Mualliflar

  • Jumaboyeva Sarvinoz Mashrab qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95105

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar individual ta’lim dasturi moslashtirilgan o‘quv materiallari pedagogik yondashuv psixologik qo‘llab-quvvatlash maxsus metodika ta’lim texnologiyalari ijtimoiy moslashuv differensial yondashuv.

Annotasiya

Annotasiya:  Ushbu  maqolada  imkoniyati  cheklangan  bolalarni  inklyuziv 
ta’lim  jarayonida  o‘qitish  masalalari  tahlil  qilinadi.  Xususan,  individual  ta’lim  reja 
dasturlarini yaratish va o‘quv-metodik adabiyotlarni moslashtirish jarayoni yoritiladi. 
Maqolada  har  bir  bolaning  individual  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  o‘qitish 
usullari,  maxsus  texnologiyalardan  foydalanish,  pedagog  va  psixologlarning  roli 
muhokama  qilinadi.  Shuningdek,  o‘quv  materiallarini  soddalashtirish,  multimediya 
texnologiyalarini joriy etish va maxsus o‘quv vositalaridan foydalanish usullari ko‘rib 
chiqiladi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

44

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TAʼLIM

JARAYONIDA OʻQITISH BOʻYICHA INDIVIDUAL REJA DASTURLARINI

YARATISH VA OʻQUV METODIK ADABIYOTLARINI MOSLASHTIRISH

Jumaboyeva Sarvinoz Mashrab qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

Annotasiya

: Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv

ta’lim jarayonida o‘qitish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, individual ta’lim reja
dasturlarini yaratish va o‘quv-metodik adabiyotlarni moslashtirish jarayoni yoritiladi.
Maqolada har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitish
usullari, maxsus texnologiyalardan foydalanish, pedagog va psixologlarning roli
muhokama qilinadi. Shuningdek, o‘quv materiallarini soddalashtirish, multimediya
texnologiyalarini joriy etish va maxsus o‘quv vositalaridan foydalanish usullari ko‘rib
chiqiladi.

Kalit soʻzlar

; inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, individual

ta’lim dasturi, moslashtirilgan o‘quv materiallari, pedagogik yondashuv, psixologik
qo‘llab-quvvatlash, maxsus metodika, ta’lim texnologiyalari, ijtimoiy moslashuv,
differensial yondashuv.


Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, uning

koʻnikma va qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshligidan ilm olishga ragʻbatlantirishda
oila ishtiroki muhim. Shu sababli inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarning ahamiyati
katta. Alohida ehtiyojlari mavjud bolalarning ota-onalari farzandlari jamiyatning bir
boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushunishlari kerak.

Ba’zan imkoniyati cheklangan bolalar maktabda va tengdoshlari orasida

yakkalanish, kamsitilish holatlariga uchraganda, ota-onalarning oʻzi ruhan
tushkunlikka tushib qoladilar. Ammo bunday vaziyatda oʻzlarini tutib olishlari va
farzandlarini qoʻllab-quvvatlashga, ruhlantirishga harakat qilishlari kerak.

So‘nggi yillarda jamiyatning nogiron kishiga ya’ni imkoniyati cheklangan

shaxsga munosabati tubdan o‘zgara boshladi, uni jamiyatning teng huquqli va munosib
a’zosi deb tan olindi lekin baribir ham bugungi kunda imkoniyati cheklangan
shaxslarning o‘zining qo‘shimcha muammolari bor. Odatda, oilada imkoniyati
cheklangan bola tug’ilishi bilan ota-ona tashvishga tushadi va moddiy, maishiy,
moliyaviy muammolari ko‘payadi.Shu vaziyatda ko‘pincha bola tengdoshlariga
qo‘shilmaslik oqibatida o‘z qobig’iga o‘ralib qolib ketadi. Masalan bir oilada
imkoniyati cheklangan bola tug’ilsa u kamdan kam holatlarda bolani ota-ona
qo‘rqmasdan ta’lim tashkilotlariga qo‘sha oladi. Keyingi tarafini ko‘radigan bo‘lsak
ota-ona ko‘pincha bolasi imkoniyati cheklangan bo‘lganligidan uyaladi bunday


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

45

vaziyatlarda ko‘pincha Bolani ota-onasi o‘zim ta’lim va tarbiya beraman deb bolasini
ta’lim tashkilotlariga qo‘shmaydi va odamlarni ko‘ziga ko‘rsatmaydi bola o‘zi bilan
o‘zi qolib ketish natijasida sezilarli darajada yomon oqibatlar kuzatiladi. Biz
imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona hamkorligi qanchalik
muhimligini ko‘rib chiqamiz. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan
bola keldi, uni guruh muhitiga moslashtirish tarbiyachi uchun juda muhim va
murakkab ish bunda tarbiyachi albatta psixolog bilan hamkorlikda bolaning aynan
nimadan bola qiynaladi va u nimalarga qiziqadi shularni kuzatish orqali bilib olishi
kerak. Bunda ota-ona hamkorligi ham tarbiyachi va psixolog hamkorligiga birlashgan
holatda bo‘ladi. Tarbiyachi ota-onalar bilan tez-tez uchrashuvlar uyushtirib munozara,
test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-onalar
ishtirokida olib boriladigan har bir mashg’ulot bola uchun ahamiyatli hisoblanadi bu
ota-ona uchun ham farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam
beradi va bolalarni tengdoshlari qatoridan ajrab qolmayotganligini, bolasining ta’lim
olayotganini bolasining o‘zi ko‘rmagan xususiyatlarini anglashiga ota-ona bola uchun
hamkorlik qay darajada ekanligini his qiladi va farzandi oldida uning kelajagiga zamin
yaratib berish mas’uliyati yanada oshadi.

Mamalakatimizda yosh avlodni mustaqillikka oʻrgatish borasida keng qamrovli

amaliy ishlar bajarishga kirishildi. Bu masala Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim
toʻgʻrisida” gi Qonuni , Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida oʻrin egallaydi.
Zero, har ikkala hujjatda oʻsib kelayotgan yosh avlodning ijtimoiy-siyosiy hayotda
ongli ravishda mustaqil ishtirok etishi, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir etishi, oʻz qadr-
qimmatini xis qilishi, oʻzida erkin fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishi dolzarb
vazifalar sifatida belgilab berilgan. Oʻsib kelayotgan yosh avlodda shaxsiy sifatlar,
xususan, mustaqillikni shakllantirish nafaqat ta’lim muassasalari va tarbiya maskanlari
balki umumjamiyat vazifasiga aylanib, davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Oʻz
navbatida oʻzlari ham deyarli ilmning turli sohalarini mustaqil holda oʻrganganlar,
jumladan, bobokalonimiz Alisher Navoiy oʻzining “Majolisun nafois” asarida mustaqil
mutolaa qilish yoʻli bilan ilm choʻqqilarini egallagan donishmandlardan koʻplarining
nomlarini zikr etganlar. Mazkur asarda alloma Mir Murtozning mustaqil holda ilm
soxibi boʻlib etishganligini ta’riflab: “Mir Murtoz yoshdan ilm bilan mashgʻuldir...
Kecha tong otguncha va kunduz oqshom boʻlguncha ilm mutolaa qilur erdi ”,-deydi .
Oʻz navbatida, A.Navoiy ham ilm sirlarini mustaqil holda oʻrgangan. U oʻzining
“Muhokamatul lugʻatayin”asarida yoshlik chogʻida qariyib 50 mingdan ortiq baytlarni
mustaqil holda yod olganligini alohida takidlaydi. Ilgʻor pedogoglar, jumladan I. G.
Pestalotsi, J. J. Russo, A. Disterverglar ham bolalarda mustaqillikni tarbiyalashga
alohida e’tibor berganlar. Ular oʻz qarashlarida bolada shaxs sifatlarini rivojlantirishga
mehnat tarbiyasining samarali ta’sirini ta’kidlaganlar. I. G. Pestalotsining «Lingard va
Gertruda», «Gertruda oʻz bolalarini kanday oʻqitdi», «Kuzatish alifbesi», «Oqqush


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

46

koʻshigʻi» asarlari shular jumlasidandir. U «Lingard va Gertruda» asarida inson
nimaiki koʻlga kiritsa, bu halol mehnati orqali roxat koʻrishini Glyufi faoliyatida
yoritib beradi. Pestalotsining gʻoyaviy ta’limotiga koʻra bolani har tomonlama erkin
rivojlantirish bu maktabning maqsadi edi. Jan Jak Russoning «Emil yoki tarbiya
toʻgʻrisida» nomli romanida ozod Yangi odamni tarbiyalash yoʻllarini koʻrsatdi. Russo
bola tugʻilgan kunidan boshlab iste’dodining rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish
toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik kilish zarurligini aytadi. «Tarbiyachi bolaga oʻzining fikr -
muloxazalarini, tayyor axloqiy koidalarini majburan qabul qildirmasligi tabiatiga
koʻra, uning oʻsishi va erkin rivojlanishiga imkoniyat yaratishi kerak. Tabiiy tarbiya
bu – erkin tarbiyadir. Bola oʻzining zararli notoʻgʻri ishlari natijasini his kilishi
lozim»,- deb ta’kidlaydi.

R. Mavlonova: “Bolalarni qiyinchiliklarni engishga, qoʻyilgan maqsadga

erishish yoʻlida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab
ketmay, balki oxiriga etkazishga oʻrgatish lozim. Bu oʻrinda ijobiy emotsiyalar:
Mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish xissiyotlarining namoyon boʻlishi juda
muximdir. Mehnatda turli psixologik xolat, aktivlik, diqqatning jamlanishi, qiziqish,
mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuygʻular namoyon boʻladi”,- deb yosh
avlodda mehnat tarbiyasi orqali mustaqillikni tarbiyalash gʻoyasini ilgari suradi.
O.Musurmonova ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishni bir necha turlarga boʻladi.
Shulardan biri sifatida ... insonparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, muruvvat,
saxovat, adolat, tinchliksevarlik, tenglik, doʻstlik, oʻz-oʻzini anglash, erkinlik kabi
ijtimoiy-siyosiy mazmundagi qadriyatlardan iborat ekanligini keltiradi. Ma’lumki,
zamonaviy milliy pedagogika yoʻnalishida koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilmoqdaki,
ulardan koʻzlangan maqasad-uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida barkamol,
mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash uchun zaruriy pedagogik, psixologik shart-
sharoitlarni yaratish, usul, vosita va imkoniyatlarni taxlil qilish orqali ularni
zamonaviylashtirish, ta’lim texnologiyalaridan eng samarali va maqbulini tanlash va
amaliyotga joriy qilishdir.Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy boʻgʻinlaridan biri-
maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’lim kanchalik oʻz maqsad va vazifalarini
toʻlaqonli bajarsa, keyingi bosqich ta’lim jarayonidan kutilayotgan natija shunchalik
erishimli va samarali boʻladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Maktabgacha
ta’lim bola shaxsini sogʻlom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi,
unda oʻqishga qiziqish xissini uygʻotadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi”-
deb ta’kidlangan.

Yoki qanday sharoitda va muhitda inson oʻzini erkin va xur xis qiladi va bu

xurlik unga nima beradi? Kabi savollarning javobi tadqiqotning ushbu bobi
mazmunini tashkil qiladi. Demak, inson uchun mustaqillik bu uning oʻzligini anglashi
va oʻzini har tomonlama namoyon qilishi deb e’tirof etish mumkin. “Inson” deb
atalmish ijtimoiy tushuncha zamirida bola shaxsini koʻradigan boʻlsak, unda bolaning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

47

mustaqilligiga ta’sir etuvchi omillar, vositalar va shartsharoitlar oila va maktabgacha
ta’lim muassasidagi muhitning nechogʻlik boladagi mavjud qiziqish, mayl,
imkoniyatlarga yoʻnaltirilganligiga bogʻliqdir. YA’ni mustaqillikning namoyon
boʻlishi uchun zaruriy sharoit bu ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning bolaga yoʻnaltirilishi.
Bu esa bola tarbiyalanayotgan muhitning insonparvarlashtirilgani demakdir. Ta’lim va
tarbiya jarayonining markazida bola shaxsi turar ekan, kutilayotgan natija ham bola
egallagan bilim, koʻnikma va malakalar darajalari bilan tavsiflanadi.
Insonparvarlashtirilgan oʻquv-tarbiyaviy jarayon boladagi turfa imkoniyatlar, cheksiz
qiziqishlarning namoyon boʻlishining zaruriy shartlaridandir. Insonparvarlikning inson
erkinligi, uning qadr-qimmati, tarbiyasiga bogʻliqligi Sharq Uygʻonish davrida Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher
Navoiy kabi mutafakkirlar ta’limotlarida oʻz aksini topgan. Abu Nasr Farobiy
insonparvarlik, aniq maqsad sari intilish baxt-saodatga eltuvchi ekanligini ta’kidlaydi:
“Inson baxt-saodat nimadaligini tushungan boʻlsa-yu, unga erishishni maqsad qilib
olmasa, gʻoya va hoxishiga aylantirmagan boʻlsa, unga nisbatan ozgina boʻlsa-da,
shavq-zavq sezmasa, istak va muloxazasini, kuch va quvvatini boshqa narsalarga
sarflasa bu qilmishlari yomon va nooʻrindir... Mustaqillikning ildizi insonparvarlik,
ong va faoliyat birligi, ruhiyat, nazariya va amaliyot bogʻliqligi, tarbiya (uning barcha
yoʻnalishlari: aqliy, ahloqiy, jismoniy, xuquqiy, iqtisodiy, jinsiy, gigienik, estetik,
mehnat, ijtimoiy ...) ning mavjud boʻlish tarixi va amaliyotiga borib taqaladi.

Xulosa qilib aytganda imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarga

ta’lim va tarbiya berishda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi yaxshi
samara beradi. Hamkorlikni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan
shu narsa o‘z isbotini topdiki har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini
ilk yoshdan o‘z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojat qilib bolaning aqliy va
jismoniy tarafdan sog’lom bo‘lib yetishishida hamkorlik olib borilsa albatta ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun hamkorlikni to‘g’ri
yo‘lga qo‘yishda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti birdek hamkorligi muhim
ahamiyat kasb etishi va uning rivojlanishi, kelajagini belgilab berishi uchun turtki
bo‘ladi shuning uchun biz vaziyatdan kelib chiqib imkoniyati cheklangan bolalarni
qo‘llab-quvvatlashimiz ularga yaratilib berililgan shart-sharoitlardan foydalanishi
uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishimiz kerak.
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik qilishda
inklyuziv ta’lim muhitini guruhlarda yaratishi juda katta foyda beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyundagi “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoni.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

48

2.

Inkluziv ta’lim konsepsiyasi – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi, 2019.

3.

UNICEF O‘zbekiston bolalarni ta’limga jalb etish bo‘yicha hisobot – UNICEF,
2022.

4.

Oila va jamiyatda bolalarning ta’lim olishi – N. Karimova, “Ta’lim” nashriyoti,
2021.

5.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berish tizimi –
Ta’lim vazirligi, 2022.

6.

Mahalla institutining bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishdagi roli – Mahalla va
oilani qo‘llab-quvvatlash markazi hisobotlari, 2023.

7.

Psixologik yordam ko‘rsatish va ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etish – A.
Rasulova, Toshkent, 2019.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyundagi “Nogironligi

bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoni. 2. Inkluziv ta’lim konsepsiyasi – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi, 2019.

UNICEF O‘zbekiston bolalarni ta’limga jalb etish bo‘yicha hisobot – UNICEF,

Oila va jamiyatda bolalarning ta’lim olishi – N. Karimova, “Ta’lim” nashriyoti,

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berish tizimi –

Ta’lim vazirligi, 2022.

Mahalla institutining bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishdagi roli – Mahalla va

oilani qo‘llab-quvvatlash markazi hisobotlari, 2023.

Psixologik yordam ko‘rsatish va ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etish – A.

Rasulova, Toshkent, 2019.