Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
307
BOSHLANG'ICH TA'LIM TABIIY FANLARI DARSLARIDA AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Alimardanova Mo'tabar
Shahrisabz davlat pedagogika instituti " Tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Samadova Sevinchbonu
Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim
yo'nalishi 3-bosqich talabasi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kunda ta'lim sohasida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, har bir o'qituvchining dars jarayoniga
kreativ yondashuvini ta'minlash, ilg'or-pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanish
haqida fikr yuritiladi. Shu bilan bir qatorda Boshlang'ich ta'lim tabiiy fanlari darslarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati qay darajada
ekanligi, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda, dars jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali tomonlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar:
AKT, ilg'or-pedagogik texnologiyalar, tabiiy fanlar, metod,
kompyuter, kreativ, dunyoqarash, mantiqiy tafakkur, dars, ta'lim.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ ЕСТЕСТВЕННОСТИ НАЧАЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИ
Аннотация
.
В
данной
статье
рассматривается
использование
информационно-коммуникационных технологий в сфере образования,
обеспечение творческого подхода каждого учителя к учебному процессу,
целесообразное использование передовых педагогических технологий. Кроме
того,
будет
обсуждаться
важность
использования
информационно-
коммуникационных технологий на уроках естествознания начального
образования, эффективные аспекты информационно-коммуникационных
технологий в ходе урока, в повышении интереса учащихся к науке.
Ключевые слова:
ИКТ, передовые педагогические технологии,
естественные науки, метод, компьютер, творчество, урок, образование,
мировоззрение, логическое мышление.
USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN
NATURAL SCIENCE LESSONS IN PRIMARY EDUCATION
Annotation
. This article discusses the current use of information and
communication technologies in education, ensuring the creative approach of each
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
308
teacher to the teaching process, and the appropriate use of advanced pedagogical
technologies. At the same time, the importance of using information and
communication technologies in natural science lessons in primary education is
discussed, and the effective aspects of information and communication technologies in
increasing students' interest in science and in the teaching process are discussed.
Keywords:
ICT, advanced pedagogical technology, natural science, method,
computer, creative, lesson, education, worldview, logical thinking.
Kirish.
Hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi
o'zgarishlar o'qituvchilarning darslarga bo'lgan ijodiy yondashuvlarini ta'minlash, o'z
faoliyatlari jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalar, multimediali dasturlar
va ilg'or-pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish, shu bilan bir qatorda
o'quvchilarning fanlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kerakli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunday ekan ayni paytda tabiiy fan sohasiga oid bir
qator Prezident farmon va qarorlari, turli xil qonun osti me'yoriy hujjatlar qabul
qilinmoqda.
Adabiyotlar tahlili:
Mavzuni yoritishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 12-avgustdagi " Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va
ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4805-sonli Qarori
hamda Pardayeva M. va Ergasheva M. "Tabiiy fanlar" kitobidan, shuningdek,
mavzuga oid maqolalardan foydalanildi.
Tadqiqot metodlari.
Ushbu maqolada nazariy va amaliy tahlil usullaridan,
ko'rgazmalilik, kuzatuv, so'rovnoma kabi metodlardan keng foydalanildi. Boshlang'ich
sinfda tabiiy fan darslarida o'quvchilarga mavzuni yanada tushunarli qilish uchun turli
xil metod va didaktikalardan foydalanish katta ahamiyatga egadir.
"Yashirin so'z" metodi. Bu metod 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Dars mavzusi yoki bo'lim tanlab olinadi;
2-bosqich: Mavzuga oid tanlangan atamalar kataklarga yoziladi;
3-bosqich: Har bir harf alifboda nechanchi o'rinda turganiga qarab, raqamlab
chiqiladi;
4-bosqich: Asosiy bosqich hisoblanadi, ya'ni o'quvchilar bilan ishlanadi.
O'quvchilar alifbo tartibidagi raqamlar orqali yashirin so'zni topadilar.
"Yashirin so'z" metodining afzalligi o'quvchilarda kreativ fikrlay oladi, tezkorlik
va faollik qobiliyatlari ortadi.
Muhokama va natijalar.
Hozirgi globallashuv jarayonida o'quvchilarning
kreativ fikrlashlarini oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, mantiqiy tafakkurlarini
rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati katta desak
mubolag'a bo'lmaydi. Biz bilamizki, dars jarayoni o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi
pedagogik
jarayon.
Shunday
ekan
dars
jarayonlarida
ilg'or-pedagogik
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
309
texnologiyalardan foydalanish egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va
malakalarni mustahkam poydevori hisoblanadi. Shunday ekan shiddat bilan rivojlanib
borayotgan zamonamizda ta'lim tizimida yildan-yilga tub o'zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Shu jumladan, ta'lim tizimini yanada samarali, sifatli va mazmunli
bo'lishi uchun dars jarayonlarida ilg'or-pedagogik texnologiyalardan, multimediali
dasturlardan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, kompyuter, televizor,
internet, ijtimoiy tarmoqlar, elektron kutubxonalar va kitoblardan keng
foydalanilmoqda. Shu o'rinda aytib o'tishimiz joizki, oliy ta'lim muassasalarida
talabalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan tanishtirish, ularning media
va axborot madaniyatini shakllantirish va uning mafkurariy dunyoqarashini yaxshilash
imkonini beradi.
Boshlang'ich ta'limda tabiiy fanlarni o'qitish o'quvchilar ongida tabiat va inson
o'rtasidagi munosabatlarni qay darajada ekanligi, hozirgi zamon taraqqiyotining eng
yuqori pog'onasiga ko'tarilgan biologiya, kimyo, fizika kabi fanlardan foydalanib
ilmiy- texnik taraqqiyotning boshlang'ich tushunchalarini shakllantirishdan iboratdir.
Tabiiy fanlar haqidagi bilimlarni egallashda, uni aniqlashda nazariy ma'lumotlar
bilan bir qatorda, amaliy izlanishlar, tajribalar, bilimlar katta ahamiyatga egadir.
Shunday ekan, tabiiy fan darslarida nazariy qism bilan bir qatorda amaliy mashg'ulot
qismidagi amaliy topshiriqlarni axborot texnologiyalardan foydalangan holda tajriba
o'tiazish
o'quvchilarning
kreativligi,
mantiqiy
fikrlashlari,
dunyoqarashlari
kengayishiga bir turtki bo'ladi. Tabiiy fan darslarida amaliy topshiriqlarni o'tkazishda
laboratoriya darslarida asboblar yetishmasligi yoki ishlamasligi, ayrim maktablarda esa
umuman bo'lmasligi mumkin. Bunday noqulayliklarni oldini olgan holda
o'tkaziladigan tajribalarni va laboratoriya mashg'ulotlarini virtual tarzda o'tkazish
imkoni ham mavjud.
Bizga ma'lumki, dars jarayoni o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik
jarayoni. Shunday ekan, yuqorida aytib o'tilgan usullardan foydalanish bu hamkorlik
jarayonida bir qator o'ziga xos afzalliklarga ega. Ular:
- o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishni ta'minlash;
- o'quvchilarning kreativ fikrlashi, mantiqiy tafakkurini oshirish;
- o'quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlashlarini yanada oshirish.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya va ilg'or-
pedagogik texnologiyalardan foydalanish birgina ta'lim tizimining o'zida emas, unga
aloqador bo'lgan turli sohalarda ham tashkil qilish, multimediali dasturlarni joriy qilish,
ijtimoiy tarmoqlardan o'rinli foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda
axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida chekka hududlarda ham
o'quvchilar uchun shu kabi imkoniyatlarni kengaytirish mamlakatimizning barcha
sohalarini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
310
1.
O‘zbekiston Reupsblikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va
biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli Qarori.
2.
Полат Е. С., Бухаркина М. Ю., Моисеева М. В.. Петров А. Е. Новые
педагогические и информационные технологии в системе образования: Учеб.
пособие. — М., Академия, 2000.
3.
Максимовская М. А. Информационное управление школой // Информатика и
образования — 2003. — № 11
4.
Сайидахмедов Н. Янги педагогик технология моҳияти ва замонавий
лойиҳаси. - Т.: Таълим маркази, 1999. - 55 б.4.
5.
Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2021.
6.
Pardayeva M. va Ergasheva M. "Tabiiy fanlar". - T: O'zbekiston nashriyoti, 2022.