Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
31
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARINI INKLYUZIV TA’LIM
JARAYONIDA O‘QITISH BO‘YICHA INDIVIDUAL REJA DASTURLARINI
YARATISH VA O‘QUV-METODIK ADABIYOTLARNI MOSLASHTIRISH
Xolmo’minova Madina Ne’matulla qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv
ta’limga jalb qilishda individual reja dasturlarini ishlab chiqish va o‘quv metodik
adabiyotlarini moslashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu
jarayonning ta’lim sifatiga ta’siri, pedagogik yondashuvlar va innovatsion usullar tahlil
qilinadi.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются вопросы разработки
индивидуальных программных планов и адаптации учебно-методической
литературы для вовлечения детей с ограниченными возможностями в
инклюзивное образование. Также анализируется влияние этого процесса на
качество образования, педагогические подходы и инновационные методы.
Abstract:
This article examines the development of individual educational
plans and the adaptation of instructional materials to involve children with disabilities
in inclusive education. It also analyzes the impact of this
process on the quality of
education, pedagogical approaches, and innovative methods.
Kalit so‘zlar
: Inklyuziv ta’lim , individual , reja, dastur , integratsiya ,
diagnostika, metodik ta’minot, taktil materiallar , Braille yozuvlari , differensial
yondashuv , audiovizual material , multimediali darslik.
Ключевые слова: :
Инклюзивное образование , Индивидуальный , План
, Программа , Интеграция , Диагностика , Методическое обеспечение ,
Тактильные материалы , Шрифт Брайля , Дифференцированный подход ,
Аудиовизуальный материал , Мультимедийный учебник.
Keywords
: Inclusive education , individual, plan , program, integration,
diagnostics,metadologic approach , audiovisual material , multimedia.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimi imkoniyati cheklangan bolalarga
umumta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini yaratishning muhim omillaridan
biridir. Bunday bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim
jarayonini tashkil etish pedagogik strategiyalarni doimiy rivojlantirishni talab etadi.
Inklyuziv ta’limni samarali tashkil qilishda individual reja dasturlarini ishlab chiqish
va metodik adabiyotlarni moslashtirish alohida ahamiyatga ega. Imkoniyati
cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan
biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda inklyuziv ta’limning ahamiyati ortib
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
32
bormoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun individual yondashuv asosida ta’lim
berish ularning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlash va shaxsiy rivojlanishiga yordam
berish uchun zarurdir. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida individual reja
dasturlarini yaratish va o‘quv-metodik adabiyotlarni moslashtirishning asosiy jihatlari
ko‘rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi
638-sonli qarori Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish
tartibi to‘g‘risidagi NIZOMNING AYNAN 5-bobi ( Inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish) da
shunday keltirilgan : O‘quvchilar bilan individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish,
maxsus pedagoglar tomonidan ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari
va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochilgan maktablarda o‘quvchilarga individual
ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash,
ularga turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida maxsus yordam
ko‘rsatish xonalari tashkil etiladi. Maxsus yordam ko‘rsatish xonalari zarur maxsus
jihozlar bilan ta’minlanadi. Inklyuziv ta’lim sinflari joriy qilingan maktablarga tyutor
(yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim
muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot
davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi. Talabalarni inklyuziv ta’lim sinflari joriy
qilingan maktablarga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Inklyuziv ta’lim
sinflarida o‘quvchilarga oliy ma’lumotli, shuningdek, tegishli qayta tayyorlashdan
o‘tgan o‘qituvchi yoki defektologlar tomonidan dars beriladi. Boshlang‘ich tayanch
korreksion sinflarda o‘quvchilarga defektologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli
pedagoglar, shuningdek, defektologiya (sohasi) bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan
o‘tgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar tomonidan dars beriladi. Har bir o‘quvchi uchun
umumiy o‘rta ta’lim dasturi va maxsus (korreksion) ta’lim dasturidan kelib chiqib
maktab tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va mashg‘ulotlar jadvali tuziladi. Bunda
o‘quvchining individual psixojismoniy xususiyatlari, qiziqishlari hamda psixologik-
tibbiy-pedagogik komissiyaning tavsiyalari inobatga olinadi. O‘quvchilarni o‘qitish
metodikasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: tyutorning ta’lim
jarayonida to‘liq yoki qisman ishtiroki zarurati; yengillashtirilgan individual kun
tartibini (topshiriqlar hajmi, hafta davomida qo‘shimcha dam olish kuni va boshkalar)
tashkil etish; o‘quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib dars
mashg‘ulotlarini tuzish; umumrivojlantiruvchi va fanlar yo‘nalishidagi
mashg‘ulotlarni individual va guruh shaklida tashkil etish; psixolog, maxsus pedagog
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
33
va boshqa mutaxassislarning maktabdan va sinfdan tashqari korreksion-
rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarini tashkil etish. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
metod va vositalar bolalarning har tomonlama aqliy, jismoniy rivojlanishini
ta’minlashga va yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratiladi. Ta’lim inson hayotining
ajralmas qismi bo‘lib, uning intellektual va ma’naviy kamolotiga zamin yaratadi. 50-
modda ta’lim olish huquqining kafolatlanishini belgilab, har bir fuqaroga bilim olish
imkoniyatini ta’minlashni nazarda tutadi. Ushbu modda davlatning ta’lim tizimini
rivojlantirish, barcha qatlamlar uchun adolatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish va
inklyuziv ta’limni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini aks ettiradi. Har bir bola,
jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar ham teng imkoniyatlardan
foydalanishi lozim. Davlat inklyuziv ta’lim va tarbiyani ta’minlash orqali imkoniyati
cheklangan bolalarning jamiyatga to‘laqonli integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy adolat va inson huquqlarining hurmat qilinishini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-moddasida “Har kim ta'lim olish
huquqiga ega. Davlat uzluksiz talim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va
nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va
tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o'rta talim
va boshlangich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o’rta ta'lim
majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir”
ham alohida e’tibor berilgan. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega
bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi. Individual reja
dasturlarining ahamiyati: Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus individual
ta’lim dasturlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: Bolaning o‘ziga xos ehtiyojlari
va qobiliyatlarini inobatga olish; O‘qitish jarayonini yanada moslashuvchan qilish;
Bolaning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; Ijtimoiy moslashuvini
yaxshilash. Individual reja dasturlari pedagoglar, defektologlar va psixologlar
hamkorligida ishlab chiqilishi kerak. Individual reja dasturlarini ishlab chiqish
quyidagi bosqichlardan iborat: Diagnostika – Bolaning bilim darajasi, jismoniy va
psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Maqsad va vazifalarni belgilash – Ta’lim
jarayonida erishilishi kerak bo‘lgan natijalar aniqlanadi. Metodik ta’minot – Maxsus
o‘quv materiallari va moslashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi. Baholash tizimi
– Bolaning rivojlanish dinamikasi doimiy monitoring qilinadi. O‘quv-metodik
adabiyotlarni moslashtirish. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun darslik va o‘quv-
metodik adabiyotlarni moslashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Matnlarning
soddalashtirilgan varianti; Audiovizual materiallardan foydalanish; Taktil materiallar
va Braille yozuvlaridan foydalanish (ko‘zi ojiz bolalar uchun); Multimediali darsliklar
va interfaol texnologiyalardan foydalanish. Inklyuziv ta’limda pedagogik
yondashuvlar , ya’ni Pedagoglar imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda
quyidagi metodlardan foydalanishlari tavsiya etiladi: Differensial yondashuv –
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
34
O‘quvchilarning ehtiyojlariga qarab o‘quv jarayonini tashkil etish; Ko‘rgazmali
metodlar – Amaliy mashg‘ulotlar va real hayot misollaridan foydalanish; O‘zaro
hamkorlik metodlari – insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ta’lim muhitini
yaratish.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, har bir bola, jumladan, alohida ta’lim
ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar ham teng imkoniyatlardan foydalanishi lozim. Davlat
inklyuziv ta’lim va tarbiyani ta’minlash orqali imkoniyati cheklangan bolalarning
jamiyatga to‘laqonli integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu, o‘z navbatida,
ijtimoiy adolat va inson huquqlarining hurmat qilinishini anglatadi. Inklyuziv ta’lim
imkoniyati cheklangan bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
individual reja dasturlarini yaratish va o‘quv-metodik adabiyotlarni moslashtirish
dolzarb masala hisoblanadi. Bu jarayon pedagoglarning malakasi, moslashtirilgan
ta’lim resurslari va zamonaviy texnologiyalar yordamida yanada samarali amalga
oshirilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni. – T.: O‘zbekiston, 2020.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish
to‘g‘risida” gi qarori. – T.: 2021.
3.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” NIZOM
–T.:
4.O’zbekiston Respubliikasi Konstitutsiyasi 50-moddasi. –T .: 2024
4.
Defektologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
universiteti, 2018.
5.
Shvetsova T.V. “Inklyuziv ta’lim: metodologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar”.
– Moskva, 2017.
6.
Qosimov A., Hamidov I. “Maxsus pedagogika va defektologiya”. – Toshkent:
Sharq, 2019.