi sharifni dalil qilib

keltirishadi:

نمأف ماملإا نمأ اذإ { : لاق ملسو هيلع الله ىلص الله لوسر نأ هنع الله يضر ةريره يبأ نع

نم هنإف ، او

} هبنذ نم مدقت ام هل رفغ : ةكئلاملا نيمأت هنيمأت قفاو

Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Paygʻambar (s.a.v): “Qachon imom

(Fotiha surasini oʻqib boʻlgandan keyin) omin desa, sizlar ham “omin” denglar. Chunki
kimning omini farishtalarning ominiga muvofiq kelsa, uning oʻtgan gunohlari
magʻfirat qilinadi”, dedilar”. (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Imom Molik rivoyat
qilgan)

1

.

Ushbu hadisni ominni jahriy aytish sunnat degan ulamolar dalil qiladilar. Agar

jahriy aytmaganlarida u kishiga ergashuvchilar ominni aytish kerakligini bilmagan
boʻlardi. Ta’lim berish uchun ham jahriy aytganlar

2

.

Ominni ovoz chiqarmasdan aytish sunnat degan ulamolar bu hadisga quyidagicha

javob berganlar. Paygʻambarimiz (s.a.v.): Qachon imom “Omin” desa sizlar ham
“Omin” denglar, degan gaplarida ochiq oydin ominni ovoz chiqarib aytishga dalolat
yoʻq. Ulamolar Nabiy (s.a.v.)ning ushbu hadisdagi: “Qachon imom “Omin” desa sizlar
ham “Omin” denglar, degan soʻzlarini majozan deyishgan. Ya’ni imom omin deyishni
iroda qiladigan oʻrinda “Omin” denglar, degan ma’no tushiniladi. Chunki yuqorida
oʻtgan boshqa hadisda Nabiy (s.a.v.): “Qachon imom: “Gʻoyril magʻduubi alayhim va
laddoolliyn”, desa: “omin”, denglar”, deganlar. Bu ikki hadisni oʻrtasini jamlaydigan
boʻlsak, imom “Gʻoyril magʻduubi alayhim va laddooolliyn”ni aytib, “omin”ni
aytadigan oʻrinda imomga ergashgan kishi ham “omin”ni aytadi. Bir ish qilishni iroda
qilgan kishiga nisbatan oʻsha ishni qildi yoki oʻsha ishni qilsa, deb majozan aytish
Qur’onda ham mavjud:

ِة ٰوَلَّصلٱ ىَلِإ ۡمُت ۡمُق اَذِإ

3

“…qachon namozga tursanglar...”,

degan soʻziga oʻxshaydi. Bunda “qachon

namozga turishni iroda qilsanglar”, degan ma’noda tushuniladi

4

.

Ominni jahriy aytish sunnat degan ulamolar Abu Hurayraning ushbu gaplarini

ham dalil sifatida keltirishadi:

لاو مهيلع بوضغملا ريغ( لاق اذإ ملسو هيلع الله ىلص الله لوسر ناكو نيمأتلا سانلا كرت(

لا

لاق )نيلاض

)دجسملا اهب جتريف لولأا فصلا لهأ اهعمسي ىتح نيمآ

1

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-fotiha-surasidan-keyin-omin-ni-maxfiy-aytish

2

Abu Sulaymon Ahmad ibn Muhammad al-Xattobiy. Maolim as-sunan. — Halab: Tobaqotul alamiyya, 1932. — 223 b.

3

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Sano standart, 2021. – 108 b

4

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. — Toshkent: Matbaachi, 2024.— 91 b.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

306

“Odamlar “Omin”ni tark qilishdi. Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi

vasallam qachon “Gʻoyril magʻduubi alayhim va laddoolliyn", aytsalar: “omin”,
derdilar. Hatto birinchi saf ahli uni eshitar, u bilan masjid larzaga kelardi”

5

.

Paygʻambarimiz (s.a.v.)ning “Omin” deganlarini birinchi saf eshitib, masjid

larzaga kelishi haqidagi bu hadisning sanadida ham matnida ham muammo bor. Uning
sanadida Bishr ibn Rofe’ boʻlib, Imom Buxoriy: “Uning hadisiga ergashilmaydi”,
deganlar.

Hadisning matnidagi muammoga kelinsa: “U bilan masjid larzaga kelardi”, degan

jumla “Hatto birinchi saf ahli uni eshitar edi”, degan jumlaga xilofdir. Chunki masjid
larzaga keladigan darajada ovoz boʻlsa, uni faqat birinchi safdagilar eshitmagan boʻlar
edi. Imomga yaqin turgan yoki uning yonida turgan imomga iqtido imomning maxfiy
oʻqigan narsalarini gohida eshitishi mumkin. Bu bilan jahriy qiroat qildi deyilmaydi.
Nabiy (s.a.v.) sahobalarga peshin namozini oʻqib berganlarida ba’zan Fotihadan
keyingi suraning bir yoki ikki oyatlarini eshittirib qoʻyardilar. Ma’lumki,
maxfiylikning eng kami oʻzi va oʻziga yaqin turgan kishining eshitishidir.

Agar bir yoki ikki kishi eshitsa, u jahriy boʻlavermaydi. Bizning nazdimizda bu

boradagi barcha hadislar “Omin”ni ta’limi uchun aytilganiga yoki roviyning ba’zilari
eshitganini mutlaq qilib rivoyat qilgan deb aytiladi

6

.

Hanafiy mazhabida har qanday namozda maxfiy aytiladi. Shofe’iy va Hanbaliy

mazhablarida qiroati maxfiy boʻlgan namozlarda omin ham maxfiy,

ovoz chiqarmay,

oʻzi eshitadigan darajada

aytiladi, qiroati oshkora namozlarda omin ham oshkora

aytiladi, deyilgan

7

.

Buni hukmi barcha fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan. Hanafiy va molikiy

mazhabida “omin” ni maxfiy aytish sunnatligi aytilgan boʻlsa, shofeiy va hanbaliy
mazhablarida jahriy (ovoz chiqarib) aytish sunnatligi ta’kidlangan.

Oʻrta Osiyo xalqlari ming yillardan beri hanafiy mazhabiga amal qilib keladi. Ahli

sunna val-jamoa sanalgan toʻrt fiqhiy mazhab ichidan hanafiy mazhabiga amal qilish
bizning diyorda vojib darajasiga yetgan. Shuni koʻp ulamolar ta’kidlaydilar. Chunki
bu mintaqada boshqa mazhab olimlari ham, kitoblari ham topilmaydi

8

.

Fotiha surasini qiroat qilgandan keyin “omin” aytiladi. Omin Allohning

ismlaridan biridir. Uning ma’nosi “Allohim bizdan buni qabul qilgin”. Bu fikr Hasan
Basriydan ham rivoyat qilingan

9

.

5

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. — Toshkent: Matbaachi, 2024.— 90 b.

6

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. — Toshkent: Matbaachi, 2024.— 92 b.

7

https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/150

8

https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/150

9

Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyyo ar-Roziy. Hilyatul fuqaho. — Bayrut: Sharikatul muttahida, 1983. — 77

b.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

307

Hanafiy ulamolar namozda “Fotiha” surasidan keyin, “omin”ni maxfiy (ovoz

chiqarmasdan) aytishga bir qancha dalillarni keltirib oʻtishgan: Alloh taolo Qur’oni
karimda duoni maxfiy qilishga buyurgan:

َنيِدَتْعُمْلا ُّب ِحُي َلا ُهَّنِإ ًةَيْفُخ َو اًع ُّرَضَت ْمُكَّب َر اوُعْدا

“Rabbingizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero, U (duoda va

boshqada) haddan oshuvchilarni yoqtirmagay”

10

.

Ulamolarimiz “omin” ni maxfiy aytish mandub ekanligiga oyati karimadan dalil

keltaradilar. Unga koʻra “omin” lafzi duodir. Uning ma’nosi “ijobat qil”, ya’ni “duoni
qabul qil” demakdir.

“Fiqhi Kaydoniy”da “Ya Amiyn” Alloh taoloning ismlaridan biridir, ya’ni

bizning duoyimizni ijobat qilgin degani deyilgan

11

. Omin soʻzi mad va tashdidsiz

talaffuz qilinadi. Agarda mim harfida tashdid bilan oʻqisa, namozi fosid boʻladi. Imom
Abu Yusufga koʻra fosid boʻlmaydi, degan ulamolar ham bor

12

.

Demak, “omin”ni ichda aytilsa, mazkur oyatga amal qilgan boʻlinadi. Hadisdan

dalil:

ِلوُس َر َعَم ىَّلَص ُهَّنَأ" :ِهْيِبَأ ْنَع هنع الله يضر ٍلِئا َو ِنْب َةَمَقْلَع ْنَع

ِرْيَغ َغَلَب اَّمَلَف ملسو هيلع الله ىلص ِالله

اَهِب ىَفْخَأ َو ْنْيِمآ :َلاَق َنْيِلاَّضلا َلا َو ْمِهْيَلَع ِبوُضْغَمْلا

"ُهَت ْوَص

)

هاور

ا

ُماملإاو ُّيسلايطلا َدواد وبأ ُماملإاو ُدمحأ ُماملإ

ُمكاحلا ُماملإاو ينطقرادلا ُماملإاو يلصوملا ىلعَي وبأ

(

Alqama ibn Voil otalaridan rivoyat qiladilar, otalari Paygʻambarimiz (s.a.v) bilan

namoz oʻqidilar. Paygʻambarimiz “

gʻoyrul magʻdubi alayhim valad dolliyn”

ga

yetganlarida ominni ovoz chiqarmasdan aytdilar (Imom Ahmad, Imom Abu Dovud,
Imom Abu Ya’lo, Imom Doraqutniy, Imom Hokim rivoyatlari)

13

.

Shofeiy mazhabida ominni jahriy aytiladi. Dalil sifatida Voil ibn Hajardan kelgan

hadisni keltirishadi:

ْمِهْيَلَع ِبوُضْغَمْلا ِرْيَغ( : َأرَق َمَّلسو ِهيلع ُ َّاللَّ ىَّلص َّيبَّنلا ُتْعِمَس

ُهَتوص اهِب َّدمو ، نيمآ َلاقو ) َنيِ لاَّضلا َلا َو

Voil ibn Hajardan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vassallam “gʻoyrul

magʻdubi alayhim valad dolliyn”ni oʻqib ovozlarini chiqarib “omin” dedilar

14

.

Ushnu hadisni hanafiy ulamolar ta’lim berish uchun ovoz chiqarib aytganlar deb

tafsir qilishadi.

“Omin” ni maxfiy aytish sunnatligiga sahobai kiromlarning soʻzlari va amallari

ham dalil boʻladi.

10

A’rof surasi, 55-oyat

11

Lutfulloh Nasafiy. Fiqhi Kaydoniy. — Toshkent:Toshkent islom universiteti, 2010. —54 b, Abu Husayn Ahmad ibn

Foris ibn Zakariyyo ar-Roziy. Hilyatul fuqaho. — Bayrut: Sharikatul muttahida, 1983. — 77 b.

12

Lutfulloh Nasafiy. Fiqhi Kaydoniy. — Toshkent:Toshkent islom universiteti, 2010. —54 b.

13

https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/150

14

Faxriddin Usmon ibn Ali Zayaliy Hanafiy. Tabyiynul haqoiq sharhi kanzil daqoiq. — Pokiston. Maktabatul imdadiyya.

– 113 b.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

308

ْي ِح َّرلا ِنَمْح َّرلا ِالله ِمْسِبِب ِنا َرَهْجَي َلا ٍدوُعْسَم ُنْبا َو ٌّيِلَع َناَك" :َلاَق هنع الله يضر ٍلِئا َو ْيِبَأ ْنَع

َلا َو ِذ ُّوَعَّتلاِب َلا َو ِم

يناربطلا ُماملإا هاور )"َنْيِمآِب

15

(

Abu Voil

(r.a)dan

rivoyat qilinadi, u zot aytadilar: “Ali va Ibn Mas’ud

(r.a)

(namoz ichidagi) Bismillahir rohmanir rohiym” ni ham, “a’uuzu” ni ham “omin” ni
ham ovoz chiqarib aytmas edilar” ( Imom Tabaroniy rivoyati)

16

.

Rasululloh

(s.a.v)

bilan doimo birga yurgan Hazrati Ali va Abdulloh ibn Mas’ud

(r.a)

kabi nihoyatda ilmli sahobiylarning “omin” ni ichlarida aytishlari ham kuchli dalil

hisoblanadi.

Boshqa bir rivoyatda Hazrati Umar (r.a)ning ham “omin” ni ichlarida aytib namoz

oʻqiganlari ta’kidlanadi. Hanafiy ulamolar huddi shu ma’noda, boshqa sahobai
kiromlarning rivoyatlarini ham keltirganlar

17

.

Hadisi sharifda Paygʻambarimiz

(s.a.v)

bu haqida shunday deydilar: “Duoning

yaxshisi maxfiysidir” (Ibn Hibbon “Sahih” da rivoyat qilgan).

" :َلاَق يِعَخَّنلا َمْيِها َرْبِإ ْنَع

ب َو ُذ ُّوَعَّتلَا ُماَمِ ْلإا َّنِهْيِفْخُي ٌعَب ْرَأ

َو ُدْمَحْلا َكَل اَنَّب َر َّمُهَّللَا َو ميحرلا نمحرلا الله مس

)

آ

هاور" ) ْنْي ِم

حيحص هُدانسإو ِهِفَّنَصُم يف قازرلا ُدبع ُماملإا

Ibrohim Naxaiydan rivoyat qilinadi: “Toʻrt narsani imom ovozini chiqarmasdan

aytadi: “A’uzu billahi minash shaytonir rojim”, “Bismillahir Rohmanir Rohim”,
“Robbana lakal hamd” va “Omin”” (Imom Abdurrazzoq “Musannaf” nomli kitobida
rivoyat qilgan, isnodi sahih)

18

.

Boshqa manbalarda ushbu hadis Umar ibn Xattob (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Bulardan boshqa koʻplab sahobarlardan qilingan rivoyatlarda, ba’zilari 5 ta boshqalari
esa 3 ta narsani imom maxfiy aytadi deb rivoyat qilingan, ularning hammasida esa
ominni maxfiy aytishni zikr qilishgan. Chunki omin duo hisoblanadi. Agar uni ham
jahriy aytilsa, eshitgan odam uni ham Qur’ondan deb oʻylashi mumkin. Bu ishdan
qaytarilgani uchun ham mushaflarda yozilmagan

19

.

“Omin” lafzi Qur’ondan emas. “A’uuzu billahi minashshaytonir rojiym” esa

Qur’onda kelgan, Alloh taolo Qur’on oʻqiganda uni aytishni vojib qilgan. Shunday
boʻlsa-da “A’uuzu billahi minashshaytonir rojiym” ni namoz ichida aytiladi.

Namoz juda ham ulugʻ ibodat hisoblanadi. Rasululloh

(s.a.v)

namoz farz boʻlgan

kundan boshlab har kuni besh vaqt namozni jamoat bilan oʻqiganlar. U zot

(s.a.v)ning

har bir namozlari minglab kishilar tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borilgan. Agar
“omin” ni ovoz chiqarib aytish afzal boʻlganida, U zot bu narsani bayon qilgan boʻlar

15

https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/150

16

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-fotiha-surasidan-keyin-omin-ni-maxfiy-aytish

17

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-fotiha-surasidan-keyin-omin-ni-maxfiy-aytish

18

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-fotiha-surasidan-keyin-omin-ni-maxfiy-aytish

19

Faxriddin Usmon ibn Ali Zayaliy Hanafiy. Tabyiynul haqoiq sharhi kanzil daqoiq. — Pokiston: Maktabatu imdadiyya.

– 114 b.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

309

va orada hech qanday shubha qolmas edi. Holbuki, U zot

(s.a.v)

ning oʻzlari imomlik

qilayotganlarida, ba’zan ta’lim uchun birinchi safdagilar eshitadigan qilib, “omin”
deganlaridan boshqa hech bir dalil yoʻq. Aynan imomga iqtido qilgan kishilarning
“omin”ni ovoz chiqarib aytganlari haqida hech qanday rivoyat yoʻq

20

.

Shuni ta’kidlab oʻtish lozimki, boshqa mazhablarda hujjat qilinadigan “Omin”ni

jahriy (ovoz chiqarib) aytilishi haqida kelgan hadislarni hanafiy ulamolar Rasululloh
ta’lim uchun aytganliklarini qayd etganlar.

Ominni jahriy yoki maxfiy aytishdagi ixtilofdan boshqa yana bir ixtilof bor.

Fuqaholar fotiha surasidan keyin ominni aytish imomga ham unga ergashuvchiga ham
yolgʻiz oʻquvchiga ham qiroati jahriy namozda sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.
Faqat qiroati maxfiy namozda imomga ergashuvchi ominni aytish aytmasligida ixtilof
bor

21

.

Ulamolar agar imomga ergashgan kishi fotiha surasini eshitsa, aytadi deganlar.

Bunday holatda agar qiroati maxfiy boʻlgan namozda imomga ergashuvchi fotiha
surasini eshitolmasa (ya’ni birinchi safda boʻlsa eshitishi mumkin, saf oʻrtasi yoki
oxirlarida boʻlsa eshitolmaydi) aytmaydi, degan xulosaga kelinadi

22

.

Hanafiy fuqaholar esa imom ham imomga ergashuvchi namozxon ham fotiha

surasidan keyin ominni ichida maxfiy tarzda aytadi deyishgan

23

.

XULOSA

“Omin”ni maxfiy aytish masalasi oyat va hadisga toʻliq mos keladi va

Paygʻambarimizning sunnatidir. Mazhablar orasidagi ixtilof esa hadisdan hukm olish
borasida turlichadir. Fiqh bir narsani daqiq joyigacha tushunish degan ma’noni
bildiradi va aynan shu ma’noda aytish mumkinki, har bir kishining masalaga
yondashuvi va yechimi har xil boʻladi ya’ni fikrlashi har xildir. Hanafiy ulamolar bu
mavzuda oyat va hadisga suyanganlar, qiyosga hojat ham qolmagan

24

.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1.

Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyyo ar-Roziy. Hilyatul fuqaho. — Bayrut:
Sharikatul muttahida, 1983. — 272 b.

2.

Abu Sulaymon Ahmad ibn Muhammad al-Xattobiy. Maolim as-sunan. — Halab:
Tobaqotul alamiyya, 1932. — 328 b.

3.

Abul Ixlos Hasan ibn Ammor Shurunbulaliy. Nurul izoh. —Bayrut: Maktabatul
asriyya. 193 b.

20

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-fotiha-surasidan-keyin-omin-ni-maxfiy-aytish

21

ءاتفلإا راد - ةيرصملا ءاتفلإا راد - ىواتفلا - ةلاصلا يف ةحتافلا ةروس ةءارق دعب نيمأتلا مكح

22

Shayx Zayniddin ibn Ibrohim ibn Muhammad Hanafiy. Bahrur roiq sharh kanz daqoiq. — Bayrut: Dorul maktabatil

amaliyya, 1987. — 548 b.

23

Muhammad Oshiq. at-tashil ad-doruriy limasoil al-Quduriy. — Madina: Doruz zamon. — 47 b, Abul Ixlos Hasan ibn

Ammor Shurunbulaliy. Nurul izoh. —Bayrut: Maktabatul asriyya. 60 b, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad
Koshg’ariy Hanafiy. Munyatul musolliy va g’unyatul mubtadiy. — Damashq: Dorul iqno, 2007. — 196 b.

24

https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fotihadan-keyin-omin-aytish-masalasi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

310

4.

Faxriddin Usmon ibn Ali Zayaliy Hanafiy. Tabyiynul haqoiq sharhi kanzil daqoiq.
— Pokiston: Maktabatu imdadiyya. — 354 b.

5.

Muhammad Oshiq. at-tashil ad-doruriy limasoil al-Quduriy. — Madina: Doruz
zamon. — 585 b.

6.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. —
Toshkent: Matbaachi, 2024.— 408 b.

7.

Shayx Zayniddin ibn Ibrohim ibn Muhammad Hanafiy. Bahrur roiq sharh kanz
daqoiq. — Bayrut: Dorul maktabatil amaliyya, 1987. — 671 b.

8.

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. —
Toshkent: Sano standart, 2021. — 624 b.

9.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad Koshgʻariy Hanafiy. Munyatul
musolliy va gʻunyatul mubtadiy. — Damashq: Dorul iqno, 2007. — 268 b.

10.

Lutfulloh Nasafiy. Fiqhi Kaydoniy. — Toshkent: Toshkent islom universiteti,
2010. —120 b.


SAYTLAR ROʻYXATI

11.

https://mirarabmadrasa.uz

12.

www.dar-alifta.org

13.

https://www.sammuslim.uz

14.

https://www.islamweb.net

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyyo ar-Roziy. Hilyatul fuqaho. — Bayrut:

Sharikatul muttahida, 1983. — 272 b.

Abu Sulaymon Ahmad ibn Muhammad al-Xattobiy. Maolim as-sunan. — Halab:

Tobaqotul alamiyya, 1932. — 328 b.

Abul Ixlos Hasan ibn Ammor Shurunbulaliy. Nurul izoh. —Bayrut: Maktabatul

asriyya. 193 b.

Faxriddin Usmon ibn Ali Zayaliy Hanafiy. Tabyiynul haqoiq sharhi kanzil daqoiq.

— Pokiston: Maktabatu imdadiyya. — 354 b.

Muhammad Oshiq. at-tashil ad-doruriy limasoil al-Quduriy. — Madina: Doruz

zamon. — 585 b.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. —

Toshkent: Matbaachi, 2024.— 408 b.

Shayx Zayniddin ibn Ibrohim ibn Muhammad Hanafiy. Bahrur roiq sharh kanz

daqoiq. — Bayrut: Dorul maktabatil amaliyya, 1987. — 671 b.

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. —

Toshkent: Sano standart, 2021. — 624 b.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad Koshgʻariy Hanafiy. Munyatul

musolliy va gʻunyatul mubtadiy. — Damashq: Dorul iqno, 2007. — 268 b.

Lutfulloh Nasafiy. Fiqhi Kaydoniy. — Toshkent: Toshkent islom universiteti,

—120 b.

SAYTLAR ROʻYXATI

www.dar-alifta.org