Mualliflar

  • Joʻrayeva Sohiba
  • Mahmudjonova Mohlaroyim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95100

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ogʻir xastalikka chalingan bolalar va ularning turlari onkologik kasalliklar yurak xastaliklari genetik kasalliklar ijtimoiy psixologik va tibbiy ehtiyojlar individual ta'limga jalb qilish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  ogʻir  xastalikka  chalingan  bolalar  turlari,  ularning 
oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Ogʻir kasallikka chalingan bolalar 
va  ularning  ijtimoiy,  psixologik  hamda  tibbiy  ehtiyojlarini  yoritadi.  Maqolada, 
shuningdek,  jamiyatda  bolalarga  nisbatan  qabul  qilinadigan  qarashlarni,  ularning 
huquqlarini  ta'minlash,  ular  uchun  sogʻlom  hayot  sharoitlari  yaratish  va  individual 
ta'limga jalb etish borasida batafsil ma'lumot beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

61

OGʻIR XASTALIKLARI BOʻLGAN BOLALAR.

Joʻrayeva Sohiba

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Maxsus pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi

Mahmudjonova Mohlaroyim

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 611-23- guruh talabasi

Annotatsiya:

Maqolada ogʻir xastalikka chalingan bolalar turlari, ularning

oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Ogʻir kasallikka chalingan bolalar
va ularning ijtimoiy, psixologik hamda tibbiy ehtiyojlarini yoritadi. Maqolada,
shuningdek, jamiyatda bolalarga nisbatan qabul qilinadigan qarashlarni, ularning
huquqlarini ta'minlash, ular uchun sogʻlom hayot sharoitlari yaratish va individual
ta'limga jalb etish borasida batafsil ma'lumot beriladi.

Kalit soʻzlar:

ogʻir xastalikka chalingan bolalar va ularning turlari; onkologik

kasalliklar; yurak xastaliklari; genetik kasalliklar; ijtimoiy, psixologik va tibbiy
ehtiyojlar; individual ta'limga jalb qilish.

Annotation:

The article discusses the types of children with severe disease, their

unique features. Children with serious illness and their social, psychological and
medical needs. The article also provides detailed information on the development of
children in society, creating their rights, creating healthy living conditions and
involvement in individual education.

Keywords:

children with severe disease and their types; oncological diseases;

heart disease; genetic diseases; Social, psychological and medical needs; involving
individual education.

Аннотация:

В статье рассматриваются типы детей с тяжелыми

заболеваниями и их специфические особенности. В нем особое внимание
уделяется детям с серьезными заболеваниями и их социальным,
психологическим и медицинским потребностям. В статье также представлена
подробная информация о взглядах, принятых в обществе в отношении детей,
обеспечения их прав, создания для них здоровых условий жизни и вовлечения их
в индивидуальное образование.

Ключевые слова:

дети с тяжелыми заболеваниями и их виды;

онкологические заболевания; сердечное заболевание; генетические заболевания;
социальные, психологические и медицинские потребности; участие в
индивидуальном обучении


Kirish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

62

Hozirgi kunda ogʻir xastalikka chalingan bolalar soni tobora koʻpayib

bormoqda. Ogʻir xastalikka chalingan bolalar - jamiyatimizda eng koʻp e'tibor talab
etadigan, hissiy va jismoniy jihatdan katta muammolarni boshdan kechiradigan bolalar
toifasi. Shu nuqtai nazardan, bu bolalarni individual ta'limga jalb qilish va ularning
jamiyatda oʻz oʻrnini topishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ogʻir xastaliklari boʻlgan bolalar jamiyatimizda eng koʻp e'tibortalab etadigan,

hissiy va jismoniy jihatdan katta muammolarni boshdan kechiradigan bolalar toifasidir.
Ularning sogʻligʻi va farovonligi nafaqat ularning oʻziga, balki butun jamiyatga taʼsir
koʻrsatadi. Ularning hayoti va rivojlanishi ba'zan doimiy tibbiy parvarish hamda
maxsus tibbiy , psixologik va pedagogik yordamni talab qiladi. Onkologik, yurak
xastaliklari va genetik kasalligi kabi turlarga chalingan bolalar mavjud.

Onkologik kasalligi boʻlgan bolalar oʻsimta hujayralarining me'yordan chetga

chiqishi va nazoratsiz oʻsishi natijasida rivojlanadigan saraton kasalliklari bilan
kasallangan bolalardir. Bolalardagi onkologik kasalliklar kattalarnikiga qaraganda turli
xususiyatlarga ega boʻlib, koʻpincha, tez rivojlanadi va davolashda alohida
yondashuvlarni talab qiladi.

Bolalarda onkologik kasalliklar turli organlarda paydo boʻlishi mumkin,

masalan, leykemiya (qon saratoni), neyroblastoma (nerv tizimi saratoni),
retinoblastoma (koʻz saratoni), mioblastoma kabi boshqa koʻplab turlari mavjud.

Onkologik kasalligi boʻlgan bolalar uchun erta tashxis qoʻyish va davolash juda

muhimdir, chunki saratonning ilk bosqichlarida aniqlanishi koʻplab hollarda
muvaffaqiyatli davolanish imkoniyatlarini oshiradi. Davolashda kimyoterapiya,
radioterapiya, jarrohlik aralashuvlar va immunoterapiya kabi turli usullar qoʻllaniladi.

Genetik kasallikka chalingan yoshlar bu- irsiy omillar sababli nuqsonlarga

uchragan bolalar. Bunday kasalliklar tugʻma boʻlib, ota-onadan bolaga meros boʻlib
oʻtadi. Masalan, Daun sindromi, Klinefelter sindromi, Siklik fibroza, hemofiliya va
boshqa xromosomalar yoki genlarda yuzaga kelgan mutatsiyalar kiradi. Bu kasalliklar
turli tizimlarga, jumladan, aqliy rivojlanish, jismoniy holat yoki immun tizimiga taʼsir
koʻrsatishi mumkin.

Ogʻir xastalikka chalingan bolalar turli ta'lim muassasalarida oʻqishlari mumkin,

ammo ularning ta'lim olish sharoitlari ehtiyojlariga qarab moslashtirilgan boʻlishi
kerak. Ularning ta'lim olishi mumkin boʻlgan joylar quyidagicha:

1. Maxsus maktablar yoki sinflar: ogʻir xastalikka chalingan bolalar uchun

maxsus tashkil etilgan maktablar yoki sinflar mavjud boʻlib, ular kasallikning turiga va
bolaning ehtiyojlariga moslashtirilgan boʻladi. Bu yerda oʻqituvchilar maxsus
tayyorgarlikka ega boʻlishi va bolalar uchun individual yondashuvni amalga oshirishi
kerak.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

63

2. Maxsus guruhlar va markazlar: ba'zi bolalar uchun maxsus guruhlar yoki

ta'lim markazlari tashkil etilgan, bu yerda bolaning kasalligi hamda ehtiyoji asosida
ta'lim, reabilitatsiya va qoʻllab quvvatlash xizmatlari amalga oshiriladi.

3. Onlayn ta'lim: ogʻir xastalikka chalingan ba'zi bolalar jismoniy ravishda ta'lim

muassasasiga bora olmasliklari sababli ular onlayn ravishda ta'lim olishlari mumkin
boʻladi. Bu sharoitda oʻquvchilarga individual yondashuv va doimiy qoʻllab-
quvvatlash ta'minlanadi.

4. Tibbiy taʼlim muassasalari: ba'zi hollarda kasallikning turiga qarab bolalar

tibbiy muassasalarda, reabilitatsiya markazlarida yoki maxsus shifoxonalarda
oʻqishlari mumkin, bunda ta'lim va tibbiy yordam birgalikda taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Normativ - huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi

portalida " Respublikada onkogematologik va boshqa oʻtkir kasalliklarning
profilaktikasi, tashxis qoʻyilishi va davolashning moliyalashtirishini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Qarorda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning

huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" gi Qonunining 4-moddasiga binoan
isteʼmolchilar hayoti, sogʻligʻi uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
natijasida yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishini talab qilish huquqiga ega ekanligi,
shuningdek, ushbu Qonunning 20-moddasiga binoan isteʼmolchining hayoti va
sogʻligʻiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan
qoplanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va

Sogʻliqni saqlash vazirligi, shuningdek, koʻngilli guruhlarning davlat muassasasi
shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Onkogematologik va
boshqa oʻtkir kasalliklarga chalingan bemorlarni moliyalashtirish uchun maxsus
jamgʻarma tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, ogʻir xastalikka chalingan bolalarni ta'limga jalb etish,

ularning ta'lim olish huquqini taʼminlash va jamiyatga toʻliq integratsiyasini ta'minlash
muhimdir. Bunday bolalarga individual yondashuv, psixologik va tibbiy qoʻllab-
quvvatlash hamda oʻqituvchilarning maxsus tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Kuzmina. M. (2019). Ogʻir kasalliklari va maxsus ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar:
pedagogik yondashuvlar. Moskva: Pedagogika nashriyoti.

2.

Erikson. E. (2018). Psixologiya va maxsus ehtiyojlar. London: Routledge.

3.

Tishkov. V. (2016). Xastalikka chalingan bolalar uchun ta'lim tizimi. Sankt-
Peterburg: Izd. Rus pedagogikasi.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi " Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisida" gi Qonunining 4-20-moddalari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kuzmina. M. (2019). Ogʻir kasalliklari va maxsus ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar:

pedagogik yondashuvlar. Moskva: Pedagogika nashriyoti.

Erikson. E. (2018). Psixologiya va maxsus ehtiyojlar. London: Routledge.

Tishkov. V. (2016). Xastalikka chalingan bolalar uchun ta'lim tizimi. Sankt-

Peterburg: Izd. Rus pedagogikasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Oʻzbekiston Respublikasi " Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish

toʻgʻrisida" gi Qonunining 4-20-moddalari