Mualliflar

  • Abdibositov Abduqodir Abdurahmon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95166

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: huquq oilalari davlat boshqaruvi sud tizimi kontinental huquq anglo-sakson huquqi islom huquqi hind-xitoy huquqi qonunchilik sud pretsedenti huquqiy tizim huquqiy islohotlar globallashuv sud mustaqilligi huquqiy normalar huquqiy integratsiya.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  dunyodagi  asosiy  huquq  oilalarining  davlat 
boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Kontinental (romano-german), anglo-
sakson, islom va hind-xitoy huquq oilalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat 
hokimiyatining  tashkil  etilishiga  hamda  sud  tizimining  shakllanishiga  ta’siri  ko‘rib 
chiqiladi. Maqolada kontinental huquq tizimining yozma qonunlarga asoslanganligi va 
sudlarning cheklangan vakolatlari tushuntiriladi. Anglo-sakson huquq tizimida esa sud 
pretsedentlarining roli va sud hokimiyatining mustaqilligi muhim omil sifatida qayd 
etiladi.  Islom  huquqining  davlat  boshqaruvi  va  sud  tizimidagi  diniy  asoslari, 
shuningdek,  hind-xitoy  huquq  tizimining  an’anaviy  tamoyillarga  tayangan  holda 
ishlashi yoritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

236

HUQUQ OILALARINING DAVLAT BOSHQARUVI VA SUD TIZIMIGA

TA’SIRI

IIV Malaka oshirish instituti Yuridik

fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan

Abdibositov Abduqodir Abdurahmon o‘g‘li


Annotatsiya.

Ushbu maqolada dunyodagi asosiy huquq oilalarining davlat

boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Kontinental (romano-german), anglo-
sakson, islom va hind-xitoy huquq oilalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat
hokimiyatining tashkil etilishiga hamda sud tizimining shakllanishiga ta’siri ko‘rib
chiqiladi. Maqolada kontinental huquq tizimining yozma qonunlarga asoslanganligi va
sudlarning cheklangan vakolatlari tushuntiriladi. Anglo-sakson huquq tizimida esa sud
pretsedentlarining roli va sud hokimiyatining mustaqilligi muhim omil sifatida qayd
etiladi. Islom huquqining davlat boshqaruvi va sud tizimidagi diniy asoslari,
shuningdek, hind-xitoy huquq tizimining an’anaviy tamoyillarga tayangan holda
ishlashi yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

huquq oilalari, davlat boshqaruvi, sud tizimi, kontinental huquq,

anglo-sakson huquqi, islom huquqi, hind-xitoy huquqi, qonunchilik, sud pretsedenti,
huquqiy tizim, huquqiy islohotlar, globallashuv, sud mustaqilligi, huquqiy normalar,
huquqiy integratsiya.

Аннотация.

В данной статье анализируется влияние основных правовых

семей мира на систему государственного управления и судебную систему.
Рассматриваются

особенности

континентальной

(романо-германской),

англосаксонской, исламской и индокитайской правовых семей, а также их
влияние на формирование государственной власти и судебных органов. В статье
объясняется, что континентальная правовая система основана на письменных
законах, а полномочия судов ограничены. В англосаксонской правовой системе
ключевую роль играют судебные прецеденты и независимость судебной власти.
Исследуется религиозная основа исламского права в управлении государством и
судебной системе, а также традиционные принципы индокитайской правовой
системы.

Ключевые слова:

правовые семьи, государственное управление, судебная

система, континентальное право, англосаксонское право, исламское право,
индокитайское право, законодательство, судебный прецедент, правовая система,
правовые реформы, глобализация, независимость суда, правовые нормы,
правовая интеграция.

Annotation.

This article analyzes the impact of major legal families on the

system of government and the judiciary. It examines the characteristics of the


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

237

continental (Romano-Germanic), Anglo-Saxon, Islamic, and Indo-Chinese legal
families, as well as their influence on the formation of state governance and judicial
institutions. The article explains that the continental legal system is based on written
laws, with courts having limited authority. In the Anglo-Saxon legal system, judicial
precedents play a crucial role, and judicial independence is a key factor. The religious
foundation of Islamic law in governance and the judiciary is explored, along with the
traditional principles of the Indo-Chinese legal system.

Keywords:

legal families, state governance, judicial system, continental law,

Anglo-Saxon law, Islamic law, Indo-Chinese law, legislation, judicial precedent, legal
system, legal reforms, globalization, judicial independence, legal norms, legal
integration.


Huquq oilalari turli mamlakatlarda huquqiy tizimning shakllanishiga va davlat

boshqaruvi hamda sud tizimining tashkil etilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy
tizimlar tarixiy, madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq holda shakllanadi. Har bir
huquq oilasi o‘ziga xos qonunchilik an’analari, huquqiy manbalari va huquqni qo‘llash
usullari bilan ajralib turadi. Bu tizimlarning rivojlanishi davlatlarning tarixiy tajribasi,
diniy qarashlari va iqtisodiy tuzilmasiga bog‘liq bo‘lib, har bir huquq oilasi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Shu bois turli mamlakatlar o‘z huquqiy tizimlarini milliy
an’analarga mos ravishda shakllantirgan. Dunyo bo‘ylab asosiy huquq oilalari
kontinental (romano-german), anglo-sakson, islom va hind-xitoy huquq tizimlaridan
iborat.

Har bir davlat o‘z huquqiy tizimini tanlashda tarixiy an’analar, milliy madaniyat

va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga oladi. Shu sababli, huquq oilalarining davlat
boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri har bir davlatda turlicha namoyon bo‘ladi.

Ushbu maqolada ayrim huquq oilalarining davlat boshqaruviga va sud tizimiga

ta’sirlarini tahlil qilamiz.

Kontinental (romano-german) huquq oilasining davlat boshqaruvi va sud

tizimiga ta’siri.

Kontinental huquq tizimi Yevropada shakllangan bo‘lib, bugungi

kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida qo‘llaniladi. Bu tizimda yozma qonunlar asosiy
huquqiy manba hisoblanadi va qonunchilikning ustuvorligi ta’minlanadi. Davlat
boshqaruvi qat’iy huquqiy normalarga asoslangan bo‘lib, ijroiya, qonun chiqaruvchi
va sud hokimiyati o‘rtasida aniq chegaralar mavjud. Shu sababli, ushbu tizim huquqiy
barqarorlikni saqlash va davlat idoralarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga
xizmat qiladi.

Davlat boshqaruviga ta’siri.

Kontinental huquq tizimiga ega davlatlarda davlat

boshqaruvi markazlashgan va qonunchilik asosiy hokimiyat manbai hisoblanadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat davlat boshqaruvining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi
va ijroiya hokimiyat uni amalga oshiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

238

Bu tizimda davlat boshqaruvi ierarxik tuzilishga ega bo‘lib, yuqori organlar

qonunlarni qabul qiladi, pastki organlar esa ularni bajaradi. Fransiya, Germaniya,
Italiya, Ispaniya va O‘zbekiston kabi mamlakatlar ushbu tizimga misol bo‘la oladi.

Masalan,

«O‘zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi»

davlat

boshqaruvining huquqiy asoslarini belgilaydi. Unda qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis),
ijroiya (hukumat) va sud hokimiyati (Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, jinoyat va
fuqarolik sudlari) vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan

1

. Shuningdek,

«Normativ-

huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun

qabul qilinib, unda huquqiy normalarni

ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi belgilangan. Bu qonun huquqiy tizimning
tartibga solinganligini va qonunlarning ustuvor ekanligini ta’minlaydi

2

.

Sud tizimiga ta’siri.

Kontinental huquq tizimida sudlar qonunchilik asosida ish

yuritadi. Sudlar mustaqil hisoblanadi, ammo ular yangi huquqiy normalarni yaratish
imkoniyatiga ega emas. Sudlar qaror chiqarishda asosiy e’tiborni yozma qonunlarga
qaratadi. Masalan, Fransiyada sudlar qonunlarni qo‘llashda katta mustaqillikka ega
emas, chunki ular qonunlarni o‘zgartirish emas, balki talqin qilish vakolatiga ega.
Germaniyada esa sud qarorlari batafsil asoslanishi kerak va sud pretsedentlari
cheklangan miqyosda qo‘llaniladi.

Mamlakatimiz

davlat

boshqaruvida

ham

sudlar

mustaqildirlar,

Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va
ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlaridan mustaqil holda ish yuritishi mustahkamlab qo‘yilgan

3

. Sudlar

huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda O‘zbekiston Respublikasi
Kodekslariga asoslanishadi, ammo, ular qonunlarga o‘zgartirish kiritish vakolatiga ega
emaslar.

Anglo-sakson huquq oilasining davlat boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri.

Anglo-sakson huquq tizimi Buyuk Britaniya va AQShda shakllangan bo‘lib, bugungi
kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘llaniladi. Bu tizimda huquqning asosiy
manbai sud pretsedentlari bo‘lib, davlat boshqaruvi huquqiy moslashuvchanlik
tamoyiliga asoslanadi. Hukumat organlari va mansabdor shaxslar qarorlar qabul
qilishda avvalgi sud qarorlarini inobatga oladilar. Anglo-sakson tizimida sud
hokimiyati mustaqil bo‘lib, qonunchilik va ijroiya hokimiyati ustidan nazorat o‘rnatish
imkoniyatiga ega.

Davlat boshqaruviga ta’siri.

Anglo-sakson huquq oilasiga mansub davlatlarda

davlat boshqaruvi qonunlar bilan birgalikda sud pretsedentlariga ham asoslanadi.

1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 11-modda – https://lex.uz/docs/-6445145

2

O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni 1-moddasi – https://lex.uz/docs/-

5378966

3

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 130-modda – https://lex.uz/docs/-6445145


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

239

Bunday tizimda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida kuchli muvozanat saqlanib, sud
hokimiyati mustaqil qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Bu huquq tizimi mavjud bo‘lgan davlatlarda hukumat va qonun chiqaruvchi

organlar sud tizimi bilan birgalikda huquqni shakllantiradi. AQSh, Buyuk Britaniya,
Kanada, Avstraliya va Hindiston shu tizimga mansub.

Sud tizimiga ta’siri.

Anglo-sakson sud tizimida sudlar huquqni shakllantiruvchi

manbalardan biri hisoblanadi. Sudlar qaror qabul qilishda faqatgina qonunlarga emas,
balki oldingi sud ishlarida qabul qilingan qarorlarga (pretsedentlarga) ham tayanishi
mumkin.

Masalan, AQSh Oliy sudi tomonidan qabul qilingan qarorlar barcha quyi sudlar

uchun majburiy bo‘ladi. Sudyalar qonunlarni sharhlashda keng vakolatlarga ega va
zaruriyat tug‘ilganda yangi huquqiy qoidalarni shakllantirishlari mumkin.

AQShda anglo-sakson huquq tizimi asosida sud pretsedentlari muhim o‘rin

tutadi. Masalan,

"Marbury v. Madison" (1803)

ishi AQShda sud hokimiyatining

mustaqilligini mustahkamlab, sudlarga qonunlarning konstitutsiyaga mosligini
tekshirish huquqini bergan

4

. Ushbu ish natijasida AQSh Oliy sudi

konstitutsiyaviy

nazorat huquqiga

ega bo‘ldi, ya’ni Kongress tomonidan qabul qilingan qonunlar

Konstitutsiyaga zid bo‘lsa, ularni bekor qilish vakolatiga ega bo‘ldi.

Buyuk Britaniyada esa sudlar huquqiy normalarni talqin qilish va

rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.

Donoghue v. Stevenson (1932)

ishi tort huquqi

sohasida muhim pretsedent hisoblanadi. Ushbu qarorda sud tomonidan "ehtiyotkorlik
burchi" tamoyili shakllantirilib, ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifati uchun
javobgarligi belgilab berilgan

5

.

Islom huquq oilasining davlat boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri.

Islom

huquq tizimi Qur’on, Hadis, Ijmo va Qiyos kabi asosiy manbalarga tayangan holda
shakllangan bo‘lib, musulmon davlatlarida davlat boshqaruvi va huquqiy tartibni
belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bu tizimda huquq va din o‘zaro chambarchas bog‘liq
bo‘lib, davlat qonunchiligi ko‘pincha diniy qoidalarga asoslanadi. Ba’zi musulmon
mamlakatlarda Shariat qonunlari davlat boshqaruvining asosi bo‘lsa, ayrimlarida u
milliy qonunlar bilan uyg‘unlashgan.

Davlat boshqaruviga ta’siri.

Islom huquqi (Shariat) asosan Qur’on, Hadis,

Ijmo va Qiyosga asoslanadi. Bu huquq tizimi musulmon davlatlarida davlat
boshqaruviga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zi islom davlatlarida qonunchilik to‘laligicha Shariat qoidalari asosida

shakllangan, masalan, Saudiya Arabistoni va Eron. Boshqa davlatlarda esa (masalan,
Misr va Indoneziya) islom huquqi milliy qonunchilik bilan uyg‘unlashtirilgan.

4

National Archives:https://www.archives.gov/milestone-documents/marbury-v-madison

5

https://en.wikipedia.org/wiki/Donoghue_v_Stevenson


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

240

Sud tizimiga ta’siri.

Islom huquqi sud tizimida odillik va axloqiy me’yorlarga

alohida e’tibor qaratiladi. Sudyalar (qozilar) asosan islomiy huquq qoidalariga tayanib
qaror chiqaradilar.

Ayrim islom davlatlarida sud tizimi davlat sudlari va diniy sudlardan iborat.

Masalan, Saudiya Arabistonida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar Shariat qonunlariga
asoslangan.

Hind-Xitoy huquq oilasining davlat boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri.

Hind-Xitoy huquq tizimi asosan Xitoy, Yaponiya, Koreya va Vyetnam kabi davlatlarda
rivojlangan bo‘lib, u qadimiy an’analar, konfutsiychilik tamoyillari va davlat nazorati
ostidagi huquqiy normalarga asoslanadi. Bu tizimda davlat boshqaruvi markazlashgan
bo‘lib, qonunlar asosan hukumat tomonidan ishlab chiqiladi va ijro etiladi. Huquq
davlat manfaatlariga mos ravishda qo‘llanilib, jamiyat barqarorligini saqlashga
qaratilgan. Shu sababli, davlat hokimiyatining vakolatlari keng bo‘lib, sud tizimi ham
ma’lum darajada hukumat nazoratida bo‘ladi.

Davlat boshqaruviga ta’siri.

Hind-Xitoy huquq oilasiga mansub davlatlar

(masalan, Xitoy, Yaponiya, Koreya va Vyetnam) o‘z huquqiy tizimlarini an’anaviy
qoidalar va davlat boshqaruvi modeli asosida shakllantirgan.

Bu davlatlarda davlat boshqaruvi ierarxik tizimga ega bo‘lib, davlat organlari

markazlashgan tarzda faoliyat yuritadi. Qonunchilik davlat nazoratida bo‘lib,
hokimiyat tizimi tartibga solingan.

Sud tizimiga ta’siri.

Hind-Xitoy huquq tizimida sud jarayonlarida murosa va

nizolarni muzokaralar orqali hal qilishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Sudlar huquqni
tartibga soluvchi va adolatni ta’minlovchi organ sifatida ishlaydi.

Xitoyda sudlar partiya nazorati ostida bo‘lib, sud qarorlari davlat siyosatidan

kelib chiqib qabul qilinadi. Yaponiya va Koreyada esa sudlar nisbatan mustaqil bo‘lib,
asosan kontinental huquq tizimi elementlaridan foydalanadi.

Huquq oilalari davlat boshqaruvi va sud tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Kontinental huquq tizimida qonun ustuvor hisoblanib, sudlar qonunlarni ijro etadi.
Anglo-sakson huquq tizimida esa sudlar mustaqil bo‘lib, huquq normalarini
shakllantirishda faol ishtirok etadi.

Islom huquqi asosan diniy me’yorlarga tayanib, axloqiy normalarni himoya

qiladi. Hind-Xitoy huquq tizimi esa an’anaviy qoidalarga asoslanib, murosa va
kelishuvga alohida e’tibor beradi.

Shuningdek, globallashuv jarayonida turli huquq oilalari o‘rtasidagi farqlar

kamayib bormoqda. Ko‘plab davlatlar o‘z huquq tizimlarini boshqa huquq oilalari
tajribasidan foydalangan holda isloh qilib bormoqda.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

241

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprel kunidagi «Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-682-sonli Qonuni

3.

M. Stolleis, History of Public Law in Germany, Oxford University Press, 2004.

4.

P. Stein, Roman Law in European History, Cambridge University Press, 1999.

5.

H.Coing, European Private Law: Its Scope and Development, North-Holland
Publishing, 1987.

6.

«Germaniya fuqarolik qonuni» (Bürgerliches Gesetzbuch) – https://www.gesetze-
im-internet.de/bgb/

7.

National Archives:https://www.archives.gov/milestone-documents/marbury-v-
madison

8.

https://en.wikipedia.org/wiki/Donoghue_v_Stevenson

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprel kunidagi «Normativ-huquqiy

hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-682-sonli Qonuni

M. Stolleis, History of Public Law in Germany, Oxford University Press, 2004.

P. Stein, Roman Law in European History, Cambridge University Press, 1999.

H.Coing, European Private Law: Its Scope and Development, North-Holland

Publishing, 1987.

«Germaniya fuqarolik qonuni» (Bürgerliches Gesetzbuch) – https://www.gesetze-

im-internet.de/bgb/

madison