Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
212
MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING O’ZBEK TEATRI SOHASIGA
QO’SHGAN HISSASI
Qudratov Shuxrat Yodgorivich
- BuxDU
Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi
dotsenti, t.f.f.d(PhD)
Rajabboyeva Shahnoza Shuhrat qizi
Tarix va yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola Behbudiyning vatanimiz tarixidagi buyuk
siymolaridan biri ekanligi, Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi bo’lganligi ,
o’zbek teatri, drammaturgiyasiga qo’shgan hissasi, yaratgan asarlari va uning
mazmuniga bag’ishlanadi.
Аннотация:
Данная статья посвящена тому, что Бехбуди является одной
из великих фигур в истории нашей Родины, признанным лидером Туркестанских
джадидов, его вкладу в узбекский театр и драматургию, его произведениям и их
содержанию.
Abstract:
This article is dedicated to Behbudi's significant role in the history of
our homeland, his recognition as a prominent leader of the Turkestan Jadids, his
contributions to Uzbek theater and dramaturgy, as well as the works he created and
their meanings.
Kalit so’zlar
.Teatr, drammaturgiya,qatag’on, taraqqiyparvar, jadid, usuli
jadid,usuli savtiya,maorif,senzura.
Основные
слова
и
понятия:
Театр,
драматургия,
репрессии,
прогрессивный, новый, новый метод, методологическая наука, просвещение,
цензура.
Basic words and concepts:
Theater, dramaturgy, repression, progressive, new,
new method, methodical science, enlightenment, censorship.
Kirish.
Bugungi istiqlol so’nggi yuz yildan ortiqroq tariximizning eng katta
armoni bo’lib kelgani hozirda hech kimga sir emas. U dastlab jadidlar nomi bilan
tarixga kirgan va sho’rolar davrida “xalq dushmani” tamg’asi bosilib, qatag’on
qilingan yosh, zamonaviy, taraqqiyparvar ziyolilarimiz ko’ksida tug’ilib yetilgan edi.
XX asr o’zbek maorifu-madaniyati,ehtimolki,bugungi mustaqil tafakkurimiz ular
oldida burchlidir.“Usuli jadid”, “usuli satviya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi
maktabni Turkistonda shular tashkil qildilar. Shular birinchi bo’lib zamonaviy oily
maktab g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular
yordamida qanchadan – qancha yoshlarni taraqqiy qilgan Yevropa mamlakatlariga
o’qishga yuborishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi g’ishtini qo’ygan,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
213
nashru-matbuotini ham boshlab bergan shular.Ular o’z hisoblaridan maktablar ochib,
yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar , sahna asarlari orqali milliy
ongni shakllantirishga, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar.
Rossiya qonunlari imkon bergan darajada Turkiston musulmonlarining sha’nu-
sharafini himoya qildilar, inqilob yillarida esa mustaqillik bayrog’ini baland
ko’tardilar.Ne baxtki,ular orzu qilgan istiqlol bizga nasib etdi.Ularning miliy pul,
milliy qo’shin, milliy tarbiya kabi juda ko’p dardu armonlari bugun davlatimiz siyosati
darajasiga ko’tarilib, bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. Binobarin, ular bizga bugun
har qachongidan ham yaqindirlar.
Maxmudxo’ja Behbudiy turkiy dunyoning eng yorqin, buyuk siymolaridan biri
xususida mushohada qilish bo’lsa, ikkinchidan o’zbek millatining ijtimoiy ongini
belgilagan qator sohalarning otasi, boshlovchisi haqida fikr yuritish demakdir.
Jumladan, matbuot, milliy teatr va dramaturgiya sohalarining ham peshvosidir
1
.
Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmas edi. Zamon va dunyo voqealari bilan
tanishib bormoq, millat va vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq
kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, u o’z qabohatini ham,
malohatini ham ko’ra bilsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot
sari boshladi
2
.
Behbudiyning “Padarkush” p’esasi 1911yilda yozilgani muallif tomonidan ham,
zamondoshlari va boshqa olimlar tomonidan ham e’tirof etilgan. Demak, Padarkush
asari xronologik tartibda milliy, lisoniy jihatlarga ko’ra birinchi o’zbek sahna asaridir.
Ham iqtisodiy, maishiy turmushdagi qoloqlikni bartaraf etish, ham Chor asoratini
yo’qotish jadidchilikning barcha jabhalarida aks etdi.Shu jumladan, teatr va
dramaturgiyada ham, binobarin uning ilk milliy namunasi Padarkushda ham aks etgan.
Behbudiy 1909 yildayoq “Ehtiyoji millat” maqolasida yozadi: “Biz
turkistonliklarga ikki sinf kishilari lozimdurki va bu ikki sinf kishilarisiz bizni diniy
va dunyoviy ilmlarimiz, millat va qavmiyatimiz, maishiy ehtiyojimiz xarob bo’lib,
kundan – kun begona millatlarning zabuni va mahkumi bo’lurmiz…(ya’ni, bu ikki sinf)
zamondan bexabar ulamoi diniya va dindan boxabar ulamoi zamoniya. Ana shu ikki
qarash “Padarkush” pesasining g’oyaviy negizini belgilagan”.
Asar mazmuniga ko’ra, bir boy odam o’zi savodsiz bo’lgani holda farzandini ham
ilmli qilmoqchi emas. O’g’li o’spirin yoshiga yetsada, maktab ko’rmagan. Ota bundan
mutlaqo tashvishlanmaydi. Chunki o’ziga ota meros mulk qolib, boylikdan behuzur
yashaganidek, o’g’li ham shu taqdirni takrorlaydi, degan o’yda. Asar muallifi boy
fikrini o’zgartirish uchun o’z davri ma’rifatining ikki vakili, eski maktab domlasi va
usuli jadid targ’ibotchisi ziyolini uning huzuriga ko’rsatadi. Avval domla, so’ng ziyoli
1
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil 23 iyun
2
Behbudiy. Tanlangan asarlar. –B. 10-11.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
214
kelib boyning o’g’li Toshmurodni maktabga berib, ilmi diniy va ilmi zamondan
bahramand etishga da’vat qiladilar. Bu so’zlarga beparvo, bepisand boy har ikki
mehmondan ham ranjib, ularni bir amallab haydash chorasini izlaydi. Otaning bema’ni
hayot tarzini ko’rib o’sgan farzand uch - to’rt bezori, chapani yigitlarga qo’shilib,
ichkilikka beriladi, maishiy buzuqlikka mayl bildiradi va oxir-oqibat ana shu
ehtiyojlari uchun mablag’ istagida otasining kushandasiga aylanadi
3
.
Pyesaning dunyo yuzini ko’rishi oson kechmadi. Bunga sabab, Chor hukumati
mustamlaka Turkistonning ma’rifat yo’liga kirib, o’z huquqini tanishidan manfaatdor
emasdi. Bu asar 1912 yilda Buxoroda chiqib turgan “Turon” gazetasida bosila
boshlandi. Lekin pesaning alohida kitob bolib bosilishi va sahnalashtirilib
tomoshabinlarga ko’rsatilishi Chor senzurasining to’siq va qarshiliklari oqibatida ko’p
qiyinchiliklarni boshidan kechiradi
4
.
Avvalo, asarning 1913 yil Samarqandda ilk bor nashr etilgan nusxasi titul
sahifasidagi bag’ishlov e’tiborni tortadi. Unda muallif o’z asarini 1912 yili “Borodino
maydonidagi jang va bu jangda Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo’lgani”
sanasiga bag’ishlanganini qayd etgan. Senzura sarsongarchiliklari va tazyiqidan bezor
bo’lib, bag’ishlov bitgan Behbudiy shunda ham o’z maqsadini dabdurustdan kishi
sezmaydigan bir tarzda ifodalab ketadi,ya’ni Rossiyaning istibdod xavfidan qutulgani
sharafiga asoratdagi “Turkiston maishatidan olingan asar” ekanini mantiqan
ta’kidlaydi. Vaholanki, shu paytda yozilgan aksariyat asarlarda bag’ishlov odatda,
asosan oq pashsho va uning avlod - ajdodlari, rafiqasi sharafiga bo’lardi. Behbudiy bu
an’anani ongli ravishda buzadi va fikrini boshqa siyosiy maqsadga yo’naltirish yo’lini
o’ylab topadi
5
.
Senzuraning Tiflis komitetiga yuborilgan asar oradan ikki yil o’tgach, 1913 yil 23
iyulida ruxsat etilgan nusxasining muqovasida “Razresheno” senzuroyu Tbilisskoy
komitetom po delam pechate k postanovke na senax Kavkazskogo kraya. 23. 03. 1913
g. Xan - 19940 deb yozilgan edi. Shundan so’ng, bu pyesa 1913 yil Samarqandda
Gazarov va Sayanov matbaasida bosilib chiqadi
6
.
Pyesa bosilib chiqqandan so’ng ham sahnaga qo’yish uchun yana bir yil vaqt
ketdi. Muallif bu haqda: “O’ynaturg’on odam yo’q. Azbaski, Turkistonda bekor odam
yo’qki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yo’qki, teatru sahnaga chiqib masqxarabozlik
qilsa”. Lekin shunga qaramasdan, oradan ancha vaqt o’tgach, samarqandlik bir necha
mahalliy o’zbek-tatar, ozarbayjon teatr havaskorlari tomonidan “Padarkush” sahnaga
qo’yilganligi va tomoshabinlarga katta qiziqish uyg’otib, o’lkada teatrga bo’lgan havas
va qiziqishni kuchaytirib yuborgaligi yozib o’tiladi
7
.
3
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil 23 iyun.
4
Raxmonov M. O’zbek teatri tarixi. Toshkent, 1992. –B.280.
5
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil 23 iyun.
6
Raxmonov M. O’zbek teatri tarixi. –B.280.
7
Behbudiy. Tanlangan asarlar. –B. 11.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
215
“Padarkush” o’zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi
namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko’ra yangi o’zbek
adabiyotini boshlab bergan asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” deb atagan
3 parda, 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va
jo’n. “Padarkush”da asorat tufayli fojialar yuz berayotganiga yana bir ishora – bu
asardagi “povoxona manzarasi”dan anglashiladi. Uch-to’rt kuchga to’lgan, navqiron
yigitlar o’spirin Toshmurodboyvachchani yonlariga olib, ichkilik ichib, mast holatda
o’tirganlarini ko’rsatar ekan, Behbudiy Rossiya maishiy hayotidan Turkistonga kirib
ildiz otgan ichkilikning musulmon yoshlari uchun xunuk ommaviy hodisaga, ofatga
aylanganini ta’kidlamoqchi bo’ladi.Ilm va tarbiyasiz bolalarning oqibati shudir.
Agarda bular otasi o’qitsaydi, bu jinoyat va padarkushlik sodir bo’lmasdi. Haqiqatda
boyni o’ldirgan va yigitlarni azobi abadiyga giriftor qilgan ilmsizlikdir. Bu ishlarni
yo’q bo’lmog’iga o’qimoq va o’qitmoqdan boshqa iloj yo’qdir. “Padarkush” pesasida
ilgari surilgan g’oya ana shu so’zlarda aks etadi. Shuga ko’ra ko’pgina
mutaxassislarimiz uni sof ma’rifiy xarakterdagi asar sifatida baholab keladilar.
Xulosa.
Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr bo’sag’asidagi Turkistonning orzu-
armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o’z davrining ijtimoiy – siyosiy
harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyondasi yangi zamon o’zbek
madaniyatinig asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi mustaqil
jumhuriyat g’oyasining yalovbardori, “yangi maktab” g’oyasining nazariyotchisi va
amaliyotchisidir. O’zbek dramachiligini boshlab berganbirinchi dramaturg, teatr,
noshir, jurnalist edi. U tariximizning g’oyatda og’ir va murakkab bir davrida yashadi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Qosimov B. Behbudiy va jadidchilik. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”
2.
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil 23
iyun.
3.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. –B. 10-11.
4.
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil
23 iyun.
5.
Raxmonov M. O’zbek teatri tarixi. Toshkent, 1992. –B.280.
6.
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”
1995 yil 23 iyun.
7.
Raxmonov M. O’zbek teatri tarixi. –B.280. Behbudiy. Tanlangan asarlar. –B. 11.
8.
Turdiyev Sh. Behbudiy. “Muloqot” 1991 yil, 3-4-sonlar.
9.
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil
23 iyun
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
216
10.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. –B. 12.
11.
Turdiyev Sh. Behbudiy. “Muloqot” 1991 yil, 3-4-sonlar.
12.
Rizayev Sh. Istibdodga qarshi isyon. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil
23 iyun.
13.
Ahrorova Z. Behbudiya kutubxonasi. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil
17 fevral.
14.
Ahrorova Z. Behbudiya kutubxonasi. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” 1995 yil
17 fevral.