Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
14
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH
TARKIBIY QISMLARINI TASHKIL ETISHNING
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
Bo‘riyeva Shaxnoza Inat qizi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika unversiteti
Boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy
fikrlash salohiyatini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish yo‘llari tahlil qilingan. Unda ijodiy fikrlashning asosiy tarkibiy qismlari
— muammo qo‘yish, g‘oya ilgari surish, yechim topish va natijani tahlil qilish kabi
bosqichlarni shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar, axborot-kommunikatsion
texnologiyalar, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlarning o‘rni ochib berilgan.
Shuningdek, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi
muhit yaratish, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining innovatsion shakllari misollar
asosida yoritilgan. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarga tayangan holda
amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ijodiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik metodlar, interfaol usullar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar,
o‘quvchilar faolligi, didaktik vositalar, tanqidiy fikrlash, ilg‘or tajriba
Boshlang‘ich ta’limda о‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda
evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yо‘naltirilgan, ilmiy asoslangan
ta’lim metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari boshlang‘ich
ta’limda ishbop, roli, syujetli о‘yinlardan foydalanish tadqiqot doirasida muhim
ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni
shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yо‘llaydigan, bilishga oid ilmiy
faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish о‘z samarasini berdi. Bu
borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs,
suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qо‘yish va ularni yechish darslari;
ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik
kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop о‘yinlardan,
innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bо‘ldi. Ta’lim jarayonida
dars shakllarining о‘yin usullari sifatida о‘qitishning ma’lum bir paytida о‘tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf о‘quvchisi kattalarning xatti-harakatini taqlid qilishga
qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qо‘llanilayotgan ishbop о‘yinlardan foydalanish kata
ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mо‘ljallangan ishbop о‘yinlar takrorlash,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
15
mustahkamlash, о‘tilganlarning qay darajada о‘rganilganligini (diktantlar,
musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli о‘yinlar, dramatik sahnalar tarzida)
aniqlash maqsadida о‘tkaziladi. Ishbop о‘yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va
modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday о‘yinlar
faqat bilishga odi bо‘lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan
ham xarakterlidir. Masalan, boshlang‘ich ta’limda “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”,
“Kaskad”, “Qanday?” kabi innovatsion metodlardan foydalanganda biz asosan ularni
ishbop о‘yinlar tariqasida о‘tkazishga harakat qildik va natijada о‘quvchilarda ijodiy
faoliyat rivojlanganligining guvohi bо‘ldik.
Ijodiy fikrlash quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Muammo qo‘yish – mavjud holatni tahlil qilish va unda mavjud kamchilik yoki
imkoniyatni aniqlash;G‘oya ilgari surish – muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan turli
fikrlar, yechimlar taklif etish; Yechimni tanlash va amalga oshirish – ilgari surilgan
g‘oyalardan samaralisini tanlash va uni bajarish; Natijani baholash – bajarilgan ishni
tahlil qilish, xulosa chiqarish va takomillashtirish.
Bu jarayonlarni samarali tashkil qilish uchun an’anaviy metodlar yetarli
bo‘lmaydi. Shu sababli innovatsion texnologiyalarni joriy qilish zarurati yuzaga keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda
quyidagi innovatsion texnologiyalar samarali hisoblanadi:
Interaktiv o‘qitish metodlari: “Aqliy hujum”, “Sinkveyn”, “Blits-so‘rov”,
“Klaster” usullari orqali o‘quvchilarning fikrlash faolligi oshiriladi. Axborot-
kommunikatsion texnologiyalar (AKT): Multimedia vositalari, elektron darsliklar,
interaktiv doskalar yordamida darslar qiziqarli va samarali o‘tadi. Loyiha asosida
o‘qitish: O‘quvchilar kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlarga yechim topish
orqali ijodiy faoliyatga jalb etiladi. O‘yin texnologiyalari: Darsga o‘yin elementlarini
kiritish orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va ishtiroki oshadi. Misol
tariqasida, “Ertakni yangicha tugat” mashqi orqali o‘quvchilardan ijodiy g‘oyalar talab
qilinadi. “Tasniflash daraxti” metodida esa fikrlarni mantiqiy guruhlash va tahlil qilish
ko‘nikmasi shakllanadi.
1. Kо‘p xollarda sizga muammolar hal etishda “Nima qilish kerak?” haqida
о‘ylashga hojat bо‘lmaydi. Muammo asosan “Buni qanday qilish kerak?” qabilida
bо‘ladi. “Qanday?”-muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi. “Qanday?”
iyerarxiya diagrammasi muammo haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega
bо‘lishga imkon beradigan savollar mantiqiy zanjiri kо‘rinishida bо‘ladi. Ketma-ket
ravishda “Qanday?” savolini qо‘yish orqali siz faqat muammoni hal etishning barcha
imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini ham
о‘rganasiz. Diagramma strategik darajadagi savol bilan ish boshlaydi. Muammoni hal
etishning pastki (qо‘yi) darajasi birinchi navbatdagi harakatlar rо‘yhatiga mos keladi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
16
2. О‘ylamay, baholamay va ularni о‘zaro solishtirmay tezlikda barcha g‘oyalarni
yozish lozim bо‘ladi.
3. Diagramma hech qachon tugallanmaydi: unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin
bо‘ladi.
4. Agarda savol sxemada bir qancha “shoxlar”da qaytarilsa, demak u nisbatan
muhimdir. U muammoni hal etishning muhim qadami bо‘lishi mumkin.
5. Yangi hoyalarni grafik kо‘rinishida qayd etishni о‘zingiz hal eting: daraxt yoki
kaskad kо‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan о‘ngga. Eng muhimi esda tuting:
nisbatan kо‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon
beradigan usul eng maqbul usul xisoblanadi.
6. Agarda siz tо‘g‘ri savol bersangiz va optimestik bо‘lsangiz, u holda diagramma
(texnika) har qanday muammo yechimini topib berishni kafolatlaydi.
Boshlang‘ich ta’limda о‘yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda о‘kuvchi
ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional – xissiy,
intellektual-axloqiy rivojlanadi.
Faol о‘qitish metodlari tarkibiga kiruvchi imitatsion о‘yinlar qatoriga boshqaruv
о‘yinlarini yoki rollarni taqsimlash vaziyatlarini kiritish mumkin. “Ishbilarmonlik
о‘yinlar” mutaxassislarni о‘qitishda va ularning kasbiy sifatlarini takomillashuviga
xizmat qiladi. “Kompyuterli ishbilarmonlik” о‘yinlari shunday psixologik vaziyatlar
majmuiki, bunda о‘yin ishtirokchilari bir vaqtning о‘zida ham о‘yin ishtirokchilari
bir vaqtning о‘zida ham о‘yin ishtirokchisi, ham kuzatuvchi bо‘lish imkoniyatlariga
ega bо‘ladi. Ishbop о‘yinlar keng ma’noda shunday usul turiki, bunda turli ishlab
chiqarish vaziyatlarida, boshqaruv qarorlarini qabul qilish immitatsiya qilinadi va bu
о‘yin shartlari bir guruh insonlar orasida EHM bilan muloqot tartibidagi ish rejimida
о‘ynalishi mumkin. “Ishbop о‘yinlar”- faol о‘qitish metodlaridan bо‘lib, u real
о‘rganilayotgan obyetni tо‘g‘ri anglash maqsadida tahsil oluvchining u yoki bu
vaziyatni о‘yin holida talqin qilishga qaratilgan usuldir. О‘yin guruhlari rahbarlarining
tavakkal qilishdan ishbilarmonligi guruh umumiy balini belgilashda hisobga olinadi
hamda kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha maslahatlar beriladi. Ishbilamonlik
о‘yinidan olingan natijalar bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkil etish bо‘yicha maslahatlar
taklif qilinadi.
Intellektual-ijodiy о‘yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. О‘yinda shaxsining kommunikativ sifatlashni rivojlantirish
intellektual savodxonligi, ziyrakligi, qarorlar qabul qilishda ta’lim zukkolikni
rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid bilimlarga ega bо‘lishi, sinfdagi salohiyatli
о‘quvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishga oid maqsad va vazifalar qо‘yiladi.
Ta’limda rolli о‘yinlar keng tarqalgan о‘yin metodlari bо‘lib, ular mohiyat jihatdan
ma’lum obrazlarga kirish, о‘sha obrazga xos bо‘lgan hissiyotlarni о‘z boshidan
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
17
kechirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham nemis olimi va mutaxassisi Margaret
Forvert rolli о‘yinlarning 3 asosiy jihatini aniqlaydi:
-о‘yinning emotsional jihatdan mukammalligi;
-unda immitatsiya hodisalarining rivojlanganligi;
-boshlovchining alohida, о‘ziga xos mavqega ega ekanligi.
Rolli о‘yinlarning korreksion va amaliy ahamiyati shundaki, ularda har bir shaxs,
bizning holatda kichik maktab yoshidagi о‘quvchi о‘z real faoliyatiga yaqin bо‘lgan
vaziyatlarga tushuriladi va shu orqali uning yо‘nalishi о‘zgartiriladi. Bunda о‘yin
ishtirokchisining о‘sha vaziyatni hissiy boshidan kechira olishi katta ahamiyatga ega.
Rolli о‘yinlarda eng avvalo boshlang‘ich sinf о‘quvchisi sifatida о‘zligini namoyon
qila boshlaydi. О‘zini-о‘zi tahlil qilib tarbiyalashda bu о‘yinning ahamiyati katta.
Shunga о‘xshash “Notanish odam bilan tanishish”, “Kelajakni tasavvur qilish”,
“Oynadagi aks” kabi о‘yinlar ham о‘quvchining о‘zini-о‘zi ruhiy tahlil qilish va о‘z
xulq atvorini tuzatishda katta ahamiyatga egadir. Bu о‘yinlar о‘z oldiga qо‘ygan
maqsad va mazmuniga kо‘ra turlicha bо‘lishi va aniq maqsadlarga xizmat qilishi
lozim. Xullas, о‘yinlar boshlang‘ich ta’limda о‘quvchilar ijodiy faoliyatini
rivojlantirishda muhim vositalardan biri sifatida tan olingan. О‘yinlar turiga kо‘ra
ishbop о‘yinlar, didaktik о‘yinlar, rolli о‘yinlar, kompyuter о‘yinlaridan iborat bо‘lib,
ular orqali bolaning xulqi erkin shakllanadi, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bilishga
oid qobiliyati о‘zaro aloqada rivojlanuvchi faoliyatni vujudga keltiradi. Ijodiy fikrlash
shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas
qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki
yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda,
hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda
namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish
ularning kelajakda mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlovchi shaxs bo‘lib shakllanishining
asosi hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda innovatsion texnologiyalarni to‘g‘ri
tanlash va ularni samarali qo‘llash katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi bu jarayonda yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatuvchi emas, balki sherik va motivator sifatida harakat qilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva SH. A., Axatova D. A., Sobirov B. B., Sayitov S.S. Pedagogika.
Ekspress-ma’lumotnoma.-T.: Fan, 2004.-264 b.
2.
Аzizxоʻjаеvа N.N. Pеdаgоgik tеxnоlоgiyа vа
pеdаgоgik
mаhоrаt.
–
Tоshkеnt: TDPU, 2006. 132 bеt
3.
Adizov B.R.Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.-
Toshkent: Fan, 2005.-182-b.
4.
А.А.Kаlitinа “Bоshlаng‘ich sinf о‘quvchilаri uchun ijоdiy mаshqlаr” 2070.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
18
5.
Элконин Д.Б. Избранний психологических труди. М.: Педагогика 376 бет.
6.
Egamberdiyeva.F. Adabiy ta’lim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik
texnologiyalar: Ped fan. nom. diss va avtoref.-T.: 2005. 23 bet.05
7.
Falsafa asoslari (tuzuvchi va
mas’ul muxarrir Q.Nazarov).–T.:О‘zbekiston
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2005-384 b.
8.
Фелуштейн Д.И Психология и развиваюшаяся личност. – М.:Владос. 2003. –
456 с.
9.
Falsafa: qisqacha izohli lug‘atlar. Mualliflar: M.N.Abdullayeva, M.Abdurashidov,
U.Abilov va boshq. Mas’ul muharrir: A.Jalolov. –T.: Sharq, 2004.-384 b.
10.
Ҳайдарова О.Қ. Боълажак оъқитувcҳиларни таълим жараёнига технологик
ёндасҳувга тайёрласҳ. –Пед фанлари ном. ёзган автореферати. –Т.: 2004.-23
б.