Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
298
G‘AZZOLIYNING “IHYO ULUMUD DIN” ASARIDA
RO‘ZANING INSON RUHIY TARBIYADAGI ROLI
Komiljonova Mohichehra Muzaffar qizi
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yo`nalishi 4-bosqich talabasi
+998945441117
komiljonovamohichehra@gmail.com
Annotatsiya:
Islom ta’limoti nafaqat ibodat amaliyotlarini, balki insonning
ma’naviy va axloqiy tarbiyasini ham o‘z ichiga oladi. Ro‘za ibodati esa inson ruhiyatini
poklash, axloqiy yuksalishga erishish hamda iroda mustahkamligini shakllantirishda
muhim vosita sifatida e’tirof etiladi. Shu boisdan Imom G‘azzoliy (1058–1111)
o‘zining mashhur “Ihyou Ulumud-Din” (“Diniy ilmlarni tiriltirish”) asarida ro‘zaning
inson ruhiy tarbiyasidagi o‘rnini chuqur tahlil etadi. U ro‘zani faqat tashqi shakl va
qoidalarga rioya qilish bilan cheklamay, uni qalbni poklash, ruhiy yuksalish va Allohga
yaqinlashish vositasi sifatida talqin etadi.
Kalit so‘zlar:
Imom G‘azzoliy, Ihyou Ulumud-Din, ro‘za, ruhiy tarbiya, nafs,
tasavvuf, sabr, poklik.
Abstract:
Islamic teachings encompass not only ritual worship but also the
moral and spiritual education of individuals. Fasting, in particular, serves as a key
instrument in purifying the soul, elevating ethics, and developing strong willpower. For
this reason, Imam al-Ghazali (1058–1111), in his renowned work Ihya’ Ulumud-Din
(The Revival of the Religious Sciences), deeply analyzes the role of fasting in spiritual
education. He interprets fasting not merely as adherence to external rules, but as a
means of purifying the heart, achieving spiritual elevation, and drawing closer to God.
Keywords:
Imam al-Ghazali, Ihya’ Ulumud-Din, fasting, spiritual education,
lust, Sufism, patience, purity.
Аннотация:
Исламское учение охватывает не только религиозные обряды,
но и духовно-нравственное воспитание личности. Пост рассматривается как
важнейшее средство очищения души, нравственного возвышения и укрепления
воли. Поэтому Имам аль-Газали (1058–1111) в своём знаменитом труде ”Ихъя
Улюм ад-Дин” (“Оживление религиозных наук”) глубоко анализирует роль
поста в духовном воспитании человека. Он трактует пост не только как
соблюдение внешних предписаний, но и как средство очищения сердца,
духовного возвышения и приближения к Аллаху.
Ключевые слова:
Имам аль-Газали, Ихъя Улюм ад-Дин, пост, духовное
воспитание, нафс, суфизм, терпение, чистота.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
299
KIRISH
Imom G‘azzoliy asarlari islom falsafasi, tasavvuf va axloqiy tarbiya yo‘nalishida
keng o‘rganilgan bo‘lsada, uning “Ihyou Ulumud Din” asarida ro‘zaning inson ruhiy
tarbiyasiga ta’siri maxsus tadqiqot sifatida yetarlicha ilmiy tahlil qilinmagan. Ushbu
ish quyidagi jihatlari bilan ilmiy yangilik kasb etadi:
G‘azzoliy ro‘zani faqat shariat doirasida emas, balki inson nafsini tarbiyalash va
ruhiy poklanish vositasi sifatida ko‘radi. Ushbu yondashuv tasavvuf, axloqiy tarbiya
va zamonaviy ruhshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Avvalgi tadqiqotlarda bu
masala to‘liq ochib berilmagan.
Ro‘zaning sabr, iroda, o‘zini nazorat qilish va ichki muvozanatga ta’siri
G‘azzoliy talqinida ko‘rib chiqilib, zamonaviy psixologik tadqiqotlar bilan
taqqoslanadi. Masalan, zamonaviy kognitiv psixologiyada o‘zini tiyish va iroda
boshqaruvi (self-control) muammosi o‘rganiladi, ammo bu tushunchalar islomiy
ta’limot nuqtayi nazaridan hali mukammal tadqiq qilinmagan. G‘azzoliy va boshqa
mutasavviflarning ro‘za haqidagi qarashlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish – Junayd
Bag‘dodiy, Abdulqodir Jiloni va Ibn Atoillah Iskandariy singari mutasavviflarning
ro‘za haqidagi talqinlari bilan G‘azzoliy qarashlari o‘zaro solishtiriladi.
Ramazon oyi uchun tuhfa o‘laroq, asarning birinchi va ikkinchi juzlari oshiqib
kutayotgan xalqimiz uchun nashriyotimiz tomonidan taqdim etildi
ADABIYOTNI O‘RGANISH
O‘zbekistonlik olima Z. G‘oyibnazarovaning tadqiqotida G‘azzoliy ta’limotida
ruhiy tarbiya masalasi, xususan ro‘zaning psixologik va axloqiy jihatlari tahlil qilingan.
Uning fikricha, G‘azzoliy ro‘za orqali inson ichki dunyosini tarbiyalash, iroda kuchini
mustahkamlash va ruhiy hushyorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratgan.
Bundan tashqari, Toshihiko Izutsu o‘zining “God and Man in the Qur’an”
asarida G‘azzoliy tafsiridagi ruhiy jihatlarni falsafiy yondashuv bilan tahlil qilgan. U
G‘azzoliyni Qur’oni karimdagi “taqvo” tushunchasini eng chuqur izohlab bergan
mutafakkirlardan biri sifatida e’tirof etadi.
Shuningdek G‘arb va xususan rus tadqiqotchilardan G‘azzoliyni biografiyasini
va qarashlarini A.Shmid, A.Krimskiy, E. Bertels, V.Bartold, V.Chalyon kabi olimlar
o‘rganishgan. G‘arbiy Yevropa va amerikalik sharqshunoslar ham G‘azzoliyning
merosini tadqiq etishga o‘z hissalarini qo‘shishgan
1
.
O‘zbekistonda o‘rganilgalig darajasiga ko‘ra:
Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf, Najmiddin Komilov, N. Yo‘ldoshev, Sadriddin Salim, Aloviddin Mansur, Q.
Munirov, Mubashshir Ahmad, Miraziz A’zam, Abduqodir Zohid, Abdulla Sher, Poyon
1
Azimov Aziz. Imom Al-G’azzoliyning satsiologik qarashlari http://library.ziyonet.uz/uz/book/43730 15.05.2022.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
300
Ravshan, Sayfiddin Rafiddin, Yo‘ldosh Eshbek, Rashid Zohid, Mahkam Mahmud
Andijoniy, F.Muzaffarov kabi keltirishimiz mumkin
2
.
ASOSIY QISM
Insoniyat taraqqiyoti davomida ruhiy tarbiya har doim markaziy o‘rinni
egallagan. Inson hayoti, uning ijtimoiy munosabatlari va axloqiy qadriyatlarida ruhiy
barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, ro‘za tutish insonning nafaqat
jismoniy sog‘lig‘iga, balki ruhiy tarbiyasiga ham beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur mavzu doirasida ro‘zaning ruhiy tarbiyadagi o‘rni, uning psixologik, axloqiy
va ijtimoiy jihatlardagi ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ruhiy tarbiya-bu insonning
ichki dunyosini, his-tuyg‘ularini, axloqiy qarashlarini va ongini shakllantirish, uni
jamiyatga foydali shaxs sifatida kamol toptirish jarayonidir. Unga quyidagilar kiradi:
Sabrlilikni
shakllantirish,Ichki
intizom,
Salbiy
his-tuyg‘ularni
boshqarish,
Xushmuomalalik va bag‘rikenglik. Ruhiy tarbiyaning asosiy maqsadi-shaxsni o‘z
ustida ishlashga undash, hayotga ijobiy qarashni rivojlantirish va to‘g‘ri hayotiy
qadriyatlarni singdirishdir.
“Ey mo‘minlar! Sizlardan avvalgilarga ro‘za farz qilingani kabi, sizlarga
ham ro‘za farz qilindi. Balki (shunday qilish orqali) taqvodor bo‘larsizlar”
(Baqara surasi, 183-oyat).
Demak, ro‘zaning maqsadi-taqvo, ya’ni Allohdan qo‘rqib, har bir amalda poklik
va halollikka intilishdir.
Ro‘za tuta turib, inson ochlik, chanqoqlik, nafs istaklariga qarshi turadi. Bu esa
sabrni mustahkamlaydi. Inson o‘zini tutishga, hayotning qiyinchiliklariga bardosh
berishga o‘rganadi.
Ruhiy tarbiyada nafsni jilovlash muhim hisoblanadi. Ro‘zador haromdan,
yolg‘on so‘zlashdan, g‘iybatdan, salbiy fikrlardan tiyiladi. Bu odatga aylansa, ruhiy
yuksalish yuz beradi.
Ro‘za nafaqat jismni, balki qalbni ham tozalaydi. Qur’on tilida bu “tazkiyatun
nafs” deyiladi, ya’ni, nafsni poklash. Ro‘za davomida inson o‘z yuragini, fikrlarini
musaffo saqlashga harakat qiladi.
Zamonaviy psixologlar ham ro‘zaning inson ruhiyatiga ijobiy ta’sirini e’tirof
etishmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra: ro‘za stressni kamaytiradi,o‘ziga ishonchni oshiradi,
depressiyaga qarshi ijobiy ta’sir qiladi,ruhiy barqarorlikni mustahkamlaydi.
2
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy. Ihyo ulumud din kitobi. – Toshkent; Movarounnahr, 2013.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ruhiy tarbiya 1-juz. - Toshkent. Hilol nashr 2018;
Yo‘ldosh Eshbek. Ey farzand. – Toshkent: Movarounnahr, 2005. B-1; Rashid Zohid Qirq hadisi Qudsiy. – Toshkent
Toshkent islom universiteti nashiryoti-matba birlashmasi, 2008; Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk
ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti; Yo'ldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro
nashriyoti
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
301
Michigan universiteti olimlari olib borgan tadqiqotda, Ramazon oyida ro‘za
tutgan insonlarning kayfiyati va sabr-toqati ancha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Ro‘zaning jamiyatdagi ruhiy muhitga ta’siri ham katta. Ro‘za: hamdardlik tuyg‘usini
uyg‘otadi, saxovat va yordam ko‘rsatishga undaydi,jamiyatda birdamlikni
kuchaytiradi,xusumat va adovatni kamaytiradi. Ro‘zador ochlikni his qilib,
kambag‘allar, ehtiyojmandlar ahvolini yaxshiroq tushunadi. Bu esa ijtimoiy adolat,
bag‘rikenglikni rivojlantiradi.Din va ruhiy tarbiya bir-biriga chambarchas bog‘liq.
Islom dini ruhiy poklikka katta e’tibor beradi. Ro‘za esa bu yo‘ldagi eng muhim
amallardan biridir. Hadislarda ham ro‘zaning ruhiy jihatlari haqida ko‘p bor aytilgan
:
“Ro‘za-bu qalqon. Undan biri saqlansa, yomonliklardan ham saqlanadi.”
(Buxoriy
rivoyati)
Bu yerda “qalqon” so‘zi himoya vositasi ma’nosida qo‘llanadi. Ro‘za insonni
gunohlardan, yomon fikr va niyatlardan saqlaydi.
Imom G‘azzoliy “Ihyou Ulumud Din” asarida ro‘zaning uch darajasini bayon
qiladi:
Oddiy ro‘za – faqat ochlik va chanqoqlikdan tiyilish.
Maxsus ro‘za – a’zolarni gunohlardan saqlash (ko‘z, quloq, til h.k.).
Eng oliy darajadagi ro‘za – qalbni Allohdan begona narsalardan saqlash. Bu
tushuncha ruhiy tarbiyaning yuksak bosqichidir. Ro‘zaning oliy shakli butun qalb bilan
Allohga bog‘lanishdir.
Ro‘za insonning ichki gigiyenasini shakllantirishda katta o‘rin tutadi. So‘nggi
yillarda ro‘zaning ruhiyatga ta’siri ilmiy tajribalar orqali o‘rganilmoqda. Masalan:
2022-yilda Istanbul universiteti olimlari olib borgan izlanishda Ramazon oyida doimiy
ro‘za tutgan kishilarda asabiylik darajasi pasayib, ruhiy barqarorlik ortgani aniqlangan.
Frantsiyadagi Sorbonna universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ro‘za tutish
vaqtida miyadagi serotonin (baxt gormoni) darajasi oshgan.
Amerikalik mutaxassis Pol Bregg o‘zining ellik yillik shaxsiy tajribasidan kelib
chiqib “Mo‘jizakor ochlik” degan kitobini yozdi. Dunyodagi ko‘plab tillarga tarjima
qilingan bu kitob ro‘za inson sog‘ligi uchun eng zarur omil ekanligini yana bir bor
tasdiqladi.
Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, ro‘za inson ruhiy holatini mustahkamlaydi va
ichki uyg‘unlikni kuchaytiradi.
XULOSA
G‘azzoliy ro‘zani “qalbning poklanish vositasi” deb ta’riflaydi. Unga ko‘ra,
ro‘za nafaqat ochlik va chanqoqlikdan iborat bo‘lib, balki qalbni gunohlardan, nafs
istaklaridan, havoyi hirs va shahvatlardan tozalovchi kuchli ruhiy mashqdir. Ro‘za
orqali inson nafs ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi, bu esa Allohga yaqinlashish,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
302
halollik, sabr, qanoat, hamdardlik kabi komil fazilatlarning shakllanishiga xizmat
qiladi.
Imom G‘azzoliy o‘z asarida ro‘zani uch darajada ko‘rsatadi: oddiy odamlarning
ro‘zasi – faqat ovqat va shahvatdan tiyilish; xoslarning ro‘zasi – gunohli fikr, ko‘z, til,
quloq, qo‘l kabi a'zolarni ham saqlash; va mutlaq xoslarning ro‘zasi – qalbni Allohdan
boshqa narsalardan xoli qilish. Aynan shu tasnif orqali ro‘zaning inson ruhiyatiga
nechog‘lik chuqur ta’sir ko‘rsatishi isbotlanadi.
Zamonaviy ilmiy qarashlar ham ro‘zaning ruhiy salomatlik, stressni
kamaytirish, ichki uyg‘unlikni ta’minlashdagi rolini tasdiqlamoqda. Tadqiqotlar
ko‘rsatadiki, ro‘za tutuvchi insonlarda o‘zini nazorat qilish, sabr, iroda va ruhiy
barqarorlik kabi ko‘rsatkichlar yuqori bo‘ladi. Bu jihatlar G‘azzoliy g‘oyalarining
bugungi kun uchun ham dolzarb va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1-
Imom G‘azzoliy. Ihyou Ulumud Din. Bayrut: Dar al-Ma’rifa, 2005.
2-
Ulvon, Abdulloh Nasih. Ruhiy tarbiya asoslari. Qohira: Al-Fath, 2001.
3-
Shayx Muhammad al-G‘azzoliy. Tarbiyaviy risolalar. Qohira: Al-Azhar
Kutubxonasi, 2003.
4-
Zaydan, Abdulkarim. Islomda shaxs tarbiyasi. Bag‘dod: Al-Fikr, 1999.
5-
Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Toshkent: Hilol-nashr, 2014.
6-
Sayyid Qutb. Tafsir fi zilalil Qur’an. Qohira: Dar ash-Shuruq, 1992.
7-
Behzod, Kamoliddin. “Imom G‘azzoliy merosining axloqiy falsafasi”. Sharq
yulduzi, 2020, №3.
8-
Ahmad Sirojiddin. Islom ma’naviyati va axloqi. Toshkent: Adabiyot va san’at,
2018.