Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
108
YORDAMGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARNI TA’LIM TIZIMIGA JALB
ETISHDA OTA-ONALAR, OILA VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti
Quvondiqova zohida
Annotatsiya
Bu maqolada yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishning muhim
keng jihatlari yoritilgan. Asosan , ota-onalar, oila a’zolari va jamoatchilik bilan o‘zaro
aloqa qilishning o‘rni, samarali yondashuvlar va bu boradagi amaliy tajribalar keng
tahlil qilingan. Bu maqolada inklyuziv ta’lim konsepsiyasi asosida ijtimoiy tenglikni
ta’minlash, bolalarning psixologik va ijtimoiy moslashuviga yordam berish
mexanizmlari aytib o`tilgan . Shuningdek, mavjud qonunchilik asoslari, xalqaro tajriba
va milliy yondashuvlar muvofiqligida takliflar keng targ`ib qilingan .
Kalit so‘zlar:
yordamga muhtoj bolalar, inklyuziv ta’lim, oila, ota-ona,
jamoatchilik, hamkorlik, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya, maxsus ehtiyoj, psixologik
qo‘llab-quvvatlash.
Kirish
Har bir bola jamiyatda to‘laqonli kamchiliklarsiz yashash, o‘zini anglash va
rivojlantirish huquqiga hisoblanadi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ayrim bolalar bu
imkoniyatlardan foydalana olmayapti. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun bolalarga bepul va majburiy ta’lim huquqini kafolatlaydi.
Shunga qaramay, hayotiy holatlar – nogironlik, ijtimoiy himoyaning yo‘qligi,
migratsiya, oilaviy inqiroz, iqtisodiy tanglik kabi omillar ayrim bolalarning ta’lim
tizimidan chetda qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Bunday holatda ota-onalar, ayniqsa oila va jamoatchilikning roli nihoyatda
muhim ahamyatga ega hisoblanadi. Mana shu subyektlarning uzviy hamkorligi
yordamga muhtoj bolalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularni ta’lim jarayoniga
jalb qilishda hal qiluvchi omil bo‘ladi.
Asosiy qism
1. Yordamga muhtoj bolalar toifasi va ularning muammolari
Yordamga muhtoj bolalar quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- Jismoniy va aqliy hamda tayanchharakatida nogironligi bo‘lgan bolalar;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj – yetim, yarim yetim yoki boquvchisini yo‘qotgan
bolalar;
- Migratsiya jarayonida bo‘lgan yoki hujjatsiz bolalar;
- Og`ir tarbiyalanuvchilar bolalar;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
109
-
Ijtimoiy
xavfli
chegaralarda
yashayotgan
bolalar.
Ularning asosiy muammolari:
- Ta’limga olishiga yetarli sharoitlarning yo‘qligi;
- Jamiyatdagi salbiy stereotiplar;
- Ota-onalarning befarqligi yoki ma’lumot yetishmasligi;
- Psixologik moslashuv muammolari.
2. Ota-onalar va oilaning roli
Oila bu bolaning birinchi tarbiya maktabi hisoblanadi . Aynan oilada bola o‘zini
anglaydi, bilimga, mehnatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatni yuksaltirib borishadi.
Ota-onaning ta’limga bo‘lgan yondashuvi bola kelajagining poydevoridir hisoblanadai
Samarali yondashuvlar:
- Ota-onalarni pedagogik va psixologik savodxonligini oshirish;
- Farzandlarining ehtiyojlarini tushunishga harakatqilish va o‘rgatish;
- Uyda qo‘llab-quvvatlash muhitini takomillashtirish ;
- Ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikda bo‘lish.
3. Jamoatchilikning ishtiroki
Jamiyatimizda yordamga muhtoj bolalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va
ularning
huquqlarini
himoya
qilishda
faol
ishtirok
etishimiz
kerak
.
Muqobil mexanizmlar:
- Mahalla, NNT, xayriya tashkilotlari orqali yordam;
- Aholi o‘rtasida axborot-kampaniyalar;
- Ko‘ngillilar harakati orqali ta’limga kuchli rtibor qaratish;
- OAV orqali ijtimoiy tashabbuslarni yanada oshirib borish.
4. Ta’lim tizimining mas’uliyati
Ta’lim muassasalari yordamga muhtoj bolalarga inklyuziv, moslashuvchan,
mehrga
asoslangan
o‘quv
muhitini
taqdim
etishi
zarur.
Muammolarning yechimlari:
- Maxsus ehtiyojlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
- Psixolog, defektolog, logoped mutaxassislarini jalb qilish;
- Bolalarning individual rivojlanish xaritasini ishlab chiqish;
- "Ochiq eshiklar kuni", ota-onalar ishtirokidagi trening va seminarlar otkazish.
5. Hamkorlikning samarali shakllari
- Maktab–oila–jamoatchilik uchburchagi doirasidagi tizimli hamkorlikni tashkil
qilish ;
- "Murabbiylar maktabi" loyihasi orqali ota-onalarnihamkorlika tayyorlash;
- O‘zaro axborot almashinuvi, tezkor muvofiqlashtirish;
- Ta’lim monitoringi va muvofiqlikni oshirish.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
110
Xulosa
Yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etish — bu faqat davlatning
emas, balki har bir fuqaroning jamiyat oldidagi vazifasidir . Har bir bola – teng huquqli
jamiyat a’zosi sifatida ko‘makka, e’tiborga va ta’lim olish imkoniyatiga ega
hisoblanadi . Ta’limdagi tenglik, inklyuzivlik va ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lida
ota-onalar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi faoliyati hal
qiluvchi ahamiyatga ega samarali yechim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ–5040-son qarori
“Inklyuziv ta’limni rivojlantirish to‘g‘risida”.
4.
Yo‘ldoshev, Q. “Ta’lim tizimida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash.”
– T.: O‘qituvchi, 2019.
5.
UNESCO. “Inclusive education: the way of the future.” – Geneva, 2008.
6.
Vygotsky, L. S. “Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes.” – Harvard University Press, 1978.
7.
Xolboyeva, N. “Psixologik-pedagogik yondashuv asosida ota-onalar bilan ishlash.”
– T.: Fan va texnologiya, 2022.