Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
130
INKLYUZIV TA’LIMNING TIBBIY – PEDAGOGIK – IJTIMOIY MODELI.
Xolmatova Marjona Dilshod qizi
, JDPU talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning tibbiy ,pedagogik va
ijtimoiy modellari batafsil yoritilgan.Tibbiy model maxsus ehtiyojga ega bolalarning
jismoniy va psixologik rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib
,reabilitatsiya , fizioterapiya va maxsus tibbiy xizmatlarni oʻz ichiga oladi.Pedagogik
model esa ta’lim jarayonida individual yondashuvni joriy etish ,maxsus pedagoglarni
tayyorlash va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali bolalarning bilim olish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Ijtimoiy model esa jamiyatda inklyuziya madaniyatini
shakllantirish , ota-onalar bilan ishlash va maxsus ehtiyojga ega shaxslarning
bandligini ta’minlashga asoslangan. Jahon tajribasi va Oʻzbekiston sharoitida ushbu
modellarni joriy etish boʻyicha muhim jihatlar tahlil qilinib, taklif va tavsiyalar
berilgan.
Kalit soʻzlar :
Inklyuziv ta’lim , tibbiy model , pedagogik model, ijtimoiy
model , maxsus ehtiyoj , maxsus pedagogika , differensial yondashuv , moslashtirilgan
ta’lim , integratsiya.
Abstract:
Medical , pedagogical and social models of inclusive education are
covered in detail in this article. The medical model focuses on supporting the physical
and psychological development of children with special needs and includes
rehabilitation , physiotherapy and special medical services. The pedagogical model
expands children ‘s learning opportunities by introducing an individual approach to the
educational process , training special pedagogues , and using innovative technologies.
The social model is based on creating a culture of inclusion in the society , working
with parents and ensuring employment of persons with special needs. The world
experience and the important aspects of the introduction of these models in the
conditions of Uzbekistan are analyzed , suggestions and recommendations are given.
Keywords:
Inclusive education, medical model, pedagogical model, social
model, special needs, special pedagogy, differential approach, adapted education,
integration.
Абстрактный:
В статье подробно рассматриваются медицинская,
педагогическая и социальная модели инклюзивного образования. Медицинская
модель направлена на поддержку физического и психологического развития
детей с особыми потребностями и включает реабилитацию, физиотерапию и
специализированные медицинские услуги. Педагогическая модель расширяет
возможности обучения детей за счет внедрения индивидуального подхода к
образовательному
процессу,
подготовки
специальных
педагогов
и
использования инновационных технологий. Социальная модель основана на
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
131
создании культуры инклюзивности в обществе, работе с родителями и
обеспечении занятости людей с особыми потребностями. Проанализированы
важные аспекты внедрения данных моделей в контексте мирового опыта и
Узбекистана, даны предложения и рекомендации.
Ключевые слова:
Инклюзивное образование, медицинская модель,
педагогическая модель, социальная модель, особые потребности, специальная
педагогика, дифференцированный подход, адаптированное образование,
интеграция.
Kirish
Inklyuziv ta'lim- bu barcha talabalar, shu jumladan, nogironligi bo'lgan yoki
o'ziga xos ehtiyojlari bor bo'lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratishga
qaratilgan ta'lim tizimi. U har bir individning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan
holda, ta'lim jarayonida barcha ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Inklyuziv ta’lim barcha bolalarning teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashga
yoʻnaltirilgan tizim. Bunday ta’lim modeli nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari
ehtiyojlari boʻlgan bolalarni umumiy ta’lim muhitiga qoʻshishni nazarda tutadi.
Inklyuziv ta’limning asosiy yondashuvlaridan biri tibbiy – pedagogik – ijtimoiy
modeldir, bu uch asosiy yoʻnalishning integratsiyasiga asoslanadi.Ushbu maqola
mazkur modelning samaradorligini tahlil qiladi va uning amaliy qo‘llanilishida duch
kelinayotgan muammolarni ochib beradi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida inklyuziv
ta’limni qo‘llash borasida turli tajribalar yig‘ildi. Xalqaro tashkilotlar, xususan,
BMTning Ta’lim, Fan va Madaniyat tashkiloti (UNESCO) inklyuziv ta’limni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli dasturlar ishlab chiqmoqda. Shuningdek, ko‘plab
mamlakatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limning turli modellarini
yaratish va tatbiq etish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiy
yondashuv- Nogironlikka ega bolalarni maxsus tekshiruvdan o‘tkazish va individual
reabilitatsiya rejalarini ishlab chiqish orqali ularning ta’limga tayyorgarligi
yaxshilanadi.Ko‘plab maktablarda defektolog va logopedlar yetishmovchiligi mavjud.
Reabilitatsiya markazlari bilan maktablar hamkorligining samaradorligi ta’lim sifatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Psixologik yordam va tibbiy qo‘llab-quvvatlash
xizmatlarining
mavjudligi
bolalarning
o‘qish
natijalariga
ijobiy
ta’sir
qilmoqda.Pedagogik yondashuv-Moslashtirilgan o‘quv rejalarining mavjudligi
bolalarning bilim olishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim
metodikalarini bilish darajasi turlicha bo‘lib, bu natijalarga ta’sir qiladi. Maxsus ta’lim
metodikalaridan foydalanish dars jarayonining samaradorligini oshiradi. Individual
yondashuv asosida o‘qitilayotgan o‘quvchilar standart usul bilan o‘qitilayotgan
o‘quvchilarga nisbatan yuqori natijalarga erishmoqda. Ijtimoiy yondashuv-
Jamiyatning inklyuziyaga bo‘lgan munosabati o‘quvchilarning integratsiyasiga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
132
bevosita ta’sir qiladi. Ota-onalarning farzandlari uchun moslashuv jarayoniga jalb
etilishi ta’lim samaradorligini oshiradi. Jamiyatdagi stereotiplarga qarshi targ‘ibot
ishlari natijasida ijtimoiy qabul darajasi oshmoqda. Ijtimoiy xizmatlar va nodavlat
tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi inklyuziv ta’lim tizimini yanada samarali qilishga
yordam bermoqda.
Xulosa:
Inklyuziv ta’limning tibbiy-pedagogik-ijtimoiy modeli nogironligi yoki
maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat
qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mazkur model ta’limning samaradorligini
oshirish, jamiyatning inklyuziyaga bo‘lgan munosabatini yaxshilash va bolalarning
ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati :
1.
Mengliyev , B. (2022).PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN
PHYSICAL EDUCATION TEACHER : Science and innovation, 1 ( B7 ) , 554-
556.
2.
Booth, T., & Ainscow, M. (2011). The Index for Inclusion: Developing Learning
and Participation in Schools. Bristol: Centre for Studies on Inclusive Education.
3.
Florian, L. (2014). The SAGE Handbook of Special Education. London: SAGE
Publications.
4.
Slee, R. (2018). Inclusive Education: From Policy to Practice. London: Routledge.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2020). O‘zbekistonda Inklyuziv
Ta’limni Rivojlantirish Strategiyasi. Toshkent.
6.
Mittler, P. (2012). Working Towards Inclusive Education: Social Contexts.
London: David Fulton Publishers.