Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
262
YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI, KELIB CHIQISH
SABABLARI
Zingirov Saidolim Jo‘rayevich
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi o‘qituvchisi
Ro‘ziyev Barxayot Tojiboy o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Yo‘l Harakatini Tashkil Etish
yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Shahar yo’l-ko’cha tarmoqlarida bajariladigan eng asosiy
vazifalardan biri, tarmoq bo’ylab transport, piyodalar va velosipedchilarning havfsiz
harakatni tashkil etish, transport vositalarini tirbandligini bartaraf etish, ko’chaning
o’tkazish qobiliyatni oshirish, ko’cha bo’ylab optimal tezlikni ta’minlash va yo’l-
transport xodisalarini kamaytirish. Sanab o’tilgan tadbirlarni amalga oshirishda va
shahar yo’l va ko’chalarini transport-ekspluatastion ko’rsatkichlarini oshirishda yo’l
harakatini tashkil etishdagi texnik vositalar va qo’llaniladigan usullardan foydalanish
nafaqat harakatni to’g’ri tashkil etishda, balki harakat xavfsizligini va ko’chani
o’tkazish qobiliyatini oshirishga samarali ta’sir etadi. Shuningdek, yuqorida keltirilgan
tadbirlar ko’chani rekonstrukstiya qilishga nisbatan arzonbo’lib, kapital ishlarni
qilishdan oldin shahar yo’l va ko’chalarni harakatlanishsharoitlarini yaxshilash
bo’yicha birinchi navbatda bajariladigan bosqich deb qabulqilish kerak
Kalit so‘zlar:
yo’l-transport hodisalari tahlili, yo‘l, avtomobil transporti
Mamlakatimizda barcha sohalarda, shu jumladan, huquqiy sohada keng
qamrovli islohotlar olib borilayotganligi, bunday islohotlar orasida yo‘l harakati
xavfsizligi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ushbu sohada yo‘l transport
hodisalarining oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek harakat xavfsizligi qoidalarining takomillashtirilayotgani fuqarolar
manfaatlarini muhofaza qilish, inson hayotini asrashdek ezgu maqsadlarga xizmat
qilmoqda. Bundan tashqari butun dunyoda avtomobil' sanoati o‘sgani va avtomobillar
soni oshgani sari insonlarning yo‘l transport hodisalaridan jabr ko‘rish ehtimoli oshib
bormoqda. Bugungi kunga kelib, yo‘l transport hodisalaridan eng ko‘p aziyat
chekadiganlarning kata hissasi rivojlanayotgan va nisbatan qoloq mamlakatlarga
to‘g‘ri kelmoqda[1].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
263
Transport infrastrukturasini yaxshi yo‘lga qo‘ygan iqtisodi boy mamlakatlar esa
bu muammolarni birin ketin yengib bormoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra har yili 1.3 million
odam yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘lishsa, 20-50 million odam jarohatlanadi va
ulardan ko‘pchiligi nogiron bo‘lib qolishaѐtganligi, yo‘l - transport hodisalari
odamlarga, ularning oilalariga va umuman davlatlarga katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Bu yo‘qotishlar davolanish xarajatlari, shuningdek, jarohatlari tufayli o‘lgan yoki
nogiron bo‘lganlar, shuningdek, jarohatlanganlarga g‘amxo‘rlik qilish uchun ishdan
yoki maktabdan dam olishlari kerak bo‘lgan oila a'zolari uchun mahsuldorlikni
yo‘qotishdan kelib chiqadi[2].
Yo‘l -transport hodisalari zarari aksariyat mamlakatlarga yalpi ichki
mahsulotining 3 foizini tashkil qiladi. Yo‘l-transport hodisalari 5-29 yoshshdagi
bolalar va yoshlar o‘limining asosiy sababidir. Erkaklar ayollarga qaraganda yo‘l -
transport hodisalariga tez -tez uchraydi. Yo‘l -transport hodisalarida o‘limning to‘rtdan
uch qismi (73%) 25 yoshgacha bo‘lgan erkaklar orasida sodir bo‘ladi, ular yo‘l -
transport hodisasida o‘lish ehtimoli yosh ayollarga qaraganda deyarli 3 baravar
yuqori[3].
“Xavfsiz yo‘l-xavfsiz hayot” konsepsiyasida yo‘l harakati xavfsizligini
ta'minlashda zamonaviy axborot kommunikasiya texnalogiyalarining qamrovini
kengaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi tahlillar yuritish tizimini
ishol qilishga doir eng dolzarb vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan hamda so‘ngi
yillardagi yo‘l transport hodisalarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish yo‘li bilan
aniqlangan.
Ushbu yo‘l-transport hodisalari turlari bo‘yicha tahlil qilinganda
-piyodani urib yuborish 28.6 foizi;
-velosipedchini urib yuborish 17,4 foizi;
- to‘qnashuv 24,2 foizi;
- ag‘darilish ѐki 9,3 foizi;
- turgan transport vositasiga urilish 7,7 foizi;
- to‘siqqa urilish 8,4 foizi;
- ot-aravani urib yuborish 0,6 foizi;
- boshqa turlarni 3,4 foizini tashkil etadi.
Sodir etilish sabablari:
- belgilangan tezlikka rioya qilmaslik 22.1 foizi;
- yo‘nalishni o‘zgartirish 11.2 foizi;
-qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, quvib o‘tish 9.6 foizi;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
264
- svetofor talablariga bo‘ysunmaslik 7,7 foizi;
- piyodalar o‘tish yo‘lkasidan o‘tish 17.7 foizi;
- oraliq masofani saqlamaslik 8,7 foizi;
- chorrahadan o‘tish qoidasini buzish 8,0 foizi;-
- charchoqlik, rulda uxlab qolish 3,1 foizi;
- piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi 6,5 foizi;
- transport vositasini spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarish 0.6 foizi;
- (4,3 foiz) boshqa turdagi qoidabuzarliklar natijasida sodir bo‘lgan[8].
YTH ishtirokchilarning yoshi bo‘yicha:
- (14,4 %) 18-25 yoshdagi haydovchilar,
- (28,9 %) 25-30 yoshdagi haydovchilar,
- (27,8 %) 30-35 yoshdagi haydovchilar,
- (20,3 %) 35-40 yoshdagi haydovchilar,
- (18,6 %) 40-50 yoshdagi haydovchilar,
- (8,9 %) 50-60 yoshdagi haydovchilar tomonidan sodir etilgan
YTHda ishtirok etgan transport vositalari:
- (90.3 %) yengil avtomobillarda,
- (5.6 %) yuk avtomobillarida,
- (0.9 %) avtobuslarda,
- (2,1 %) mototransport vositalarida,
- (0.9 %) traktorlarda sodir etildi
Yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishining asosiy omillari bu tezlikning oshishi,
to‘g‘ridanto‘g‘ri avariya ehtimoli va uning og‘ir oqibatlariga olib kelishi guvohi
bo‘ldik misol uchun, o‘rtacha tezlikning har 1% o‘sishi halokat xavfini 4% ga va jiddiy
halokat xavfini 3% ga oshiradi va avtomobillar old tomonidan urilgan piѐdalar uchun
o‘lim xavfi 50 km\soat tezlikdan 65 km\soatga chiqqanda 4.5 marta ortadi. Kaskani
to‘g‘ri ishlatish inson o‘limiga olib keladigan shikastlanishlar xavfini 42 foizga, bosh
jarohatlari xavfini 69 foizga kamaytirsa, havfsizlik kamarini taqish haydovchilar va
oldingi o‘rindiqlarda jaroxatlanish xavfini 45-50%ga, orqa o‘rindiqlarda inson o‘lishi
va jiddiy shikastlanish xavfini 25%ga kamaytiradi[4]. Yo‘l transport hodisalarining
sutka vaqt orlig‘ida oladigan bo‘lsak, kuning soat 07:00-12:00 gacha 27,4 % ni 19:00-
24:00 ga qadar 26,8% ni tashkil etadi[7].
Avtotransport vositasini boshqarishda qo‘l telefonidan foydalanish xolati
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
265
Transport vositasini boshqarish jaraѐnida chalg‘itishning ko‘p turlari mavjud
bo‘lib, haydovchilar uyali telefon ishlatgan holda avtohalokatga uchrash ehtimoli
taxminan 4 barobar ko‘proq. Haydash paytida telefondan foydalanish reaksiya vaqtini
(ayniqsa,
tormozlanish
vaqtini, shuningdek, yo‘l signallariga reaksiyani)
sekinlashtiradi va to‘g‘ri chiziqda bo‘lishni va keyingi masofani to‘g‘ri saqlashni
qiyinlashtiradi. Qo‘ng‘iroqsiz telefonni qo‘lda ishlatish telefon foydalangandan ko‘ra
xavfsizroq emas va SMS yozish halokat xavfini sezilarli darajada oshiradi[5]. Rasmiy
ma'lumotlarga ko‘ra, Vashingtonning gavjum magistral yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus
ekanlarda haydovchilar transport vositasini boshqarish jaraѐnida SMS yozishmalari
yozish mumkin emasligi, bu esa to‘g‘ridan to‘g‘ri qonun buzulishi holati ekanligi
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, AQShda esa har yili harakat vaqtida telefondan gaplashish
oqibatida yuzaga kelaѐtgan yo‘l transport hodisasi natijasida ikki yarim ming nafar
odam hayotdan ko‘z yumib, 300 mingdan ziyod odam turli darajadagi tan jarohati ѐki
nogironbo‘lganligi keltirilgan[6].
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev tomonidan 2022 yilning 4 aprel
kunidagi “Avtomobil' yo‘lllarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o‘lim
holatlarini keskin kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-190-sonli qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarori.
3.
Taxirjanovich I. S., Jo’rayevich Z. S. AVTOMOBILLARNING TORMOZLANISH
XUSUSIYATLARINI
NAZARIY
VA
EKSPERIMENTAL
TADQIQOTLASH
//Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari. – 2023. – Т. 1.
– №. 1. – С. 268-271.
4.
Zingirov S., Ikromov N., Mamasoliyeva O. ENSURING SAFE MOVEMENT BY
DESIGNING THE OPERATING MODE OF DRIVERS WITH THE HELP OF A CAR
KEY IN THE ORGANIZATION OF INTERNATIONAL TRANSPORT //IMRAS. –
2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 55-60.
5.
Jorayevich Z. S. ANDIJON VILOYATI PIYODALAR ISHTIROKIDAGI YO ‘L
TRANSPORT HODISALARINI ORGANISH VA TAHLIL QILISH (ANDIJON
TUMANI MISOLIDA) //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 13-17.
6.
Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of Conferences.
– EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.
7.
Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ
СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ ИССЛЕДОВАНИЯМИ INCREASING
ASSESSMENT CRITERIA OF THE STUDENT KNOWLEDGE OBJECTIVELY
WITH SCIENTIFIC RESEARCH //Журнал выпускается ежемесячно, публикует
статьи по естественным наукам. Подробнее на www. t. – Т. 2. – С. 118.
8.
Asliddin P. et al. PORSHEN HALQASINING ISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
//Scientific Impulse. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С. 611-620.
9.
Xusniddin o’g’li P. A. PORSHEN HALQANING UZOQ ISHLASHINI BELGILOVCHI
ASOSIY KATTALIKLAR //Научный Фокус. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 680-685.