Mualliflar

  • Ergasheva Aziza Abduhalim qizi
  • Durmatova Nilufar Shuxratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119906

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: strukturalizm leksik ma’no distributsiya semantik tasnif sintaktik tasnif.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tilshunosligimizda mavjud muammolardan biri so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari va shu tamoyillar asnosida yuzaga kelgan tasnif turlari haqida fikr yuritilgan.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

10

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LUG‘AT BIRLIKLARINING

TURKUMLANISH MASALALARI

Ergasheva Aziza Abduhalim qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Durmatova Nilufar Shuxratovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunosligimizda mavjud

muammolardan biri so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari va shu tamoyillar
asnosida yuzaga kelgan tasnif turlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

strukturalizm, leksik ma’no, distributsiya, semantik tasnif, sintaktik

tasnif.

Annotation:

In this article one of the existing problems in our modern linguistics

is the principles of classifying words into categories and the types of classification that
have arisen based on these principles.

Key words:

structuralism, lexical meaning, distribution, semantic classification,

syntactic classification.

Inson zotining o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, u hamisha ko‘rgan, bilgan

narsalarini turlarga, guruhlarga ajratishga moyil bo‘ladi. Bu insonning xotirasi bilan
bog‘liq jarayon bo‘lib, unda ma’lum guruhlarga birlashgan birliklarni eslab qolish
imkoni yuqori bo‘ladi. U bu kabi tasniflarni qiyoslash yoki zidlash orqali amalga
oshiradi. Demak, e’tibor qaratilayotgan obyektlar soni ikkitadan ko‘pmi, ular orasida
guruhlanish yuzaga keladi.

Ma’lumki, tilda rang-barang son-sanoqsiz so‘zlar bor. Shu bois ham tilshunoslik

tarixida olimlar so‘zlarni turkumlarga ajratishni diqqat markazida ushlaganlar.
Tilshunoslik fanining rivojlanib, mukammallashib borishi bilan so‘zlarni turkumlash
ishlari ham takomillashib bordi. Lekin hali hamon bu borada olimlar yakdil qarorga
kelishgani yo‘q. Quyida bu masala yuzasidan bildirilgan o‘zbek tilshunos olimlarining
nazariy qarashlari bilan tanishib chiqamiz.

“So‘zlarni turkumlarga ajratuvchi mezonlar, belgilar to‘g‘risida ko‘p bosh

qotirilgan. Bu muammoning yechilish tarixi hozirgi kunda uchta asosiy bosqich:
strukturalizmgacha bo‘lgan davr; strukturalizm davri; strukturalizmdan keyingi davr,
ya’ni hozirgi davrga ajratiladi” [Irisqulov,2008:90]. Tilshunoslik tarixiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, strukturalizm oqimi paydo bo‘lgunigacha, ya’ni XX asrning 30-
yillarigacha bo‘lgan davrda so‘zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, uch o‘lchov:
so‘zlarning lekisik-grammatik ma’nosidan, so‘zlarning grammatik shaklidan,
so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasidan foydalanilgan.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

11

Strukturalistlar esa faqat birgina belgi, ya’ni so‘zlarning distributsiyasidan

foydalanishadi. So‘zlarning distributsiyasi deganda ularning boshqa so‘zlar bilan
birika olish imkoniyatlari tushuniladi.

Hozirgi kun grammatikalarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosan besh belgi:
–so‘zning leksik-grammatik ma’nosi;
–so‘zning grammatik shakli;
–so‘zning sintaktik vazifalari;
–so‘z yasovchi morflar;
–so‘zning distributsiyasidan foydalaniladi. [Irisqulov, 2008:91]
Ushbu fikrlarga hamohang tarzda tilshunos olim H.Jamolxonov ot, sifat, son, fe’l,

ravish turkumlari nominativ va signifikativ vazifa bajarishini, bu turkumlar asli
birikma va gapning bo‘lagi vazifasida kelishiga ko‘ra mustaqil turkumlar deb
nomlanganligini aytadi. “Lekin,– deydi olim,– ushbu turkumlarni mustaqil deb
nomlashda leksik ma’no ham inobatga olingan. Ammo olmosh mustaqil ma’no
anglatmaydi, shunga qaramay mustaqil turkumlar qatoriga kiritiladi. Ko‘rinadiki, hal
qiluvchi belgi – birikmaning gapning bo‘lagi vazifasida kelishi” [Jamolxonov,
2005:128]. Shuningdek, olim o‘z kitobida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamani
“yordamchi so‘z turkumlari”, modal, taqlid, undov so‘zlarni “alohida olingan
turkumlar” nomi ostida izoh beradi.

Yana bir guruh G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q. Mahmudov kabi olimlar

hammuallifligida nashr etilgan “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” darsligida
adabiy tilimiz tarixida ham so‘z turkumlari dastavval ikkita katta guruhga: mustaqil va
yordamchi so‘zlarga bo‘linganligi keltirilgan[Abdurahmonov, 2008:71]. Darslikda
shuningdek mustaqil so‘z turkumlari 3 guruhga ajratilgan: ism, fe’l, ravish. Ism
guruhidagi fe’llar o‘z navbatida quyidagi turkumlarga bo‘linadi: ot, sifat, son, olmosh
[Abdurahmonov, 2008:71]. Tilshunoslar bu turkumlar uchun so‘z o‘zgartiruvchi
kategoriyalar(kelishik, egalik va shu kabilar) umumiy ekanini inobatga olib, bu
jihatdan ularni bir guruhga – ism guruhiga birlashtirishgan. Lekin ularning har biri
uchun maxsus so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lishi va ma’nosi jihatdan har qaysisi
mustaqillik da’vo qilishi tabiiy.

Yordamchi so‘z turkumlari masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular sintaktik

vazifalariga ko‘ra 3 turkumga ajratilgan holda keltiriladi:ko‘makchi, bog‘lovchi,
yuklama. Darslik mualliflari undovlarni ham shartli ravishda yordamchi so‘zlar
guruhiga kiritish mumkin degan nazariyani ilgari surishgan[Abdurahmonov, 2008:71].

Nisbatan yangi darslik hisoblangan hozirda ko‘plab filologiya fakultetlari

talabalariga asosiy darslik sifatida o‘qitilayotgan R. Sayfullayeva boshliq bir guruh
taniqli tilshunoslar hammuallifligida yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida
esa so‘z turkumlar tasnifi mutlaqo o‘zgachalikka yuz tutadi. Bunda so‘zlar semantik,
morfologik, sintaktik jihatdan tasniflanadi va ular ichida ham alohida-alohida


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

12

shahobchalarga ajratiladi. Dastlab so‘zlarning semantik tasnifiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi:

a)

mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z ( fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid)

b)

nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (olmosh va so‘z-gap)

c)

lug‘aviy ma’nosiz so‘z ( ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama)

Bu tasnifda ko‘rinib turibdiki, so‘zlarning semantikasi, ya’ni ma’no anglatish

attenkasi bosh mezon qilib olingan. So‘zlarning morfologik tasnifiga binoan esa 2
guruhga:

a)

o‘zgaruvchi leksema (fe’l, ot, sifat, son)

b)

o‘zgarmas leksema (taqlid, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, so‘z-

gap).

Morfologik tasnifda so‘zlarning grammatik morflarni qay darajada qabul qila

olish xususiyati, ya’ni valentligiga tayanilgan. Bu tasnifda olmoshga o‘rin berilmagan.
Chunki u o‘zi ishora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos o‘zgarish tizimiga
ega.

Leksemalarning sintaktik tasnifi:
a)

gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘zlar (undov, so‘z-gap, modal)

b)

gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid,

olmosh)

c)

sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi,

yuklama). [Sayfullayeva, 2020:189]

Yakuniy xulosa sifatida tilshunoslar o‘zbek tilidagi so‘z turkumlarini mazkur

belgilar asosida quyidagi ko‘rinishda tartiblashadi:

I.

Mustaqil so‘zlar

II.

1. Fe’l
2. Ot
3. Sifat
4. Son
5. Ravish
6. Taqlid
7. Olmosh

II. Yordamchi so‘zlar

1.

Ko‘makchi

2.

Bog‘lovchi

3.

Yuklama

III. Oraliq so‘zlar


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

13

1.

So‘z-gaplar [Sayfullayeva, 2020:190]


Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, hozirda maktab darsliklariga kiritilgan so‘z

turkumlarining tasnifi ko‘pchilik tilshunoslar tan olgan tasnif hisoblanadi. Unga ko‘ra,
ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish – mustaqil so‘z turkumlari, bog‘lovchi, ko‘makchi,
yuklama – yordamchi so‘z turkumlari, undov, taqlid, modal – alohida olingan so‘z
turkumlari nomi ostida tasniflangan. Bu tasnif nisbatan, R. Sayfullayevaning nazariy
qarashlariga uyqash bo‘lsa-da, aynan o‘zi emas. Darslikdagi ushbu tasnif ustida
ishlanib,

oliy

ta’limdagi

nazariyalarga

hamohang

holga

keltirilishi

tilshunosligimizdagi bir qator muammolarga yechim bo‘la oladi. Birinchidan, maktab
va oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik ta’minlanadi. Ikkinchidan, yosh mutaxassislar yoki
umuman shu fan kishilarida turli fikriy chalg‘ishlar bo‘lmaydi. Agarda maktab
o‘quvchilariga ham so‘z turkumlarining ham tasnifi, ham shu tasnifga sabab bo‘lgan
tasnif tamoyillari nazariya sifatida berilsa, ular morfologik bilimlarni ancha oson
o‘zlashtirishlari mumkin.

Manbalarni o‘rgangan holda xulosa qilib aytish mumkinki, so‘zlarni turkumlarga

ajratishning aniq, yagona tamoyilini ishlab chiqish hali hamon munozarali mavzu
bo‘lib qolmoqda. Bu ham tilshunosligimiz oldida turgan yechimtalab mavzulardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. T.: 2008, 95-b.

2.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.: Talqin nashriyoti, 2005. 128-b.

3.

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy
grammatikasi. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2008, 74-b.

4.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Raupova L.R., Qurbonova M.M., Abuzalova
M.Q., Yo‘ldosheva D.N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.:2020, 190-b.








Bibliografik manbalar

Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. T.: 2008, 95-b.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.: Talqin nashriyoti, 2005. 128-b.

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2008, 74-b.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Raupova L.R., Qurbonova M.M., Abuzalova M.Q., Yo‘ldosheva D.N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.:2020, 190-b.