Mualliflar

  • Toshboltayev Faxriddin O`riboyevich
  • A`zamjonova Saboxat Vohidjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94899

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar:ingliz tili axborot- kommunikatsiya texnologyalari ta`lim samaradorligi interaktiv ta`lim Quizlet Kahoot Duolingo My Test X Easy Quizy

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada  ta`lim tizimining muhim bir qismi hisoblangan 
axborot- kommunikatsiya texnologyalaridan foydalanish orqali ingliz tilini darslarini 
tashkil etish  haqida  so`z boradi.Dastlab  axborot- kommunikatsiya texnologyalaridan 
foydalanishning    afzalliklari  yoritiladi.  Keyinchalik,  AKT    vositalari  yordamida  
darslarni  interaktiv  va  qiziqarli  tashkil  etish,o`quvchilarni  til  o`rganishga  bo`lgan 
ishtiyoqini    oshirish  haqida  so`z  boradi.  Maqolada  dars  jarayonlarida  
Quizlet,Kahoot,Duolingo,Bamboozled,shuningdek,  My  Test  X,  EasyQuizy  
platformalarining til o`rganuvchilar uchun qulayliklari  tahlil qilinadi 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

238

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANIB

INGLIZ TILINI O`QITISH AFZALLIKLARI.

Toshboltayev Faxriddin O`riboyevich

Farg`ona davlat universiteti Axborot

texnologyalari kafedrasi katta o`qituvchisi

( PhD)

A`zamjonova Saboxat Vohidjon qizi

Farg`ona davlat universiteti

Chet tillari fakulteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta`lim tizimining muhim bir qismi hisoblangan

axborot- kommunikatsiya texnologyalaridan foydalanish orqali ingliz tilini darslarini
tashkil etish haqida so`z boradi.Dastlab axborot- kommunikatsiya texnologyalaridan
foydalanishning afzalliklari yoritiladi. Keyinchalik, AKT vositalari yordamida
darslarni interaktiv va qiziqarli tashkil etish,o`quvchilarni til o`rganishga bo`lgan
ishtiyoqini oshirish haqida so`z boradi. Maqolada dars jarayonlarida
Quizlet,Kahoot,Duolingo,Bamboozled,shuningdek,

My

Test

X,

EasyQuizy

platformalarining til o`rganuvchilar uchun qulayliklari tahlil qilinadi

Kalit so`zlar

:ingliz tili, axborot- kommunikatsiya texnologyalari , ta`lim

samaradorligi , interaktiv ta`lim,Quizlet,Kahoot,Duolingo,My Test X,Easy Quizy

Annotation:

This article discusses the organization of English language lessons

through the use of information and communication technologies, which are considered
an essential part of the education system. Initially, the advantages of using information
and communication technologies (ICT) are highlighted. Furthermore, the article
focuses on how ICT tools help make lessons more interactive and engaging, thereby
increasing students’ motivation to learn the language. The article also analyzes the
benefits of using platforms such as Quizlet, Kahoot, Duolingo, Bamboozled, as well as
My Test X and EasyQuizzy in the language learning process.

Keywords:

English language, information and communication technologies,

educational effectiveness, interactive learning, Quizlet, Kahoot, Duolingo, My Test X,
Easy Quizy

Аннотация:

В данной статье рассматривается организация уроков

английского языка с использованием информационно-коммуникационных
технологий, которые являются важной частью системы образования. Сначала
освещаются преимущества использования ИКТ. Далее речь идет об организации
интерактивных и увлекательных уроков с помощью средств ИКТ, а также об
увеличении интереса учащихся к изучению языка. В статье анализируются


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

239

удобства таких платформ, как Quizlet, Kahoot, Duolingo, Bamboozled, а также My
Test X и EasyQuizy, для изучающих язык.

Ключевые слова:

английский язык, информационно-коммуникационные

технологии, эффективность обучения, интерактивное обучение, Quizlet, Kahoot,
Duolingo, My Test X, Easy Quizy.


Hozirgi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni asosan, ingliz tilini o`qitish

ta`lim tizimimizning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangan. Ingliz tili nafaqat
xalqaro aloqa balki ilmiy texnologik axborotlar bilan tanishish vositasi sifatida dunyo
miqiyosida muhim ahamyatga ega bo`lib kelmoqda. Shu bois ingliz tili o`qitish
metodikalarini yangilash uni zamonaviy texnologyalar va usullar bilan boyitish eng
asosiy masalalardan biridir .Axborot- kommunikatsiya texnologyalar vositalari –
kompyuterlar, internet resurslari , talimiy ilovalar – til o`rganish jarayonini jonlantirib,
uni interaktiv va individual yondashuvlarga asoslangan holatga olib keladi.Ushbu
maqola ingliz tilini o`qitishda axborot-kommunikatsiya texnologyalardan
foydalanishning afzalliklarini o`rganishga va bu o`quvchilarning natijalariga qanday
ta`sir qilishini tahlil qilishga qaratilgan.

Tadqiqot jarayonlarida asosan sifatli metodlar qo`llash uchun o`rganish obyekti

sifatida o`rta va oliy o`quv yurtlari `o`qituvchi va o`quvchilarini tanlash eng muhim
ishlardan biri. Dars vaqtida asosiy e`tibor foydalanilayotgan vositalarni masalan
multimedia taqdimotlari, ta`limiy dasturlar , virtual lug`atlar , til ilovalaridan
foydalanishga va bu bo`yicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini o`rganishga
qaratish kerak. Shuningdek , multimedia vositalari orqali o`quvchining ingliz tili
o`rganishida videodarslar, audio fayllar, animatsiyalar va interaktive taqdimotlar
talaffuz ,grammatik qoidalar va so`z boyligini tushunishni osonlashtiradi ya`ni vizual
va audio vositalar yordamida axborot o`rganuvchining xotirasida yaxshiroq qabul
qilinadi va esda saqlanadi.Bundan tashqari AKT orqali yaratilgan online platformalar,
masalan, Quizlet, Kahoot, Duolingo, Bamboozled kabilarda o`quvchi o`z bilimlarini
testlar, o`yinlar, topshiriqlar orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Quyida
ularning har biri tahlil qilinadi.\

Quizlet

Bu platformaning fleshkart (flashcard) tizimi so`zlar yod olish uchun samarali

hisoblanadi.Til o`rganuvchilar inglizcha so`zlar va ularning tarjimasini vizual va
interraktiv tarzda o`rganishlari mumkin. Quizlet ( speed repetition) tehnikasi
ma`lumotni uzoq muddat xotirada saqlashga yordam beradi,Match , Gravity kabi o`yin
shaklidagi mashqlar o`quv jarayonida talabalarni faollashtiradi.

Kahoot

Bu asosan o`quv jarayonini interaktiv o`yinlar orqali tashkil etishga qaratilgan

platforma bo`lib u test viktorina so`rovnoma va turli xil o`yinlar shaklida ingliz tili


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

240

darslarini qiziqarli va faol tarzda o`tkazishga yordam beradi. Talabalar \Kahoot
o`yinlari orqali bir- biri bilan tilda muloqot qilishadi, fikr almashishadi bu esa ularning
til ko`nikmalaranini shakllantiradi

Duolingo

Bu bepul onlayn til o`rganish platformasi hisoblanadi va u foydalanuvchilari

uchun ko`plab tillar:ingliz tili , fransuz tili nemis tili koreys tili kabilarni o`rganish
imkonini beradi. Uning premium versiyasi ham mavjud ammo barcha funksyalari va
til o`rganish uchun muhim bo`lgan darslar bepul taqdim etilgan.

Bamboozled

Bu ingliz tilini o`rganuvchilar va o`qtuvchilar uchun interaktiv o`yinlar

yaratishda yordam berishga mo`ljallangan no`ljallangan bepul onlayn platforma.
Asosan o`qituvchilar bunda dars mavzusiga oid bo`lgan test viktorinalarni guruhli yoki
individual tarzda rasm ,multimedia, matn bilan boyitib yaratishi mumkin. “Classic”,
“Quiz” , “Memory”, “Study” kabi o`yinlari talabalrning ingliz tilidagi yangi so`zlarni
yodlash, tezkorlik bilan javob berish, fikrlashni rivojlantiradi.

O`qituvchilar uchun ham AKT dan foydalangan holda My TEST X,

EasyQuizy platformalarida ingliz tili darslariga bo`gliq bo`lgan testlar tuzish
o`quvchilarning bilim darajalarini

aniqlashning eng qulay bo`lgan usullaridan biri.

My Test X

Dastur ingliz tili o`qituvchilarigaga talabalarining( Intermediate,Advanced)

bilim darajalarini turli testlar orqali batafsil aniqlash imkonini beradi.Shunindek

Testlarni ingliz tili grammatikasi ,lug`atlar(vocabulary),`oqish(reading),tinlab

tushunish (listening) kabilar bo`yicha tuzish mumkin.

EasyQuizy

Test tuzish va o`tkazish uchun mo`ljallangan platforma hisoblanib unda testlar

ingliz tilida o`rganilgan grammatik qoidalar matnlar asosida tuzilishi savol turlari bir
nechta javobdan birini tanlash ,to`g`ri yoki noto`g`ri,ochiq javobli kabi tanlanishi
mumkin.Dasturda test tugagach o`qituvchi talabaning ingliz tilidan bilim darajasini
oson usulda ko`ra oladi.

Yangi metodlar - videolar ,o`yinlar raqmli hikoyalar, xususan, AKT vositalari

ta`sirida o`quvchilarning darslarga ko`proq qizish bildirishi, ingliz tilida tinglab
tushunish, gapirish salohiyatlarini rivojlantirishi kabi natijalarni olish mumkin . Shu
bilan birga ularning ingliz tilida tashkil etilgan onlayn testlar va raqamli
platformalarda, guruh loyihalarida faol ishtirok etishi til o`rganish jarayonini yanada
tezlashtiradi. Ingliz tili o`qitishda AKTdan foydalanish ta`lim jarayonini o`qituvchiga
yo`naltirilgan yondashuvdan o`quvchiga yo`naltirilgan ta`limga o`zgartiradi.Bu o`z
navbatida o`quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik va hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini
rivojlantiradi. Shuningdek, metodlardan foydalanish davomida ayrim kamchiliklar ,
masalan ,texnik vositalar yetishmasligi, yoki ulardan foydalanish ko`nikmasi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

241

yetarlicha emasligi kabi kamchiliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Shunga qaramay ,
AKTdan to`gri va maqsadli foydalanilsa , bu ingliz tilini samarali o`rgatishda kuchli
vosita bo`lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Quizlet. (2024). Learn with flashcards. https://quizlet.com

2.

Kahoot! (2024). Game-based learning platform. https://kahoot.com

3.

Duolingo. (2024). Free language learning. https://www.duolingo.com

4.

Baamboozle. (2024). Games for learning.

https://www.baamboozle.com

5.

EasyQuizzy. (2024). Create and run tests easily. https://easyquizzy.com

6.

MyTestX dasturi haqida umumiy ma'lumot. (2023). O‘qituvchilar uchun test dasturi
[Kompyuter dasturi].

7.

Karimov, M. (2022). Axborot-kommunikatsiya

8.

Tursunova, N. (2023). Zamonaviy dars jarayonida AKTdan foydalanish usullari.
Farg‘ona:




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Quizlet. (2024). Learn with flashcards. https://quizlet.com

Kahoot! (2024). Game-based learning platform. https://kahoot.com

Duolingo. (2024). Free language learning. https://www.duolingo.com

Baamboozle. (2024). Games for learning. https://www.baamboozle.com

EasyQuizzy. (2024). Create and run tests easily. https://easyquizzy.com

MyTestX dasturi haqida umumiy ma'lumot. (2023). O‘qituvchilar uchun test dasturi

[Kompyuter dasturi].

Karimov, M. (2022). Axborot-kommunikatsiya

Tursunova, N. (2023). Zamonaviy dars jarayonida AKTdan foydalanish usullari.

Farg‘ona: